Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRIŞ DEPARTAMENTI

dtrdep
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti rasmiy sahifasi Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Подписчики
3 281
24 часа
29
30 дней
43
Просмотры
1 251
ER
38,13%
Посты (30д)
83
Символов в посте
758
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 11:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 30-sonini e’tiboringizga havola etamiz!
1. Farmon TOŞEV törtliklar öqidi Rahimboy JUMANIYOZOV
2. Ohunjon Madaliyev "Qolib ketti" qöşiği
3. Ötkir Hoşimov "Ikki eşik orasi" romani
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 27, 07:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

✅
Özbekistonda 1700 dan ortiq nasos stansiyasining nomi özbekçalaştirildi.
✅
Hukumat qarori bilan 390 ta stansiyaga yangi nom berilgan, yana 1 348 tasining nomi davlat tili me’yorlariga muvofiqlaştirilgan.
✅
Xususan, Toşkent viloyati Bekobod tumanidagi
“Avangard” nasos stansiyasi “Oltin vodiy”, “Volçi” — “Töqayzor”, “Perekaçka-1” va “Perekaçka-2” esa “Bekobod” va “Bekobod-2”
deb nomlangan.
➡️
batafsil
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 27, 06:48
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#munosabat
Raqamli makon va yoşlar: takomillaştirilgan alifbo bergan yangi imkoniyatlar
.
Bugungi şiddat bilan rivojlanib borayotgan raqamli asrda internet makoni, ijtimoiy tarmoqlar va axborot texnologiyalari yoşlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi.
➡️
batafsil
✍️
Ş.Siddiqxöjayeva
Uçtepa tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 27, 05:14
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 26, 10:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 29-sonini e’tiboringizga havola etamiz!
1. Erkin Vohidov "Raşkim" şe’ri
2. Ölmas Ollaberganov "Ey sabo" qöşiği
3. Ötkir Hoşimov "Ikki eşik orasi" romani
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 26, 09:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

macOS va Windows uçun yangi terilma tayyor!
Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va tutuq belgisini boşqa harflarga tegmasdan, qulay tarzda joylaştirişga harakat qildik.
Örnatib köring:
tilmoch.ai/terilmalar
Telefonlar (iOS va Android) uçun ham tez orada çiqadi.
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 26, 07:22
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

Lotin alifbosi – özbek tilining kelajak sari dadil qadamidir. Uni töğri va çiroyli qöllaş orqali tilimizga bölgan mehrimizni namoyon etamiz.
Davlat tili nufuzini yuksaltiriş yölidagi tarixiy qadam lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan qonunning ma’qullanişi - mamlakatimizda davlat tilini rivojlantiriş va uni zamonaviy raqamli muhitga töliq moslaştiriş yölidagi ustuvor qadamdir.
Ayniqsa, yangi yondaşuvda harf birikmalarining qisqartirilişi va tovuşlarni yagona belgilar orqali ifodalaş yozuv jarayonini soddalaştirişi, matnlarni elektron şaklda tayyorlaş va qayta işlaşda ham qator qulayliklar yaratişi mumkin.
Bu muhim taşabbusni qöllab-quvvatlagan holda, davlat tilimizni asrab-avaylaş, uning mavqeini mustahkamlaş va kundalik hayotimizda keng va töğri qöllaş har birimiz uçun muhim vazifa, deb hisoblayman.
Yangilangan alifbo orqali yozuvdagi ortiqça murakkabliklar barham topadi, matnlarni elektron körinişda tayyorlaş va qayta işlaş ança yengillaşadi. Bu, ayniqsa, yoşlar va axborot texnologiyalari sohasi uçun katta qulaylik yaratadi.
Uşbu özgarişlarni bosqiçma-bosqiç va tizimli joriy etiş, ta’lim muassasalari va davlat taşkilotlarida tuşuntiriş işlarini keng olib boriş yangi alifboga asoslangan yagona yozuv muhitini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega.
Dilnoza Umurzakova
Olmazor tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi.
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 26, 05:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Kun_hikmati
#Kun_savoli
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 24, 11:19
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Davlat tili — eʼtibor va ehtiromda: Boyovut tumanida ommaviy diktant taşkil etildi
Bugun 24-oktabr, kuni Boyovut tumani hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Boyovut tumani bölinmasi hamda Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazining Sirdaryo viloyat hududiy bölinmasi bilan birgalikda Maktabgaça va maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlar örtasida “Ommaviy diktant” tanlovi taşkil etildi.
Uşbu taşkil etilgan diktant tadbirining asosiy maqsadi davlat xizmatçilari, rahbar-xodimlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng tarğib qiliş va davlat tilining nufuzini yanada oşiriş hamda davlat tilida iş yuritiş könikmalarini şakllantirişdan iboratdir.
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 23, 12:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
YAGONA XALQ – YAGONA YOZUV!
✏️
Til — millatning ma’naviy qiyofasi, alifbo esa uning yozma merosi va ilmiy-ma’rifiy taraqqiyotining muhim poydevoridir. Şu bois özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan islohotni samarali amalga oşiriş davlat tiliga hurmatni amaliy işlar bilan mustahkamlaşni talab etadi.
🇺🇿
2026-yil 21-oktabr
da qabul qilingan ÖRQ-1184-son Qonun bilan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişning yangi bosqiçi belgilandi. Unga muvofiq, alifbodagi ayrim harf va harf birikmalarining yoziliş şakllari özgartirilmoqda.
🫥
Ushbu özgarişlar yozuv me’yorlarini takomillaştiriş, davlat tilining zamonaviy axborot muhitidagi imkoniyatlarini kengaytiriş va yozma muloqotda izçillikni ta’minlaşga xizmat qiladi. Biroq har qanday islohotning samarasi uning mazmunini anglaş va amaliyotga töğri tatbiq etiş bilan belgilanadi.
Şu nuqtai nazardan, yangi alifboni joriy etişga tayyorgarlik doirasida bir qator aniq vazifalarga e’tibor qaratiş lozim.
✅
Birinçidan, davlat organlari va taşkilotlarida tuşuntiriş işlarini tizimli taşkil etiş zarur. Xodimlarga alifbodagi özgarişlar, yangi harflarning yozilişi va qöllaniş tartibi yuzasidan ma’lumot beriş, savodxonlikni oşirişga qaratilgan seminar va amaliy maşğulotlar ötkaziş muhim.
✅
Ikkinçidan, ta’lim muassasalarida metodik tayyorgarlikni kuçaytiriş lozim. Öqituvçilar, metodistlar va tegişli mutaxassislarni yangi yozuv me’yorlari bilan taniştiriş, öquv-uslubiy materiallarni amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq tayyorlaş hamda öquvçilarga özgarişlarni bosqiçma-bosqiç tuşuntirişga tayyorgarlik köriş zarur.
✅
Uçinçidan, rasmiy hujjatlar va elektron axborot tizimlarini yangi talablar asosida joriy etişga tayyorlaş muhim. Bunda hujjat namunalari, elektron şakllar, ma’lumotlar bazalari, veb-saytlar va axborot tizimlarining texnik imkoniyatlarini örganiş, zarur yangilanişlarni rejalaştiriş hamda ularni qonunda belgilangan muddat va tartib asosida amalga oşiriş közda tutilişi kerak.
✅
Törtinçidan, aholi uçun sodda va tuşunarli axborot materiallarini tayyorlaş lozim. Yangi harflarning eski yozuv şakllariga muvofiqligini körsatuvçi jadvallar, qisqa qöllanmalar va savol-javob materiallarini ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy internet sahifalari orqali tarqatiş aholining islohot mazmunini töğri anglaşiga yordam beradi.
✅
Beşinçidan, ötiş jarayonida huquqiy aniqlik va izçillikni ta’minlaş zarur. Avvalgi alifboda rasmiylaştirilgan hujjatlar, peşlavhalar, geografik obyektlarning nomlari va boşqa yozuv vositalariga doir masalalarda qonun hamda tegişli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etiş, asossiz qayta rasmiylaştiriş va ortiqça xarajatlarga yöl qöymaslik lozim.
💠
Mazkur vazifalarni amalga oşirişda davlat tili masalalari böyiça mas’ullar, taşkilot rahbarlari, ta’lim muassasalari va axborot xizmatlarining hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir yönaliş böyiça mas’ullarni belgilaş, tayyorgarlik işlarini rejalaştiriş va ijroni muntazam tahlil qilib boriş islohotning samaradorligini oşiradi.
🔐
Qonun 2027-yil 22-apreldan kuçga kirişini inobatga olib, unga qadar zarur taşkiliy, metodik va texnik tayyorgarlik işlarini puxta yölga qöyiş muhimdir.
🇺🇿
Alifbo — şunçaki harflar majmui emas, balki millatning bilim va tafakkur olamiga oçiladigan eşikdir. Uni takomillaştirişga qaratilgan islohotning haqiqiy natijasi har bir taşkilotdagi mas’uliyatli yondaşuv, har bir mutaxassisning savodxonligi va jamiyatning ona tilimiz ravnaqiga qöşgan amaliy hissasida namoyon böladi.
🎓
Öğiloy QURBONOVA,
Marhamat tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube