Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Psixolog Dildora Ulmasova

farzandruhiyati
Ilmiy psixologiyani amaliyotga tatbiq etamiz. Hissiyotlaringizni tushunishingizga ko'maklashaman. Psixologik konsultatsiya, hamkorlik uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.
Подписчики
1 693
24 часа
-5
30 дней
-112
Просмотры
284
ER
16,77%
Посты (30д)
61
Символов в посте
981
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
October 26, 06:52
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#thinkingoutloud
Anglash og'rig'i
Fantastika janridagi kitoblarni o'qishini yoqtirmasdim. Lekin 8 yillar avval Ilmiy fantastika (science fiction) janridagi "Eljernon uchun gullar" kitobi qo'limga tushib qolganida uni bir nafasda o'qib tashlagandim.
Spoyler qilsam ham aytaman. Kitob aqli zaif yigitning intellektual salohiyatini jarrohlik yo'li bilan oshirish tajribasi haqida yozilgan.
Asarni muallif bosh qahramonning o'zi yozgan rivojlanish hisobotlari  orqali bayon etadi.
Bosh qahramon Charli intellektual jihatdan tengdoshlaridan orqada, nonvoyhonada ishlaydigan,  quvnoq yigit bo'ladi. Aqli zaifligida hammani yaxshi deb hisoblaydigan, o'zi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo'lmagan,  munosabatlarga ochiq yigit intellektual salohiyati oshgan sari tafakkur qilish og'riqlarni his etishni boshlaydi.
Avvaliga o'zini yaxshiroq tahlil qilishni, hissiyotlari shakllantirayotgan tafakkurini taftish qilishni boshlaydi.
Keyin o'zgalarning qahramonimizga munosabatiga boshqa rakursdan qarashni boshlaydi. Ha, hammasi ko'ringanidek emasligini anglash qanchachalar og'riqli. Lekin og'riqlar beradigan xulosalar miyasidagi chigalliklarni yechishga ko'mak beradi.
Kitobni mutolaa qiilganimda, muallif inson tabiatini, voqeliklarning shaxs psixikasiga ta'sirini naqadar samimiy, o'ziga xos nyuanslari bilan tahlil qilgani e'tiborimni tortgan. Quyida shulardan bir-ikkitasi haqida yozmoqchiman:
1️⃣
. Charlining intellekti oshib, fikrlash, mustaqil ravishda o'rganish qobiliyati shakllana boshlaydi. Lekin shunda ham hali mustaqil qaror qabul qilish layoqati rivojlanmagan bo'ladi.
Psixolog sifatida aytishim mumkinmi, mustaqil qaror qabul qilish odamda mas'uliyat hamda ongli yondashuv talab qiluvchi murakkab jarayondir.
Kishi bilim olishga chanqoq, aqlli, moliyaviy farovonroq bo'lsa ham  fikriy jihatdan odamlardan seperatsiya bo'lmagan bo'lishi mumkin.
Chunki mustaqil qaror qabul bir nechta fikrlarni tahlil qilish, o'ziga nima yaxshiligini tosh-tarozuga qo'yib ko'rish, mas'uliyatni bo'yinga olish uchun iroda kuchi hamda jasurlikni talab qiladi.
Ustozi Alisa Charliga buni juda chiroyli tushuntiradi:
"
Men sening o‘rningga qaror qabul qilolmayman. Agar umr bo‘yi go‘dak bo‘lib qolishni istamasang, boshqalardan tavsiya va ko‘rsatmalar kutishni bas qil
".
"O‘zingga o‘zing ishonishni o‘rganishing kerak. Javobni o‘zingdan topasan — nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘riligini yuraging bilan his qilishing kerak".
2️⃣
. Charlining onasi bilan ichki konfliktlari juda ham ta'sirli, ishonarli ifoda etilgan.
Bu dunyoga kelar ekanmiz, bu olamda  birgina odamning hech qanday shartlarsiz qabul qilishiga ehtiyoj sezamiz.  Agar onamiz o'sha qabul qilish funksiyasini bersa, olam guliston. Aks holda butun olamdan o'sha qondirilmagan ehtiyojinizni qildirib yashashimiz ham mumkin.
Charlining onasi farzandining tengdoshlaridan farqli, intellektual salohiyati pastroq ekanligini qabul qila olmaydi.
Yillar o'tib aqlli bo'lgan yigitning onasini o'ylaganda xayolida aylangan mulohazalarni belgilab, skrinshot ko'rinishida qoldirdim.
Aytmoqchi bo'lganim, bu kitobni o'qish orqali o'zini anglash qanchalar og'riqli, shu bilan birga zavqli sayohat ekanligini his qilishingiz mumkin. Qolaversa, atrofingizdagi  insonlar, munosabatlar, voqelikka boshqa nigoh bilan qarab ko'rasiz.
@farzandruhiyati

October 26, 06:23

#thinkingoutloud
Yuz yil avval o'qigan kitobim borasidagi bir-ikki mulohazalarini qayd etayotgandim. Badiiy kitoblarga taqriz yozmaganimga ham yuz yil bo'lganigami hech tugata olmayapman.
😢
Kitobni o'qish boshqa, yillar o'tib hayotiy keyslarda u asar sujeti, dialoglari yodingga tushib qolib, uni psixologik tahlil qilish ishtiyoqining paydo bo'lishi boshqa...
@farzandruhiyati

October 25, 15:18

#frustratsiya
Ota-onamiz begonalarga ishonmaslik kerakligini o'rgatishadi. Hayot esa tanishlarga ham ishonib bo'lmasligi haqidagi saboqni beradi.
@farzandruhiyati

October 25, 10:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 14:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#psixologkundaligi
🍂
Biror narsaning mag'zini bilmasak, tashqi holatiga qarab baho beramiz. Bu tabiiy holat.
Ushbu qonuniyat insonlar bilan munosabatlarda ham ishlaydi.
Esimda: You tubeda bir ko'rsatuvda intervyu berganimda, bir odam gapim qolib, kiyimimni tanqid qilgandi. Vaholanki, qanday kiyinish/ bo'yanish hammaning shaxsiy ishi, shaxsiy chegarasi.
✈️
You tube sahifamda yana bir foydalanuvchi "Siz o'zi shunaqa gapirasizmi yoki logopeddan muammoyingiz bormi?" deb izoh qoldiribdi.
Nimaga miyasiga shu fikr kelgan?
Katta ehtimol bilan gapimning ma'nosini tushuna olmagan.
Birovning gapining mohiyatini tushuna olmaganligini tan olish kishining o'zi uchun ham og'riqli. Chunki mazkur holat odam o'zini mana shunday (nimalarnidir bilmagan/anglolmagan) obrazda qabul qilishga majbur qiladi.
Hamma ham buni uddasidan chiqolmaydi. Psixika bu og'riqli haqiqatdan qochish uchun qarshisidagi odamni qadrsizlashni boshlaydi.
Qachonki sizda kimdirni muhokama qilish istagi paydo bo'lsa, nima uchun bunga ehtiyoj sezganingizni taftish qilib ko'rishingiz mumkin. Fikrlaringiz ustida tahliliy fikr yuriting.
Balki, muhokama qilayotgan odamingizda sizda yo'q nimadir borligi uchundir.
😂
@farzandruhiyati

October 24, 07:17

#yumor
#bolatilidan
#sadiya
6 yosh qizim Sa'diya qo'shni qiz haqida gapiryapdi:
- Oyi, Xadicha sizdanam, opamdanam, mandanam, adamdanam hammadan uyaladi. Faqat o'zini oyisi-adasidan uyalmidi.
Bizning yaxshi psixologligimizga shubha qilsangiz, farzandlarimizning tahlillariga boqing.
Men ham Temur bobo uslubida yozdim
😂
@farzandruhiyati

October 24, 07:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#yumor
Bola uxlaganda ona uchun uxlab olishdan ham yaxshiroq reja bo'lishi mumkinmi?
🙂
@farzandruhiyati

October 23, 09:54

#alifbo
Men psixolingvist sifatida alifbodagi "to‘rttagina" harf o‘zgartirishga qarshi edim, bu yondashuvim ilmga asoslangan edi.
Lekin baribir o‘zgartirishga qaror qilindi.
Men hozirgi islohotchilar hech bo‘lmaganda alifboni bundan keyin boshqa o‘zgartirmaslikka siyosiymi, huquqiymi asos yaratib berishsa, bugungi islohot bilan keladigan salbiy oqibatlarni kompensatsiya qilgan bo‘lardi deb o‘ylayman.
Mening postlarim hozircha shu alifboda bo‘ladi. Balki ora-orada, erinmasam, ikkala alifboda yozarman.
Men o‘zimni, shuningdek, alifbo islohotini yoqlamagan hamfikr ziyolilarni olti oy ichida o‘rganib, yangi alifboda yozishga chaqiraman. Xalq uchun, millat uchun shunday qilishimiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Chunki kiril alifbosining o‘z qudratini yo‘qotmagani aynan ziyolilar o‘zi o‘rgangan alifbodan kechgisi kelmagani bilan bog‘liq bo‘lgan. Uch alifbo orasida sarson bo‘layotgan bolalarimizga beradigan yordamimiz bir xil alifboda yozish bo‘ladi. Qanchalik tez bir alifboga o‘tsak, so‘zlarning vizual shaklini shunchalik tez barqarorlashtirga erishamiz. Bilim olish uchun aynan so‘zlarning vizual shakli barqarorligi muhim.
@psixolingvist

October 23, 07:48

#kayfiyat
Qaysi kanal yangi alifboga o'tib olganini ko'rsam, o'sha kanaldan chiqib ketyapman o'qiyolmay..
Ko'zni o'rgatish kerak vaholanki..
@suvaydo

October 21, 14:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ichki tanqidchining ovozi
Pop psixologiyada ichki tanqidchini inson o'zini salbiy xususiyatlar  bilan sifatlashi deb hisoblashadi.
- men xunukman;
- beso'naqayman;
- aqlli emasman.
Ichki tanqidchi bilan ishlashda ham o'zingiz haqingizda unga zid fikrlarni aytish lozimligini ta'kidlashadi.
Deylik, o'zini chiroyli his etishga harakat qilish, aqlli ekanligimizga ishonish v.h.
Lekin amaliyotda bu usullar natija bermaydi. Ichki tanqidchimizning ovozi balandlashsa, balandlashadiki, lekin o'chmaydi.
Ichki tanqidchi nima o'zi u qaysi daryodan suv ichadi? Keling shulardan boshlasak.
Shaxsiyatimizni qismlarga bo'lib tadqiq etadigan bo'lsak, u bir necha tuzilmalardan tashkit topgan.
Masalan,
📎
real menimiz - asl o'zligimiz.
📎
Ideal menimiz - biz intiladigan mukammal obrazimiz.
Nartsisistik travmalarimiz sabab o'ylaymizki, qachondir mukammal bo'lsak, bizni sevishadi, e'tibor qaratishadi, qadrlashadi.
Shuning uchun doim ideal menga talpinib yashaymiz. Lekin insonmiz, resurslarimiz cheklangan. Ba'zi xususiyatlarimiz, holatlarimiz oldida ojizmiz. Shuning uchun ham ideal menga erishib bo'lmaydi. Bu holat takror va takror hafsalamizni pir qilishni boshlaydi.
📌
Ideal menimizga yeta olmagan pallada ichki tanqidchimiz bizga qattiqroq o'shqirishni boshlaydi.
Qizig'i, ichki tanqidchi bizga sen semizsan demaydi:
- "Hali ham o'zing istagan vaznga yetib kela olmading. Sen qanaqa odamsan o'zi?!" deya koyidi.
- Sening aqling yo'q demaydi. Shuncha o'qib nega bitta sohada o'zingni yo'lingni topib keta olmayapsan" deya kaltaklaydi.
Ichki tanqidchini qulog'imiz ostidagi jarangini pasaytirish uchun ideal menimizga qo'ygan talablarimizni ko'rib chiqishimiz kerak.
✈️
sahifamizga nartsisizm kursining "Ichki tanqidchi bilan ishlash" moduli joylandi.   Og'riqlarimizga malham bo'ladigan psixologik texnikalar ham taqdim etilgan.
☕️
Faqat ko'rish, bizni qo'llab quvvatlash, amaliyotda sinab foyda olish qoldi.
https://youtu.be/TWcE16cyTrQ?si=CxM8CJ4tBBK5w8cu
Yoqimli tamosha!
🩷
Kursga to'liq formatda kirish imkoniyatiga ega bo'lishni istasangiz
@dil0104
ga murojaat qilishingiz mumkin.
@farzandruhiyati