Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

dtrdep
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Subscribers
3 214
24 hours
2
30 days
114
Post views
448
ER
13,94%
Posts (30d)
49
Characters in post
707
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 08, 10:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Nodir_ovozlar
📌
📌
📌
📌
📌
📌
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
“Nodir ovozlar” loyihasining 26-sonini e’tiboringizga havola etamiz!
1. Jahon Otin Uvaysiy "Sog‘indim" she’ri
2. Og‘abek Sobirov "Har yigitning aslin bilay desangiz" qo‘shig‘i
3. O‘tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" romani
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 08, 06:43
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

#jarayon

Yakkasaroyda davlat tili va reklama madaniyatiga e’tibor kuchaytirilmoqda
Yakkasaroy tumanida ko‘cha va savdo nuqtalaridagi yozuvlarning mazmuni va savodxonligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, reklama va axborot matnlarini qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi peshlavha, reklama, e’lon va boshqa axborot matnlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Tadbirkorlik subyektlariga reklama va axborot matnlarini davlat tilida savodli, mazmunan to‘g‘ri va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 08, 05:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilar qayta nomlandi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Shahrisabz tumanidagi Hisor tog‘ tizmasida shu kungacha “nomsiz cho‘qqi” deb atalgan balandlikka rasman “Muzqoya”, Jizzaxdagi yana bir nomga ega bo‘lmagan cho‘qqiga esa “Qirqqiz” nomi berildi.
Batafsil —
https://daryo.uz/5h0lazlDg
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

September 08, 03:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 04, 10:56
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#jarayon
Mamlakatni dunyoga tez tanitadigan soha, bu — sport. Sport millat va irq tanlamaydi, u barchani o‘z atrofida birlashtiradi. Sport nafaqat aholi salomatligini mustahkamlaydi, balki sog‘lom avlodni tarbiyalashning asosiy mezonlaridan biri sanaladi.
Tuman ishchi guruh vakillari To‘raqo‘rg‘on tuman Sport maktabidagi ijtimoiy maʼnaviy muhit holati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi. Dastlab Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan olib borilgan ishlar, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimning ish hujjatlari, ularning Davlat tili mezonlariga mosligi, tashqi va ichki targ‘ibot vositalarining sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Murabbiy va sportchilar bilan ularning kasbiy salohiyatlari, o‘smirlarning sportga bo‘lgan qiziqishlari, yaratilgan shart-sharoitlar va intilishlari bo‘yicha suhbatlashildi.
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 04, 05:33
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📝
Taomnoma (menyu) ham o‘zbek tilida bo‘lishi lozim.
🟢
Samarqand shahar hokimligining Ishchi guruhi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 78-son bayonining 8-ilovasi 16-bandida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida shaharda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida rasmiylashtirilganlik holatini o‘rganmoqda.
🔵
O‘rganish jarayonida taomnomalarda davlat tilida yozilmagan yoki imlo xatolari bilan berilgan taom nomlari aniqlanib, ularni davlat tilida to‘g‘ri va adabiy til me’yorlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 04, 04:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 03, 12:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Munosabat
🦅
O‘Z TILINGDA SO‘ZLASH — BU MUSTAQILLIK NE’MATI
Kechagi armonlar, bugungi erkinlik va ertangi avlod oldidagi masʼuliyat haqida
:
Xotiramdagi mustaqillik
Baʼzan inson tarixni kitobdan emas, oʻz hayotidan oʻqiydi.  Biror sana, biror voqea, biror uchrashuv yoki hatto oddiy bir suhbat xotirasi uni qayta kashf etadi. Yillar oʻtib, oddiydek tuyulgan bir voqea bugun butun bir davrning mohiyatini anglatib turganini his qiladi.
Men ham baʼzan talabalikka tayyorgarlik koʻrgan yillarimni eslayman. S.X.Sirojiddinov litseyini bitirib, sinfdoshlarimiz har kim oʻz qiziqishi va tanlagan yoʻnalishi boʻyicha turli tomonlarga tarqalib ketgan  pallalar.
Kimdir oliygohga tayyorgarlik koʻrar, kimdir boshqa maqsad sari  yoʻl olar, yana kimdir oʻz orzusi ortidan yurardi. Yozning chillasi avjiga chiqqan, biz abituriyentlar esa ilmning “chilla”sida qaynar edik. Oliygohga kirish oson emasdi. Ayniqsa, tanlagan mutaxassislik boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrish kerak. Qoʻlimizda kitob, qoʻltiqda “Axborotnoma”. Misol-masalalarning u yogʻini yechib, bu yogʻini yechib, har bir mavzuni qayta-qayta oʻqirdik. Hatto nafas rostlashga ketadigan vaqtni ham qizgʻanardik. Kimdir oʻz uyida tayyorlanardi, kimdir ijarada. Maqsad bitta: hech kim xalaqit bermasa, kitobni tinch oʻqish, mutaxassislik boʻyicha tayyorgarlikni yanada kuchaytirsa. Men ham vaqtni tejash maqsadida bir rus kampirining ijara uyiga joylashdim. Uydan qatnab oʻqishim mumkin edi. Ammo yoʻlga ketadigan vaqtni qizgʻanardim. “Ijarada yashasam, koʻproq oʻqiyman”, deb oʻyladim. Ammo hayotning oʻz rejasi bor ekan. Uy egasi bilan yashash, ayniqsa, yosh qiz boʻlsangiz, uy yumushlaridan chetda qolish oson emas. Dars qilish uchun kitobni ochaman — ruschalab biror ish buyuriladi. Men bajaraman. Ruschani esa unchalik yaxshi bilmayman. “Hoy, inson men tayyorgarlik koʻrishim kerak, vaqtim zoye ketadi,” deya qani tushuntira olsam uy egasiga. Qizigʻi, momo oʻzbekchani tushunardi. Ammo mening rus tilida qiynalayotganimni koʻrib, goʻyo atayin yanada gapirtirardi.
— Не поняла...
Yana tushuntirishga urinaman.
Yana:
— Не
поняла...
Soʻng oʻsha gaplar:

“Тебе надо русского учить. Как можно не знать русского языка? Сначала русский язык учи, потом к специальности готовься...”
Bugun oʻylasam, oʻsha gaplar menga juda qattiq taʼsir qilgan ekan.
Balki alam qilgandir, balki oʻqishga tayyorgarlik koʻrishimga xalaqit berilayotgani jonimga tekkandir. Balki oʻzim bilmagan tilda oʻz fikrimni tushuntirishga majbur boʻlganim uchun. Yoki inson oʻz yurtida oʻz tilini bilgan holda ham qandaydir “kamchilik” egasidek his qilishi, yelka qisib yurishi menga
ogʻir botgandir.
✍️
Oygul Kajanova,
“Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati aʼzosi, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi
👉
Maqolani_o‘qish
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 03, 11:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#etimologiya
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi

YAQIN
‘uncha uzoq bo‘lmagan’.
Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz.
Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi ‘tomon’ ma’nosini anglatuvchi
yaq
otdan qadimgi vosita kelishigining
-(i)n
qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinroq
a:
unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan. O‘zbek tilida
a
unlisi
ä
unlisiga almashgan,
i
unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.
🛡
Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.
🌎
Bizning manzillar:
🌐
Veb-sahifa
|
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 03, 08:06
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#jarayon
📝
Menyu emas, taomnoma
🤩
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida hokimlik Ishchi guruhi tomonidan hududda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida yozilish holati o‘rganilmoqda.
🤩
O‘rganish jarayonida davlat tilida bo‘lmagan yoki imlo xatolar bilan yozilgan taomlar nomi bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berilmoqda.
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube