Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Farg‘ona tumani hokimligi

fargonatumanihokimligi
Farg‘ona tumani hokimligi rasmiy kanali 🌐 : gov.uz/fargonatuman 📖 : fb.com/fargonatumanihokimligi 📷 : instagram.com/fargonatumanihokimligi 🎥 : youtube.com/@fargonatumanihokimligi Murojaat yoʻllash uchun: @qabulxonabot | @fargonatumanmurojaatlari
Subscribers
7 680
24 hours
30 days
-960
Unusual 24 hours growth
Post views
748
ER
9,74%
Posts (30d)
473
Characters in post
1 046
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
June 12, 10:03
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Farg‘ona tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari o‘rganildi
Viloyat prokurori o‘rinbosari Baxtiyor Boboqulov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Farg‘ona tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumining borishi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida dalalardagi o‘rim ishlari, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish, don qabul qilish maskanlari faoliyati hamda mavsumga jalb etilgan texnikalarning ish samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Ishchi guruh rahbari tomonidan g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini tizimli tashkil etish, g‘alla yetishtiruvchilar uchun don qabul qilish omborlarida qulay va munosib sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘rim kombaynlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida ehtiyot qismlar zaxirasini shakllantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish hamda fermer va g‘allakorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 09:12
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Margʻilon mahallasidagi ikki yoshning quvonchiga sabab boʻlindi
"Yoshlar kuni" munosabati bilan Fargʻona tumanidagi "Margʻilon" mahallasida yashovchi ikki nafar faol yosh — Umidjon va Shaydoxonning murojaati ijobiy hal etildi.
Fargʻona viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi Mumtozbek Meliqoʻziyev tuman yoshlari bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
IT va zamonaviy kasblarga qiziqadigan Umidjon hamda Shaydoxonga bilim olish va oʻz ustida ishlashlari uchun zamonaviy noutbuklar topshirildi.
Umid qilamizki, bu imkoniyat ularga yangi bilimlarni egallash va kelajakdagi maqsadlariga erishishda foydali boʻladi. Yoshlarimizga oʻqish va izlanishlarida omad tilaymiz!
#yoshlar_kuni
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 08:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etiladi
“Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–108-son, 09.06.2026-y.) qabul qilindi.
🔰
Mazkur Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib 2026 – 2028-yillarda 172 ming gektar sanoatlashgan bog‘lar barpo etish belgilandi.
📑
Farmonga ko‘ra,
2026-yil 1-iyuldan:
🔹
eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida sanoatlashgan bog‘lar barpo etish yoki haydaladigan yerlar turiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani (xulosa) qabul qilish vakolati
Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga
ham beriladi;
🔹
Agentlik tomonidan xulosa berilgan sanadan boshlab:

12 oy davomida
yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i va suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3 baravarga oshiriladi;

24 oy davomida
yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilmagan taqdirda, ushbu bog‘lar joylashgan maydonlarda suv olish taqiqlanadi.
💰
2026-yil 1-iyuldan
bog‘ yaratishga doir hujjatlar asosida eskirgan bog‘larni yangilash va sanoatlashgan bog‘larni barpo etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:
🔸
tijorat banklari orqali
7 yil muddatga
3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada
(shundan, bank marjasi 4 foiz)
milliy valyutada har bir gektarga 120 mln so‘mgacha miqdorda kreditlar;
🔸
xalqaro moliya institutlaridan meva-sabzavotchilik sohasi uchun jalb qilingan resurslar hisobidan ochilgan kredit liniyalaridan tadbirkorlarga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yillik stavka
14 foiz
(shundan, bank marjasi 4 foiz) etib belgilanadi;
🔸
xorijiy davlatlardan “in-vitro” usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari orqali 18 oygacha muddatga milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada
(shundan, bank marjasi 4 foiz),
har bir mevali ko‘chat uchun
5 AQSH dollarigacha
ekvivalentida kreditlar ajratiladi.
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 06:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati belgilandi
Adliya vazirligi Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi
(ro‘yxat raqami 3849, 09.06.2026-y.)
📝
Xususan, ushbu ro‘yxatda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan
465 ta
pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar belgilandi.
☑️
Shu jumladan, professor, dots.nt, katta o‘qituvchi, kichik o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, yo‘riqchi, uslubchi va boshqalar pedagogik lavozimlar hisoblanadi.
📌
Ma’lumot uchun,
"Pedagogning maqomi to‘g‘risida"
gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagogdir.
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 04:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

➡️
Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish tartibi haqida bilasizmi?
🟢
OAV faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan talabgor yoki uning vakili elektron raqamli imzosidan foydalangan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun
"Litsenziya" axborot tizimi
yoki
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(
my.gov.uz
) orqali ariza yuboradi.
🧾
Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
🫥
ta’sischi tashkilot haqidagi ma’lumotlar;
🫥
OAVning nomi, tili va turi;
🫥
maqsad va vazifalari;
🫥
ixtisoslashuvi;
🫥
tarqatilish hududi va shakli;
🫥
davriyligi;
🫥
moliyalashtirish manbalari;
🫥
tahririyat haqidagi ma’lumotlar;
🫥
hajmi.
📎
Arizaga "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 11-moddasi talablari asosida ishlab chiqilgan tahririyat nizomi ilova qilinadi.

Taqdim etilgan hujjatlar
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 8 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Talablar bajarilgan taqdirda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot va raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-371-son qaroriga muvofiq, OAVlarni ro‘yxatga olish hamda noshirlik va matbaa faoliyati boshlangani yoki tugatilgani haqida xabardor qilish vakolatlari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga yuklatilgan.
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 04:01
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

#yoshlar_kuni
Yosh kitobxonlar va dasturchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
Yoshlar oyligi doirasida Farg‘ona viloyati hokimi tashabbusi bilan hududlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Farg‘ona tumani Tibbiyot texnikumida tashkil etilib, unda Marg‘ilon shahridagi “Yuksalish” o‘quv markazi asoschisi Abdulboriy Marg‘iloniy kitobxon yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Shuningdek, tumanda joylashgan IT Park majmuasida yosh dasturchilar, ixtirochilar hamda startap loyihalari ustida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ham ochiq muloqot tashkil etildi.
Tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o'tgan tadbirda yoshlarning innovatsion g‘oyalari, biznes tashabbuslari va axborot texnologiyalari sohasidagi istiqbolli loyihalari bilan tanishildi.
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 03:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tezkor
#12_06_2026y
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌
FARG‘ONA TUMANI
"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmatining
xabar berishicha
, bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Shohimardon" elektr uzatish tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi.
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so‘raymiz!
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 12, 03:02
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Farg‘ona tumanidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi
#vacancy
Davlat fuqarolik xizmatchilari
vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida
Farg‘ona tumanidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
▪️
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyat mintaqaviy filiali:

Poliklinika bosh hamshirasi
;

Endovaskulyar bo‘lim anesteziolog hamshirasi
.
❗️
Arizalar 15.06.2026-yil soat 23:59
gacha qabul qilinadi.

Arizalarni elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma.

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma.
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 11, 18:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по совершенствованию законодательства, направленного на защиту здоровья населения и генофонда нации от наркомании.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#giyohvandlik
#qonunchilik
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 11, 16:03
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam hamda palliativ xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
предложений по совершенствованию системы онкологической и гематологической медицинской помощи и паллиативной службы.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#onkologiya
🌐
Farg‘ona tumaniga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz istagan formatda o‘qing:
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X