Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Eltuz portali

eltuzportali
Shikoyat va arizangiz bo‘lsa, qisqa qilib tushuntiring. Faktlar, hujjatlar, audio va videolarni yo‘llang. Shaxsingizni hech qachon oshkor etmaymiz. Murojaat uchun: @eltuzportali_bot Elektron manzil: eltuzportali@gmail.com
Subscribers
5 640
24 hours
-40
30 days
-100
Post views
2 225
ER
0,4%
Posts (30d)
10
Characters in post
838
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
January 25, 05:52
Media unavailable
3
Show in Telegram

EP: SUX TUMANIDA INFRATUZILMA MABLAG‘LARI TALON-TOROJ QILINGANI HAQIDA E’TIROZ
Sux tumani Rovon MFY, Amir Temur ko‘chasi hamda Yangiariq MFY, Yangiariq ko‘chasida davlat tomonidan infratuzilma uchun ajratilgan milliardlab so‘mlik mablag‘lar maqsadsiz sarflangani aytilmoqda.
Aholining ta’kidlashicha, hatto oddiy elektr ustunlaridagi chiroqlar ham ishlamaydi, ko‘chalar yoritilmagan, infratuzilma talab darajasida emas. Ajratilgan mablag‘lar qayerga sarflangani bo‘yicha ochiq va tushunarli ma’lumot yo‘q.
Fuqarolar ushbu holatni kim nazorat qilishi, qaysi tashkilotlar mas’ul ekani va qonuniy tekshiruv o‘tkazilishi masalasida javob kutmoqda. Tegishli idoralardan holatga rasmiy baho berish va chora ko‘rish so‘raladi.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 24, 13:35
Media unavailable
3
Show in Telegram

EP: PESHKU TUMANIDA NOQONUNIY QURILISHLAR: KADASTR XODIMI BILAN BOG‘LIQ E’TIROZ
Assalomu alaykum. Buxoro viloyati Peshku tumani Xurram mahallasi Chakalon qishlog‘ida fuqarolar tomonidan ekin yerlarida noqonuniy qurilishlar avj olmoqda.
Xususan, fuqaro E. Urokov tomonidan uy-joy qurilishi boshlab yuborilgan. Shuningdek, fuqaro Ramazonov Farhod o‘z uyining orqa qismida noqonuniy molxona binosi qurib olgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman kadastr palatasi tomonidan hech qanday choralar ko‘rilmayotgani aytilmoqda. Sabab sifatida, kadastr palatasi xodimi O. Yarashyev ushbu fuqarolarga yaqin qarindosh ekani ko‘rsatilmoqda.
Holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan qonuniy baho berilishi va chora ko‘rilishi so‘raladi.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 22, 06:24
Media unavailable
4
Show in Telegram

EP: "Assalomu alaykum, hurmatli kanal jamoasi va kuzatuvchilar.
2025-yil dekabr oyida Prezident portali, Xalq qabulxonasi hamda Ekologiya qo‘mitasi va boshqarmasi rahbari nomiga Qumqo‘rg‘on tumani hududida qizil kitobga kiritilgan, davlat muhofazasidagi minglab o‘simliklar bir guruh shaxslar tomonidan noqonuniy va zo‘ravonlik bilan yo‘q qilinayotgani haqida murojaat qilingan.
Afsuski, Prezident ekologiya masalasiga katta e’tibor qaratayotganiga qaramay, mas’ul tashkilotlar tomonidan murojaat yuzaki ko‘rib chiqildi. Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmasi va tuman ekologiya bo‘limi tomonidan manfaatdorlik asosida yo‘q qilingan o‘simliklar soni va hududi sun’iy ravishda kamaytirilib ko‘rsatildi. Natijada faqat bitta shaxsga jarima qo‘llanildi, holbuki ushbu jinoyat o‘nlab shaxslar tomonidan sodir etilgan edi.
Bu holat davlat va xalq manfaatlariga jiddiy zarar yetkazdi. Mas’ullardan amaliy va adolatli choralar ko‘rilishini so‘rab qolamiz."
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 22, 04:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

EP: Buxoro shahrida chiqindi muammosi
Biz Buxoro shahri Ibn Sino ko‘chasidagi 3/1 va 3/2-uylar aholisi bo‘lamiz. Chiqindi baklari uzoq joylashgani sababli, fuqarolar podyezd oldiga axlat tashlamoqda. Natijada hudud noqonuniy musorxonaga aylangan va sanitariya holati yomonlashgan.
Mazkur muammo bo‘yicha mahallaga ham, Ekologiya vazirligining ishonch telefoniga ham bir necha bor murojaat qilganmiz, ammo hozircha natija yo‘q.
SanPin talablariga ko‘ra, chiqindi baklari turar joylardan kamida 20 metr uzoqlikda bo‘lishi kerak. Shunga qaramay, podyezd oldini musorxona qilish rejalashtirilmoqda.
Mas’ul tashkilotlardan muammoni zudlik bilan hal qilishni so‘raymiz.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 21, 08:04
Media unavailable
6
Show in Telegram

EP: BUXORODA KO‘P QAVATLI UY MUAMMOSI: AHOLI VA’DALAR BAJARILMAYOTGANIDAN NOROZI
Assalomu alaykum. Buxoro shahri Ko‘ksaroy mahallasidan 20 dan ortiq qo‘shni nomidan murojaat qilinmoqda.
Mazkur mahalladan 2022-yilda “Alisher Nilufar” MChJdan ko‘p qavatli uy xarid qilingan. Uy sotib olinayotgan vaqtda podyezdlar ta’mirlanishi, avtoturargoh bo‘lishi, lift o‘rnatilishi va boshqa qulayliklar va’da qilingan.
Ammo oradan uch yil o‘tgan bo‘lsa-da, biror ijobiy o‘zgarish yo‘q. Uy talablarga javob bermagan holda va shartnoma shartlari to‘liq bajarilmasdan vvod qilingan. Aholi fikricha, ushbu bino noqonuniy tarzda foydalanishga topshirilgan.
Lift o‘rnatilishi aytilib, ish boshlanganiga 5 oy bo‘lgan, biroq hozirgacha natija yo‘q. Uy atrofi abgor ahvolda, yashash uchun qulay sharoitlar yaratilmagan.
Hurmatli Botir Komilovich, ushbu holat yuzasidan ijobiy va qonuniy yechim topishda ko‘mak berishingizni so‘raymiz. Biz, mazkur uy aholisi, Sizdan umid qilamiz.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 20, 10:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

EP: NAMANGAN MARKAZIDA GAZ MUAMMOSI: AHOLI BIR HAFTADAN BERI SOVUQDA
Namangan shahri Texnopark orqasida joylashgan 9 qavatli uyda bir haftadan buyon gaz ta’minoti yo‘q. Shahar markazida joylashgan bo‘lishiga qaramay, aholiga gaz berilmayapti. Uyda yosh bolalar va keksalar bor, sovuq sababli aholi jiddiy qiynalmoqda. Mazkur muammo tegishli mutasaddilar e’tiboriga yetkazilib, tezkor yechim topilishi so‘raladi.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 20, 08:53
Media unavailable
6
Show in Telegram

EP: Hurmatli Ekologiya vaziri A. Abduhakimov janoblari!
Sirdaryo viloyatida chiqindilar bilan ishlovchi xodimlar faoliyati bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud. Vazirlik tomonidan ushbu sohaga mas’ul xodimlarni tanlashda malaka va tajribaga alohida e’tibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Sirdaryo viloyatidagi mavjud holat juda achinarli. Amalga oshirilayotgan ishlardan xalq umuman norozi. Xodimlar ham, rahbarlar ham o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmayapti. Noyabr oyidan buyon ishchilarga oylik maoshlar to‘lanmagan, texnika va ehtiyot qismlar (zapchastlar) uchun ajratilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar yetkazilmagan.
Rahbariyat tomonidan xodimlarga bosim o‘tkazilmoqda: bildirgi asosida ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilinmoqda. Ayniqsa, Sanjar ismli rahbar bilan ishlashning imkoni yo‘q. U xodimlar bilan qo‘pol muomala qiladi, eshigi doim yopiq, murojaatlarni eshitmaydi. Texnikalar butunlay nosoz holatda, poligonlarga kirilganda texnikalar botib qolib, bir-birini sudrab chiqarishga majbur bo‘linmoqda.
Ichki nazorat va inspeksiya tomonidan chuqur tekshiruv o‘tkazilsa, juda yaxshi bo‘lardi. Chunki ehtiyot qismlar uchun ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilayotgani haqida jiddiy shubhalar mavjud.
Hurmatli vazirimiz, xodimlarga har kuni “ariza yozib ishdan ketinglar”, “oylik so‘raganlarning hammasi bo‘shatiladi” degan bosimlar bo‘lmoqda. Shu sababli, bizning iltimosimiz — Sirdaryo viloyatiga malakali, mas’uliyatli va adolatli ekolog mutaxassislaridan rahbar tayinlanishini ta’minlash va mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganishdir.
E’tiboringiz va adolatli qaroringizga umid qilamiz.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 15, 08:21
Media unavailable
2
Show in Telegram

EP: "Assalomu alaykum.
Men Ishtixon tumani SheyxlarKent MFY, SheyxlarKent qishlog‘ida joylashgan uy-joyda oila a’zolarim bilan birga yashayman. Ushbu uy-joy turmush o‘rtog‘im nomida rasmiylashtirilgan.
Uy-joyimizga kirib-chiqish uchun mo‘ljallangan yo‘lni qo‘shnim Dustmurodov G‘ofur o‘zboshimchalik bilan setka bilan o‘rab, butunlay yopib qo‘ygan. Natijada men va oila a’zolarim uy-joyimizga kirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz.
Yoshim katta bo‘lgani sababli sog‘lig‘im tez-tez yomonlashib turadi. Tez yordam mashinasini chaqirganimizda esa yashash uyimizga olib keladigan yo‘l mavjud emasligi sababli ular kira olmayapti. Shuningdek, chiqindi tashish va yong‘in xavfsizligi xizmatlari mashinalari ham hududga kira olmayapti.
Mazkur holat yuzasidan tuman kadastr bo‘limi hamda Ishtixon tumani hokimligiga bir necha bor murojaat qilganman, biroq hozirga qadar hech qanday natija bo‘lmadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumani sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilganimda esa, “yo‘lni ochib berish sud vakolatiga kirmaydi”, degan vaj bilan arizam qaytarib yuborildi.
Shu sababli, mazkur masalada amaliy yordam berishingizni so‘rab qolaman."
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 14, 08:17
Media unavailable
2
Show in Telegram

EP: ANDIJON SHAHRIDA PASPORT BERISHDAGI MUAMMOLAR HAR KUNI TAKRORLANMOQDA
Andijon shahrida pasport olish uchun kelgan fuqarolar har kuni bir xil muammoga duch kelmoqda. Navbatlar uzun, odam ko‘p, ammo ish samarasi yo‘q. Mas’ullar esa doimiy ravishda “baza ishlamayapti” degan bahonani keltirishmoqda.
Bu holat kundalik odatga aylanib qolgan. Fuqarolar soatlab kutishga majbur bo‘lyapti. Hech kim aniq javob bermaydi, muammoni hal qilishga esa urinish ham yo‘q.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!

January 11, 13:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

EP: FIRIBGARLIK HAQIDA OGOHLANTIRISH
Fuqaro GULI murojaatiga ko‘ra, “3 oyga nasiya kiyimlar” nomli guruh orqali odamlar aldanmoqda. Kiyim-kechak sotishni va’da qilib, oldindan to‘lov olinadi, pul o‘tkazilgandan so‘ng esa mijozlar bloklab qo‘yiladi.
Fuqarolardan ushbu guruhga pul o‘tkazmaslik, yaqinlarini ham ogohlantirish so‘raladi. Ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilishi iltimos qilinadi.
@eltuzportali
-
muammolar yechimi!