Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FJSTI | Rasmiy 🏛️

ferghana_medical_institute
🏛 Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rasmiy sahifasi Manzil: Fargʻona sh, "Yangi turon", 2-A uy 🔹 @FjstiMurojaatbot 🔹 www.fjsti.uz 🔹 http://youtube.com/@FJSTIOFFICIAL 🔹 http://instagram.com/fjsti.blog 🔹 http://facebook.com/FarJSTI
Subscribers
7 827
24 hours
-38
30 days
-381
Post views
2 455
ER
31,37%
Posts (30d)
47
Characters in post
940
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 24, 03:17
Media unavailable
2
Show in Telegram

#OAV
FJSTI ko‘p tarmoqli klinikasida robotlar bemorlarga xizmat ko‘rsatmoqda!
➕
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ko‘p tarmoqli klinikasida zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilmoqda.
📺
Bu haqda
“Ruxsor News”
informatsion dasturida maxsus lavha namoyish etildi.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 23, 05:44
Media unavailable
2
Show in Telegram

Mehr va e’tibor — ezgu qadriyat!
✅
Tyutor Feruza Mirzakalonova
tashabbusi bilan stomatologiya yo‘nalishi talabalari orasida shakllantirilgan
“Diamond-Dent volontyorlari”
guruhi oliygohimizda faoliyat yuritayotgan texnik xodimlarga mehr va e’tibor ulashdi.
🔴
Volontyorlar oliygohimiz hududining tozaligi, ozodaligi va obodligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi xodimlarga sovg‘alar taqdim etib, ularning mehnatini e’tirof etishdi.
🟢
Zero, har bir obod maskan ortida o‘z mehnati bilan atrofimizni go‘zal va ozoda saqlayotgan insonlarning zahmati mujassam. Ularning mehnatini qadrlash, samimiy e’tibor ko‘rsatish va minnatdorlik bildirish — barchamizning insoniy burchimiz.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 22, 09:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

#OAV_nigohida
Ular o‘zbek tilida turli mavzularda bemalol suhbatlashadi.
➕
Bugungi kunda
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1 600 nafardan ortiq hindistonlik talaba tahsil olmoqda
. Ular ta’limning ilk kunlaridanoq o‘zbek tilini o‘rganishga kirishib, bugungi kunda turli mavzularda o‘zbek tilida erkin muloqot qila olmoqda.
O‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish va hurmat, milliy qadriyatlarimiz hamda madaniyatimizga bo‘lgan e’tibor — xalqaro do‘stlik va hamjihatlikning yorqin ifodasidir.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 22, 09:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Talabalar oyligi” doirasida oqshomgi tadbirlar davom etmoqda.
🔴
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Talabalar oyligi” doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish hamda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
❗️
Jumladan,
Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti mas’ullari tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar
uchun ko‘tarinki kayfiyatga boy oqshomgi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✅
Tadbir davomida talabalar o‘zlarining chiqishlari bilan ishtirok etib,
kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli o‘yinlar va ko‘ngilochar dasturlar
orqali oqshomga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.
🌐
Oqshomning yana bir yoqimli jihati —
fakultet mas’ullari tomonidan tayyorlangan palov talabalarga tortiq etildi.
Samimiy suhbatlar, xushkayfiyat va iliq muhitga boy kecha talabalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 21, 08:39
Media unavailable
2
Show in Telegram

O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanadi!
🇺🇿
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida O‘
zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti mas’ullari hamda talabalari i
shtirokida
“So‘zlarning to‘g‘risini top!”
nomli qiziqarli intellektual o‘yin tashkil etildi.
✅
O‘yin davomida ishtirokchilar o‘zbek tilidagi so‘zlarning to‘g‘ri yozilish shaklini aniqlash orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu tashabbus talabalarning imloviy savodxonligini oshirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 21, 05:24
Media unavailable
2
Show in Telegram

⛔️
⛔️
⛔️
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida.
🔴
Saudiya Arabistonining
“Maharah Human Resources” va “Kdot Partners” kompaniyalari delegatsiyasi
Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida bo‘ldi.
✔️
Tashrif davomida mehmonlar
institutning ta’lim jarayoni, zamonaviy o‘quv va amaliyot imkoniyatlari, tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi hamda mavjud sharoitlar
bilan yaqindan tanishdilar.
👍
Uchrashuv davomida Saudiya Arabistoni bilan mehnat migratsiyasi, tibbiyot hamshiralari va yordamchi tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning kasbiy malakasini oshirish hamda xalqaro standartlar asosida ta’lim berish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔴
Shuningdek, bitiruvchi hamshiralarning malakasini xalqaro talablarga moslashtirish, ularni Saudiya Arabistonida ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 21, 05:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi
tomonidan erta tongdan o‘ziga xos bayram tadbiri tashkil etildi.
Kafedra vakillari talabalar hamda institut ishchi-xodimlarini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olib, ularni ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga qaratilgan qiziqarli topshiriqlarga chorladi.
🇺🇿
Tadbirning o‘ziga xosligi shundaki, ishtirokchilar
doskalarga yozilgan so‘zlarning imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan shaklini aniqlash, qiziqarli so‘z o‘yinlarida qatnashish hamda O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan savollarga javob berish
orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Faollik va bilimdonlik ko‘rsatgan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🇺🇿
Shuningdek,
institut hududida bayramona fotozona tashkil etilib, unda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi Alisher Navoiy va uning mashhur asari qahramoni Gulining obrazlari gavdalantirildi.
Ushbu badiiy kompozitsiya tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
😐
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning ona tilimizga bo‘lgan mehrini oshirish, o‘zbek tilining boyligi va jozibasini keng targ‘ib etish, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 20, 06:17
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

Institutimiz mas’ullari ijara xonadonlarda.
✔️
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining
Pediatriya fakulteti mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olinmoqda.
🔈
Tashriflar davomida talabalarning
yashash sharoitlari, xonadonlardagi mavjud qulayliklar va xavfsizlik holati o‘rganilib, ular bilan samimiy suhbatlar
o‘tkazilmoqda.
🟣
Suhbatlar jarayonida
talabalarning muammo va takliflari tinglanib, ijara xonadonlarida yashash davomida duch kelayotgan masalalarni hal etish, ularning ta’lim olishi va munosib sharoitda yashashini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 20, 05:54
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

Oliygohimizda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
➕
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida
“Sog‘lom ovqatlanishning aholi salomatligidagi o‘rni”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
❗️
Konferensiya zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan sog‘lom ovqatlanish masalalarini keng muhokama qilish, ilmiy tajriba almashish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishga bag‘ishlandi.
✔️
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etib, sog‘lom ovqatlanishning inson organizmi faoliyati, kasalliklarning oldini olish va hayot sifatini yaxshilashdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
Konferensiya davomida mavzu doirasida ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalarda sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, oziq-ovqat mahsulotlarining inson salomatligiga ta’siri, ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning profilaktikasi hamda zamonaviy tibbiyotda ushbu yo‘nalishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Shuningdek,
aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, muvozanatli ovqatlanish odatlarini shakllantirish va kasalliklarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
➕
Talabalar ham konferensiyada faol ishtirok etib
, tinglangan ma’ruzalar orqali o‘z bilimlarini boyitish, mavzuga oid dolzarb masalalar yuzasidan tushunchalarini kengaytirish hamda ilmiy-amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu kabi tadbirlar bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti

October 19, 05:50
Media unavailable
2
Show in Telegram

Oliygohimizda milliy qadriyatlar va ma’naviyat mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
✅
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🟢
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi huquqshunoslik fani bosh o‘qituvchisi Sh.Turdiboyev ishtirok etib, talabalarga
“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni”
mavzusida ma’ruza qildi.
❗️
Ma’ruza davomida milliy qadriyatlarning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔴
Shuningdek, talaba-yoshlarning ma’naviy yetuk, vatanparvar, o‘z milliy o‘zligiga sodiq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib kamol topishida milliy qadriyatlarning o‘rni ta’kidlandi.
📌
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy merosga hurmat hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚡️
@fjsti