Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

e-gov.uz

egovuz
✅ Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali 🤖 @egovuz_bot 📞 +998 55-501-36-06 ✉️ E-mail: info@egov.uz 🌐 Web: e-gov.uz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/egovernmentuz Instagram: https://www.instagram.com/egov .
Subscribers
4 306
24 hours
-2
30 days
-5
Post views
1 905
ER
44,24%
Posts (30d)
54
Characters in post
1 612
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 07:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Ovchilikka taalluqli hujjatlarni berish jarayonlari raqamlashtiriladi
Qonun
(O‘RQ–1172-son, 09.09.2026-y.)
bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🗺
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ov qilish ovchilik xo‘jaliklariga biriktirilgan ov qilish joylarida hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan
erkin ov qilish joylarida
amalga oshiriladi.

Ovchilik xo‘jaliklari pitomniklarda yovvoyi hayvonlarni to‘liq bosqichda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan holda o‘zlariga biriktirilgan ov qilish joylariga qo‘yib yuborilgan yovvoyi hayvonlar soniga teng miqdordagi yovvoyi hayvonlarni ularning
urchish paytidan tashqari yil davomida ov qilishni
tashkil etishi mumkin.
🚫
Bunda yovvoyi hayvonlarni tutishga doir
ruxsatnoma
olish talab etilmaydi.
📜
Yovvoyi hayvonlarning urchish payti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Zoologiya institutining xulosasi
asosida belgilanadi.
🔗
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ovchilik guvohnomasini berish jarayonlari
raqamlashtirilishi
belgilandi.
📔
Bunda guvohnoma muomalaga layoqatli,
18 yoshga
to‘lgan, ovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus o‘quv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxslarga:

YIDXP
(
my.gov.uz
)
orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan
2 yil muddatga
beriladi.

Ovchilik guvohnomasining amal qilish muddati
talabgorning arizasiga ko‘ra
uzaytirilishi mumkin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn

September 11, 04:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
#OAV_biz_haqimizda
Bibimaryamning  Face IDsi qayta tiklandi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi Xolbotayeva Bibimaryamning kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaati ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. U davlatning ayrim elektron tizimlarida vafot etgan fuqaro sifatida ko‘rsatilayotgani, shu sababli Face ID orqali shaxsini tasdiqlashda muammoga duch kelayotganini aytgan edi. Muammo tezda hal etildi.
Bibimaryamning Face IDsi qayta ishga tushirildi. Uning aytishicha, muammoni hal qilishda Adliya vazirligi, Davlat personallashtirish agentligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari amaliy yordam ko‘rsatgan.
👉
https://xabar.uz/yngp
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn

September 10, 04:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Xorij_tajribasi
🇹🇷
Turkiyada davlat idoralari xodimlari sun’iy intellekt bo‘yicha majburiy o‘qitiladi
Turkiya davlat nashrlari xabar berishicha, mamlakatdagi barcha idoralarda yangi texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash maqsad qilingan. Shu bois hukumat barcha davlat xizmatchilari uchun sun’iy intellekt asoslarini o‘rganishni majburiy qilib qo‘ydi.
Sanoat va texnologiyalar vazirligi boshchiligidagi ushbu onlayn ta’lim dasturi 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Sun’iy intellekt bo‘yicha milliy harakatlar rejasi asosida tashkil etilmoqda. Bunda xodimlar bevosita o‘z ish faoliyatiga aloqador bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Kadrlar bo‘limi esa xodimlarning darslarni qanday o‘zlashtirayotganini va o‘qishni yakunlaganini doimiy kuzatib boradi.
👉
https://egov.uz/news/turkiyada-davlat-idoralari-xodimlari-suniy-intellekt-boyicha-majburiy-oqitiladi-2317
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn

September 09, 05:05
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🌠
Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!
⭐️
2026-yil 8-sentabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
ning mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazildi.
🗓
O‘quv seminarida Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.
➡️
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlangan seminarda uchta asosiy mavzu bo‘yicha "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolarining ma’ruzalari tinglandi.
⚫️
“Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros”
mavzusida chiqish qilgan tarix fanlari doktori, professor,
Fayzulla Ernazarov
uzoq va shonli tarixga, boy davlatchilik va madaniyat an’analariga ega buyuk xalq ekanligimiz, ana shu tarixiy o‘zlikni anglash har birimizning qalbimizda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va kelajakka ishonch tuyg‘usini kamol toptirishi, ammo g‘ururning yonida doim mas’uliyat turishi,
Xorazmiy, Beruniy
va
Ibn Sinolar
qoldirgan ilmiy meros bizni faqat maqtanishga emas, ularga munosib bo‘lishga, dunyo ilm-faniga yangidan hissa qo‘shishga undashi zarurligi,
Uchinchi Renessans
bunyodkori bo‘lish – ana shu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish ekanligini ta’kidladi.
Batafsil:
👉
https://digital.uz/oz/news/view/216674
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X

September 08, 08:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Xalqaro turizm yarmarkalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi sub’yektlarini aniqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (467-son, 04.09.2026-y.) bilan “Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun turizm sohasi sub’yektlarini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
📜
Ushbu Ma’muriy reglament  xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun turoperatorlar, joylashtirish vositalari, transport tashkilotlari va turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlarni aniqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
📋
Markaz har bir xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmasi o‘tkazilishidan kamida 120 kalendar kun oldin bu haqidagi e’lonni o‘zining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtiradi.
🔘
Ariza beruvchi davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (
my.gov.uz
) orqali foydalanishi mumkin.

Bunda ariza quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
🔹
viza talab qilinadigan davlatlarda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun – xalqaro tadbir to‘g‘risida e’lon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir o‘tkazilishidan kamida 100 kalendar kun oldin);
🔹
viza talab qilinmaydigan davlatlarda ishtirok etish uchun – xalqaro tadbir to‘g‘risida e’lon berilgan kundan boshlab (biroq, tadbir o‘tkazilishidan kamida 30 kalendar kun oldin).
🔎
Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun turizm sohasi sub’yektlari quyidagi toifalar bo‘yicha aniqlanadi:
▫️
I toifa– turoperatorlar;
▫️
II toifa– joylashtirish vositalari;
▫️
III toifa– transport va aviatsiya tashkilotlari;
▫️
IV toifa – ishtirok etish istagini bildirgan turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik sub’yektlari.
✉️
Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun ajratilgan joylar soni quyidagi toifalarga bo‘linadi:

turoperator uchun – 60 foiz;

joylashtirish vositalari uchun – 15 foiz;

transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun – 15 foiz;

turizm sohasida faoliyat yuritadigan boshqa tadbirkorlik sub’yektlari uchun – 10 foiz.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn

September 07, 04:07
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🟡
Xalqaro e’tirof: Raqamli hukumat markazi ISO 9001 va ISO 37001 sertifikatlariga muvof
i
qligini yana bir bor tasdiqladi
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi ISO 9001 hamda ISO 37001 xalqaro standartlari bo‘yicha qayta sertifikatlash jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan nufuzli audit natijalariga ko‘ra, Markaz faoliyatida hech qanday tanqidiy nomuvofiqliklar aniqlanmadi. Bu esa muassasada sifatli boshqarish hamda korrupsiyaga qarshi samarali tizim to‘liq shakllanganini amalda isbotlaydi.
Xalqaro standartlar nima beradi?

ISO 9001 (Sifat menejmenti tizimi)
— davlat xizmatlari va raqamli loyihalarni boshqarishda yuqori sifat, aniq rejalashtirish hamda samaradorlikni ta’minlaydi.

SO 37001 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi)
— tashkilot faoliyatida halol, shaffof va korrupsiyaga murosasiz ish muhiti yaratilganining kafolatidir.
Ushbu muvaffaqiyat Markaz rahbariyati ko‘magi, Korrupsiyaga qarshi (komplaens) nazorat bo‘limining tizimli faoliyati va butun jamoaning mas’uliyatli mehnati natijasidir.
E’tirof etilgan xalqaro sertifikatlar — bu erishilgan natija bilan cheklanmay, fuqarolar va davlat organlari uchun yanada sifatli, shaffof hamda xavfsiz raqamli xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lidagi yangi bosqichdir.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn

September 04, 11:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👨‍💻
ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadi
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri —
ICTWeek Uzbekistan 2026
joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda.
2004-yil
dan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi —
ICTWeek
yillar davomida mamlakatning AT sohasidagi eng muhim voqealaridan biri sifatida shakllandi. Tadbir har yili
soha vakillari, davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, startaplar, IT mutaxassislari
hamda texnologiyalarga qiziquvchi keng auditoriyani bir maydonda birlashtirib kelmoqda.
🟢
ICTWeek 2026: yanada katta ko‘lam va yangi imkoniyatlar
Joriy yilda esa
ICTWeek
yanada keng ko‘lamda o‘tkazilishi kutilmoqda.
50 dan
ortiq mamlakatdan
25 ming
dan ziyod ishtirokchi,
300 dan
ortiq kompaniya va minglab potensial biznes vakillari tadbirda ishtirok etishi prognoz qilinmoqda.
Bu esa
ICTWeek 2026’
ni nafaqat texnologiyalar namoyishi, balki biznes, investitsiya, startaplar va xalqaro hamkorlik uchun yirik maydonga aylantirishi kutilayotganidan dalolat beradi.
🟢
Biznes va investorlar uchun yangi maydon
ICTWeek’ning muhim jihatlaridan biri — tadbirning texnologiyalar ko‘rgazmasi bilan cheklanib qolmasligi. Hafta davomida
B2B uchrashuvlar, investitsiyaviy muloqotlar, startaplar taqdimotlari, biznes uchrashuvlar
va professional netvorking uchun imkoniyatlar yaratiladi.
🟢
O‘zbekistonning raqamli salohiyati xalqaro maydonda
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AT sohasi jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
IT Park ekotizimining kengayishi, eksportga yo‘naltirilgan AT kompaniyalar sonining ortishi, startaplar uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishi va raqamli davlat xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi salohiyatini oshirmoqda.
Shu jarayonda ICTWeek’ning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Chunki tadbir mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish, xorijiy texnologiya va investitsiyalarni jalb qilish hamda mahalliy AT kompaniyalarni global bozor bilan bog‘lash uchun muhim ko‘prik vazifasini bajaradi.
🟢
Bir hafta — ko‘plab imkoniyatlar
ICTWeek’ni boshqa texnologik tadbirlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri — u birgina konferensiya yoki ko‘rgazma emas, balki bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradigan yaxlit texnologik hafta hisoblanadi.
Bu ishtirokchilarga bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlardagi tadbirlarda qatnashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish, ekspertlar fikrini eshitish, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorlik loyihalarini boshlash imkonini beradi.
🟢
Texnologiyalar emas, imkoniyatlar haftaligi
Shunday sharoitda ICTWeek’ning vazifasi faqat yangi texnologiyalarni namoyish etish emas. Uning eng muhim vazifalaridan biri — texnologiyalarni insonlar, biznes va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarga aylantirish.
ICTWeek 2026
ham aynan shu maqsad atrofida davlat, biznes, investorlar va texnologik hamjamiyatni birlashtirib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi uchun yangi g‘oyalar, yangi hamkorliklar va yangi loyihalarga yo‘l ochishi kutilmoqda.
📌
ICTWeek 2026’da ishtirok eting!
Toshkent,
O‘zbekiston
22–25-sentabr, 2026 yil
CAEx
Ro‘yxatdan o‘tish
Tel.:+998 (55) 511 07 77
Batafsil:
👉
https://digital.uz/oz/news/view/215037
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X

September 03, 11:01
Media unavailable
1
3
Show in Telegram

Diqqat, Tanlov!
🇺🇿
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “
Jonajon oʻzbek tilim
” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan
eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan
eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan
eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan
eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan
eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan
eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan
eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
⚠️
Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni
(namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi
) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda
20-avgustdan 20-sentabrgacha
yuborishlari lozim.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);

@Jonajontilim_bot
telegram boti;

Uz_til_jamgarma@umail.uz
elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining
50 baravari miqdoridagi
pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
arafasida topshiriladi.
✈️
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

September 02, 09:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
#raqamlashtirish
Oliy sudning
Interaktiv xizmatlari portali
da foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik — “Mening suddagi ishim” interaktiv xizmati ishga tushirildi.
👉
Qulayliklari:
🗄
Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli sud ishlarining joriy holatini onlayn tarzda tezkor kuzatib borishlari mumkin.
🗄
Xizmat sud ishining ko‘rib chiqilish bosqichlari hamda jarayonga oid muhim ma’lumotlardan masofadan turib xabardor bo‘lish imkonini beradi.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn

September 02, 06:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi
“Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

bojxona jarayonlarida tadbirkorlik sub’yektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;

bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;

bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
🚫
2026-yil 1-sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
💬
tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
💬
tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
💬
tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
💬
oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
💬
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn