
Fermerlar Maktabi
🫐
Maymunjon rezavor o‘simligi va uning tuproq sharoitiga talabi
ℹ️
Maymunjon – inson organizmiga koni foyda bo‘lgan
kaliy, magniy kabi moddalarga boy rezavor meva.
U asosan
qumli tuproqlarda, tog‘ yonbag‘irlarida, donador va suv o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgan tuproq sharoitlarida
yaxshi hosil bo'ladi.
🍓
Maymunjon O‘zbekistonning barcha tog‘li rayonlarida keng tarqalgan o‘simlik bo‘lib, ayniqsa, daryo vodiylari bo‘ylab, nam tepaliklarda yakka-yakka va o‘tib bo‘lmaydigan tikanli chakalakzorlarda o‘sadi.
🌲
O‘simlikning bo‘yi
1,2-1,5 metrgacha
o‘sadi.
Uzun tikanli novdalari
bo‘lgan chala bo‘ta o‘simlik. Mevalari
qora rangli, sersuv, shirin nordon, qattiq danakli
bo‘ladi.
⏳
Maymunjon
sovuq havo tushguniga qadar, ya’ni yozning so‘nggi oyi avgustga qadar
pishib yetiladi.
✅
Mevasi
yangiligida iste’mol qilinadi va sanoatda undan turli pishiriqlar
tayyorlanadi.
💬
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
Facebook
🏅
Yuksak e’tirof
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoniga
muvofiq,
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Agrobank” ATB negizida tashkil etilgan “Agro in vitro” MChJ direktori Saydiyev Ozodbek Shukrullayevich
qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali mehnati va munosib xizmatlari uchun
“Shuhrat” ordeni
bilan taqdirlandi.
👏
Agrobank jamoasi
nomidan samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yanada yuksak marralar tilaymiz!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
📺
E’tibordan chetda qoldirmang!
“O‘zbekiston 24”
telekanalida
“Mening tomorqam”
ko’rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.
Bu gal Jizzax viloyati Do’stlik tumani
“Qahramon”
mahallasida istiqomat qiluvchi
Barat Qo’shoqovning
tomorqadan samarali foydalanish
tajribasi haqida hikoya qilinadi.
U issiqxonada
pomidor yetishtirish
bilan birga,
chorvachilik va parrandachilikni
ham yo’lga qo’yib, xonadon daromadini oshirmoqda.
Ko’rsatuvda:
✅
Tomorqadan unumli foydalanish va daromadli xo’jalik yuritish tajribasi —
“Mening tomorqam”
ko‘rsatuvida.
📺
Ko’rsatuvning to’liq sonini
mana bu yerda tomosha qilish mumkin
!
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
Dorper qo'y zotlari: ularning go'shti premium sifat darajasiga egami?
🐑
Dorper – Janubiy Afrikada 1930-yillarda selektsiya qilingan, tez moslashuvchanligi va sifatli go‘shti bilan tanilgan qo‘y zotidir.
Bu zot asosan
Dorset Horn va Qora boshli Fors qo‘yi (Blackhead Persian)
nasllarining chatishtirilishi orqali yaratilgan. Avstraliyada ushbu qo‘y turi
keng tarqalgan va katta talabga ega.
✅
Qo'ylar har xil iqlim sharoitlariga, xususan, quruq va issiq hududlarga moslashgan bo'lib, ular
tez o‘sib, qisqa vaqt ichida katta vazn yig‘adi.
Qo'ylarning tana vazni
6-8 oy ichida so‘yish uchun yetarli bo‘ladi
, bu esa fermerlar uchun iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.
🥩
Ularning
go‘shti yumshoq, xushbo‘y va yog‘ miqdori optimal darajada bo‘lib, premium sifatga ega.
Ayniqsa,
steyk, kotlet va boshqa yuqori darajadagi taomlar uchun ideal hisoblanadi.
Dorper zotlari kam junli yoki butunlay junidan mahrum bo‘lishi mumkin. Ular jun o‘rniga terisi bilan mashhur.
🔝
Dorperlar
tabiiy yaylovlardan foydalanish orqali iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi.
Ular
kamxarj ozuqa bilan ham yaxshi rivojlanadi.
Avstraliyada Dorper qo‘y go‘shti
yuqori darajadagi mahsulot hisoblanib, boshqa qo‘y zotlariga nisbatan qimmatroq baholanadi.
🌍
Bu kabi qo'ylarning go‘shtiga talab asosan
Yevropa, AQSh va Yaqin Sharqdagi premium restoranlarida juda yuqori.
Ular go‘sht sifatiga katta e’tibor qaratadilar. Shuningdek,
ichki bozorda ham bu go‘sht yuqori sifatni qadrlaydigan mijozlar orasida keng ommalashgan.
🌀
Ahamiyatli tomoni, yurtimiz hududlarida ham
dorper qo'y zotlari sifat darajasida parvarish qilinmoqda.
Ularning sonini ko'paytirish va ichki
bozorni premium go'sht mahsulotlari bilan ta'minlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
➕
Dorper qo'ylarini parvalishlashga oid tavsiyalar
➖
Yaylovlarda boqishda ularning sifatli ozuqa va suv bilan ta’minlanganligiga e’tibor qaratish lozim;
➖
Ekstensiv sharoitlarda boqish uchun ideal zot bo‘lsa-da, intensiv parvarish orqali go‘sht sifatini oshirish mumkin;
➖
Chorva uchun sog‘lom nasl tanlash va ularni muntazam veterinariya nazoratidan o‘tkazish muhimdir.
💬
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
Facebook
📗
Agrobank
tomonidan
paxta yetishtirishda joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, yangi imkoniyatlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda agrotadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlarga bag’ishlangan
maxsus lavha.
📺
Lavhada paxta yetishtirish jarayonlarining
yangi bosqichga ko’tarilishi, zamonaviy texnologiyalar va amaliy natijalar
haqida so’z boradi.
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt
🥬
Mangold — fermer uchun serhosil va daromadli ekin!
🟢
Har qarich yerdan unumli foydalanishni istagan fermerlar uchun
mangold
istiqbolli ekinlardan biridir. U salqin ob-havoda ham yaxshi rivojlanadi, parvarishi oddiy va mavsum davomida bir necha marta hosil beradi.
🌱
Mangoldning afzalliklari:
🔎
50–60 kunda hosilga kiradi.
🔎
Barglari uzib olingandan so‘ng yana o‘sishda davom etadi.
🔎
Salqin haroratda ham yaxshi rivojlanadi.
🔎
Bozor talabi yuqori bo‘lgan vitaminlarga boy ko‘kat hisoblanadi.
🔎
Ochiq maydon va tomorqalarda muvaffaqiyatli yetishtiriladi.
📌
Yetishtirish bo‘yicha qisqacha tavsiyalar:
• Tuproq pH —
6,0–7,0
• Ekish chuqurligi —
1,2–2 sm
• Qator oralig‘i —
30–45 sm
• O‘simlik oralig‘i —
20 sm
• Eng maqbul harorat —
+15...+18°C
💡
Eslab qoling!
Mangold barglarini vaqtida yig‘ib turish yangi barglarning tezroq hosil bo‘lishini ta'minlaydi. Bu esa bir ekindan uzoq muddat davomida hosil olish imkonini beradi.
💬
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
Facebook
"
Fermerlar maktabi"da onlayn ta'lim oling!
🧑🏻🌾
"Fermerlar maktabi" va "Suvchilar maktabi"
tomorqasidan daromad olishni yoki daromadini ko'paytirishni istayotgan yoshlarga
edu.fermermaktab.uz
platformasini taqdim etadi!
Qishloq xo‘jaligi bo'yicha bilimlaringizni onlayn oshirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalaringizni rivojlantirish orqali tomorqangizdan daromad olishni boshlang.
O'quv dastur tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, kurs yakunidagi test sinovidan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
💻
Saytda bugunoq
ro'yxatdan o'ting
va agrar sohadagi istalgan yo'nalish bo'yicha bilimlaringizni oshiring.
🍎
Fuji olmasi - dunyodagi eng ommabop va shirin olma navlaridan biri
🇯🇵
Fuji olma navi 1930-yillarning oxirida Yaponiyada
"Red Delicious"
va
"Ralls Janet"
navlarini chatishtirish orqali yaratilgan. U mashhur
Fuji tog‘i
sharafiga nomlangan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning eng ko‘p yetishtiriladigan va eksport qilinadigan olma navlaridan biri hisoblanadi.
🔹
Tabiiy shirinligi yuqori (Brix ko‘rsatkichi 15–18% gacha). Juda sersuv, zich va qarsildoq eti bilan ajralib turadi. Mevasi sarg‘ish-yashil fonda och qizil yoki pushti rangli chiziqlarga ega bo‘lib, yirik va yumaloq shaklda bo‘ladi.
📦
Fuji navining afzalliklari:
✅
Uzoq muddat sifatini saqlaydi.
✅
Maxsus sovutkich omborlarida 1 yilgacha yangi holatda saqlanishi mumkin.
✅
Qattiq eti tufayli uzoq masofalarga tashish va eksport uchun juda qulay.
🌱
Kechpishar nav bo‘lib, hosili odatda oktabr oyining o‘rtalari yoki oxirlarida yig‘ib olinadi. Quyosh nuri va issiq iqlimni yaxshi ko‘radi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda intensiv bog‘larda Fuji olmasini yetishtirish kengayib, mahalliy iqlim sharoitiga muvaffaqiyatli moslashtirilmoqda.
💬
Telegram
|
📷
Instagram
|
📱
Facebook