
Toshkent farmatsevtika instituti | RASMIY KANALI
✅
“G‘alaba bog‘i”ga tashrif.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda tarixiy xotiraga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida talabalar tyutori M.M. To‘ychiyeva boshchiligida “G‘alaba bog‘i” memorial majmuasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar majmuaning tarixi, Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz tomonidan namoyon etilgan jasorat va fidoyilik haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ekskursiya jarayonida Vatan tinchligi, xalq farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning yorqin xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi.
Mazkur tashrif talabalarda tarixiy merosga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook
⏺
Ayni damda Ispaniya davlatida “Ispaniya–Oʻzbekiston universitetlari forumi” oʻtkazilmoqda
Mazkur nufuzli forum ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, taʼlim va ilm-fan sohasidagi ilgʻor tajribalarni almashish hamda yangi istiqbolli loyihalarni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan.
Forumda Oʻzbekistonning qator yetakchi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan bir qatorda
Toshkent farmatsevtika instituti rektori, professor Kamal Rizayev
ham ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Ispaniyaning oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda farmatsevtika va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Toshkent farmatsevtika instituti va Rey Xuan Karlos Universiteti Madrid Kampusi o‘rtasida
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro
hamkorlik bitimi imzolandi.
Shuningdek, tomonlar Erasmus+ dasturi doirasidagi yangi loyihalarda hamkorlik qilish hamda tegishli loyiha hujjatlarini birgalikda tayyorlab, taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook
✅
Adabiy-badiiy kechaga taklif etamiz!
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov tomonidan 2026-yil 17-aprelda tasdiqlangan (01-05-233-sonli) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-apreldagi VMF-121-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlashga qaratilgan Nazorat rejasiga muvofiq, shoira
Saida Zunnunova
tavalludining 100 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etiladi.
Tadbir doirasida quyidagi mavzular yoritiladi:
•
“Shoira asarlarida ayollarning oiladagi o‘rni”
•
“Saida Zunnunova ijodida ayol siyrati”
Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda tyutorlar tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
✈️
11-iyun
✈️
12:00
✈️
3-bino, Faollar zali
Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook
✅
Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha.
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tomonidan 2026-yil 17-aprelda tasdiqlangan (01-05-233-sonli) Nazorat rejasining 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 10-iyun kuni talabalar o‘rtasida taniqli shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Shoira asarlarida ayollarning oiladagi o‘rni”, “Saida Zunnunova ijodida ayol siyrati” mavzularida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Ijodkor yoshlar” to‘garagi tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan tadbirda tyutorlar G.N.Pirmatova, A.X.Tugalov, D.Kishlakov va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Saida Zunnunovaning hayoti va ijodi, adabiy merosi hamda asarlarida ayollarning oiladagi o‘rni va tarbiyadagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan shoira she’rlaridan parchalar ijro etildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook
✅
XITOY XALQ RESPUBLIKASINING PEKIN SHAHRIDA PROFILAKTIK TIBBIYOT HAMDA AN’ANAVIY XITOY TABOBATI MADANIYATIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 25-mayidan 7-iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur nufuzli xalqaro seminarda Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdi. Institut delegatsiyasi tarkibida Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi mudiri, dotsent R.X. Sultanova, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti N.M. Rizayeva hamda Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi N.M. Vaxidova sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etdilar.
Mazkur xalqaro seminar global “Bir makon — bir yo‘l” strategik dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Moldova va Qirg‘iziston kabi davlatlarning yetakchi soha namoyandalari hamda olimlari jam bo‘ldilar.
Seminar dasturi doirasida zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimi, profilaktik tibbiyot yo‘nalishlari, innovatsion farmatsevtik tadqiqotlar hamda biologik faol moddalarning klinik oldi va klinik tadqiqotlarini tashkil etishning dolzarb muammolari ilmiy jihatdan atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashinish, zamonaviy tibbiyot yutuqlari va an’anaviy xitoy tabobati yondashuvlarini integratsiya qilish hamda kelgusidagi ilmiy hamkorlik istiqbollarini belgilash borasida samarali muloqotlar olib borildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site | Telegram | Instagram
YouTube | Facebook
“Ijtimoiy faollik indeksi” bo‘yicha master-klass tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-son qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi yuzasidan tushuntirish berish maqsadida joriy yilning 9-iyun kuni “Ijtimoiy faollik indeksi” talablari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda bo‘lim boshlig‘i
N.X. Ashurova
, Ofis registratori bo‘limi xodimi
Ismoilov Shoxrux Farrux o‘g‘li
, tyutor
G.N. Pirmatova
hamda talabalar ishtirok etdi.
Master-klass davomida 149-son qaror hamda “Ijtimoiy faollik indeksi” talablari yuzasidan tushuntirishlar berilib, talabalar savollariga javob berildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook
Talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Toshkent farmatsevtika institutida Xalqaro va tibbiyot fakulteti Davolash yo‘nalishi (ingliz guruhlari) talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.Mamatqulov, Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor U.Tillayeva, Xalqaro va tibbiyot fakulteti dekani D.Sabirov hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari L.T. Magzumova ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida institutning odob-axloq qoidalari, ichki tartib talablari, kontrakt masalalari, yakuniy nazoratlarni tashkil etish tartibi va baholash mezonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarning savollariga javob qaytarilib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda yakuniy nazoratlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga tashrif
Joriy yilning 1–3-iyun kunlari Toshkent farmatsevtika instituti delegatsiyasi Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Toshkent farmatsevtika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
Ibroxim Raufovich Sagatov
boshchiligida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy almashinuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar ishtirokida davra suhbatlari va tajriba almashish tadbirlari o‘tkazildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Faceboo
# teatrga_tashrif
Toshkent farmatsevtika instituti talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida
O‘zbekiston drama
teatriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar teatr sahnasida namoyish etilgan
Said Ahmad qalamiga mansub “Qorako’z Majnun”
spektaklini tomosha qildilar.
Mazkur spektakl o‘zining qiziqarli syujeti, hayotiy voqealarga boy sahnalari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Asarda jamiyatdagi ayrim illatlar, insoniy munosabatlar, halollik va adolat masalalari badiiy talqin orqali yoritilib, tomoshabinlarni mushohada yuritishga undadi.
💠
Ushbu tashrifni Farmatsiftika instituti talabalari va tyutorlar Sh.Axmedova,Z.Maynusova,D.Allaberganova,L.Shoimova, Y.Yusupovalar uyushtirdilar.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook
✅
Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida malaka oshirilmoqda
Ayni kunlarda Toshkent farmatsevtika instituti Organik sintez kafedrasi kafedrasi mudiri, dotsent Pulatova F.A., Organik sintez kafedrasi dotsenti v.b. Chinibekova N.K., Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi professori Raxmatullaeva M.M., Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti Nurmatova M.I. Rossiya Federatsiyasining Patris Lumumba nomidagiRossiya xalqlar do‘stligi universitetida malaka oshirmoqdalar.
➡️
Tashrif davomida universitetning Malaka oshirishmarkazi direktori D.A. Medyantseva bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Munozara tabiiy fanlar mutaxassisligi talabalarini tayyorlashga fanni integratsiyalash va noorganik va organik kimyo, biokimyo va toksikologik kimyo ta'limidagi innovatsiyalar bo'yicha fikr almashishga qaratildi. Universitetlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik istiqbollariham ko'rib chiqildi. Institut professor-o'qituvchilari professor Azova M.M.ning ma'ruzalarini tingladilar va laboratoriya mashg'ulotlariga qatnashdilar.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site
|
Telegram
|
Instagram
YouTube
|
Facebook