
EKOLOG.UZ| UZπΊπΏ
Soβnggi paytlarda mushuklarni qoplarga solib, turli joylarga tashlab ketish holatlari koβpayib borayotgani tashvish uygβotmoqda. Bu kabi shafqatsiz munosabatlar jamiyatda hayvonlarga boβlgan masβuliyat va mehr-oqibat masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqmoqda.
Shunga qaramay, hali ham befarq boβlmagan, eβtiborli va rahmdil insonlar borligi quvonarli. Ana shunday insonlardan biri tashlab ketilgan mushukning hayotini saqlab qoldi. Uning aytishicha, u mushuklarni juda yaxshi koβradi va umuman har bir jonivor Yaratgan tomonidan yaratilgan muqaddas mavjudot ekanini taβkidlaydi.
βJonivorlarga ozor beradiganlarni nima deb soβkishni ham, nima deb atashni ham bilmaymanβ, β deydi u.
Bunday insonlar jamiyatimizda koβpayishi, hayvonlarga nisbatan mehr va masβuliyat yanada kuchayishi muhimdir. Zero, tabiat va undagi har bir jonzotga ehtiyotkorona munosabat β insoniylik mezonidir.
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
#Qashqadaryo_viloyati
Qashqadaryo viloyatida tabiatga nisbatan masβuliyatsiz munosabat yana bir bor jiddiy oqibatlarga olib keldi. Lola dalalarida avtomobil bilan drift qilishni βqiziqarli hordiqβ deb bilgan shaxslar nafaqat katta jarimaga, balki maβmuriy qamoqqa ham duch keldi.
Avvaliga huquqbuzarlar uchun sezilarli moliyaviy jazo belgilangan edi β qariyb 62 million soβm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar uchun qoβshimcha 6,5 million soβm undirilishi belgilandi. Umumiy hisobda, bir necha daqiqalik βkoβngilochar harakatlarβ qariyb 70 million soβmga tushdi.
Biroq voqea shu bilan yakunlanmadi. Sud qaroriga koβra, jazoga yana bir chorani β 15 sutkalik maβmuriy qamoq qoβshildi. Shunday qilib, βekstremal dam olishβ bu safar butunlay boshqa sharoitda davom etdi.
Mazkur holat yana bir muhim haqiqatni koβrsatdi: qonun taqiqlagan joylarda adrenalin izlash nafaqat moliyaviy yoβqotishlarga, balki erkinlikdan mahrum boβlishga ham olib kelishi mumkin.
Bu voqea jamiyat uchun ochiq signal boβlib xizmat qiladi β tabiat tajriba va qonun chegarasidagi βoβyinlarβ uchun joy emas.
Savol esa ochiq qolmoqda: bunday qatβiy choralar boshqalarni ham shunday xatolardan qaytarishga qodirmi?
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
#Bilasizmi
βοΈ
βYosh ekologβ ko'krak nishoni ta'sis etiladi
Batafsil infografikada
π
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
#Hayvonlarga_shafqatsizlik
Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qoralandi
Soβnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda joβjalarni yegani uchun tuzoqqa tushirilgan mushuk aks etgan video keng muhokamalarga sabab boβlmoqda. Ushbu holat jamoatchilik tomonidan keskin tanqid qilinmoqda va bu eβtirozlar oβrinli ekani taβkidlanmoqda.
Mutaxassislar fikricha, jonivorlarning tabiatda bir-birini ovlab kun koβrishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Mushukning joβja yoki boshqa mayda jonivorlarni ovlashi uning instinktiga xos holat boβlib, buni butunlay inkor etib boβlmaydi. Shu sababli, uy hayvonlarini yetarli darajada himoya qilmaslik masβuliyati, avvalo, ularning egalariga yuklanadi.
Biroq mazkur videoda eng achinarli jihat β hayvonning azoblanayotgan holatini tomosha qilib, uni videoga olayotgan va bundan zavqlanayotgandek koβringan bolaning harakati boβldi. Bu esa jamiyatda jiddiy xavotir uygβotmoqda.
Mutaxassislar ogohlantiradiki, agar bolalar yoshligidan bunday shafqatsizliklarga guvoh boβlib, uni oddiy hol sifatida qabul qilib ulgβaysa, kelajakda yanada ogβirroq zoβravonliklarga moyillik paydo boβlishi mumkin.
Shu munosabat bilan jamoatchilik vakillari tegishli tashkilotlardan mazkur holatga huquqiy baho berishni va aybdorlarga nisbatan zarur choralar koβrilishini soβramoqda. Xususan, Oβzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kabi masβul organlarning bu kabi holatlarga befarq boβlmasligi muhimligi taβkidlanmoqda.
Jamiyatda hayvonlarga nisbatan mehr-shafqat va masβuliyatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki hayvonlarga munosabat β insoniylik mezonlaridan biridir.
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
Bu qarorni qabul qilish men uchun juda ogβirβ¦
Ammo sharoitim sabab uni erkinlikka qoβyib yuborishga majburman.
Uni asrab qolish uchun qoβlimdan kelganini qildim, lekin hozir yolgβiz bunga kuchim yetmayapti.
Agar imkoningiz boβlsa, iltimos, befarq boβlmang.
Hatto kichik yordam ham katta umid boβlishi mumkin.
1 000 soβm β bir jon uchun imkon.
8600 0609 0645 2561
Oldindan rahmat.
Kanalimiz kuzatuvchisidan kelgan xabar
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
#Qashqadaryo_viloyati
Choβmichli qishlogβida ekologik xavotir ortmoqda
Qashqadaryo viloyati Gβuzor tumaniga qarashli Choβmichli qishlogβida noqonuniy qazish ishlari olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat hudud aholisi orasida jiddiy xavotir uygβotmoqda.
Mahalliy aholi taβkidlashicha, qazish ishlari tegishli ruxsat va nazoratsiz amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat yer resurslariga zarar yetkazishi, balki atrof-muhit muvozanatiga ham salbiy taβsir koβrsatishi mumkin.
Noqonuniy qazish ishlari koβpincha tuproq eroziyasi, yerning degradatsiyasi va ekologik tizimlarning buzilishiga olib keladi. Agar bu jarayonlar vaqtida toβxtatilmasa, hududda uzoq muddatli ekologik muammolar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori.
Aholi vakillari ushbu holatga masβul tashkilotlar eβtibor qaratishini kutmoqda. Ular nazorat organlari tomonidan tezkor choralar koβrilishini va noqonuniy faoliyatga chek qoβyilishini talab qilmoqda.
Mazkur vaziyat yana bir bor ekologik nazorat tizimini kuchaytirish zarurligini koβrsatmoqda.
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
#Qashqadaryo_viloyati
Qoratepa gβisht zavodlari faoliyati nega nazorat qilinmayapti?
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Qoratepa hududida joylashgan gβisht zavodlarining noqonuniy faoliyati yillar davomida jiddiy ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, ushbu zavodlardan atmosferaga chiqarilayotgan zararli tutunlar nafaqat atrof-muhitga, balki hududda yashovchi aholi salomatligiga ham salbiy taβsir koβrsatmoqda.
Afsuski, bu holat uzoq vaqtdan beri davom etayotganiga qaramay, masβul tashkilotlar, jumladan, ekologiya idoralari tomonidan yetarli choralar koβrilmayapti. Qarshi tumani va umuman viloyat ekologiya tizimi bu muammoga koβz yumayotgandek taassurot uygβotmoqda.
Qoratepa hududida 500 dan ortiq, ehtimol 1000 ga yaqin xonadon mavjud boβlib, bu yerda yuzlab oilalar yashaydi. Shunga qaramay, hudud deyarli nazoratsiz qolgan. Ekologiya sohasiga masβul xodimlarning harakatsizligi esa vaziyatni yanada ogβirlashtirmoqda.
Aholi orasida haqli savollar tugβilmoqda: ushbu holatni kim nazorat qiladi? Nega ekologiya organlari tomonidan qatβiy choralar koβrilmayapti? Masβul rahbarlar, jumladan, A. Abdihakimov boshchiligidagi tizim bu muammolarga qanday munosabat bildirmoqda?
Eng achinarlisi shundaki, ushbu hududda oddiy insonlar, bolalar va keksalar yashamoqda. Ular har kuni zararli havodan nafas olishga majbur. Qoratepa qishlogβi aholisi ekologiya tashkilotlarining sustkashligidan chora izlash kerakmi yoki zavodlarning zarariga qarshi kurashish yoβlini topish kerakmi β bu savollar hanuz ochiq qolmoqda.
Noqulay ekologik sharoitlar aholining noroziligini oshirib bormoqda. Ammo bu norozilik va dardli murojaatlar kim tomonidan eshitiladi β nomaβlum.
Shu bilan birga, mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ekologiyani yaxshilash borasida qator tashabbuslar ilgari surilayotgan bir paytda, hududlarda bunday muammolarning davom etayotgani jiddiy xavotir uygβotadi.
Qashqadaryoda esa aksincha, aholining haqli eβtirozlari ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bu esa tizimli muammolar mavjudligini yana bir bor koβrsatadi.
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
Qargβalar inson nutqiga taqlid qila oladi. Asirlikda yashaydigan qargβalar baβzi toβtilardan ham yaxshiroq gapirishni oβrganishi mumkin.
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
#Samarqand_viloyati
#Rasmiy_javob
Qizil kitobga kiritilgan boβz yechki emarlari hayoti saqlab qolindi
Paxtachilik bir fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda Boβz echki emarlari sotilishi haqida post qoldirdi.
Samarqand viloyat Ekologiya va iqlim oβzgarishi bosh boshqarmasi ekopolitsiya tezkor guruhi va Paxtachi tuman boβlimi davlat inspektorlari tomonidan holatni oldini olish maqsadida tezkor tadbir olib bordi. Natijada haqiqatda ham tumanning Chashma MFYda yashovchi fuqaro Sh. Y tomonidan hududning dashtli hududidan tutib kelingan ikki dona Oβzbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi"ga kiritilgan boβzechkiemarlarini bogβlangan holda sotish uchun saqlayotganligi maβlum boβldi.
Boβz echkemar, Janubiy Orolboβyidan Fargβona vodiysigacha boβlgan choβl va yarim choβllar, Oβzbekistondan tashqarida: Oβrta Osiyo va Janubiy Qozogβiston, Afgβoniston, Eron, Janubi-gβarbiy Osiyo, Shimoliy Afrika, Hindiston va Pokistonda β boshqa kenja turlari mavjud. Boβz echkemar tekislikda yashovchi turlar toifasiga mansub. Baβzan d.s.b 1000 metrgacha boβlgan qoldiq togβlarning yonbagβirlarida ham uchraydi. Asosan, mustahkamlashgan va yarim mustahkamlashgan qumlarda, loyli va tosh-shagβalli tuproqlarda, shoβrxok yerlarda yashaydi.
Bular tabiatan kam sonli boβlib, 1990-yillarning boshlarida ularning umumiy soni 45 mingga yaqin edi, alohida Fargβona populyatsiyasida yesa 200 ga yaqin boβlgan. Boshpana joylar mavjudligi va ozuqa bazasiga bogβliq ravishda turli yashash joylarida zichligi sezilarli darajada turlanadi. Hozirda aksariyat yashash joylarida yoβq boβlib ketgan, qolganlarida esa juda kam sonli.
Ushbu Oβzbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi"ga kiritilgan boβz echkiemarlari holati qoniqarli ekanligi maβlum boβlgan tabiat qoβyniga qoβyib yuborildi.
Huquqbuzar fuqaro MJtKga binoan 4 120 000 so'm miqdorida ma'muriy jarimaga tortildi.
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.
#Namangan_viloyati
βSuvni ifloslantirib tashladiβ: Namanganda aholi baliqchilik faoliyatidan norozi
Namangan viloyatining Mingbuloq tumani Qoβshqishloq hududi aholisi suvning ifloslanishi bilan bogβliq muammo yuzasidan murojaat yoβlladi. Ushbu murojaatga koβra, qishloq hududida bir tadbirkor soβnggi 5 yil davomida Afrika laqqa baligβini yetishtirish bilan shugβullanib kelmoqda.
Aholining taβkidlashicha, ilgari baliq boqilayotgan suvdan kundalik ehtiyojlar uchun keng foydalanilgan. Xususan, fuqarolar ushbu suvdan idish-tovoq yuvish, kir-chir qilish hamda chorva mollarini sugβorishda foydalangan. Biroq baliqchilik faoliyati yoβlga qoβyilgach, suv ifloslanib, undan foydalanish imkoni deyarli yoβqolgan.
Murojaatchilarga koβra, baliqlar parranda chiqindilari bilan boqilayotgani suvning ifloslanishiga sabab boβlgan boβlishi mumkin. Bu esa nafaqat ekologik muvozanatga, balki aholi salomatligiga ham salbiy taβsir koβrsatishi mumkin.
Hudud aholisi masβul tashkilotlarni ushbu holatga eβtibor qaratishga, vaziyatni oβrganib, qonuniy choralar koβrishga chaqirmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va toza suv manbalarini asrash dolzarb vazifalardan biri boβlib qolmoqda.
Video:
kun.uz
βοΈ
Ekologiyaga oid soβnggi yangiliklarni
@ekologuz
sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni
@eklguz_bot
orqali yuboring!
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Sayt
|
Youtube.