Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

FC OKMK

fcokmk
⚡️ OKMK futbol klubi ⛏️ «Konchilar» Instagram: instagram.com/fcokmk YouTube: youtube.com/@FCOKMK Twitter: x.com/fcokmk
Подписчики
4 147
24 часа
-4
30 дней
42
Просмотры
843
ER
20,33%
Посты (30д)
363
Символов в посте
2 290
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
September 09, 19:49
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

September 09, 19:49
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

September 09, 19:49
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

September 09, 19:49
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

September 09, 19:48
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

September 09, 19:48
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

September 09, 19:43
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

“Paxtakor” bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OKMKga qarshi o’yindan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi

O'yin haqida fikringiz?
— Yaxshi o'yin bo'ldi. Bahs qiyin kechishini bilardik va shunga yarasha hozirlik ko'rgandik. Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik va unumli foydalandik. Avvalgi o'yinlarda ham ko'p vaziyat yuzaga keltirib, foydalana olmay kelayotgandik. G'alaba bilan hammani tabriklayman. Yigitlarga rahmat aytaman.

"Paxtakor" oxirgi ikkita o'yinda ayniqsa hujumda yaxshi harakat qildi va bir nechta gollar urdi. Engillik yuzaga kelishining sababi nimada?
— Mashg'ulotlarda doim hammasi yaxshi bo'lishi uchun ishlaymiz. Omadimiz kelib gollar uryapmiz. Bundan hammamiz xursandmiz. Yanayam ko'proq to'p kiritishga intilamiz.

Bugun realizatsiya zo'r bo'ldi: to'rtta imkoniyat va uchta gol. Adashmasam, OKMKda 6-7ta vaziyat bo'ldi. Agar hisob 2:2 yoki 3:3 bo'lib qolganida "Paxtakor" yana qo'sha olarmidi?
— Bu - o'yin, vaziyatlarni yuazaga keltirdik va ulardan foydalanadik. Olmaliq jamoasi standartlarda kuchli ekanini futbolchilarimizga alohida uqtirgandik. Bugun raqibga imkon bermadik deb o'ylayman. Sal erkin harakat qilgan paytimiz ham bo'ldi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz.

Hisob 2:0dan keyin ham qarshi hujumlardan foydalanib hisobni 4:0ga keltirish mumkin edi.
— To'g'ri, bugun qarshi hujumga ko'p marta chiqdik. To'g'risi, yanada yaxshi o'yin ko'rsatishimizga maydon holati yo'l qo'ymadi. Hali mavsum uzun, yoshlarga ham imkon beramiz.

Jamoa "Al Ahli" bilan o'yinga tiklanishga ulguradimi?
— Bugundan shuning ustida ishlaymiz.

Yaqinda Ro'ziqul Berdiev va Aleksandr Xomyakov O'zbekistondagi eng yaxshi hujumkor jamoa deb OKMKni aytishgandi.
— Aslida men ham ularning fikriga qo'shilaman. OKMK yaxshi jamoalardan biri. Jamoani tajribali murabbiy boshqaryapti, tarkibi ham kuchli. OKMK oxirigacha kurashib futbol o'ynaydigan jamoa. Ham o'zi o'ynaydi, ham raqibga imkon beradi. Olmaliqda g'alaba qozonish oson emas. Hozirgi OKMK oldingilarga nisbatan kuchliroq. Bu yerda boshqa jamoalarga qiyin bo'ladi deb o'ylayman.

Elit OCHLdagi raqib "Al Ahli"ni qanchalik o'rgandingiz?
— Bu jamoa o'yinlarini kuzatib boryapmiz va tahlil qilyapmiz. Har 3-4 kunda maydonga tushayotganimiz sababli yigitlarda toliqish bor. To'rt nafar futbolchimiz jarohat olgan. Zaxiramizda birgina Nasrullaev bor edi, qolganlar esa yoshlar. Albatta, "Al Ahli" bilan qiyin bo'ladi, lekin o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

"Paxtakor" ishlari yurishib ketishi, uchtalab gol urib g'alaba qozonishi uchun Ortiqxo'jaev ketdi degan gaplar chiqishi yoki jamoadan Kubokdan chiqib ketishi kabi intriga kerakmidi?
— Biz ham birinchi davrada chempion bo'lmoqchi bo'ldik, endi shunaqasi ham bo'p turadi.
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📺
YouTube

September 09, 19:37
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Paxtakor”ga qarshi o’yindan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi
— O'yin haqida fikringiz?
— Qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Natija qoniqarsiz, lekin o'yinimiz yomon emas. Yana eski kasalimiz qo'zg'adi: gol ura olmadik. Bahs boshida oson golni o'tkazib yubordik. Shundan keyin kuch topib oldinga bordik. Gol urishga muvaffaq bo'ldik, lekin qaysi sababga ko'ra ofsaydni aniqlashdi, tushunmadim. Birinchi marta VAR orqadan chiziq chizishini ko'rishim, hayron qoldim. Lekin na iloj, kinoda aytadi-ku: qozi pochcha, chiqargan qonunlariz hamma narsaga to'g'ri kelaveradi. Yangi qoida chiqib biz bexabar qoldikmi, yoki ma'lumotlardan orqadamizmi - bilmadim. Juda uyatli ko'rindi, shaxsan men tushunmadim. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Gol urmasang vaziyat uchun ochko bermaydi. Yigitlarimizning kayfiyati tushib ketdi. Endi keyingi o'yinga hozirlik ko'ramiz.

Ikkinchi bo'limda yetarlicha vaziyatlar yaratildi. Jamoangiz nechanchi o'yindirki 0:2 hisobida ortda borib ham ko'p vaziyatlarga ega bo'lyapti. Ammo hisob tenglashish o'rniga raqib uchinchi golni urdi. Buni qanday izohlaysiz?
— Aytdim-u bir vaziyatda golimizni hisobga olishmadi. Yangi qonun chiqqan bo'lsa kerak. Buning ustiga futbolchimiz uch metrdan to'p kirita olmadi. Tanaffusga 2:1 hisobida chiqib ketganimizda ikkinchi bo'lim boshqacha kechishi mumkin edi. Mashg'ulotlarda yigitlar bilan gaplashyapmiz. Xatolarni tushuntiramiz. Hisob 3:0 bo'lganida ham o'yin tempi tushib kyetmadi. Oxirigacha kurash kechdi.

Murabbiy sifatida jamoangiz ko'rsatayotgan futboldan qoniqyapsizmi?
— Qo'l ostimdagi futbolchilardan minnatdorman. Natijaga kelsak, yanada yuqorida bo'lishni maqsad qilgandik. Bunga o'zimiz aybdormiz. Avgust oyida hammasi "Nasaf" bilan o'yindan boshlandi. "Nasaf"ga yutqazmasligimiz kerak edi. "Surxon" bilan "Dinamo"ni yutishimiz, Buxoroda yutqazmasligimiz kerak edi. Hamma o'yinlarda vaziyat bo'lyapti. Baribir menda bugungi o'yin bo'yicha savol qolyapti: urgan golimizda ofsayd bormidi-yo'qmidi. Balki kamerani ko'paytirish kerak. Chiziqni sal haqiqatga yaqinroq chizish kerak. Chunki bu ham muxlislar kayfiyatiga ta’sir qiladi. Jamoa bilan ishlash o'zi emas. Futbol bu koptokni ber - o'ynayveradi degani emas. Bu bilan bahona qilmayapman, bor gapni aytyapman. Biz ko'p ochko yo'qotdik, lekin maqsadimiz sovrindorlar qatoriga kirish. Buning uchun oxirigacha kurashamiz.

OKMK o'rtamiyona jamoa bo'lib qolmay sovrindorlar qatorida yurishi uchun nima qilish kerak deb hisoblaysiz?
— Qisqa aytganda yaratilgan vaziyatlardan foydalanib gol urish kerak. Shunda g'alaba qozonasiz va tepada yurasiz.

2024 yil OKMK chempionatda ikkinchi o'rinni olgandi. Natijalar pasayib qolsa, odamlar Mirjalol Qosimov o'sishdan to'xtab qoldi, o'n yil oldingi Qosimov emas, jamoaga yangi qon kerak deyapti.
— Endi hammaning o'z shaxsiy fikri bor. Tilning suyagi yo'q. Hozir hamma mutaxassis. Lekin bu erga kelib ishlab ko'rishsa biladi. Noliydigan joyim yo'q, biz muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etyapmiz. Har doim yuqori natija ko'rsatishga harakat qilganman. Men birovning fikriga qarab yashamayman.
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📺
YouTube

September 09, 19:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

OKMK FK — “Paxtakor” 1:3
OKMK FK Superliga doirasidagi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvni 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunladi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan jamoamiz hujumkor harakat qilishga intildi. 17-daqiqadan boshlab OKMK FK bir qator xavfli hujumlar uyushtirdi. Qosimovning burchak zarbasidan keyin O‘lmasaliyevning bosh bilan yo‘llagan zarbasi ustunga tegdi. Shuningdek, Abdurazzoqov, Qosimov va Xolmurodov ishtirokidagi hujumlarda hisobni ochish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. 17-daqiqada turli bahslarga sabab bo’layotgan Giorgi Papavaning goli offsayd sabab hisobga olinmadi.
Biroq 24-daqiqada mehmonlar hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Paxtakor” yana bir gol urib, tanaffusga 0:2 hisobida chiqib ketdi. Birinchi bo‘lim yakunida OKMK FK Xolmurodovning bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali farqni qisqartirishga yaqin keldi.
Ikkinchi bo‘limni jamoamiz faol boshladi. 50–58-daqiqalar oralig‘ida Xolmurodov, Haqnazariy va Qosimovning zarbalari orqali gol urish imkoniyatlari yuzaga keldi. Biroq 64-daqiqada “Paxtakor” hisobni 0:3 ga yetkazdi.
OKMK FK murabbiylar shtabi o‘yin davomida bir nechta almashtirishlarni amalga oshirib, hujum chizig‘ini kuchaytirdi. 66-daqiqada bir vaqtning o‘zida uch futbolchi — Sentoku, Koyich va Abdurahmonov maydonga tushirildi. Keyinchalik Tursunqulov va Peshich ham o‘yinga qo‘shildi.
81-daqiqada OKMK FK hisobni qisqartirdi. Muqimjonovning jarima zarbasidan oshirilgan to‘pni Papava boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Gol VAR orqali tekshirilib, yakunda hisobga olindi —
1:3
.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida jamoamiz yana bir necha bor hujum qilishga urindi, biroq hisobni o‘zgartirishning imkoni bo‘lmadi.
⚽️
⚽️
Superliga. 21-tur.
⚽️
OKMK FK —
🟡
«Paxtakor» 1:3
Gollar:
Giorgi Papava (83) — Ayman Husseyn (4), Ibrohim Ibragimov (25), Dostonbek Hamdamov (65)
Bosh hakam
: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar
: Ruslan Serazitdinov, Farhod Usmonov
Zaxira hakami
: Sanjar Ahmadov
VAR
: Nayim Qosimov
AVAR
: Timur Gaynullin
Nazoratchi
: Vladislav Seytlin
Komissar
: Bekzod Aripov
⚽️
OKMK —
23.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Shahzod Toirov, 4.Mirjamol Qosimov (11.Ali Abdurahmonov, 66), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 66), 10.Asadbek Sobirjonov (77.Ivan Peshich, 81), 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Hazratjon Tursunqulov, 76), 19.Ahmadullo Muqimjonov, 88.Siavash Haqnazari (28.Arihiro Sentoku, 66).
Zaxira
: 1.Muhammad Ubaydullayev, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev, 22.Saidafzalxon Ahrorov, 44.Abror Karimov.
🟡
"Paxtakor" —
35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov, 17.Dostonbek Hamdamov (34.Sherzod Nasrullayev, 69), 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jayev (13.Muhammadali Dilshodbekov, 90+2), 29.Ayman Husseyn (26.Davron To'laganov, 78), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira
: 12.Vladimir Nazarov, 6.Sardor Mirqobilov, 16.Miraziz Abdukarimov, 33.Quvanishbek Saydaliyev, 44.Diyor Ermanov, 50.Flamarion.
Ogohlantirishlar
: Shahzod Toirov (33), Ibrohim Ibragimov (39), Sardor Sobirxo'jayev (74).
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📺
YouTube

September 09, 15:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚽️
⚽️
Superliga. 21-tur.
⚽️
OKMK FK —
🟡
«Paxtakor» 1:3
Gollar: Giorgi Papava (83) — Ayman Husseyn (4), Ibrohim Ibragimov (25), Dostonbek Hamdamov (65)
☑️
☑️
☑️
@fcokmk
⚽️