
ENGLISH WITH MOM & ME
https://t.me/+IgtkEcxxS-diMTgy
https://t.me/+IgtkEcxxS-diMTgy
ENGLISH WITH MOM & ME
pinned a photo
❤️
Yuzlari yuvilmagan Aisham bilan peshingi uyqudan keyin 15-20 daqiqa birnimalar o’rgandik.
Oktabrda 2ga to’ladi. O’zbek tilida endi tili chiqyapti, hamma buyruqlarni tushunadi, bajaradi. Hali gapirolmasayam inglizchaniyam ancha tushunib qoldi, asosan akasi va opasidan o’rganyapti.
Til o’rgatish uchun kitob izlash kerak emas, harfdan boshlash shart emas, shunchaki kundalik muloqot yetarli. 2 yosh biror chet tili boshlash uchun eng yaxshi davr.
Bir nechta tilni aralashtirmay har yili 1 tilni ravon o’rgatish mumkin. Katta farzandlarimda bu tajribadan o’tdik. Natijalar kutganimizdek, hammasi Allohning fazli bilan va davomiylikni ushlash bilan bo’ladi.
Azizamda biroz boshqacharoq avval inglizcha til chiqardi, 3 yoshda o’zbek, 4 yoshda rus, 5 yoshdan arab tili o’rgatishni boshladik, 7 yoshda barchasida ham o’qib, ham gapirib-yozib ketadigan darajada bo’ldi. Erta ta’lim bolaning umriga baraka beradi, har sohada u ertaroq yutuqlarga erishadi.
O’sha mashur gapim shiorimni yana qaytaraman— asosiy ta’lim va tarbiya maktabgacha beriladi! Bola 10 ga kirmaguncha sosiy ustoz baribir ona bo’ladi! Farzandingizning ta’limini boshqalarga, maktab va bog’chalarga ishonib qo’ymang, hech kim sizdek qayg’urmaydi! Har bir farzandingiz uchun u tug’ilishi bilan aniq reja va niyatlar yozing, haqqiga duo qiling, Alloh o’zi yo’l boshlab nasibasidagi ilmni ziyoda qilib beraveradi, inshaallah!
https://t.me/english_with_mom_me
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Boshlaymizmi?
Oldin chatda qatnashganlar
❤️
Yangilar olovcha bosamiz
🔥
Olovcha kam bolsa boshlamayman:)
Assalomu aleykum ilmsevar onajonlar, yuqoridagi mavzuda suhbatimiz bugun soat 15:00da boshlanadi.
Savollar, argumentlar, tajribalar va foydali tavsiyalaringiz bilan chatda faol qatnashishingiz mumkin.
Live stream scheduled for
Aug 1 at 13:00
Kanalimiz mehmonlari, ilk xarid qiluvchilar, yosh onalar xarid maqsadida yozishganda ularga tovar sotishdan oldin maqsadlarini aniqlashtirib olishlarini tavsiya beraman.
Bolam 6 oylik-10 oylik, arab, rus va ingliz tillarini o’rgatmoqchiman, shu tillarda materillar tashlab bering deyishadi. Shaxsiy va o’qib o’rgangan tajribamdan kelib chiqib beradigan javobim ularni ko’pincha uzoq o’ylashga majbur qiladi. (Savdo esdan ham chiqib ketadi:)
Sababi men bola eng avval ona tilisida yoki u yashaydigan jamiyat eng ko’p gaplashadigan tilda til chiqarishi tarafdoriman. Ya’ni barcha tillarda bir paytda material xarid qilishdan naf yo’q, har yilda bir tilga fokus qilish yaxshiroq natija beradi.
Yana bir narsani tushunib olaylik, erta yoshda til o’rgatish bu harf tanitishdan boshlanmaydi. Ayniqsa 1-2 yoshda asosan takror muloqot bilan til chiqariladi.
Farzandlarimning tilini 1 yoshda inglizcha chiqarib aslida ularni qiynab qo’yganimni amalda tushunganim uchungina emas, soha yuzasidan o’qigan kitoblarimga asoslanib ham aytaman. Bolaning ona tilisi u yashaydigan jamiyatda muloqot vositasi bo’lishi kerak, inglizcha til chiqargan lekin uyda ham ko’chada ham onasidan boshqa hech kim bilan muloqot qila olmaydigan bolakay uchun do’stlashish va boshqalar ham uni tushunishi qanchalik qiyin bo’lishini bilasizmi?
O’zbekiston sharoitida yashayotgan bo’lsangiz, bilingual bola tarbiyalashni istasangiz, unga zulm qilmaydigan holda jamiyatda bola eshitadigan tillar ( masalan tojik-o’zbek, rus-o’zbek) bo’lsa, 1-2 yoshdan muammosiz o’rgatavering. Lekin, arab yo ingliz tillarini o’rgatishni qachon boshlash kerak?
Davomini chatda suhbatlashamizmi?
😀