Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

FDTU Ilmiy-tadqiqot | Rasmiy kanal

fardtu_nauka
Подписчики
1 780
24 часа
30 дней
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
259
ER
0,15%
Посты (30д)
199
Символов в посте
884
December 06, 11:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Professional yosh xodimlar uchun Germaniyada 3 oylik amaliyot — CrossCulture Fellowship Programme
CrossCulture Fellowships Programme dasturi dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy faol professionallar uchun Germaniyada malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Dasturda, asosan, quyidagi sohada ishlovchilar ishtirok etishlari mumkin:
🔘
Policy and society
🔘
Media and culture
🔘
Human rights and peace
🔘
Sustainable development
Non-formal political education
➡️
Talablar:
◾️
Dasturda 23 yoshdan katta bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin (O‘zbekiston fuqarolari ham ariza topshirishi mumkin);
◾️
Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
➡️
Dasturning afzalliklari:
✔️
Germaniyaga borish-kelish safar xarajatlari moliyalashtiriladi;
✔️
Oylik 650 yevro stipendiya bilan ta'minlanadi;
✔️
Bepul turar joy + ichki transportdan foydalanish uchun maxsus biletga ega bo'ladi va b.
⚪️
Batafsil
https://applications-ccp.ifa.de/job-offers.html
🤝
@fardtu_nauka
a’zo bo’ling!!!

December 06, 11:13
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Konstitutsiya_33
Oʻzbekiston Respublikasida
oʻqituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish
hamda
tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash
hamda
boyitishning
asosi sifatida eʼtirof etiladi.
Davlat
oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi
toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 9-bob 52-modda
🤝
FDTUning
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

December 06, 11:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘ZBEKISTON "K" guruhidan joy oldi
Guruhimizdagi o'yin taqvimi
1-tur
/ 17-iyun
🇵🇹
Portugaliya —
🌐
FIFA 1-play-off
(
🇳🇨
Yangi Kaledoniya,
🇯🇲
Yamayka,
🇨🇩
Kongo DR)
🇺🇿
O‘ZBEKISTON

🇨🇴
Kolumbiya
2-tur
/ 23-iyun
🇵🇹
Portugaliya —
🇺🇿
O‘ZBEKISTON
🇨🇴
Kolumbiya —
🌐
FIFA 1-play-off
(
🇳🇨
Yangi Kaledoniya,
🇯🇲
Yamayka,
🇨🇩
Kongo DR)
3-tur
/ 27-iyun
🇨🇴
Kolumbiya —
🇵🇹
Portugaliya
🌐
FIFA 1-play-off
(
🇳🇨
Yangi Kaledoniya,
🇯🇲
Yamayka,
🇨🇩
Kongo DR)

🇺🇿
O‘ZBEKISTON
🤝
FDTUning
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

December 06, 10:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Yoshlar tashabbuslari” marafoniga start berildi!

Bu marafon
yoshlarning istiqbolli g‘oyalari
, orzu-intilishlari va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan eng yirik harakatdir.
Marafon davomida yurtimizning
barcha hududlarida
quyidagi tadbir va loyihalar o‘tkaziladi:
1.
“Yosh kitobxon”
tanlovining 1-2-bosqichlari;
2.
“Yosh kitobxon oila”
tanlovining respublika bosqichi;
3.
O‘quv markazlari forumi
;
4.
Sardorlar saylovi
tuman va shahar bosqichi;
5.
“Men donorman”
aksiyasi;
6. Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun
inklyuziv ko‘rgazmalar
.
Shuningdek, olimlar, IT-mutaxassislar, startapchilar, tadbirkorlar, mashhur sportchilar, san’atkorlar va kontent yaratuvchilar ishtirokida
yoshlar uchun mahorat darslari
va
uchrashuvlar
tashkil etadi.
Eng iqtidorli, eng faol va bilimli yoshlar
“Hudud qahramonlari”
sifatida tanlab olinadi.
✔️
Hoziroq
yoshlarportali.uz
platformasidan ro‘yxatdan o‘ting!
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

December 06, 09:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

‼️
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e'lon!
🤝
FDTUning
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

December 06, 09:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#rasmiy
⚡️
Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq,
oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari
(davlat, nodavlat hamda xorijiy)
va akademik litseylar
talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil
2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
davom etadi.
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga)
borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida
Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ
bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil
18-dekabrdan
2026-yil
12-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
talabalar va o‘quvchilar uchun
50 foiz chegirma
asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
🤝
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling!!!

December 06, 09:32
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Seulda O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi
2025-yil 4-dekabr kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi
Taʼlim vazirligi
hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
hamkorligida O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi tashkil etildi.
Mazkur anjumanda ikki davlat taʼlim vazirliklari mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari assotsiatsiyalari vakillari, shuningdek,
25 dan ortiq yetakchi universitet rektorlari va delegatsiyalari
ishtirok etdi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/108417
🤝
FDTUning
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

December 06, 05:08

Bugun 6-dekabr 2025-yil, Shanba.
👉
BAYRAMLAR:
🌏
Santa-Klausning tug‘ilgan kuni
🌏
Mikrovolnovkali pech tug‘ilgan kun
🔹
MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸
AQSh - Shaxtyorlar kuni.
🇦🇷
Argentina - Argentina gauchosi kuni.
🇧🇬
Bolgariya - Nikul kuni.
🇪🇨
Ekvador - Poytaxt Kito shahri tashkil topgan kuni.
🇫🇮
Finlyandiya - Mustaqillik kuni.
🇪🇸
Ispaniya - Konstitutsiya kuni.
🇨🇦
Kanada - Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi harakatlar va xotirlash milliy kuni.
🇦🇿
Ozarbayjon - Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi xodimlari kuni.
🇰🇿
Qozog'iston - Prokuratura kuni.
🇵🇪
Peru - Politsiya xodimlari kuni.
🇺🇦
Ukraina - Qurolli kuchlar kuni.
👉
VOQEALAR:
- 1240 - Oltin O'rda ulusi hukmdori Botuxon Kiyev shahrini zabt etdi.
- 1492 - Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi Gaiti orolini kashf etdi.
- 1534 - Belalkasar Kito shahriga asos soldi.
- 1590 - Qirol farmoni bilan dehqonlarning bir xo'jayindan boshqasiga o'tishi taqiqlanadi.
- 1648 - Angliyada Prayd tozalashi sodir bo‘ldi.
- 1741 - to'ntarish natijasida Yelizaveta Petrovna Rossiya imperatoriga aylandi.
- 1768 - "Encyclopedia Britannica" ning birinchi jildining birinchi daftarchasi Edinburgda chop etildi.
- 1790 - AQSh Kongressi Nyu-Yorkdan Filadelfiyaga ko'chib o‘tdi.
- 1865 - AQSHda qullik bekor qilindi.
- 1873 - Sankt-Peterburgda imperator Yekaterina II haykali tantanali ravishda ochildi.
- 1884 - Vashington monumenti qurib bitkazildi.
- 1912 - Amarna (Misr) dagi qazishma chog‘ida Nefertitining byusti topildi.
- 1916 - Birinchi jahon urushi: Katta davlatlar Buxarestni egallashdi.
- 1917 - Finlyandiya Rossiya imperiyasidan ozod bo'ldi.
- 1921 - Irlandiya mustaqilligini kafolatlovchi hujjat imzolandi.
- 1928 - Kolumbiyada "banan urushi"
- 1945 - Spenser mikroto‘lqinli pechga patent oldi.
- 1977 - Janubiy Afrika hukumati Boputatsvana bantustaniga mustaqillik berdi.
- 1982 - Irlandiya Milliy ozodlik armiyasi jangarilari Ballikelli tungi klubini portlatdilar.
- 1989 - Monreal politexnika institutida otishma. 15 kishi, jumladan o‘t otuvchi halok bo'ldi. Yana 14 kishi jarohatlangan.
- 1991 - Bolgariyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- 1992 - Hindlar Babri masjidini vayron qilishdi, to'qnashuvlar oqibatida 2000 ga yaqin odam halok bo'ldi.
- 2000 - 116-atom raqamli kimyoviy element - livermoriy kashf qilindi.
- 2015 - Venesuelada parlament saylovlari, muxolifatning XXI asrdagi birinchi g'alabasi.
- 2016 - Xakasiyada katta meteorit kelib tushdi.
- 2017 - AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olganini e'lon qildi.
🤝
FDTUning
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

December 05, 12:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#diqqat_tanlov
“O‘zbekiston-Eron” xalqaro qo‘shma tanlovida ishtirok eting!
Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:
-Qishloq xo‘jaligi fanlari;
-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
-Yer to‘g‘risidag fanlar;
-Texnika fanlari;
-Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar.
🔜
Tanlovga bajarish muddatlari 3 yilgacha bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (
loyiha.ilmiy.uz
) orqali 2026-yilning 3-fevraliga qadar
(shu kuni ham 23:59 ga qadar)
faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
📞
Bog‘lanish uchun:
+99871 203-32-23 (219, 425, 246).
🌐
Batafsil
🤝
FDTUning
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!

December 05, 12:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“ProQuest
— dissertatsiya, ilmiy maqola, kitob va statistik ma’lumotlar uchun eng yirik akademik baza.

🤝
FDTUning
@fardtu_nauka
telegram kanaliga a’zo bo’ling va bundan ham ko’p yangiliklar haqida birinchi bo’lib ma’lumotga ega bo’ling!!!