Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ENGLISH WITH MOM & ME

english_with_mom_me
🗣️ erta yoshda bolajonlarni ingliz tilida o’qishga tushiramiz 📖 ingliz tilini hikoya kitoblar orqali o’rganamiz 🗂️ bepul pdf kitoblar, video va audio materiallar Online kitoblar savdosi kanalim https://t.me/momme_bookshop
Подписчики
1 880
24 часа
30 дней
50
Просмотры
880
ER
46,81%
Посты (30д)
12
Символов в посте
680
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Социальные сети и сообщества
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
June 06, 06:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

May 26, 10:17

Assalomu aleykum, qadrdonlar, 10 kundan beri ovozim chiqmay shamollab yurganim uchun ovozli dars o’tolmadik.
InshaaAllah endi hayitlarni o’tkazib olib yana boshlaymiz.
Hozir sizlarga bir savolim bor
Kimda 3 yoshda farzandi ingliz tilida ravon o’qishga tushib ketgan?
Tajribalaringiz bilan bo’lishing, umuman 3 yoshdan o’qishga tushishi bolaga kerakmi o’zi?

May 23, 10:18

Erta ta’lim va til mavzusida qisqa xulosalarim
👉
Bolaning tili ona tilisida chiqib bo’lgach, unga ikkinchi tilni o’rgatishga kech qolasiz! Haqiqiy bilingual bola 3 yoshgacha ikki tilda fikrlay oladigan boladir!
👉
Til o’rgatilmaydi, balki o’rganiladi! Bolada muloqotga ehtiyoj uyg’oting! Ona tilingiz kabi shu o’rgatayotgan tilingizda yashang, Chet tili deb qaramang!
👉
Bolaga bir necha tilda gaplashuvchi bir kishidan ko’ra, bir necha kishi har biri alohida tilda gapirish orqali muloqot qilinsa, bola oson va tabiiy o’rganadi.
👉
O’qish va o’rganish ko’nikmasi erta yoshda shakllantirilgan bolalar umrlarining barcha bosqichlarida kitobga do’st va yangi ma’lumotga o’ch bo’ladilar.
👉
5 yoshgacha bolalar o’sha til muhitida bo’lish orqali beshtalab tilni parallell o’rgana oladilar. Bu yoshgacha ular uchun oson qiyin tushunchasi bo’lmaydi!
👉
3 yoshgacha bola tilllarni nomlari bilan ajratolmaydi, nechta tilda eshitgan bo’lsa barchasida parallel so’z boyligini oshirib boraveradi va barchasini aralashtirib bir butun til sifatida ishlatadi!
👉
Bola hayotining ilk 3 yili mo’jizaviy ongosti ustun davri bo’lib, ular bu paytda kundalik audio eshitish orqali ham istalgan ma’lumotlarni yodlab olishadi. U xoh Qur’on bo’lsin, xoh Chet tillari!
👉
Til o’rgatish degani harf tanitish degani emas! O’qishdan avval gapirish, gapirishdan avval esa eshitish boshlanadi. Til quloqdan kiradi, ko’p eshitish kerak! Oxirgi bosqich o’qish va yozishni o’rganish bo’lib 4-5 yoshdan bunga harakat qildirgan ma’qul!
👉
Bolalar 8 yoshgacha chet tillarini tabiiy shimish orqali o’rganishsa, katta yoshda esa faqat ona tilisiga taqqoslash orqali ongli ravishda o’rganadilar! Bu usulda o’rganish sun’iy xatolar bilan kechadi!
👉
5 yoshgacha bolaga kundalik 2-3 ta so’z o’rgatish orqali haftasiga umumiy 20ta so’zni reja qilsangiz, bolangiz yiliga mingdan oshiq so’z boyligiga erishadi!
👉
Oilada katta farzandni o’qitish bilan kichiklariga ustoz tayyorlagan bo’lasiz! Bolalar ota-onasidan ko’ra o’z opa yoki akalarining ko’rsatmalariga ko’proq ergashadilar! Ko’p tilli oilalarda katta farzandning tili oila tili bo’lib qoladi!
👉
Bolaning ishi o’yin, o’rganishni o’yinga aylantiring! Bog’cha yoshidagi bolani bir joyga majburlab o’tkazish bilan uni qiziqtirish o’rniga bor qiziqishini ham o’ldirishingiz mumkin!
👉
O’rganish jaroyoni qanchalik yoqimli bo’lsa, shunchalik uzoq davom etadi! Bolaga bosim o’tkazib sizga qulay paytda emas, balki u istagan vaqtda o’rgatishga ulgurib qoling!
👉
Farzandingizga ta’lim berish bilan ona-bola munosabatlaringizga putur yetsa, o’rgatishni boshqa birovga topshiring! Ilmdan ham muhimroq narsa Ona va bolaning hissiy bog’lanishidir!!!
✍️
Zarifa Bozorova

May 20, 04:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ingliz tilida unli tovushlarni farqlashga qiynalayotgan onajonlar uchun 7ta dars yuklandi. Endi navbat sizga— imtihon sifatida shu oxirgi jadvalni (avval yuqoridagilarni mashq qilgan holda) o’qib izohlarda ovozingizni qoldiring. Undan keyin bolajonlar…

May 19, 00:17
Файлы недоступны
17
Открыть в Telegram

Tovush va harflarni farqlash, bo’g’inlab o’qishga oid videolarni arxivdan yig’ib keldim.
Biz uchun bu esdalik videolar chinakam nastalgia bo’lyapti
😍
Yangilar uchun manfaatli bo’lsa deb qayta yukladim.
❤️
https://t.me/momme_onalarblogi

May 18, 21:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Onaning hafsala qilib bolasi bilan har kun 15 daqiqa ishlashi bolaning boshlang’ich savodini chiqarishga yetadi.
Erta yoshda bolani ustozga olib borishdan ko’ra ona o’zi ustozlik qilishi yaxshiroq va yengilroq, hatto arzonroq ham:)

May 18, 21:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

May 18, 20:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ingliz tilida unli tovushlarni farqlashga qiynalayotgan onajonlar uchun 7ta dars yuklandi.
Endi navbat sizga— imtihon sifatida shu oxirgi jadvalni (avval yuqoridagilarni mashq qilgan holda) o’qib izohlarda ovozingizni qoldiring.
Undan keyin bolajonlar uchun jolly phonics 2-guruh darslarini davom ettiramiz.
https://t.me/english_with_mom_me

May 18, 09:54

May 18, 09:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram