Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ETKM FAKULTETI

etkmf
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti rasmiy kanali. Murojaatlar: o'quv ishlari bo'yicha - @olegvaisov va @yuldashev_nurulla Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha - @XasanXolbayevich
Подписчики
1 917
24 часа
1
30 дней
-35
Просмотры
485
ER
25,3%
Посты (30д)
115
Символов в посте
899
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 16:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Is gazi qanday tarqaladi
?
«Bu eksperimentni hamma koʻrishi tavsiya etiladi.»
👇
Obuna bo‘lishni unutmang
📱
@ToşkentFVBB
📱
Instagram
📱
fvv-toshkent

October 27, 08:13
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

📌
#ETKMF
#taşrif
✔️
1-kurs Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tyutori D. Aliyev tomonidan talabalarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida poytaxtimizning tarixiy va madaniy maskanlariga taşrif taşkil qilindi.
🏛
Taşrif davomida talabalar Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni, «Motamsaro ona» yodgorlik majmuasi hamda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida bölişdi.
🐎
Amir Temur xiyoboni — Toşkent şahrining markazida joylaşgan tarixiy maskan. Xiyobon markazida buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning otliq haykali örnatilgan. Bu joy xalqimizning boy tarixi va davlatçilik anʼanalarining ramzi hisoblanadi.
🇺🇿
Mustaqillik maydoni — Toşkent şahrining markaziy maydoni bölib, Özbekiston davlat mustaqilligi ramzi hisoblanadi. 1991-yil 31-avgustda mamlakatimiz mustaqilligi eʼlon qilingandan söng, bu joy mustaqillik va ozodlik timsoliga aylandi. Maydonda Mustaqillik monumenti, Ezgulik arkasi hamda «Motamsaro ona» yodgorlik majmuasi joylaşgan.
🕊
«Motamsaro ona» haykali — Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan vatandoşlarimiz xotirasiga bağişlangan yodgorlik. Haykal öğli yoki turmuş örtoğini yöqotgan, ammo qayğu içida ham sabr va matonatni saqlagan ona qiyofasini aks ettiradi. U xalqimizning fidoyiligi, qadrdon insonlarga bölgan çeksiz hurmat va xotirani asraş qadriyatini ifodalaydi.
📚
Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi — mamlakatimizdagi eng yirik kutubxona bölib, 1870-yilda taşkil etilgan. Kutubxona fondida millionlab kitoblar, noyob qölyozmalar va ilmiy manbalar saqlanadi. Talabalar kutubxonaning öquv zallari, elektron resurslari va xizmatlari bilan tanişdilar.
🎉
Tadbir yuqori ruhda, mazmunli va samarali tarzda ötkazildi. Talabalar tarixiy obidalar va madaniy maskanlar bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega bölişdi. Uşbu taşrif yoş avlodda vatanparvarlik tuyğusini şakllantirişga, mustaqillikning qadr-qimmatini anglaşga, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga hamda milliy qadriyatlarga hurmatni oşirişga xizmat qildi. Tadbir davomida talabalar örtasida samimiy muloqot va fikr almaşinuv muhiti hukm surdi.
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

October 27, 07:28
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#ETKM
|
#MUZEY
🏛
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tyutori Z.R Sharifova hamda talaba-yoshlar birgalikda yoshlarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada boyitish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida 26.10.2026 sanasida "Temir yo'l texnikasi'' muzeyiga tashrif buyurishdi.
📎
Tashrif mobaynida talabalar muzey faoliyati bilan tanishar ekanlar temiryo`l sohasida uzoq tarixdan buyon foydalanilgan va bugungi kunda foydalanib kelinayotgan temiryo’l teplovozlari, vagonlar va muzeyning tashkil topish tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib o’tishdi.
Tashrif yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga muzey xodimlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

October 27, 06:43
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#ETKM
#Elektr_taminoti
"Elektr ta'minoti" kafedrasi professor-o‘qituvchilar A.X.Sulliyev hamda F.A. Axmedovalar tomonidan talabalarni kasbga qiziqtirish, tanlagan ta'lim yo'nalishi bo'yicha amaliy tasavvurga ega bo'lish maqsadida "Men tanlagan mutaxassislik" mavzusi doirasida 3-kurs, EGM-3,4-2024 guruh talabalari uchun Toshkent elektr ta’minoti distansiyasi, “Chuqursoy” tortuvchi nimstasiyasiga ekskursiya tashkil etildi. Tashrif davomida nimstansiya boshlig'i M.Daminov tomonidan talabalar nimstansiyaning strukturasi, vazifasi, temir yol elektr ta'minotidagi o'rni haqida batafsil tushuntirib berdi. Nimstansiyadagi elektr qurilmalar, ularning ishlash prinsipi va izolyatsiyasi haqida tushuntirdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Telegram
|
Facebook
|
Web-sayt
|
Instagram
|
YouTube

October 27, 06:01
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#ETKM
#IKG
#Xotin_qizlar
🛎
“Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi dotsent v.b. N.Sh. Xodjayeva hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bо‘yicha dekan maslahatchisi F.A. Axmedovalar tomonidan “Oilaning muqaddasligi, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixcham va tartibli o'tkazishni targ'ib etish maqsadida Oila-jamiyat tayanchi, to'y-quvonch tantanasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirga Xotin-qizlar kengashi faoli M.M.Botirova, psixolog R.Baratova hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo'limi uslubchisi M.B.Sultanova taklif etildi .
💐
Tadbir davomida oila jamiyatning eng muhim va muqaddas bo‘g‘ini ekanligi, oiladagi sog‘lom ma’naviy muhit, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, tartibli va namunali tarzda o‘tkazishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishda oilaning moddiy imkoniyatlarini inobatga olish, boshqalarga taqlid qilishdan tiyilish, tejamkorlik va me’yor tamoyillariga amal qilish lozimligi tushuntirildi.
Tadbir ishtirokchilariga yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilada milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarni odob-axloq, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ruhida tarbiyalash borasida tavsiyalar berildi.
Telegram | Facebook | Web-sayt | Instagram | YouTube

October 26, 10:28
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#ETKM
|
#MUZEY
🏛
“Ming o‘rik” tarixiy yodgorligiga sayohat
✨
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tyutori
Z.R. Sharifova
tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2026-yil 26-oktabr kuni
EGM-4-24
guruhi talabalari bilan birgalikda Toshkent shahridagi
“Ming o‘rik”
tarixiy yodgorligiga tashrif buyurildi.
📜
Tashrif davomida talabalar:
🔹
boy tariximiz;
🔹
bundan 2000 yil avval yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi;
🔹
qadimiy me’moriy obidalar bilan yaqindan tanishdilar.
💬
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga muzey mutaxassisidan atroflicha javob oldilar.
🌟
Bunday tadbirlar yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirib, milliy g‘ururini yuksaltirishga xizmat qiladi!
━━━━━━━━━━━━━━━
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
🌐
Veb-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

October 26, 10:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Sizning ilmiy g‘oyangiz O‘zbekiston kelajagini o‘zgartirishi mumkin!
🔵
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi
Yoshlar parlamenti
hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Toshkent shahar hududiy Kengashi
hamkorligida
respublika ilmiy maqolalar tanlovi
e’lon qilinadi!
✅
Tanlov mavzusi:
“O‘zbekiston hududlarini iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy g‘oyalar va innovatsion yechimlarning o‘rni”
🌐
Tanlov shartlari
⏰
Maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati:
2026-yil 30-oktabr.
➡️
Maqolalarni yuborish:
@YoshParlament_Senat
👤
Maqolangiz bilan birga F.I.Sh., yoshingiz, ta’lim yoki ish joyingiz hamda telefon raqamingizni yuboring.
🚀
G‘oyangiz qog‘ozda qolmasin! Uni respublika miqyosida namoyish etish imkoniyatidan foydalaning!
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
🌐
Web-sayt
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube

October 26, 08:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#tanlov
“Giyohvandlik umr zavoli” tanlovi e’lon qilinadi
Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va psixotrop moddalar zararini tushuntirish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Giyohvandlik umr zavoli”
mavzusida tanlov o‘tkaziladi.
🖼
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
• “Eng yaxshi rasmlar” 28-oktyabr soat 11-00da Yangi
bino 2-qavat 204-xona
• “Eng yaxshi insholar” 30-oktyabr soat 11-00da Yangi bino 2-qavat 207-xona
📄
Tanlov nizomi
Murojaat uchun:
@dilnoz_erkinovna
Barcha talaba-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

October 26, 06:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

1-Noyabr yakshanba kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan 29-oktabrga qadar to'lovlarni amalga oshirib, hujjatlarni to'liq taqdim etishingiz so'raladi.
——————————————————-
Toshkent davlat transport universiteti
Qabul Komissiyasi

October 25, 04:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎬
KAMERA TAYYOR — KINOSERIAL BOSHLANMOQDA!
Talabalik
— bu darslar va imtihonlardan tashqari, unutilmas lahzalar, samimiy do‘stlik va kutilmagan voqealar demakdir. Endi esa ana shu hikoyalarni birgalikda kinoserialga aylantiramiz!
✨
🎬
TALABALAR STUDIYASIGA QABUL BOSHLANDI!
📌
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:
🎭
Aktyorlik;
🎬
Rejissyorlik;
✍️
Ssenariynavislik;
🎥
Operatorlik;
✂️
Montaj;
🎧
Musiqa va ovoz.
💡
Nega qo‘shilish kerak?
✔️
Ijodiy g‘oyalaringizni amalga oshirish;
✔️
Yangi tajriba va ko‘nikmalar orttirish;
✔️
Faol ishtirok uchun sertifikat olish;
✔️
Universitet hayotini aks ettiruvchi kinoserialning bir qismiga aylanish!
➡️
Tajriba talab etilmaydi!
Muhimi — qiziqish, ijodkorlik va o‘z ustingizda ishlashga tayyorlik.
🗓
Oxirgi muddat:
30-oktabr, 2026-yil.
✉️
:
@mokh1nam_m
✉️
:
@XushnudbekAbdunazarov
🎬
Bu — bizning hikoyamiz! Keling, uni birgalikda suratga olamiz!