Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Psixolog Dildora Ulmasova

farzandruhiyati
Ilmiy psixologiyani amaliyotga tatbiq etamiz. Hissiyotlaringizni tushunishingizga ko'maklashaman. Psixologik konsultatsiya, hamkorlik uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.
Subscribers
1 881
24 hours
-3
30 days
413
Post views
506
ER
26,9%
Posts (30d)
58
Characters in post
937
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
September 10, 13:29

https://youtu.be/bF50uj87vJA?si=XeJp4QcpUH-lTVDR
Do'stlar, blogimga videoni joyladim.
😊
Kontent yoqsa, ulashish, izoh qoldirish bilan bizni qo'llab-quvvatlang.
@farzandruhiyati

September 10, 11:21

#farzandimgayaqinroq
Nega chaqaloqlarga havas qilamiz? Chunki ularning ehtiyojlarini tezda qondirishga kirishishadi. Sovuq qotsa, ustini yopishadi, qorni ochsa ovqat tutishadi.
Aynan shu sabab bolada butun olam mening atrofimda aylanar ekan degan instinktiv tasavvur paydo bo'ladi.
Bola biroz ulg'ayar ekan, xohish va ehtiyojlari darhol qondirilmasa, tez sarosimaga tushadi. Hokimiyatini qaytarish uchun bosh ko'tarishni boshlaydi.
- do'konda aytgan narsasini olib bermasangiz, yerga o'tirib olishi;
- maktabga bormayman deb xarxasha qilishi;
-istagani muhayyo bo'lmasa, baqirishi, narsalarni otib yuborishi mumkin.
Bu
frustratsiya
holati deyiladi.
U nima degani?
Har birimizning miyamizda rejalarimiz qanday ijobiy yakun bilan amalga oshishi borasida tayyor ssenariylar bo'ladi. Bolalarda ham xuddi shunday.
Masalan, bog'chaga borishni istamayapdimi bormasligi kerak.
Reallik bola kutilmasiga mos kelmasa, frustratsiya holatiga tushadi.
Bolalar psixikasi hali mo'rt, moslashuvchanlik darajasi past, hissiy regulyatsiya qobiliyati zaif,  qolaversa, muammolarga kreativroq yechim topish malakasi shakllanmagan bo'ladi. Shuning uchun ham ular tez-tez frustratsiya holatiga tushishadi.
Bolalardagi asosiy frustrativ reaksiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Agressiya (verbal/jismoniy).
Bola magazinga onasi bilan kirdi va qandaydir o'yinchoqni olib berishini so'radi. Ona unga puli yetmasligini, hozir arzonrog'ini olib berishini aytadi. Shunday pallada farzand agressiv xulq-atvorini namoyon qilishi, baqirishi, narsalarni otishi.
2. Fiksatsiya.
Bola bir musobaqada qatnashdi. Lekin g'olib bo'lolmadi. Shunday vaziyatda uzoq vaqt mana shu haqiqatni tan olishga qiynalishi, nima uchun u g'olib bo'lmaganini qayta-qayta so'rashi, muhokama qilishga intilishi.
Fiksatsiya reaksiyasida bola tushib qolgan muammosi atrofida ayalanaveradi.
3. Qochish.
Bola bog'chada biror mashg'ulotni bajarayotganda yaxshi uddalay olmadi. Endi bog'chaga borishdan bosh tortishi mumkin.
4. Regressiya.
Bola muammoli vaziyat yuzaga kelganda (o'rtoqlari bilan kelisha olmay qolganida) yoshiga nisbatan kichikroq xulq-atvor modelini namoyon qilishi. (Masalan, darrov tilini chiqarish yoki qulog'ini yopib olishi).
5. Bostirish.
Frustratsiya holatida bola jahl, qayg'u kabi og'ir hislar bilan yuzlashishdan qochib ularni bostirishi mumkin. Bu ham frustrativ reaksiyaning o'ziga xos ko'rinishidir.
Ota-onasi ajrashgan bola otasini sog'inayotganini hech kimga bildirmay bostirishi mumkin.
Farzandda frustratsiyaga nisbatan bardoshlilik ko'nikmasini oshirish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligini keyingi postda yozaman.
P.s. Postlar ma'qul kelayotgan bo'lsa, do'stlaringizga ulashib, safimizni kengaytirishda menga ko'mak bering.
😊
@farzandruhiyati

September 09, 16:42

#psixologkundaligi
#takror
Haddini bilmaydigan bolalar
1. Normal holatda 5-6yoshdan boshlab bolada kattalar (ota-onasidan tashqari) boshqa odamlar qarindosh/ qo'shnilar oldida o'zini qanday tutish bo'yicha birlamchi malaka shakllangan bo'ladi.
Masalan,
* kutish madaniyati;
* katta odamlarga  o'z-o'zidan odobsizlik qilmaslik (masxaralamaslik, ovoz tonini haddan ortiq balandlatmaslik, haddan tashqari erkalanmaslik).
Boisi bu yoshda bolakay o'zi hamda o'zgalar orasidagi chegaralarni tushunishni boshlagan bo'ladi. Ota-onasidan boshqa odamlar uni boricha qabul qilmasligini ongli-ongsiz ravishda anglagan bo'ladi.
Lekin qattiqqo'l ota yoki ona oldida o'zini itoatkor namoyon qiladigan bolalar katta odamlar davrasida mehmonga borganda yoki unga yaxshi munosabatda bo'ladigan qarindoshi/qo'shnisi yonida o'zini noo'rin tutishni boshlaydi.
1. Qattiq gapirishi;
2. Oddiy masalalarda ham qaysarlik qilib turib olishi;
3. Hech qanday sababsiz baqirib yig'lab yuborishi;
4. Beso'roq narsalarga tegishi;
5. Aytgani bo'lmasa o'zini agressiv tutishi ko'zga tashlanadi.
Nima uchun shunday bo'ladi?
Qattiqqo'l ota-ona o'zining avtoritar pozitsiyasini suiste'mol qilib, bolaning shaxsiy chegaralarini buzgan, hissiyotlarini bostirgan, spontan xatti-harakatlar qilish, biroz erkin o'zini namoyon qilish ehtiyojlarini qondirishiga imkon bermagan, o'zi ham bolaga qo'pol xulq-atvor namoyon qilgan bo'lishi mumkin.
Endi bola hayiqib turadigan, bo'ysunmasa mehr-e'tibor ololmaydigan ota-onasiga emas, yo'lida uchragan birinchi odamga kattalardan o'zlashtirilgan xulq-atvor ko'rinishini namoyon qilishni boshlaydi. (Shunisi xavfsizroq
😊
)
Bir so'z bilan aytganda bolaning haddini bilmasligi ota-onaning haddini bilmasligidan boshlanadi.
Men faqat bitta keysni yozdim.  Bolaning frustratsiyaga butunlay toqatsiz bo'lib qolishi, shaxsiy chegaralarni buzishga moyil bo'lib ulg'ayishiga  ta'sir qiluvchi boshqa keyslar ham sizga qiziqmi?
@farzandruhiyati

September 09, 03:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Agar siz endi amaliyotni boshlayotgan psixolog bo'lsangiz mijozlaringiz xulq-atvor motivini tushunishingiz uchun bu mavzularnu yaxshi bilishingiz talab etiladi.
Mabodo shunchaki psixologiyaga qiziqadigan inson bo'lsangiz ham ushbu darslarni o'zlashtirish orqali atorfingizdagi odamlarning xatti-harakatlari haqida birlamchi tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin. Bu esa ular bilan sog'lomroq munosabat o'rnatishingizga yordam beradi.
1-modul: Shaxs tiplari
2-modul: Psixikaning himoya mexanizmlari
Har bir modul 145mingdan. Agar ikkalar video darsni sotib olmoqchi bo'lsangiz 250 ming to'lov qilib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Murojaat uchun
@dil0104
ga yozasiz.
@farzandruhiyati

September 08, 20:40

Menga ko'p beriladigan savollardan biri:
Mijoz bilan samarali ishlashda nima muhim?
Psixolog sifatida amaliy faoliyatini endi boshlayotgan hamkasblarimni aynan shu masala o'ylantirib qo'yadi.
Mijoz bilan ishonchli munosabat o'rnatish, unga professional yordam bera olish bir nechta omillarga bog'liq.
Shularning ichida muhimlari
klient shaxs tipini aniqlash hamda u ishlatayotgan himoya mexanizmlarni to'g'ri tahlil qilish
.
Nima uchun bu ahamiyatli?
Boisi shaxs tipi ko'p narsalarni belgilaydi. Hatto odamning boshqalar munosabati, ko'proq qaysi hislarni tuyishi-yu, qanday himoya mexanizmlaridan foydalanishiga ham ta'sir o'tkazadi.
Paranoid shaxs tipidagilar ko'p jahl hissini tuyadigan bo'lishsa, maniakal tipidagilar og'ir hissiyotlar qayg'u, hafsalasi pir bo'lish kabi emotsiyalarni his etishga qiynalishadi. Bularning barchasi kishining hissiy muvozanatiga ta'sir ko'rsatadi.
Shunday pallada psixologning vazifasi mijoz "hazm qilish"ga qiynaladigan hissiyotlar bilan yuzlashtirish, reallikni qabul etishga ko'maklashish bo'ladi.
Ba'zan mutaxassis yoqimsiz hissiyotlardan qochish uchun takror-takror bir xil himoya mexanizmlarga murojaat qilaverib "charchab" ketgan psixikani biroz tin oldirish, hamda yuqoriroq darajadagi koping strategiyalarini qo'llashga o'rgatishi kerak bo'ladi.
Buning uchun esa psixolog shaxs tiplari, ularni shakllanishiga ta'sir qiluvchi omillarni yaxshi bilishi, qolaversa,  psixikaning himoya mexanizmlari haqida chuqurroq bilimga ega bo'lishi kerak.
Talab va takliflarga ko'ra "Amaliy psixologiya" kursimdagi 2ta dars modulini alohida sotuvga qo'yapman.
1-modul:
Psixoanaliz bo'yicha shaxs tiplari
2-modul:
Psixikaning himoya mexanizmlari
Psixolog mutaxassislar xarid qilib, amaliy faoliyatida qo'l keladigan foydali bilimlarga ega bo'lishlari mumkin.
Narxlarni kelasi postda e'lon qilaman.
@farzandruhiyati

September 08, 12:09

#thingkingoutloud
Telegramda blog yuritayotganimga 3 yildan oshibdi.
Shu muddat davomida kanalda sizlar bilan bilimlarimni, kechinmalarimni bo'lishib keldim.
Siz obunachilarimdan juda ko'p narsalarni o'rgandim.
- Fikrimni o'quvchiga yaxshiroq yetkazib berishim uchun nimalarga ahamiyat berishim kerak?
-ota-onalarni farzandi bilan munosabatlarda ko'proq qanaqa muammolar bezovta qiladi?
-odamlar nima uchun psixologiyani o'rganishga ehtiyoj sezadi?
shu kabi savollarimga javob topishda sizlarning qoldiradigan izohlaringiz, fidbeklaringiz ko'mak berdi.
Yutuqlarimni ulashganimda, men bilan birga quvondingiz,  jamiyatimizdagi og'riqlarni yozganimda birgalikda achchiqlandingiz. Hammasi uchun rahmat! Qadriyatlari o'xshash odamlar bilan bir safda turish qanday yaxshi.
Endi psixologiya bo'yicha olgan bilimlarimni kattaroq auditoriyaga ulashishga, professional faoliyatim formatini kengaytirishga ehtiyoj sezyapman.
Shu uchun You tube ijtimoiy tarmog'ida solopodkastlar, video darslar tayyorlashni boshlamoqchiman.
Bugun You tubega ilk video kontentini taqdim etaman. To'g'ri, You tube sferasida hali yangiman, ko'p narsalarni o'rganishim kerak.
Shunaqa pallada sizlarning qo'llab-quvvatlashingizga muhtojman.
Izoh, like, ulashishlar bilan videoimni ommlashishiga ko'mak bering.
😊
@farzandruhiyati

September 08, 12:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugun 19:00 da YouTube kanalimda ushbu podkastni to'liq formatda tamosha qilishingiz mumkin.
🎥
📺
@farzandruhiyati

September 08, 00:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Birgina oyatda Allohdan barcha so'raydiganlarimiz jam bo'lgan. Qanday go'zal!
@farzandruhiyati

September 07, 14:25

#thinkingoutloud
Bundan 20 yil avval "96 mumtoz faylasuf" kitobini olib o'qishni boshlagandim.
Ushbu kitobdagi bir maslahat yodimda qolib ketgan:
"Kimdir yolg'on gapirayotgan bo'lsa, unga ishongandek ko'rsating. Natijada yolg'onchi voqelikni Yana ham bo'rttirib, o'zi bildirib qo'yadi".
Shu tavsiyani hayot yo'limda haligacha qo'llab kelaman.
"Ha, ha", deb tinglab tursangiz, qiziqib ketib yana ham fantaziya qilib yuboradigan odamlarni uchratganmisiz?
@farzandruhiyati

September 07, 06:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Yuqori" va "pastki" miya funksiyalari
@farzandruhiyati