Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Эндокринология ва метаболизм

elbekendokrinolog
Болалар ва катталар эндокринологи,репродуктолог, метаболик касалликлар шифокори Маматкулов Элбек. Ушбу канал шифокор,талабалар, исботланган замонавий тиббиётга қизикиши борлар ва беморларга фойдали бўлади деган умиддамиз. 👇 @neoclinic_uz +998 91-011-77-1
Subscribers
3 468
24 hours
-9
30 days
53
Unusual 24 hours drop
Post views
1 650
ER
47,58%
Posts (30d)
2
Characters in post
562
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 30, 18:26

🚨
3yoshli bemorimizda Fanconi tubulopatiyasi (buyrak shikastlanishi va raxit) metabolik asidoz sistinoz kasalligi sababli yuzaga kelgan.
Bolaga yordam kerak!
🤲
👇
👇
https://youtube.com/shorts/umXJ1Txnj7A?si=PJTIqdGGSDcdL03f
https://t.me/elbekendokrinolog

October 20, 11:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

✅
Gormonlarni qanday topshirish kerak?
✅
Gormon topshirganda och qorin bo’lish va tish yuvish mumkinmi?
✅
Qaysi analizlarni topshirish hayz kuniga bog’liq?
✅
Gormon tekshirganda kuni qaysi vaqtida ko’rgan maqul?
Quyida shu savollarga aniq javob olasiz!
👇
👇
https://youtube.com/shorts/7Vx1A2dQyGc?si=ukth8G9tMLKcDVBF
Ba’zi boshqa gormonlar maxsus tayyorgarlik bilan topshirilishi mumkin.
Uni shifokoringiz aniq sizga aytadi.
Hurmat bilan, Dr Elbek Mamatqulov
https://t.me/elbekendokrinolog

September 30, 03:19

https://youtu.be/ZS_A30LmK7Y?si=DQNYAUW1S_UY6SAX

September 23, 07:04

https://youtube.com/shorts/1u9crqhKXsU?si=Kqd9kZpEm88RMq4z

September 22, 19:33

Эндокринология ва метаболизм
pinned a photo

September 22, 19:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚨
Diqqat E’lon!!
Dr Elbek Mamatqulov
2026 yil - 22- sentrabrdan -6 oktabrgacha ta’tilga chiqqanligi uchun Bolalar Milliy Tibbiyot markazida qabul qilmaydi!
Qabulni rejalashitirib kelishingizni so’rab qolamiz.
Noqulayliklar uchun uzr so’raymiz
🙌
.
Biz bilan bog’lanishga zudlik bilan muhtojlik, tezroq ko’rik zarur bo’lsa quyidagi nomerga aloqaga chiqing.
👇
O’zingizni extiyot qiling!
+998 91 011 77 11
+998 33 011 77 11
+998 95 341 00 03
https://t.me/elbekendokrinolog

September 20, 09:26
Media unavailable
3
Show in Telegram

🤭
Mio-inozitolning PCOM/PCOSda biologik va ayrim klinik foydasi bor
, lekin uni “polikistik tuxumdonni davolaydi” yoki ovulyatsiyani ishonchli tiklaydi deb aytish hozirgi dalillarga mos emas.
Ayniqsa PCOMning o‘zi bo‘lsa
Agar ayolda
faqat PCOM — UZI bo‘yicha ko‘p follikulalar
bo‘lsa, lekin:
• ovulyatsiya normal,
• hayz muntazam,
• giperandrogenizm yo‘q,
unda
mio-inozitol berish uchun kuchli indikatsiya yo‘q
.
2026-yilgi yangilangan xalqaro PCOS/PMOS guideline’ida inozitolning reproduktiv maqsadlarda foydasi hali noaniq deb baholanadi. PCOM/PCOS + infertillikda inozitol
eksperimental terapiya
sifatida ko‘rsatilgan.
Lekin
klinik effekt katta emas va dalillar sifati past/heterogen
.
2023 International PCOS Guideline inozitolni individual preference asosida ko‘rib chiqish mumkinligini, ammo
ovulyatsiya, hirsutizm va vazn bo‘yicha klinik foydasi cheklanganini
ta’kidlaydi.
👇
https://www.thelancet.com/journals/lancet/article/PIIS0140-6736(26)00717-8/fulltext
https://t.me/elbekendokrinolog

September 19, 05:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

Akromegaliya-juda kam uchrovchi neyroendokrin kasallik aniqlandi.
👇
👇
https://t.me/elbekendokrinolog

September 19, 05:48

Akromegaliya
— gipofiz bezining ortiqcha miqdorda oʻsish gormoni(somatotrop gormon) ishlab chiqarishi natijasida kelib chiqadigan surunkali endokrin kasallik!
Bu kasallik asosan oʻsish toʻxtagan yoshdan keyin (kattalarda) rivojlanadi va tana aʼzolarining, suyak hamda yumshoq toʻqimalarning nomutanosib ravishda kattalashib ketishiga olib keladi.
(Shrek mutfilmi shu kasallik bilan og'rigan bemorni obrazidan yaratilgan).
Agar oʻsish gormoni bolalik davrida (suyaklar oʻsishdan toʻxtashidan oldin) koʻp ajralsa, bu kasallik
gigantizm
(boʻyning haddan tashqari uzun boʻlishi) deb ataladi.
✅
Kasallikning asosiy sababi
95% holatlarda
akromegaliyaga
gipofiz bezining xavfsiz oʻsimtasi
(adenomasi) sabab boʻladi.
💡
Bu oʻsimta saraton (rak) kasalligi emas, lekin u nazoratsiz ravishda juda koʻp miqdorda oʻsish gormonini qonga ajratib chiqaradi.
🧠
Akromegaliyaning asosiy belgilari
Kasallik juda sekin, odatda bir necha yil davomida rivojlanadi, shu sababli bemor oʻzgarishlarni darrov sezmasligi mumkin.
Uzoq vaqt ko'rmagan odamlar payqashi mumkin.
Hayot davomida oyoq kiyimi o'chami oldin 40-42 bo'lgan bo'lsa o'sib 46-47 bo'lib ketadi.
Oldin taqqan soatlar va uzuklar sig'may qoladi.
🩺
Tashqi oʻzgarishlar:
Qoʻl va oyoq panjalarining kattalashishi (poyabzal sigʻmay qoladi), burun, lab va quloqlarning yiriklashishi( qo'pollashishi) , pastki jagʻning oldinga chiqib qolishi hamda tishlar orasining ochilib ketishi.
•
Ovoz oʻzgarishi:
Til va ovoz boylamlarining yoʻgʻonlashishi hisobiga ovoz boʻgʻiq va past boʻlib qoladi.
Nafas olishda muamo tungi apnoe tez tez kuzatiladi.
•
Ichki aʼzolar kattalashishi:
Yurak, jigar, buyraklar va taloq hajmi kattalashadi (bu ularning ishlashiga salbiy taʼsir qiladi).
•
Nevrologik belgilar:
Oʻsimta miyani siqishi natijasida kuchli bosh ogʻrigʻi va koʻrish qobiliyatining yomonlashishi yuzaga keladi.
•
Metabolik oʻzgarishlar:
Tez-tez charchash, mushaklar va boʻgʻimlarda ogʻriq( karpal tunel sindrom) koʻp terlash hamda qandli diabet va glukoza almashinuvi buzilishi xavfi oshishi.
🩺
Diagnostika va davolash Kasallikni aniqlash uchun qondagi oʻsish gormoni hamda IGF-1 (insulinsimon oʻsish faktori) miqdori tekshiriladi, GH, Glukoza, prolaktin, va boshqa trop gormonlar va ularni mass effekt hisobiga defisiti bor yo'qligi tekshiriladi, va gipofiz MRT (magnit-rezonans tomografiya) qilinadi.
🧠
Davolash choralari uch xil usulda olib boriladi:
1. Jarrohlik amaliyoti: Gipofizdagi oʻsimta neyroxirurglar tomonidan operatsiya orqali olib tashlanadi (eng asosiy va butunlay qutilish usuli).
2. Medikamentoz (dori bilan-operatsiyaga qarshi ko'rsatma bo'lganda) davolash: Gormon ishlab chiqarilishini kamaytiruvchi maxsus preparatlar buyuriladi.
3. Nur terapiyasi: (Gamam va kibernoj) Operatsiya toʻliq yordam bermagan yoki uni oʻtkazish imkoni boʻlmagan holatlarda oʻsimta qoldiqlarini nur yordamida yoʻqotish.
4. Operatsiyadan oldin yoki keyingi rivojlangan gipopituitarizm endokrinolog tomonidan davolanishi kerak bo'ladi.
https://t.me/elbekendokrinolog

September 16, 18:10

Эндокринология ва метаболизм
pinned «
🚨
Қандли диабет беморларга инсулин Тресиба/Лантус/Левемир/Деглюдек қилиш техникаси.
👇
https://youtube.com/shorts/L-Zeq5srDpw?si=OqGeSm4dgj0-Aiu8
»