Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

ekologuz
Ekologiya boʻyicha yangiliklar@ekologuz 🇺🇿 Новости на экологические темы @ekologuzru 🇷🇺 The news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish 🇬🇧 www.ekolog.uz email:uzbekmedia19@gmail.com Reklama,e'lon va murojaatlar uchun bot: @eklguz_bot
Subscribers
20 540
24 hours
-155
30 days
328
Post views
7 535
ER
36,68%
Posts (30d)
190
Characters in post
1 703
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Energy & Environment
Summary
September 11, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

TA’ZIYA!
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi xodimi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov 9-sentabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 10-sentabr kuni inspektorning jasadi topildi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Mirzo Botirovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Ayni damda marhumning oila a’zolariga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, Mirzo Botirov umrini atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishladi. U ning tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablarini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda ko‘rsatgan jasorati munosib baholanib, u “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan vafotidan so‘ng taqdirlanadi.
Mirzo Botirovning xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanadi.
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 11, 13:02
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Samarqand_shahri
Kanalimizga murojaat kelib tushdi.
Samarqand shahrida noqonuniy chiqindi tashlash holatlari ko‘payib borayotganidan aholi norozi.
Murojaatda aytilishicha, So‘g‘diyona massividagi istirohat bog‘ida chiqindilar to‘planib, hududning sanitariya va ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Biz bu masala haqida avval ham yozgan edik. Bugun yana murojaat kelib tushdi.
Endi savol tug‘iladi:
Nega odamlar aynan shu joyga chiqindi tashlayapti?
Faqat aholini ayblash oson. Ammo muammoning sababini ham izlash kerak.
Bu hududda chiqindi tashlash uchun yetarli konteynerlar bormi? Ular o‘z vaqtida bo‘shatiladimi? Noqonuniy chiqindi tashlash nuqtalari kim tomonidan nazorat qilinadi? Chiqindi tashlaganlarga nisbatan chora ko‘riladimi?
Yoki har safar chiqindilar to‘planib bo‘lgach, ularni yig‘ishtirib qo‘yish bilan muammo hal qilingan hisoblanadimi?
Chiqindini olib ketish — vaqtinchalik chora. Agar muammoning sababi saqlanib qolsa, ertaga o‘sha joyda yana chiqindi paydo bo‘ladi.
Shuning uchun biz mas’ul tashkilotlarga savol bermoqchimiz:
Samarqand shahrida noqonuniy chiqindi tashlashning oldini olish bo‘yicha qanday tizimli ishlar olib borilmoqda?
Samarqand — faqat tarixiy markaz emas. Massivlar, mahallalar, istirohat bog‘lari ham shaharning bir qismi.
Shaharning har bir hududi toza va obod bo‘lishga haqli.
Murojaatni jamoatchilik e’tiboriga havola qilamiz va mas’ul tashkilotlardan munosabat kutamiz.
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 11, 10:03
Media unavailable
4
Show in Telegram

🐱
5 oylik oppoq va go‘zal mushukchalar mehribon oila izlamoqda!
🤍
Mushukchalarimiz 5 oylik. Ular juda mehribon, yuvosh, odamlar bilan tez til topishadi va inson mehrini juda qadrlashadi. Turk angorasiga xos nafis ko‘rinishga ega.
Uy sharoitiga yaxshi moslashgan: lotokdan foydalanishni juda yaxshi bilishadi, ozoda va kechalari tinchgina uxlashadi.
Mushukchalar
bepul beriladi
, faqat uy sharoitida boqish uchun. Ular uyda tayyorlangan foydali go‘shtli ratsion — mol go‘shti va tovuq ichki a’zolaridan tayyorlangan ozuqa bilan boqilgan. Kelajakdagi egasiga ularni qanday va qanday nisbatda oziqlantirish bo‘yicha barcha ma’lumotlarni batafsil tushuntirib beramiz.
📞
Qiziqqanlar va mushukchalar bilan tanishmoqchi bo‘lganlar
Telegram orqali yozishingiz yoki qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
+998 91 010 19 49
📍
Faqat Toshkent shahri.
Boshqa shaharlarga yuborilmaydi.
Mushukchani yangi uyiga
shaxsan o‘zim olib boraman
. Faqat kvartira sharoitida, derazalari ishonchli himoyalangan oilalarga beriladi.
🙏
Eng muhimi — mushukchalar mehribon va mas’uliyatli egalar qo‘liga tushishi.
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 11, 04:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Buxoro
🐕
BU QACHONGACHA DAVOM ETADI?
Buxoro shahridagi Vatanparvar ko‘chasida bir it og‘ir azobda nobud bo‘ldi. Videodan ko‘rinishicha, zaharlanish ehtimoli bor, biroq o‘limning aniq sababini ekspertiza aniqlashi kerak.
Buxoro va Kogon hududlaridagi it tutish xizmatlari vakillari avvalroq hozirda itlarni yo‘q qilish uchun zahar ishlatilmasligini bildirgan edi.
Unda savol tug‘iladi: buni kim qilmoqda?
Agar zaharlanish fakti tasdiqlansa, zaharli moddani kim va qayerga tashlaganini aniqlash zarur. Chunki bu nafaqat hayvonlar, balki, ayniqsa, bolalar uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin.
Ko‘cha hayvonlari muammosini shafqatsizlik bilan hal qilib bo‘lmaydi. Agar it haqiqatan ham odamlar uchun xavf tug‘dirsa, qonunda belgilangan choralar ko‘rilishi kerak. Ammo hayvon ko‘chada yurgani uchungina uni yo‘q qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Muammoni tizimli hal qilish kerak:
sterilizatsiya, emlash, hayvonlarni ro‘yxatga olish, egalarining javobgarligi va qarovsiz hayvonlarga insonparvar munosabat.
📸
Agar kimdir Vatanparvar ko‘chasida zaharga o‘xshash moddalarni kim tarqatganini ko‘rgan bo‘lsa yoki foto va videolarga ega bo‘lsa,
materiallarni saqlab qoling va bu haqda xabar bering.
Bizga mish-mishlar va asossiz ayblovlar emas,
faktlar, tekshiruv va aybdorlarning qonuniy javobgarligi kerak.
🐾
Shafqatsizlik — muammoning yechimi emas.
#Buxoro
#Kogon
#Vatanparvar
#HayvonlarniHimoyaQilaylik
#O
‘zbekiston
#Ekolog
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 11, 01:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

🐈
KO‘CHADAGI
MUSHUKNI BOQISH
JINOYATMI?
Chirchiqda ko‘cha mushuklarini ovqatlantirgani uchun jarimaga tortilgan Serebral paralich bilan yashovchi qizning ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi o‘tkazildi. Unda Mehr-oqibat NNT vakillari ham qatnashdi.
Bu ishda eng muhim savol, meningcha, juda oddiy:
⚖️
Qiz aynan qaysi qonun normasini buzgan?
Chunki “mushuklarni boqdi” degan faktning o‘zi hali huquqbuzarlik tarkibini anglatmaydi.
Agar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan bo‘lsa, uning
qaysi huquqiy normani buzganligi, qanday harakat sodir etgani va bu harakat huquqbuzarlik bilan qanday bog‘liqligi
aniq ko‘rsatilishi kerak.
Bu yerda esa mantiq biroz boshqacha ko‘rinmoqda:
🐈
qiz mushukni boqdi;
🐕
keyin hovlida daydi itlar paydo bo‘ldi;
🪰
burgalar ham paydo bo‘lgan, deyilmoqda;
📋
demak, aybdor — mushukni boqgan qiz.
Savol: bularning o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlikni kim va qanday dalillar bilan isbotlaydi?
Qizning mushuklarni ovqatlantirgani bir fakt.
Ammo aynan shu harakat
antisanitariyaga sabab bo‘lganini
isbotlash boshqa masala.
Sudyada aynan shu savol tug‘ilgani bejiz emas: majlisda dalillar yetarli emasligi masalasi ko‘tarilgan va qo‘shimcha dalillarni taqdim etish vazifasi qo‘yilgan.
Bu esa juda muhim prinsipni ko‘rsatadi:
AVVAL DALIL — KEYIN JAVOBGARLIK.
⚖️
O‘zbekiston qonunchiligida hayvonlarni saqlash va qarovsiz hayvonlar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normalar mavjud. Masalan, qarovsiz qolgan hayvonlar bilan bog‘liq maxsus tartiblar belgilangan.
Ammo savol boshqa:
Ko‘cha mushugiga ovqat bergan fuqaro qaysi aniq norma asosida jazolandi?
Agar javob — “antisanitariya” bo‘lsa, unda:
➡️
qaysi sanitariya talabi buzilgan?
➡️
aynan qizning qaysi harakati uni buzgan?
➡️
antisanitariyaga aynan shu harakat sabab bo‘lganini tasdiqlovchi dalil qani?
➡️
boshqa sabablar, jumladan hayvonlarning ko‘chaga tashlab ketilishi, hisobga olinganmi?
Mana shu savollarga javob kerak.
Chunki ko‘cha hayvonlari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
Kimdir ularni tashlab ketadi.
Kimdir nazoratsiz ko‘paytiradi.
Kimdir mas’uliyatsiz munosabatda bo‘ladi.
Keyin esa hayvon och qoladi.
Bir fuqaro unga ovqat beradi.
Va birdaniga:
“Muammo shu odam ekan!”
🤷‍♀️
Bu juda qulay.
Muammoning ildizini izlashdan ko‘ra, qo‘lida yem solingan idishi bor odamni topish osonroq.
Lekin huquqiy davlatda qulaylik emas,
dalil va qonun ustuvor bo‘lishi kerak.
Agar qiz haqiqatan ham sanitariya qoidalarini buzgan bo‘lsa buni aniq norma va dalillar bilan ko‘rsatish kerak.
Agar buzmagan bo‘lsa faqat taxminlar asosida odamni jazolash mumkin emas.
Va yana bir savol:
Nega hayvonni ko‘chaga tashlab ketgan odamni emas, uni ovqatlantirgan odamni qidiryapmiz?
🐈
Mushukka berilgan bir kosa ovqat daydi hayvonlar muammosini yaratmaydi.
Ammo hayvonni tashlab ketish — bu muammoning sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun menimcha, bizga
“kimni jazolash kerak?”
degan savoldan oldin:
“Muammo nimadan paydo bo‘ldi?”
degan savolni berish kerak.
Chunki aks holda ish shu darajaga borib yetishi mumkin:
Mushuk ovqatlandi.
It paydo bo‘ldi.
Burga sakradi.
Kimdir shikoyat qildi.
Va nihoyat...
📋
Aybdor topildi — ovqat solingan kosa.
🙈
Hazil bir chetda.
Bu ishda qonuniylik, dalillarning yetarliligi va javobgarlikning aniq huquqiy asosi ochiq ko‘rsatilishi kerak.
Mehr ko‘rsatgan odam aybdor deb topilishidan oldin, uning aynan qanday qonunni buzganligi isbotlansin.
⚖️
Qonun — taxmin bilan emas, dalil bilan ishlashi kerak.
#MehrVaOqibat
#Chirchiq
#HayvonlarniHimoyaQilaylik
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 10, 16:02
Media unavailable
3
Show in Telegram

Isroilda sayr paytida mana shunday g‘aroyib jonzotga duch keldik. Bir qarashda odam beixtiyor cho‘chib ketadi — uzun tanasi, juda ko‘p oyoqlari va tez harakatlanishi bilan ko‘poyoqli ancha qo‘rqinchli ko‘rinadi.
😊
Lekin bu tabiatning oddiy vakillaridan biri.
Ko‘poyoqlilar —
hasharot emas
, ular alohida bo‘g‘imoyoqlilar guruhiga kiradi. Ular asosan tunda faol bo‘ladi, toshlar, barglar, tuproq va boshqa pana joylarda yashaydi. Ko‘pchiligi yirtqich bo‘lib, hasharotlar, o‘rgimchaklar va boshqa mayda jonzotlar bilan oziqlanadi. Isroilda, xususan,
Scolopendra
urug‘iga mansub yirik ko‘poyoqlilar uchraydi.
🇺🇿
Qiziq tomoni — ko‘poyoqlilar O‘zbekistonda ham bor!
Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida kamida
22 turdagi ko‘poyoqli
qayd etilgan. Ular orasida
Scolopendra cingulata
kabi skolopendra turlari ham mavjud. Bu tur O‘zbekistonda, jumladan Qashqadaryo hududida ham qayd etilgan.
Demak, ko‘poyoqlini faqat tropik mamlakatlarda uchraydi, deb o‘ylash noto‘g‘ri.
🌿
Tabiat biz o‘ylaganimizdan ancha xilma-xil. Ba'zan biz qo‘rqinchli deb qabul qiladigan jonzotlar ham ekotizimda muhim vazifani bajaradi.
Siz O‘zbekistonda ko‘poyoqli yoki skolopendrani uchratganmisiz?
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 10, 13:04
Media unavailable
10
Show in Telegram

Tel-Avivda velosiped va elektr skuterlar nega shunchalik ko‘p?
Isroilning Tel-Aviv shahriga kelgan odam e’tibor beradigan jihatlardan biri — ko‘chalarda velosipedlar, elektr skuterlar va boshqa kichik elektr transport vositalarining juda ko‘pligidir. Ayniqsa, shahar markazida qisqa masofalarga harakatlanayotgan odamlarning avtomobil o‘rniga ikki g‘ildirakli transportni tanlaganini tez-tez ko‘rish mumkin. Bu holat shunchaki aholining odati emas, balki shaharda yillar davomida shakllantirilgan transport siyosati va infratuzilmaning natijasidir.
Batafsil saytimizda o'qing:
https://ekolog.uz/166
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 10, 10:04
Media unavailable
10
Show in Telegram

O‘zbekiston delegatsiyasi Isroilning suv resurslarini boshqarish tajribasi bilan tanishmoqda
O‘zbekistondan Isroilning suv resurslarini boshqarish, suvni tejash texnologiyalari, oqova suvlarni tozalash va qayta ishlatish, raqamli suv boshqaruvi, innovatsion suv yechimlari hamda iqlim o‘zgarishiga barqaror infratuzilma sohasidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishishga bag‘ishlangan almashinuv dasturi ishtirokchilarining navbatdagi manzili Isroil Tashqi ishlar vazirligi bo‘ldi.
Batafsil saytimizda o'qing:
https://ekolog.uz/164
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 10, 07:01
Media unavailable
5
Show in Telegram

#
Isroil
suv tajribasi: har bir tomchini boshqarish, sifatini nazorat qilish va kelajakni himoya qilish
Suv bugungi kunda nafaqat ekologik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va strategik resursga aylanmoqda. Iqlim o‘zgarishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi, aholi sonining ko‘payishi, qishloq xo‘jaligida suvga bo‘lgan talabning ortishi dunyoning ko‘plab mamlakatlarini mavjud suv resurslaridan yanada samarali foydalanishga majbur qilmoqda. Ayniqsa, qurg‘oqchil hududlarda suvning har bir tomchisini hisobga olish, uning sifatini saqlash va iste’molchigacha xavfsiz yetkazish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtayi nazardan Isroil tajribasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Tabiiy chuchuk suv resurslari cheklangan mamlakatlardan biri bo‘lgan Isroil yillar davomida suvni boshqarish bo‘yicha murakkab va ko‘p bosqichli tizimni shakllantirdi. Bugungi kunda mamlakat tajribasi faqat suv tejash texnologiyalari bilan emas, balki suv resurslarini boshqarish, suv sifatini nazorat qilish, yer osti suvlaridan foydalanish, infratuzilma xavfsizligi va raqamli monitoring kabi yo‘nalishlarning bir-biriga bog‘langanligi bilan e’tiborlidir.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi tashabbusi bilan mamlakatning suvni boshqarish tajribasini o‘rganish maqsadida Isroilga tashrif buyurgan delegatsiya Isroil Gidrologiya xizmatida bo‘lib, mamlakatda suv resurslarini boshqarish va aholini suv bilan ta’minlash tizimi bilan tanishdi. Tashrif davomida suv sifati ustidan nazorat, laboratoriyalarning faoliyati, davlat suv kompaniyasi Mekorot bilan hamkorlik, mahalliy suv korporatsiyalarining vazifalari, yer osti suvlaridan foydalanish va binolarning ichki suv tizimlarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Isroil Gidrologiya xizmati direktori Yakov Livshits tomonidan berilgan tushuntirishlar mamlakat suv boshqaruvi tizimining muhim jihatlarini tushunish imkonini berdi. Isroilda ichimlik suvi bitta manbadan emas, balki tabiiy suvlar, tuzsizlantirish va suvni qayta ishlatish yagona boshqaruv tizimiga birlashtirilgan butun milliy tizimdan olinadi.
Ichimlik suvi qayerdan keladi?
Bugungi kunda asosiy manbalar quyidagilar:
Tuzsizlantirilgan dengiz suvi chuchuk suvning asosiy manbalaridan biridir. Dengiz suvi membrana texnologiyasi, asosan teskari osmos yordamida tuzsizlantirish zavodlarida tozalanadi, shundan so'ng suv barqarorlashtiriladi va dezinfektsiya qilinadi.
Yer osti suvlari quduqlar va suv qatlamlaridan olinadigan suvdir. Uning sifati kuzatiladi va agar kerak bo'lsa, qo'shimcha tozalashdan o'tadi.
Chuchuk yer usti va tabiiy manbalar bugungi kunda avvalgidan ancha kichikroq rol o'ynaydi, chunki Isroil tuzsizlantirilgan suv ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi.
Tozalangan oqava suvlar Isroil suvni boshqarish tizimining muhim qismidir. Biroq, farqlash juda muhim: tozalangan oqava suv asosan qishloq xo'jaligi va boshqa ichimlik maqsadlarida ishlatiladi, to'g'ridan-to'g'ri ichish uchun emas. Davlat tizimi ichimlik suvini qayta ishlatish uchun tozalangan suvdan alohida ajratadi. Suv jo'mrakka qanday tushadi? Soddalashtirilgan diagramma quyidagicha ko'rinadi:
Dengiz / quduq / tabiiy buloq → tozalash → sifat nazorati → suv omborlari va saqlash tanklari → asosiy tarmoq → mahalliy suv kompaniyasi → uy → jo'mrak.....
Maqolani batafsil o‘qing
👉🏽
https://ekolog.uz/163
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.

September 10, 04:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

BEDANALAR NOQONUNIY TO‘RLAR YORDAMIDA USHLANMOQDA
Tabiat qo‘ynida bedanalarni noqonuniy usullar yordamida tutish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, ayrim shaxslar bedanalarni ushlash uchun maxsus to‘rlardan foydalanmoqda.
Bunday usulda ov qilish nafaqat yovvoyi qushlarning nobud bo‘lishiga, balki ularning tabiiy populyatsiyasiga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. To‘rga tushgan qushlarning barchasi ham tirik qolmaydi — ayrimlari jarohatlanadi yoki nobud bo‘ladi.
Bedana tabiat ekotizimining bir qismi hisoblanadi. Uni noqonuniy usulda ommaviy ravishda tutish qushlar sonining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish — faqat davlat idoralari emas, balki har birimizning vazifamiz. Yovvoyi qushlarni noqonuniy ovlash yoki to‘rlar yordamida tutish holatlariga befarq bo‘lmaslik, bunday holatga duch kelganda tegishli mutasaddi tashkilotlarga xabar berish muhim.
Mazkur shaxslarga qonuniy jazo choralarini ko'rishlarini so'raymiz.
☘️
Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube
.