Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FDTU Ilmiy-tadqiqot | Rasmiy kanal

fardtu_nauka
Subscribers
1 886
24 hours
9
30 days
41
Post views
141
ER
7,48%
Posts (30d)
289
Characters in post
777
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 12:30
Media unavailable
3
Show in Telegram

#InnoWeek_2026
|
#1_kun
Toşkentda Xalqaro ilmiy-fan kengaşining Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uçun mintaqaviy ofisi oçildi
“InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi
doirasida Xalqaro ilm-fan kengaşining (International Science Council — ISC) Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uçun mintaqaviy ofisining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
Oçiliş marosimida Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov hamda Xalqaro ilm-fan kengaşi boş ijroçi direktori doktor Salvatore Arico qatnaşdi. Şuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari fanlar akademiyalari, ilmiy taşkilotlar hamda xalqaro tuzilmalar vakillari iştirok etdilar.
🌐
Batafsil
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 12:30

🇦🇹
AVSTRIYADA ILMIY STAJIROVKA UCHUN XALQARO STIPENDIYA TANLOVI!
Ernst Mach Grant – Worldwide 2027/2028
Avstriyaning ta’lim va xalqaro hamkorlik agentligi (OeAD) tomonidan doktorantlar, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun Avstriya universitetlarida ilmiy tadqiqot olib borish imkonini beruvchi stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
💰
Stipendiya miqdori:
oyiga 1 300 yevro (taxminan 1 460 AQSH dollari).
⏳
Stajirovka davomiyligi:
1 oydan 9 oygacha. Ilmiy tashriflar 2027-yil sentabr oyidan boshlanishi mumkin.
🔬
Ilmiy yo‘nalishlar:
barcha fan sohalari, jumladan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari, kimyo, qurilish, tabiiy va ijtimoiy fanlar.
👨‍🔬
Ishtirokchilar:
35 yoshgacha bo‘lgan doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar.
✅
Asosiy talab:
Avstriyadagi universitet professor-o‘qituvchisidan ilmiy rahbarlik qilishga rozilik xati olinishi hamda tadqiqot rejasi tayyorlanishi lozim.
📅
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 1-dekabr.
🔗
Tanlovning rasmiy shartlari:
https://oead.at/en/study-research-teaching/overview-grants-and-scholarships/ernst-mach-grant
📝
Grantlar bazasi va ariza topshirish:
https://grants.at/en/
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 12:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Farg‘onada "Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 29–31-oktabr kunlari Marg‘ilon shahridagi "Vodiy gavhari" — "Burhoniddin Marg‘inoniy" ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida "Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik" shiori ostida "Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tadi.
Festivalda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tatariston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Belarus va boshqa mamlakatlardan tashrif buyuradigan yozuvchi va shoirlar, yurtimizning taniqli adabiyot namoyandalari hamda TURKSOY vakillari ishtirok etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Qahramoni, sevimli shoirimiz Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab, turk tilida nashr etilgan "So‘z latofati" kitobining taqdimoti shoir nomidagi Marg‘ilon shahridagi ijod maktabida o‘tkaziladi.
Adabiyot va do‘stlik bayrami, so‘z va badiiyat ayyomiga marhamat!
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 12:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Xalqaro_forum
“O‘zbekiston – Yaponiya” xalqaro ta’lim forumi va yarmarkasi Buxoroda tashkil etiladi
Yaponiyada tahsil olishni istaysizmi? Unda 28-oktabr kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan
xalqaro ta’lim forum-yarmarkasi
da ishtirok eting!
Tadbirda
Yaponiyaning 23 ta universiteti
vakillari qatnashadi. Ishtirokchilar universitetlarning ta’lim dasturlari,
Yaponiyada o‘qish imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari
bilan tanishishlari mumkin.
Forum-yarmarkada sizni nimalar kutmoqda?
✅
Yaponiya universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar;
✅
Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot;
✅
Universitetlarning ta’lim dasturlari bilan tanishish.
Sana:
28-oktabr
Manzil:
Buxoro shahri, Wyndham mehmonxonasi
Vaqti:
13:30–17:30
Ro‘yxatdan o‘tish
Batafsil maʼlumot:
🌐
www.ujc.uz
☎️
+998 78 120-73-94; +998 78 120-73-95
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 12:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Koinotni ko‘zlagan Bag‘dodlik yosh ixtirochi
Sayyodbek Murodjonov — “Green Lion” loyihasi asoschisi. Bag‘dod tumanidagi 2-son texnikum o‘quvchisi.
U
kosmik imkoniyatlarni tadqiq etishga qaratilgan loyihani amalga oshirdi.
Mazkur loyiha Yevropa davlatlarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 12:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Bu_qiziq
Xitoyda
110 ta robot birgalikda raqs tushib, Ginness rekordini o‘rnatdi
24 oktyabr kuni Xitoyning szinan shahrida
AgiBot kompaniyasining 110 ta odamsimon roboti
birgalikda raqs ijro etdi. Namoyishda Ginness rekordlari vakili qatnashib, natijani tasdiqlagani va sertifikat topshirgani
xabar qilingan
.
5 daqiqa 43 soniyalik chiqish davomida
robotlar musiqa ostida sinxron raqs tushib, saflanish shakllarini o‘zgartirgan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, raqs orqali robotlarning harakatini bir vaqtda aniq muvofiqlashtirish imkoniyati namoyish etilgan.
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 11:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

📊
Ўзбекистон Республикасининг демографик кўрсаткичлари рақамларда
🏢
Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра:
2026 йил 1 октябрь ҳолатига:
👥
Доимий аҳоли сони — 39 535,2 минг киши;
Эркаклар — 20 014,0 минг нафар;
Аёллар — 19 521,2 минг нафар.
🌇
Шаҳарда яшовчилар — 21 523,8 минг киши;
🏘
Қишлоқда яшовчилар — 18 011,4 минг киши.
📊
2026 йилнинг январь–сентябрь ойларида:
💍
Никоҳлар сони — 172 мингта;
💔
Никоҳдан ажралишлар сони — 36,8 мингта.
🌍
Ташқи миграция:
🛬
Хориждан кўчиб келганлар — 2 114 киши;
🛫
Хорижга кўчиб кетганлар — 6 398 киши.
Аҳоли сони ва таркибига оид кўрсаткичлар 2026 йилда ўтказилган аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш натижалари асосида ҳисобланган.
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 11:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Noyabr oyida keksalar uchun muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalariga 50 foiz chegirma beriladi
2026 yil
1–30 noyabr kunlari
«Keksalar uchun turizm oyligi» doirasida keksa yoshdagi fuqarolar madaniy meros ob’ektlari, davlat muzeylari va muzey-qo‘riqxonalarga yarim narxda
kirishi mumkin
.
Tashabbus keksalarning tarixiy obidalar va muzeylarga tashrifini rag‘batlantirish, mazmunli dam olishi hamda madaniy meros bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan.
Chegirma amal qiladigan ob’ektlarning to‘liq
ro‘yxati e’lon qilingan
.
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 11:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

#FDTU_OAV_nigohida
Farg'ona 24 | Gʻalladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekilgan g‘o‘zalarni parvarishlash agrotexnikasi: ilmiy-tadqiqot jarayonlari va natijalar.
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

October 27, 10:19
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Innoweek_2026
Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konferensiyasi ötkazildi
“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga bağişlangan
“Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konferensiyasi”
bölib ötdi.
Konferensiyani Innovatsion rivojlaniş agentligi direktorining örinbosari
Javlonbek Abdujalilov
oçib berdi. Tadbirda Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikning istiqbollari, qöşma loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.
🌐
Batafsil
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!