Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ETKM FAKULTETI

etkmf
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti rasmiy kanali. Murojaatlar: o'quv ishlari bo'yicha - @olegvaisov va @yuldashev_nurulla Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha - @XasanXolbayevich
Subscribers
1 570
24 hours
30 days
Post views
502
ER
31,97%
Posts (30d)
113
Characters in post
586
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 12, 05:49


❗️
2-KURS YOZGI QAYTA O'QISHDA ISHTIROK ETAYOTGAN TALABALAR DIQQATIDGA!!!!
BIRIKTIRILGAN FAN O'QITUVCHILARI UCHRASHIB DARS O'TISH VAQTLARINI ANIQLASHTIRIB OLISH KERAK BO'LADI!

June 11, 11:37
Media unavailable
4
Show in Telegram

#ETKM
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
📌
Fakultet dekani va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi!!
💫
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti dekani Ruzmetov Yadgor Ozodovich, dekan o‘rinbosari Jumanov Xasan Xolboyevich hamda fakultet tyutorlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🟢
Uchrashuv davomida talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish hamda ularni qiynayotgan mavjud muammo va takliflarni atroflicha o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
🟢
Shuningdek, muloqotda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, giyohvandlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish, sog‘lom turmush tarzi va ma’naviy yetuklikni shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar hamda muammolar mas’ullar tomonidan atroflicha tinglandi. Kelgusida ushbu masalalar bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish belgilab olindi.

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Web-sayt
|
🌐
Instagram
|
📹
YouTube

June 11, 09:58
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
Kelajagingizni xavfga qo‘ymang: zakladchilikdan yiroq bo‘ling!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

June 11, 05:53


❗️
4-kurs bitiruvchi talabalar diqqatiga!
Metropolitenda ishlash niyatida bo'lgan talabalarga suhbat bo'layapti.
Xohlovchilar bo'lsa 461-xonada suhbatda ishtirok etishi mumkin.

June 10, 12:21
Media unavailable
6
Show in Telegram

#ETKM
#ishga_taqsimot
🛎
Toshkent davlat transport universitetida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston temir yo‘llari AJ tasarrufidagi korxonalar mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.
📎
O‘zbekiston temir yo‘llari AJ vakillari ishtirokida fakultet bitiruvchi kurs bakalavriat talabalari va magistrantlar uchun suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, mavjud ish o‘rinlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot beriladi. Kelgusida korxonada ishlash istagini bildirgan bitiruvchilar bilan birlamchi mehnat shartnomalari tuzilishiga kelishinildi.
Telegram
|
Facebook
|
Web-sayt
|
Instagram
|
YouTube

June 10, 11:50
Media unavailable
5
Show in Telegram

#
ETKM
#Sport
#Talabalar_olimpiadasi
#Muvaffaqiyatli_yakun

Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi

🇺🇿
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi yopilish marosimi davomida san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bo'lib o'tdi.

🎼
Tadbir yakunida “Yangi cho‘qqilar sari” qo‘shig‘i ijro etilib, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali yopilish marosimiga yakun yasaldi.

📌
Bizni kuzatishda davom eting

📬
ETKM
fakulteti

June 10, 06:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli 1- kursga tavsiya etilgan abiturientlar!
Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirilgan
edi.
Bugun to'lovni (100%) qilishning ohirgi kuni.
Quyidagi abiturientlarga tegishli to'lovlarni o'z vaqtida amlaga oshirilmaganligi sababli 1- kursga qabul qilish bo'yicha buyruq rasmiylashtirilmaganligini ma'lum qilamiz.
To'lovlarni rasmiylashtirishnig so'ngi muddati
2026-yil 10-iyun sanasidan keyin amalga oshirilgan to'lovlar inobatga olinmaydi.

June 10, 05:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi
Abituriyentlar, ularning ota-onalari va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:
— bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
— o‘qishi ko‘chirilgan
(ko‘chirib tiklangan)
va qayta tiklangan talabalar.
Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining
100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning
so‘nggi muddati 2026-yil
10-iyunga qadar
(shu kuni ham)
uzaytirildi.
Eslatma:
amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati oliy ta’lim tashkilotlari rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

June 09, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

#togarak
Toshkent davlat transport universitetida yozgi ta’til davrida talaba-yoshlar va mahalla yoshlari uchun turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
📚
TA’LIM VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI:
🔹
Yosh dasturchi
🔹
Yosh fiziklar
🔹
Kelajak iqtisodchilari
🔹
Ingliz tili
🔹
Rus tili
🔹
Media savodxonligi
🎭
IJODIY YO‘NALISHLAR:
🔹
Aktyorlik mahorati
🔹
Mobilografiya
🔹
Kitobxonlik
🔹
Tikish-bichish
🔹
Pazandachilik
🏆
SPORT TO‘GARAKLARI:
🔹
Karate
🔹
Futbol
🔹
Voleybol
🔹
Basketbol
🔹
Qo‘l to‘pi
🔹
Kurash (dzyudo)
🔹
Tosh ko‘tarish (trenajor)
To‘garaklar universitet hududidagi auditoriyalar, sport zallari va maxsus mashg‘ulot maydonlarida tashkil etiladi. Bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazing, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallang, sport bilan shug‘ullaning hamda o‘z iste’dodingizni namoyon eting!
📞
To‘garaklar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mas’ul ustozlar bilan bog‘lanishingiz mumkin.

June 08, 11:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Toshkent davlat transport universiteti talabalari kelajak texnologiyalarini yaratmoqda!
Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar akademiyasi jamoasi, iqtidorli talabalari va yosh olimlari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startaplari va amaliy loyihalarini poytaxtimizdagi INNO texnopark laboratoriyalarida amalga oshirib kelmoqdalar. Bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar yoshlarimizga o‘z intellektual salohiyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish imkonini bermoqda.
Murojaat uchun:
@EldorIlhomovich
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐
TSTU.uz
|

Telegram
|
🌐
Instagram
|
💬
Facebook
|
📹
YouTube
|
✈️
News