Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FC OKMK

fcokmk
⚡️ OKMK futbol klubi ⛏️ «Konchilar» Instagram: instagram.com/fcokmk YouTube: youtube.com/@FCOKMK Twitter: x.com/fcokmk
Subscribers
4 099
24 hours
13
30 days
-24
Post views
985
ER
24,03%
Posts (30d)
301
Characters in post
506
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Others
Summary
October 25, 16:03
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

⚽️
🇺🇿
Superligada 25-tur bahslari davom ettirildi
♻
️ Artel
|
💙
Uzcard
|
⚫
️ Apex
|
🔴
Coca-Cola
|
🔵
BMB
|
🟠
Allplay

October 25, 16:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Boş hakam:
Doston Rahmonov
Yordamçi hakamlar:
Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami:
Alişer Abduvohidov
VAR:
Nayim Qosimov
AVAR:
Şohrux Maqsudov
Nazoratçi:
Oleg Daçev
Komissar:
Şohrux Said
OKMK tarkibi —
1. Hamidullo Abdunabiyev, 4. Mirjamol Qosimov (88. Siavaş Haqnazari, 87’), 5. Giorgi Papava (30. Abror Sarimsoqov, 80’), 6. Avazbek Ölmasaliev, 8. Abubakr Rizo Turdialiyev, 9. Aziz Xolmurodov (77. Ivan Peşiç, 80’), 10. Asadbek Sobirjonov, 17. Nodirbek Abdurazzoqov (21. Hazratjon Tursunqulov, 80’), 19. Ahmadullo Muqimjonov (22. Saidafzalxon Ahrorov, 80’), 28. Arihiro Sentoku, 44. Abror Karimov.
Zaxira:
35. Javohir Ilyosov, 7. Dilşod Ahmadaliyev, 11. Ali Abdurahmonov, 27. Uroş Koyiç.
“Qöqon-1912” tarkibi —
1. Rahim Davronov, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Alişer Salimov, 8. Şota Gvazava, 11. Silvanus Nimeli, 15. Zafar Hakimov, 19. Şahzod Akramov (7. Javohir Siddiqov, 59’), 21. Ğulom Haydar Ğulomov (71. Elbekjon Yo‘lçiyev, 81’), 22. Toma Tabatadze (20. Iqboljon Malikjonov, 46’), 90. Akbar Öktamov (10. Şohruh Gadoyev, 54’), 99. Muhammadanas Hasanov (17. Farhodjon Sohibjonov, 81’).
Zaxira:
1. Rustam Nortojiev, 4. Asliddin Toştemirov, 9. Javohir Husanov, 44. Andro Giorgadze.
Ogohlantiriş:
Avazbek Ölmasaliyev (23’) — Silvanus Nimeli (90+1)
Çetlatiş:
Zafar Hakimov (45+4’).
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📺
YouTube

October 25, 16:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

OKMK xarakter namoyiş etdi: sönggi daqiqalardagi gol va muhim ğalaba!
OKMK hamda “Qöqon-1912” örtasidagi uçraşuv keskin kuraş, xavfli vaziyatlar va dramatik yakun bilan yodda qoldi. Olmaliqliklar öz maydonida dastlab hisobni oçişdi, keyinçalik uştunlikni boy beriş xavfi ostida qolişdi.
Uçraşuv boşidanoq har ikki jamoa hujumkor futbol namoyiş etdi. “Qöqon-1912” 3-daqiqadayoq Nimeli orqali xavfli vaziyat yaratdi, biroq OKMK darvozaboni Abdunabiyev işonçli seyv bilan jamoasini qutqarib qoldi. Mezbonlar ham javob hujumlarida faol bölişdi va 22-daqiqada öz maqsadlariga erişişdi. Turdialievning uzatmasidan söng Mirjamol Qosimov aniq zarba bilan hisobni oçdi.
Birinçi bölimning qolgan qismida öyin muvozanatli keçdi. 27-daqiqada Sobirjonovning zarbasi ustunga tegib qaytdi. Tanaffus arafasida esa uçraşuvning eng muhim buriliş nuqtasi yuz berdi. VAR körigidan söng Zafar Hakimov sönggi umid foli uçun maydondan çetlatildi. Bu holat “Qöqon-1912”ning keyingi öyiniga jiddiy ta’sir körsatdi: jamoa ikkinçi bölimni bir futbolçi kam bölib davom ettirişga majbur böldi.
Son jihatdan uştunlikka ega bölgan OKMK ikkinçi bölimda bosimni oşirdi va raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. 52-daqiqada Abdurazzoqovning zarbasini Davronov qaytardi. 68-daqiqada Sentoku qulay vaziyatdan foydalana olmadi, 69-daqiqada esa Davronov Abdurazzoqov va Sentokuning ketma-ket zarbalarini bartaraf etib, öz jamoasini hisobdagi farq ortişidan saqlab qoldi. Darvozabonning uşbu seyvlaridan so‘ng “Qöqon-1912” öyinda qolişga muvaffaq böldi.
Mehmonlar ham imkon qadar qarşi hujumlar taşkil etişga harakat qilişdi. Ular uzoq vaqt davomida OKMKning bosimiga bardoş berişdi va hisobni tenglaştiriş uçun öz imkoniyatlarini kutişdi. Uçraşuv yakuniga yaqin esa maydondagi vaziyat keskin özgardi.
86-daqiqada Yo‘lçievning uzatmasidan keyin Gadoyev yerlatib yöllagan zarbasi bilan hisobni 1:1 körinişiga keltirdi. Bu gol uçraşuvga yangi ruh bağişladi. Biroq OKMK durang natijaga rozi bölmadi. 87-daqiqada maydonga tuşgan Siavash Haqnazari qo‘şimça vaqtning ikkinçi daqiqasida öz imkoniyatidan unumli foydalandi. Uning uzoq masofadan yöllagan kuçli zarbasi Davronov darvozasidan joy oldi — 2:1!
Şu tariqa, OKMK uçraşuvning sönggi daqiqalarida xarakter va ğalabaga bölgan intilişini namoyiş etdi. Jamoa öyin davomida yaratilgan vaziyatlardan yakunda unumli foydalanib, muhim uç oçkoni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, zaxiradan maydonga tuşgan Haqnazarining ğalaba goli mezbonlar uçun hal qiluvçi ahamiyat kasb etdi.
“Qöqon-1912” esa mag‘lubiyatga qaramay, uzoq vaqt davomida raqibiga munosib qarşilik körsatdi. Biroq birinçi bölim oxiridagi çetlatish jamoaning imkoniyatlarini çekladi. Davronovning bir neçta muhim seyvlariga qaramay, qöqonliklar sönggi daqiqalarda OKMK bosimiga bardoş bera olişmadi.
OKMK uçun bu ğalaba nafaqat uç oçko, balki sönggi soniyalargacha kuraşiş va imkoniyatdan foydalaniş namoyişi böldi. “Qöqon-1912” esa uçraşuvning katta qismini munosib ötkazganiga qaramay, yakunda ğalabani boy berdi. Futbol yana bir bor öyin oxirigaça diqqatni yöqotmaslik va har bir vaziyatdan unumli foydalaniş naqadar muhim ekanini körsatdi.
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📺
YouTube

October 25, 13:25
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

📋
OKMK — Qo‘qon-1912 uchrashuvning to‘liq statistikasi va futbolchilarga qo‘yilgan baholar
♻
Artel
|
💙
Uzcard
|
⚫
Apex
|
🔴
Coca-Cola
|
🔵
BMB
|
🟠
Allplay

October 25, 12:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚽️
⚽️
Superliga. 25-tur.
⚽️
OKMK FK —
🔵
«Qöqon 1912» 2:1
Gollar: Mirjamol Qosimov (22), Siavaş Haqnazari (90+2) — Şohruh Gadoyev (86)
☑️
☑️
☑️
| ĞALABAAAAA!
@fcokmk
⚽️

October 25, 12:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

Siavaş nimasan sen? Tushding darhol urding! Supersan SIA!
90+2’ —
🟡
2️⃣
:
1️⃣
🔵

October 25, 12:52

SUPERSUB!

October 25, 12:52

MAESTROOOOOOOOOO!

October 25, 12:52

SIAAAVAAAAAAAAŞ!

October 25, 12:51

GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!