
Farg‘ona tumani hokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по развитию медицинской инфраструктуры и расширению участия частного сектора в системе здравоохранения.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#tibbiyot
#infratuzilma
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Raqamlar_gapirganda
2026-yilda Fargʻona tumanidagi turistik hududlar, dam olish maskanlari va xizmatlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar
Batafsil:
https://gov.uz/oz/fargonatuman/news/view/238500
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida kino sohasi vakillari bilan
uchrashuv
oʻtkazdi
.
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
⚡️
Dudburon va mo‘rkonlarni tozalash esdan chiqmasin!
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Yangi_vakansiya
Tashkilot:
Farg'ona tumani hokimligi
Bo'linma:
Mahalladagi hokim yordamchilari
Lavozim:
Farg'ona tumani "Yuqori archa" mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi
👉
Batafsil (ariza yuborish)
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Farg‘ona tumanida 5 500 AQSH dollari miqdoridagi aliment oldindan to‘landi
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tumani bo‘limi ish yurituvidagi mavjud ijro hujjatiga asosan, qarzdor ota tomonidan aliment to‘lovlari oldindan amalga oshirildi.
Xususan, xorijga chiqish niyatida bo‘lgan ota farzandi ta’minoti uchun
5 500 AQSH dollari miqdoridagi aliment to‘lovlarini oldindan to‘lab berdi.
Bu orqali ota o‘zining aliment majburiyatlarini bajarishga mas’uliyat bilan yondashib, farzandining moddiy ta’minotini ta’minlashga hissa qo‘shdi.
Zero, farzand ta’minoti — har bir ota-onaning qonuniy va ma’naviy burchidir.
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#eʼlon
Fargʻona tumani hokimi va oʻrinbosarlari
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona tumani Xalq qabulxonasi va tuman hokimligi qabulxonasida oʻtkaziladigan
jismoniy va yuridik shaxslarning qabul jadvallari
tasdiqlandi.
Murojaat yoʻllash istagidagi fuqarolarimizni tegishliligi boʻyicha mazkur qabullarda kutib qolamiz.
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Xotin-qizlar o‘rtasida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi
Farg‘ona tumani 2-son sport maktabida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon Abdug‘aniyeva hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida sport tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir doirasida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ommaviy sportga qiziqishni kuchaytirish maqsadida gimnastika, voleybol, shaxmat, shashka musobaqalari hamda «5000 qadam» piyoda yurish aksiyasi tashkil etildi.
Musobaqalarda ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va intellektual salohiyatini namoyon etdilar.
Mazkur tadbirlar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirishga qaratildi.
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
🚘
83,7 MILLION SO‘MLIK ALIMENT QARZI EVAZIGA COBALT!
Bolalar ta’minoti uchun belgilangan aliment — ota-onaning emas, farzandning haqqi!
Farg‘ona viloyatida aliment qarzdorligini undirish bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorlikni qoplashning o‘ziga xos yechimiga erishildi.
SUD QARORI — IJRODA!
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2023 yil 18 martdagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.O.dan undiruvchi M.O.foydasiga daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Biroq qarzdorning aliment bo‘yicha qarzi
83 million 777 ming 545 so‘mga
yetgan.
Byuro xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur qarzdorlikni qoplash maqsadida qarzdorga tegishli
COBALT rusumli avtotransport vositasi undiruvchi M.O.nomiga rasmiylashtirib berildi.
📌
Bu — aliment majburiyatlarini bajarmaslik oqibatsiz qolmasligining yana bir amaliy ifodasi.
❗️
Farzandning haqqi — qarz emaski, unutib yuborilsa!
Aliment to‘lash — qonuniy majburiyat. Uni o‘z vaqtida bajarish esa farzandning munosib hayoti va kelajagi uchun muhimdir.
Majburiyat bajarilishi shart. Qonun ijrosi esa ta’minlanadi!
Byuroning Farg‘ona tuman bo‘limi
Sayt
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube