Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

FJSTI | Rasmiy πŸ›οΈ

ferghana_medical_institute
πŸ› FargΚ»ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rasmiy sahifasi Manzil: FargΚ»ona sh, "Yangi turon", 2-A uy πŸ”Ή @FjstiMurojaatbot πŸ”Ή www.fjsti.uz πŸ”Ή http://youtube.com/@FJSTIOFFICIAL πŸ”Ή http://instagram.com/fjsti.blog πŸ”Ή http://facebook.com/FarJSTI
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
7 827
24 часа
-38
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-381
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
2 455
ER
31,37%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
47
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
940
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠžΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π—Π΄Ρ€Π°Π²ΠΎΠΎΡ…Ρ€Π°Π½Π΅Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ ΠΌΠ΅Π΄ΠΈΡ†ΠΈΠ½Π°
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 24, 03:17
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#OAV
FJSTI koβ€˜p tarmoqli klinikasida robotlar bemorlarga xizmat koβ€˜rsatmoqda!
βž•
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining koβ€˜p tarmoqli klinikasida zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilmoqda.
πŸ“Ί
Bu haqda
β€œRuxsor News”
informatsion dasturida maxsus lavha namoyish etildi.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 23, 05:44
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Mehr va e’tibor β€” ezgu qadriyat!
βœ…
Tyutor Feruza Mirzakalonova
tashabbusi bilan stomatologiya yoβ€˜nalishi talabalari orasida shakllantirilgan
β€œDiamond-Dent volontyorlari”
guruhi oliygohimizda faoliyat yuritayotgan texnik xodimlarga mehr va e’tibor ulashdi.
πŸ”΄
Volontyorlar oliygohimiz hududining tozaligi, ozodaligi va obodligiga munosib hissa qoβ€˜shib kelayotgan fidoyi xodimlarga sovgβ€˜alar taqdim etib, ularning mehnatini e’tirof etishdi.
🟒
Zero, har bir obod maskan ortida oβ€˜z mehnati bilan atrofimizni goβ€˜zal va ozoda saqlayotgan insonlarning zahmati mujassam. Ularning mehnatini qadrlash, samimiy e’tibor koβ€˜rsatish va minnatdorlik bildirish β€” barchamizning insoniy burchimiz.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 22, 09:37
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#OAV_nigohida
Ular oβ€˜zbek tilida turli mavzularda bemalol suhbatlashadi.
βž•
Bugungi kunda
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 1 600 nafardan ortiq hindistonlik talaba tahsil olmoqda
. Ular ta’limning ilk kunlaridanoq oβ€˜zbek tilini oβ€˜rganishga kirishib, bugungi kunda turli mavzularda oβ€˜zbek tilida erkin muloqot qila olmoqda.
Oβ€˜zbek tiliga boβ€˜lgan qiziqish va hurmat, milliy qadriyatlarimiz hamda madaniyatimizga boβ€˜lgan e’tibor β€” xalqaro doβ€˜stlik va hamjihatlikning yorqin ifodasidir.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 22, 09:00
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

β€œTalabalar oyligi” doirasida oqshomgi tadbirlar davom etmoqda.
πŸ”΄
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida β€œTalabalar oyligi” doirasida talabalarning boβ€˜sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish hamda oβ€˜zaro doβ€˜stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
❗️
Jumladan,
Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti mas’ullari tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar
uchun koβ€˜tarinki kayfiyatga boy oqshomgi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
βœ…
Tadbir davomida talabalar oβ€˜zlarining chiqishlari bilan ishtirok etib,
kuy-qoβ€˜shiqlar, qiziqarli oβ€˜yinlar va koβ€˜ngilochar dasturlar
orqali oqshomga oβ€˜zgacha fayz bagβ€˜ishladilar.
🌐
Oqshomning yana bir yoqimli jihati β€”
fakultet mas’ullari tomonidan tayyorlangan palov talabalarga tortiq etildi.
Samimiy suhbatlar, xushkayfiyat va iliq muhitga boy kecha talabalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 21, 08:39
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oβ€˜zbek tili bayrami kuniga bagβ€˜ishlanadi!
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Oβ€˜
zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti mas’ullari hamda talabalari i
shtirokida
β€œSoβ€˜zlarning toβ€˜gβ€˜risini top!”
nomli qiziqarli intellektual oβ€˜yin tashkil etildi.
βœ…
Oβ€˜yin davomida ishtirokchilar oβ€˜zbek tilidagi soβ€˜zlarning toβ€˜gβ€˜ri yozilish shaklini aniqlash orqali oβ€˜z bilimlarini sinovdan oβ€˜tkazdilar. Ushbu tashabbus talabalarning imloviy savodxonligini oshirish, ona tilimizga boβ€˜lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 21, 05:24
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

⛔️
⛔️
⛔️
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida.
πŸ”΄
Saudiya Arabistonining
β€œMaharah Human Resources” va β€œKdot Partners” kompaniyalari delegatsiyasi
Fargβ€˜ona viloyatiga tashrifi doirasida Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida boβ€˜ldi.
βœ”οΈ
Tashrif davomida mehmonlar
institutning ta’lim jarayoni, zamonaviy oβ€˜quv va amaliyot imkoniyatlari, tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi hamda mavjud sharoitlar
bilan yaqindan tanishdilar.
πŸ‘
Uchrashuv davomida Saudiya Arabistoni bilan mehnat migratsiyasi, tibbiyot hamshiralari va yordamchi tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning kasbiy malakasini oshirish hamda xalqaro standartlar asosida ta’lim berish yoβ€˜nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
πŸ”΄
Shuningdek, bitiruvchi hamshiralarning malakasini xalqaro talablarga moslashtirish, ularni Saudiya Arabistonida ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda oβ€˜zaro manfaatli hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 21, 05:06
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

21-oktabr β€” Oβ€˜zbek tili bayrami kuni!
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
21-oktabr β€” Oβ€˜zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Oβ€˜zbek va xorijiy tillar kafedrasi
tomonidan erta tongdan oβ€˜ziga xos bayram tadbiri tashkil etildi.
Kafedra vakillari talabalar hamda institut ishchi-xodimlarini koβ€˜tarinki kayfiyatda kutib olib, ularni ona tilimizga boβ€˜lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga qaratilgan qiziqarli topshiriqlarga chorladi.
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Tadbirning oβ€˜ziga xosligi shundaki, ishtirokchilar
doskalarga yozilgan soβ€˜zlarning imloviy jihatdan toβ€˜gβ€˜ri yozilgan shaklini aniqlash, qiziqarli soβ€˜z oβ€˜yinlarida qatnashish hamda Oβ€˜zbek tili bayrami kuniga bagβ€˜ishlangan savollarga javob berish
orqali oβ€˜z bilimlarini sinovdan oβ€˜tkazdilar. Faollik va bilimdonlik koβ€˜rsatgan gβ€˜oliblarga esdalik sovgβ€˜alari topshirildi.
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Shuningdek,
institut hududida bayramona fotozona tashkil etilib, unda oβ€˜zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi Alisher Navoiy va uning mashhur asari qahramoni Gulining obrazlari gavdalantirildi.
Ushbu badiiy kompozitsiya tadbirga yanada oβ€˜zgacha ruh bagβ€˜ishlab, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
😐
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning ona tilimizga boβ€˜lgan mehrini oshirish, oβ€˜zbek tilining boyligi va jozibasini keng targβ€˜ib etish, shuningdek, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 20, 06:17
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
8
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Institutimiz mas’ullari ijara xonadonlarda.
βœ”οΈ
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining
Pediatriya fakulteti mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olinmoqda.
πŸ”ˆ
Tashriflar davomida talabalarning
yashash sharoitlari, xonadonlardagi mavjud qulayliklar va xavfsizlik holati oβ€˜rganilib, ular bilan samimiy suhbatlar
oβ€˜tkazilmoqda.
🟣
Suhbatlar jarayonida
talabalarning muammo va takliflari tinglanib, ijara xonadonlarida yashash davomida duch kelayotgan masalalarni hal etish, ularning ta’lim olishi va munosib sharoitda yashashini
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 20, 05:54
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
9
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oliygohimizda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boβ€˜lib oβ€˜tdi.
βž•
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida
β€œSogβ€˜lom ovqatlanishning aholi salomatligidagi oβ€˜rni”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
❗️
Konferensiya zamonaviy tibbiyotning dolzarb yoβ€˜nalishlaridan biri boβ€˜lgan sogβ€˜lom ovqatlanish masalalarini keng muhokama qilish, ilmiy tajriba almashish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni rivojlantirishga bagβ€˜ishlandi.
βœ”οΈ
Tadbirda professor-oβ€˜qituvchilar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etib, sogβ€˜lom ovqatlanishning inson organizmi faoliyati, kasalliklarning oldini olish va hayot sifatini yaxshilashdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.
Konferensiya davomida mavzu doirasida ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalarda sogβ€˜lom ovqatlanish tamoyillari, toβ€˜gβ€˜ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, oziq-ovqat mahsulotlarining inson salomatligiga ta’siri, ovqatlanish bilan bogβ€˜liq kasalliklarning profilaktikasi hamda zamonaviy tibbiyotda ushbu yoβ€˜nalishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Shuningdek,
aholi, ayniqsa, yoshlar oβ€˜rtasida sogβ€˜lom turmush tarzini keng targβ€˜ib etish, muvozanatli ovqatlanish odatlarini shakllantirish va kasalliklarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
βž•
Talabalar ham konferensiyada faol ishtirok etib
, tinglangan ma’ruzalar orqali oβ€˜z bilimlarini boyitish, mavzuga oid dolzarb masalalar yuzasidan tushunchalarini kengaytirish hamda ilmiy-amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega boβ€˜ldilar. Bu kabi tadbirlar boβ€˜lajak tibbiyot mutaxassislarining kasbiy bilim va koβ€˜nikmalarini rivojlantirish, ularda ilmiy izlanishga boβ€˜lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti

October 19, 05:50
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oliygohimizda milliy qadriyatlar va ma’naviyat mavzusida ma’ruza oβ€˜tkazildi.
βœ…
Fargβ€˜ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuygβ€˜ularini mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🟒
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Fargβ€˜ona akademik litseyi huquqshunoslik fani bosh oβ€˜qituvchisi Sh.Turdiboyev ishtirok etib, talabalarga
β€œMilliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi oβ€˜rni”
mavzusida ma’ruza qildi.
❗️
Ma’ruza davomida milliy qadriyatlarning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, ajdodlardan meros boβ€˜lib kelayotgan urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
πŸ”΄
Shuningdek, talaba-yoshlarning ma’naviy yetuk, vatanparvar, oβ€˜z milliy oβ€˜zligiga sodiq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur anglaydigan insonlar boβ€˜lib kamol topishida milliy qadriyatlarning oβ€˜rni ta’kidlandi.
πŸ“Œ
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy merosga hurmat hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Β©
FJSTI Matbuot xizmati:
⚑️
@fjsti