Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Toshkent farmatsevtika instituti | RASMIY KANALI

farmatsevtika_instituti
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI RASMIY TELEGRAM KANALI Veb-sayt: pharmi.uz Instagram: instagram.com/toshfarmiofficial/ Facebook: facebook.com/toshfarmi.official/ You tube: youtube.com @toshkentfarmatsevtikainstituti 📬 info@pharmi.uz ☎️ (71) 256-37-38
Подписчики
15 300
24 часа
-4
30 дней
11 117
Просмотры
943
ER
6,16%
Посты (30д)
254
Символов в посте
1 150
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 28, 08:03
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🔹
Ilm va tarix uyg‘unlashgan manzil: Sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari Oliy ta’lim muzeyida
Har bir yoshning qalbida o‘z kasbiga, tanlagan sohasiga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘usi avvalo o‘z dargohining tarixini chuqur anglashdan boshlanadi. Bugungi kun yoshlari nafaqat auditoriyalarda leksiya tinglash, balki o‘z ilmiy va madaniy dunyoqarashini kengaytirish yo‘lida yana bir yorqin qadam tashladilar.
Kuni kecha
2-kurs sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari
uchun ta’lim dargohining o‘tmishi, buguni va ertangi kelajagini o‘zida mujassam etgan
«Oliy ta’lim muzeyiga»
sayohat tashkil etildi. Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik va o‘z kasbiga faxr tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Talabalarga ushbu mazmunli sayohatda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori Nigora Gulyamova hamrohlik qilib, yoshlarning har bir qadamida ularga ilhom bag‘ishladi va muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishishda yaqindan ko‘mak berdi.
👉
Batafsil
👉
На русском
👉
In English
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |

October 28, 06:59
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

#Live
#Xalqaro_forum
🟦
🟦
Toshkent şahridagi Forumlar saroyida bölib ötayotgan Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida muhim siyosiy ahamiyatga ega tadbir bölib ötmoqda. Forum iştirokçilariga Özbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi yetkazildi.
Davlat rahbarining forum qatnaşçilariga yöllagan tabrigini Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Özbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov öqib eşittirdi.
Nufuzli xalqaro anjumanda Özbekiston bilan bir qatorda Markaziy Osiyo davlatlari hamda boshqa xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va xalqaro ekspertlar iştirok etmoqda.
Forum doirasida mintaqada ta’lim tizimini takomillaştirish, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oşirish hamda zamonaviy ta’lim yondaşuvlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalqaro muloqot maydoni turli mamlakatlar vakillari örtasida özaro tajriba almaşish, istiqbolli taşıbbuslarni muhokama qilish va ta’lim sohasida yangi hamkorlik aloqalarini yö’lga qöyish uçun muhim imkoniyat yaratmoqda.
Mazkur forum Markaziy Osiyoda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqa oliy ta’lim tizimining global miqyosdagi nufuzini yuksaltirish yö‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |

October 28, 06:37
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
📣
📣
📣
📣
🔹
“ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVINING TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI BOSQICHI!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qarori asosida o‘tkazilayotgan
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining Toshkent farmatsevtika instituti bosqichida
ishtirok etishga taklif qilamiz!
✔️
Tanlovning maqsadi
— talabalarning innovatsion g‘oyalarini aniqlash, istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni startap loyihalarga aylantirish uchun imkoniyat yaratish.
✔️
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Bakalavriat talabalari;
Magistratura talabalari.
✔️
Qanday g‘oyalar bilan ishtirok etish mumkin?
Farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalardagi dolzarb muammolarga innovatsion yechim taklif etuvchi g‘oyalar qabul qilinadi.
✔️
Institut bosqichida:
🥇
1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈
2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉
3-o‘rin — 20 mln so‘m grant!
📝
Ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish:
🔗
https://forms.gle/DoGRnxLC9u5pNdd97
Arizalarni qabul qilish muddati 03.11.2026gacha.
✔️
Tanlovda ishtirok etish uchun yuqoridagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z innovatsion g‘oyangizni taqdim eting.
✔️
Barcha iqtidorli va tashabbuskor talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |

October 28, 06:18
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Live
#Xalqaro_forum
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida
«Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni»
mavzusidagi muhim forum o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari ishtirok etib, mintaqamizda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan o‘z maʼruza va chiqishlarini qilishmoqda.
Mazkur xalqaro muloqot Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy-maʼrifiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga, mintaqani kelgusida yirik innovatsion markazga aylantirishga xizmat qiladi. Bunday hamkorlik kelgusida yoshlarimiz uchun yanada keng istiqbollar eshigini ochishi shubhasiz.
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |

October 28, 06:02
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#Live
#Xalqaro_forum
MARKAZIY OSIYO XALQARO TA’LIM FORUMIDA TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI VAKILLARI ISHTIROK ETMOQDA
Bugun “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida
“Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni”
mavzusida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli xalqaro tadbirda
Toshkent farmatsevtika instituti rektori, professor Kamal Rizayev
hamda
Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Umida Tillaeva
ishtirok etmoqda.
Forum doirasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, xalqaro forumda institutning xorijiy hamkorlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasidan
Elena Yurevna
, Xitoy Xalq Respublikasidan
LIU CHAO (刘超)
hamda
FU ZENGZHENG (傅曾峥)
ham ishtirok etmoqda.
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |

October 28, 05:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Live
#Xalqaro_forum
#Oçiliş_marosimi
Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi öz işini boşlaşga tayyor
Birozdan söng
Toşkent şahridagi “Özbekiston” xalqaro forumlar saroyida
Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumining rasmiy oçiliş marosimi boşlanadi.
Nufuzli tadbirda
Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim sohasi rahbarlari, xorijiy delegatsiyalar vakillari, oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari va xalqaro ekspertlar
iştirok etadi.
Forum ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda yagona ta’lim makonini rivojlantirişga qaratilgan.
—
Международный образовательный форум Центральной Азии готовится к началу работы
Через несколько минут во Дворце международных форумов «Узбекистан» в городе Ташкенте начнётся официальная церемония открытия Международного образовательного форума Центральной Азии.
В престижном мероприятии примут участие руководители образовательных ведомств стран Центральной Азии, представители зарубежных делегаций, ректоры высших учебных заведений и международные эксперты.
Форум направлен на расширение регионального сотрудничества в сферах образования, науки и инноваций, а также развитие единого образовательного пространства.
—
The Central Asian International Education Forum Is Set to Begin
In a few minutes, the official opening ceremony of the Central Asian International Education Forum will begin at the Uzbekistan International Forums Palace in Tashkent.
The prestigious event will bring together heads of education authorities from Central Asian countries, representatives of foreign delegations, rectors of higher education institutions, and international experts.
The forum aims to expand regional cooperation in education, science, and innovation, as well as to advance the development of a common educational space.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 28, 05:31
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
"Zakovat Mega Quiz"ning 3-o'yini uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!
⏳
"
Zakovat Mega Quiz
"ning 3-o'yini
🕒
28-oktabr chorshanba kuni soat 15:⁰⁰ da boshlanadi.
👥
Jamoa tarkibi 6 kishidan ko'p bo'lmasligi lozim.
📍
Manzil:
Oybek 45 (4-bino 2-xona)
.
❗️
Barcha talabalarni taklif etamiz.
✍🏼
Ro'yxatdan o'tish
@Farkhodov_7378
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |

October 28, 04:23
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Live
#Xalqaro_forum
#Oçiliş_marosimi
Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumining oçiliş marosimiga sanoqli daqiqalar qoldi
Bir neça daqiqalardan söng Toşkent şahridagi “Özbekiston” xalqaro forumlar saroyida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumining rasmiy oçiliş marosimi boşlanadi.
Nufuzli tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim sohasi rahbarlari, xorijiy delegatsiyalar vakillari, oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari va xalqaro ekspertlar iştirok etadi.
Forum ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda yagona ta’lim makonini rivojlantirişga qaratilgan.
@nazokat_abdukunduzova

October 28, 03:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Forum
#StudyInUzbekistan
#Taʼlim
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi
28-oktabr kuni “Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etilmoqda.
Forumda
Özbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari,
xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami
1 500 dan ortiq ishtirokchi
kutilmoqda.
Nufuzli xalqaro tadbirda
Toshkent farmatsevtika instituti rektori, professor Kamal Rizaev
hamda
Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Umida Tillaeva
hamda institutning xorijiy hamkorlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasidan
Elena Yurevna
, Xitoy Xalq Respublikasidan
LIU CHAO (刘超)
va
FU ZENGZHENG (傅曾峥)
ham ishtirok etadi.
Asosiy maqsad:
Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Dasturda:
➖
rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖
taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖
parallel sessiyalar;
➖
“Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.
Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.
forum.edu.uz
📅
28-oktabr, 2026-yil
📍
Toshkent, “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi
👉
На русском
👉
In English
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |

October 28, 03:19
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum! Boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin!
📆
Bugun:
28-oktabr, shorshanba
📆
Yilning:
301-kuni
⏳
Yil yakuniga:
64 kun qoldi
🟦
🟦
🟦
🟦
1993-yil — O‘zbekiston Respublikasi va Gana Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
2017-yil — O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi yirik “Tashkent City” loyihasi bilan tanishdi. Loyiha poytaxt infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan edi.
2019-yil — Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
2022-yil — Yevropa Kengashi Prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘zbekiston–Yevropa Ittifoqi munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
1918-yil — Chexoslovakiya mustaqilligi e’lon qilindi. 28-oktabr Chexiya va Slovakiyada tarixiy davlat tashkil topgan kun sifatida qayd etiladi.
1919-yil — AQSh Kongressi Volstead Actni qabul qildi. Mazkur qonun mamlakatdagi “quruq qonun” siyosatini amalga oshirish mexanizmlarini belgilab berdi.
1938-yil — Germaniyada minglab polyak yahudiylari mamlakatdan chiqarib yuborild.
1995-yil — Ozarbayjon poytaxti Boku metrosida katta yong‘in sodir bo‘lib, yuzlab insonlar halok bo‘ldi. 2007-yil — Kristina Fernandes de Kirshner Argentina tarixida prezidentlik lavozimiga saylangan birinchi ayol bo‘ldi.
🟦
🟦
🟦
🟦
“Ilm va ma’rifat — o‘tmishni anglash, bugunni qadrlash va kelajakni bunyod etishning eng kuchli vositasidir.”
🌐
pharmi.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube |