
Martin Eden
#review
#1000kitob
Siyosat
Kennet Minog
Siyosat deb asrlar davomida davlat va jamiyat o‘rtasida shakllanib kelgan sog‘lom munosabatga aytiladi. Boshqacha aytganda siyosat – umumiy ishlar muhokama qilinganda, kelishmovchilik yuzaga kelganda va fuqarolarning hukumat ustidan nazorati amal qilgandagina mavjud bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan dispotik rejim hukm surgan mamlakatlarda siyosat mavjud emas deydi kitob muallifi.
Siyosat mavjud bo‘lmasligi uchun davlat ham mavjud bo‘lmasligi zarur va hamma o‘zicha, tabiiy holatda, mutlaq erkin yashashi lozim. Ammo bunday sharoitda inson tabiatining o‘zi insoniyatning jamiyat sifatidagi rivojiga to‘sqinlik qilar edi. Demak taraqqiyot uchun insonlar o‘z erkinligining bir qismidan voz kechib uni Davlat deb atalmish tashkilotga berishi kerak. Shunda har bir shaxs davlatning oldida majburyatga ega bo‘lishi va fuqaroga aylanishi, davlat ham har bir insonning oldida majburiyatni o‘z zimmasiga olishi lozim. Shu mantiqdan kelib chiqsak, fuqaro ko‘proq erkin va kamroq majburiyatga ega, davlat esa aksincha, kamroq erkin va ko‘proq majburiyatga ega ijtimoiy tuzilma bo‘lib chiqadi.
Tabiiy holatda inson 100% erkin edi. Jamiyat shakllanganda u o‘z erkinligining kichik bir qismidan ixtiyoriy ravishda voz kechdi, chunki ko‘pchilik muammolarni bozorning o‘zi hal qila oladi, davlat talab qilinadigan vaziyatlar esa kamroq uchraydi. Hukumat esa mavjudligining o‘zi majburiyatga asoslangan bo‘lgani uchun ko‘proq javobgar va deyarli erkin bo‘lmagan tashkilot. Boshqacha aytganda hukumat — majburiyati mutlaq va shu ma’noda erkinligi nolga yaqin bo‘lgan, go‘yoki “qul”ga o‘xshash ijtimoiy tuzilmadir tuzilma
Tushunganingizdek, avval, tabiiy sharoitda o‘yin qoidalari (ya’ni siyosat) mavjud emas edi. Endi u bor. O‘yinchilar esa ko‘proq erkin va kamroq majburyatga ega fuqarolardan hamda kamroq erkin va ko‘proq majburiyatga ega davlat ishchilaridan tashkil topgan. Agar bu muvozanat buzilsa (yoki mutlaq yo‘qolsa) siyosat mavjud bo‘lmay qoladi. Ya’ni o‘yin qoidalari buzilgan sanaladi.
O‘yin qoidalari buzilganmi yoki yo‘qligini bilish uchun, yuqoridagi muvozanat qanday ekanligigni tahlil qilish lozim. Masalan, saylangan siyosatchi umum qabul qilingan qoidalarga rioya qilyaptimi, chizib berilgan chegaralar ichida harakatlanyaptimi yoki o‘zi uchun qoidalar yaratib, chegaralarni ham o‘zi belgilayaptimi kabi savollarni berish bugungi vaziyat qaysi davlatda qandayligini anglashga yordam berishi mumkin.
Qisqacha aytganda, siyosatning mavjudligi taraqqiyot va inson farovonligi uchun muhim. Gap anashu siyosatning mavjud bo‘lishini qanday ta’minlash mumkinligida. Agar uni mavjud emasligini bilsak, uni yaratish/tiklash qiyin bo‘lmasligi mumkin. Ya’ni bu unchalik katta mammo emas. Eng xavflisi esa siyosat bor deb o‘ylab, yo‘qligini sezmaslikdir. Bugun ko‘plab jamiyatlar aynan mana shunday illuziya ichida yashamoqda.
@economist_martin
Bugun sizga turli yoʻnalishdagi foydali kanallarni tavsiya qilaman.
@blogdilshoda
– Xalqaro va O'zbekistondagi grantlarni yutmoqchilar uchun maxsus kanal
@Economics_ITE
– Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar
@azizbekhmem
- Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi
@quruvchimanuz
- O'zbekistondagi yagona, quruvchilarga oid kanal
@sharqshunos_tarixchi
– Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi
@bilimdon_zakovatchi
– Yangi Faktlar, Savollar va Zakovat haqida
@economist_martin
– iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida
@jahon_statistikalar
– statistikalar, raqamlar va faktlar olami
@therealniyozov
– siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda
@Fan_choyxonasi
– Fan haqida, osh kelgunicha
@req404
– Sun’iy intellekt, startaplar, iqtisodiyot va biroz falsafa
Barcha kanallarni bitta havolaga toʻpladik, u orqali istalganiga yoki barchasiga obuna boʻlishingiz mumkin.
Marhamat havolaga!
Ekologiyaga qarshi kurash tadbirkorning xususiy mulkiga tajovuz qilish bilan amalga oshmasligi kerak.
https://youtu.be/yG8uh3U3bow?si=VZWSh_yhVNIHM9EM
Toshkent shahri infratuzilmasi va uning ekologiyasiga doir bugungi yaxshi yangiliklar:
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
Poytaxtliklarning noroziligi boshqa hudud aholisi yoki vakillarining noroziligidan koʻra kuchliroq ta’sirga ega ekan degan xulosa qilish mumkin(mi?))
Кейин эса шунинг асосида ҳавони ифлослантирганлик учун солиқ солади.
Давлат нима учун керак?
Бу каналда мен бир неча бор давлат ўзи шуғулланиши лозим бўлмаган нарсалар билан шуғулланаётгани ҳақида ёзганман. Лекин бугун шунинг айни тескариси ҳақида гапирмоқчиман.
Иқтисодиётда кўп жараёнларни бозорнинг ўзи тартибга солади. Лекин шундай жараёнлар борки, уларни фақат бозорга қўйиб бериш иқтисодий қиймат йўқотилишига, ресурслар самарасиз сарфланишига олиб келади. Ана шундай жараёнларга нисбатан market failure атамаси ишлатилади.
Давлатнинг муҳим вазифаларидан бири айни шу каби бозорнинг ўзи ресурсларни самарали тақсимлай олмайдиган жараёнларга аралашиб, буни тўғрилаш ҳисобланади.
Market failure сабаблари турлича бўлиши мумкин. Масалан, ижтимоий неъматлар яратилишида бозор самарали ишламаслиги мумкин. Чунки ижтимоий неъматлардан фақат у учун пул тўлаганлар фойдаланиши имконсиз, иккинчи томондан эса бир инсоннинг бу неъматдан фойдаланиши бошқа инсоннинг бу неъматдан фойдаланишини чекламайди.
Яна бир сабаб ташқи таъсирлар ҳисобланади. Ташқи таъсир деганда транзакциянинг унда иштирок этмаётган томонга таъсири тушунилади. Масалан, қайсидир завод экологияни ифлослантириб маҳсулот ишлаб чиқармоқда. Сиз бу заводнинг эгаси ҳам, унинг маҳсулотлари харидори ҳам бўлмаслигингиз мумкин, лекин ҳаво ифлосланиши сизнинг ҳаётингизга таъсир қилади.
Мана шу каби вазиятларда жамият қиймат йўқотишининг (умр қисқариши, молиявий зарар, фаровонлик даражаси камайиши ва ҳоказо) олдини олиш давлатнинг асосий вазифаларидан ҳисобланади.
Бевосита ҳаво билан боғлиқ ташқи таъсир ҳақида фикрласак, бундай вазиятларда одатда давлатлар қуйидагича чоралар кўради:
1. Ҳавони ким ва қанча миқдорда ифлослантираётганини, бу жамиятга қўшимча тиббий харажатлар, камроқ умр кўриш ва бошқалар орқали қанча зарар етказаётганини ҳисоблайди. Кейин эса шунинг асосида ҳавони ифлослантирганлик учун солиқ солади.
2. Ҳаво тозалик даражасини меъёрда ушлаб туриш учун мумкин бўлган ифлосланиш даражасини аниқлайди ва ифлослантирувчи моддалар эмиссияси шу нормадан ошмаслиги учун бу лимитлар олди-сотдиси бозорини яратади.
3. Қатъий технологик стандартлар ўрнатади ва уларнинг бажарилишини назорат қилади.
4. Корхоналар ва хонадонлар экологик тоза ёнилғи ҳамда маҳсулотлардан фойдаланишини рағбатлантиради (газлаштириш, электр энергияси таъминотини барқарорлаштириш, электромобиллар харидларини арзонлаштириш ва ҳоказо).
5. Децентрализацияни амалга оширади. Ҳар бир ҳудуд раҳбари сайловлар орқали лавозимига келса, сайловчилар ўзларининг дарахтларини, яшил зоналарини асраб қолиши осонлашади.
Албатта, дунёда бирон ҳукумат табиатга буйруқ беролмаган, беролмайди ҳам. Лекин бугун юз бераётган жараёнлар дориси ўйлаб топилган касал билан оғришга ўхшайди. Яъни, танқидлар бу мавзуда қайсидир ҳаракат юзасидан эмас, ҳаракатсизлик юзасидан янграмоқда.
Ayni paytda Toshkent
Yomon havo sifati yana bir necha kun davom etadi — O‘zgidromet
https://www.gazeta.uz/oz/2025/11/20/air/
Yunon siyosatshunosligi konstitutsiyalarni oʻrganib, inson tabiati va siyosiy uyushmalar oʻrtasidagi munosabatlarni umumlashtirdi. Ehtimol, uning eng kuchli vositasi takrorlanuvchi sikllar nazariyasi edi. Monarxiyalar zulm boshqaruviga aylanadi, zolimlar aristokratlar tomonidan agʻdarib tashlanadi, ular esa aholini ekspluatatsiya qiluvchi oligarxiyaga aylanadi, bular esa keyinchalik xalq tomonidan agʻdarib tashlanadi va demokratiya oʻrnatiladi. Bu esa oʻz navbatida toqat qilib boʻlmas beqaror olomon hokimiyatini keltirib chiqaradi, shunda qudratli yetakchi oʻzini monarx sifatida qaror toptiradi va sikl yana boshidan boshlanadi. Bu siyosat ilmining keyinchalik Polibiy ismli yunon tomonidan taʼsirli tarzda bayon etilgan talqinidir
“Siyosat; oʻta qisqa tanishtiruv” kitobidan
Mustabidlik haqida ishonch bilan aytish mumkin boʻlgan yagona narsa shuki, qobiliyatli hukmdorlar oʻrnini erta-kech telba yoki zaif vorislar egallaydi. Shu sababli mustabidlik xuddi fasllar kabi koʻtarilish va tushishning muayyan ritmiga boʻysunadi. Bu yunonlarning mustabidliklar qullar ittifoqi kabi erkin emas va tabiatning nooqilona sohasiga tegishli, degan ishonchini tasdiqladi. Konstitutsiyalar ratsionallik sohasiga taalluqli boʻlgani sababli, garchi ular pirovard natijada xatoga moyil boʻlsa-da, ularni despotizmlardan koʻra ilmiyroq usulda oʻrganish mumkin.
“Siyosat; oʻta qisqa tanishtiruv” kitobidan
Zulmning mohiyati hokimning cheklanmagan hokimiyatiga qarshi na amalda, na qonunda biror chora mavjud emasligidir.
“Siyosat; oʻta qisqa tanishtiruv” kitobidan