Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Denov tumani hokimligi Axborot xizmati

dthaxborotxizmati
Denov tumani hokimligi - mahalliy davlat boshqaruv organi. Web-sayt: Gov.uz/denov https://taplink.cc/dthaxborotxizmati @dthaxborotxizmati @denaupress_bot Ishonch raqami: +998764131009 https://threads.net/@dthaxborotxizmati
Подписчики
5 180
24 часа
30 дней
-110
Просмотры
1 078
ER
24,34%
Посты (30д)
382
Символов в посте
1 335
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 29, 15:45
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

#Ochiq_muloqot
DOLZARB MASALALAR TANQIDIY-TAHLILIY MUHOKAMA QILINDI
Denov tumani hokimi Anvar Normamatov boshchiligida tegishli tashkilot va idora mutasaddilari ishtirokida ochiq muloqot shaklida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Muloqot davomida, avvalo, yashirin iqtisodiyot holatlari keskin tanqid qilindi. Ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan daromadlarni yashirish, noqonuniy faoliyat yuritish holatlari aniqlanayotgani ta’kidlanib, bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi. Shu bilan birga, soliq tushumlarini oshirish, soliq bazasini kengaytirish va hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Noqonuniy chiqindilar tashlash holatlari ham muhokama markazida bo‘ldi. Hududlarda ekologik madaniyatni oshirish, chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish hamda qoidabuzarlarga nisbatan jarimalarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Hokim tomonidan bu borada profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Mahallalardagi boshqaruv tizimi faoliyati, xususan, “mahalla yettiligi”ning vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi masalasi alohida e’tiborga olindi. Ayrim hududlarda ishlar sust ketayotgani tanqid qilinib, har bir mahallada muammolarni joyida hal etish, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish talab etildi.
Shuningdek, ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish, bo‘sh yotgan yoki samarasiz ishlatilayotgan yerlarga nisbatan keskin choralar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu borada yer egalari bilan individual ishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish muhimligi ta’kidlandi.
Bank tizimidagi muammoli kreditlar ham kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘ldi.
Kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlarini kamaytirish, tadbirkorlar bilan manzilli ishlash, ularning faoliyatini tiklash orqali kreditlarni qaytarish darajasini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, xususan, quyosh panellarini o‘rnatish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Aholi va tadbirkorlar o‘rtasida bu boradagi tushuntirish ishlarini kuchaytirish, mavjud imtiyozlardan keng foydalanish zarurligi qayd etildi.
Yakunda hokim tomonidan barcha mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomini kuchaytirish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijalarga erishish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

gov.uz/denov
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube

April 29, 13:58
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Piyoz eksporti bo‘yicha Markaziy eksport shtabi ish boshladi

Kuni kecha
piyoz yetishtirishdan tortib uni eksport qilishgacha bo‘lgan jarayonlar, shuningdek joriy yil boshidan buyon mamlakatimizda kuzatilayotgan holatlar yuzasidan mutaxassislar tahlili
haqida
xabar berilgan edi.
🇺🇿
Ma’lum qilinganidek,
meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksport geografiyasini kengaytirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar himoyasi va karantini agentligida
Markaziy hamda 14 ta hududiy eksport shtablari
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
ℹ️
Ushbu tizim doirasida
xorijiy davlatlardagi 52 ta vakolatxona hamda xalqaro tashkilotlar orqali bozor konyunkturasi, salohiyatli importchi korxonalar va eksportga oid ma’lumotlar
to‘planib, Markaziy va hududiy eksport shtablari hamda Karantin agentligining
“Agroko‘makchi” mobil ilovasi
orqali mahalliy eksportchi korxonalarga yetkazib berilmoqda.
🇺🇿
Piyoz yetishtiruvchilar va uni eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi
tadbirkorlar eksport jarayonlariga oid barcha savollari bo‘yicha
Respublika Markaziy eksport shtabiga quyidagi aloqa vositalari orqali
murojaat qilishlari mumkin:
📞
Telefon: (+99871) 202-77-78
📷
Instagram:
@exportstate_com
🌐
Veb-sayt:
www.exportstate.com
🔗
Shuningdek,
mamlakatimizning har bir hududi va xorijiy davlatlar uchun biriktirilgan mas’ullar
bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlarini
ushbu havoladan
olishingiz mumkin.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

April 29, 11:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🚀
Surxondaryolik yoshlar uchun SMM va SI sohasida yangi imkoniyatlar!
​Termiz shahrida o‘tkazilgan
“Media haftalik”
doirasida
“SMM AI Savodxon”
bepul o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 26 nafar yoshga maxsus sertifikatlar, 47 nafar iqtidorli ishtirokchiga esa “Aloqabank”ning maxsus plastik kartalari topshirildi.
​Endigi navbat Sizga! Siz ham zamonaviy kasbni mutlaqo
BEPUL
o‘rganishingiz mumkin.

💎
Kursda sizni nimalar kutmoqda?
🟢

SMM va mobilografiya:
Sifatli kontent yaratish sirlari.
🟢

Sun’iy Intellekt (AI):
Ishni 10 barobar yengillashtiruvchi SI texnologiyalari.
🟢

Format:
1,5 oylik intensiv onlayn darslar.
🟢

Amaliyot:
Har hafta Termiz shahridagi Yoshlar markazida oflayn master-klasslar.

📜
Yakunda:
Maxsus sertifikat va bankning maxsus plastik kartalariga ega bo‘lasiz.

📝
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
👉
Roʻyxatdan oʻtish

📍
Viloyat uchun yopiq guruh:
👉
Surxondaryo viloyati

“SMM AI Savodxon” — kelajak kasbini bugun egallang!


MILLIY KONTENT

April 29, 11:06
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Infografika
Surxondaryo – Afg‘oniston hamkorligi rivojlanmoqda
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida Surxondaryo – Afg‘oniston tadbirkorlarining biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi o‘rinbosari Xaji Moxd Alem Arian Azimi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirda so‘nggi yillarda Surxondaryo viloyati bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Jumladan,
2024-yil o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 48 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa
, o‘tgan yil bu ko‘rsatkich
239 million dollarga
yetib, qariyb
5 baravar
o‘sgani qayd etildi. Shu davrda eksport hajmi
133 million dollarni tashkil etib, 4 baravarga, import 107 million dollarga yetib, 22 baravar oshdi.

https://uza.uz/oz/posts/surxondaryo-afgoniston-hamkorligi-rivojlanmoqda_851175
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

gov.uz/denov
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube

April 29, 10:52
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Surxondaryo – Afg‘oniston hamkorligi rivojlanmoqda
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida Surxondaryo – Afg‘oniston tadbirkorlarining biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi o‘rinbosari Xaji Moxd Alem Arian Azimi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirda so‘nggi yillarda Surxondaryo viloyati bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Jumladan,
2024-yil o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 48 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa
, o‘tgan yil bu ko‘rsatkich
239 million dollarga
yetib, qariyb
5 baravar
o‘sgani qayd etildi. Shu davrda eksport hajmi
133 million dollarni tashkil etib, 4 baravarga, import 107 million dollarga yetib, 22 baravar oshdi.
Viloyat qulay geografik joylashuvi, Afg‘oniston bilan chegaradoshligi, rivojlangan transport infratuzilmasi va “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi bilan o‘zaro savdoni rivojlantirishga qulay imkoniyat yaratadi. Viloyatda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, kimyo va farmatsevtika, yengil sanoat hamda logistika sohalarida yirik ishlab chiqarish salohiyati mavjud.
Tahlillarga ko‘ra, ayni paytda Afg‘oniston bozorida benzin va dizel mahsulotlari, sement va qurilish materiallari, bug‘doy uni va don mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, tekstil va trikotaj, plastik va polimer, elektr kabellari va texnik jihozlarga katta ehtiyoj bor. Bu turdagi mahsulotlarning asosiy qismi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. Qo‘shni davlatdan Surxondaryoga quruq mevalar va yong‘oq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va urug‘liklar, gilamchilik va an’anaviy hunarmandchilik, ayrim turdagi yengil sanoat mahsulotlarini import qilib, o‘zaro tovar ayirboshlashni diversifikatsiya qilish va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish mumkin.
Biznes forumda qo‘shni mamlakatdan qurilish, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, gilamchilik, plastik mahsulotlar ishlab chiqarish, transport-logistika kabi sohalarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Viloyat rahbari uchrashuvda afg‘on tadbirkorlari bilan qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, qurilish materiallari ishlab chiqarish va sohaning infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, farmatsevtika tarmog‘ida dori-darmon ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ularni eksportga yo‘naltirish masalalari ilgari surildi. Shuningdek, polietilen va plastik mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, un va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, quruq mevalarni qayta ishlash hamda samarali logistika zanjirini shakllantirish yo‘nalishlarida ham hamkorlik qilish taklif etildi.
Joriy yil viloyat bir milliard dollar qiymatidagi mahsulot, xizmatni eksport qilishni mo‘ljallamoqda. Bu rejaning yarmini Afg‘oniston bilan amalga oshirish uchun qulay sharoit bor.
Biznes forumda yangi g‘oya va loyihalar bo‘y ko‘rsatib, yangi kelishuvlarga erishilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlar mustahkam iqtisodiy sheriklikka puxta zamin yaratib, yon qo‘shni mamlakat tadbirkorlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Surxondaryo va Afg‘oniston tadbirkorlarini yana ana shunday ezgu maqsad yo‘lida birlashtirgan forumda tomonlar istiqbolli qator yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzoladi.

https://uza.uz/oz/posts/surxondaryo-afgoniston-hamkorligi-rivojlanmoqda_851175
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

gov.uz/denov
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube

April 29, 10:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Barcha soha va tarmoqlarda o‘zining tajriba maktabiga ega bo‘lib borayotgan Farg‘onaning shahar, qishloq va mahallalariga ham Yangi O‘zbekiston nafasi kirib bormoqda.

В городах, селах и махаллях Ферганской области, где формируется собственная школа опыта во всех сферах и отраслях, все заметнее ощущается дыхание Нового Узбекистана.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 29, 09:43
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📊
Surxondaryoda qancha aholi borligini bilasizmi?
👨‍👩‍👧‍👦
Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga
ko'ra,
2026-yil 1-aprel holatiga, Surxondaryo viloyatining doimiy aholisi soni 3 024 871 kishini tashkil etgan.
🔴
2025-yilning mos davriga nisbatan
2,2 foizga
koʻpaygan.
🔴
Shundan:
📱
shahar aholisi – 1 091 867 kishi
📱
qishloq aholisi – 1 933 004 kishi
🔴
Erkaklar – 1 531 414 kishi
🔴
Ayollar – 1 493 457 kishi
📎
Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni — 38 382 685 kishini tashkil
etadi.

Axborot xizmati
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
YouTube
📱
Web-site

April 29, 09:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#2026_yil_1_maydan
⌛️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha nazorat vaqti rejimi o‘rnatiladi, bunda ko‘rib chiqilishi belgilangan muddatdan o‘tgan murojaatlar ijro uchun
avtomatik yuqori turuvchi
davlat organiga o‘tadi.
📙
Virtual qabulxona axborot tizimida murojaatlarni qabul qilishda ular
“shoshilinch”, “odatiy”, “maslahat talab qiluvchi”
toifalariga ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi, nazoratga qaytarilgan murojaatlar 3 ish kuni ichida yuqori turuvchi organlar tomonidan qayta o‘rganib
chiqiladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

April 29, 03:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📚
Termizda kitobxonlik uchun ajoyib imkoniyat!
​Termiz koʻchalarida mana shunday
“bepul kutubxona”
borligidan xabaringiz bormidi? Bu yerda nafaqat
kitob oʻqish
, balki boshqalarga ham
ilm ulashish
mumkin.
​Agar uyingizda oʻqib boʻlingan va boshqalarga foydasi tegishini istagan kitoblaringiz boʻlsa, shu yerga olib kelib qoldirishingiz mumkin.
Keling, shahrimizda
kitobxonlik madaniyatini
birgalikda yuksaltiraylik!

MILLIY KONTENT

April 29, 02:56
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

DIQQAT E’LON!
“Surxondaryo MET” filialining 2026-yil 28-apreldagi №02-28/07-402-sonli talabnomasiga asosan, Denov tumanidan o‘tuvchi 220 kVli L–Denov–Sherobod elektr uzatish tarmog‘ida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlarni xavfsiz amalga oshirish maqsadida “Guliston” podstansiyasidan chiquvchi 6–10 kVli F-1, F-2, F-3, F-4, F-5, F-6, F-7, F-8, F-9, F-10, F-11, F-12 elektr tarmoqlari vaqtincha o‘chiriladi.
🗓
Sana: 2026-yil 30-aprel
🕘
Vaqt: soat 09:00 dan 16:00 gacha
📍
Elektr ta’minoti to‘liq uziladigan mahallalar:
"
Lolazor", "Namuna", Olovuddin, "Qoraxon", "Touvlik", "Elobod", "Obodon
"
📍
Qisman elektr ta’minoti uziladigan mahallalar:
Z.M.Bobur, A.Jomiy, "Mehr oqibat", "Guliston", "Nurli manzil", Ibn Sino, "Bahoriston, "Quyoshli yurt
".
Hurmatli fuqarolar!
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Elektr ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar rejalashtirilgan modernizatsiya ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, kelgusida barqaror va sifatli elektr yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube