Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Fermerlar Maktabi

fermermaktab_uz
🌱 Fermerlikni o‘rgatadigan innovatsion maktab 🇺🇿 O‘zbekistonning 5 ta viloyatida: ▪️ Toshkent ▪️ Аndijon ▪️ Nukus ▪️ Samarqand ▪️ Termiz Telegram-bot: https://t.me/fermerlar_maktabi_bot 📞 +998771247999 📞 +998771257999 🌐 Bizning saytimiz: https://fermermak
Подписчики
2 277
24 часа
—
30 дней
-41
Просмотры
337
ER
14,8%
Посты (30д)
21
Символов в посте
635
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
October 24, 06:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🐮
Limuzin zotli qoramol
🐄
Limuzin zoti – go‘sht yo’nalishida boqiladigan qoramol zoti,
Fransiyaning
markaziy va janubi-g‘arbiy viloyatlaridagi go‘shtdor qoramollar zotlaridan tanlash va saralash asosida yaratilgan. Fransiyaning
Limuzеn tarixiy viloyati
nomi bilan atalgan.
🥩
Zot sifatida XIX asrdan ma’lum. Limuzin zoti mollari tez yetiluvchan, mushaklari kuchli rivojlangan, suyaklari ingichka, tusi qizil. Buqalari vazni
1000–1200 kg
, sigirlari vazni
600–650 kg
. Sigirlari serpusht. Yillik sog‘imi
1500–1800 litr
. Buzoqlari sut emish davrida jadal o‘sadi va 8 oyligida tirik vazni
240–300 kg
ga yetadi.
✅
Buzoq go‘shti olish maqsadida 3 oylik buzoqlar
150–170 kg
ga yetganda so‘yiladi. Buqachalar go‘shtga jadal boqilganda
12 oyligida 500 kg
vaznga yetadi. Limuzin har xil tabiiy xo‘jalik sharoitga yaxshi moslashadi. AQSH, Angliya, Vengriya, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlarda ko‘plab tarqalgan. Belorussiya, Ukraina, Litva va boshqalarda Limuzin zotidan boshqa zotlar bilan chatishtirishda samarali foydalanilmoqda.
📌
Limuzin zotli buqalar urug‘i
O‘zbekistonga
2002-yildan
boshlab olib kelinib, Farg‘ona hamda boshqa viloyatlar bo‘rdoqichilik korxonalari va fermer xo‘jaliklarida kammahsul bo‘lgan sigirlarni sanoat usulida chatishtirishda foydalanilmoqda.
🩵
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Facebook

October 22, 04:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz G‘uzorda paxta hosilini ko‘zdan kechirdi.
—
Президент нашей страны осмотрел урожай хлопчатника в Гузаре.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 21, 04:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
📖
Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bebaho ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalardan biridir.
💐
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha vatandoshlarimizni chin dildan tabriklaymiz.
🇺🇿
O‘zbek tilining maqomi mustahkam bo‘lsin!
🌻
Hurmat bilan “Fermerlar maktabi”
🩵
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Facebook

October 19, 13:23
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🤝
🇫🇷
SIAL Paris 2026 xalqaro ko’rgazmasi davom etmoqda!
🌍
Avval xabar berganimizdek, Parijda bo’lib o’tayotgan nufuzli ko‘rgazmada
Agrobank mijozlari
—
Baxmal Agro Star
va
Uzun Agro Star
kompaniyalari o’z mahsulotlarini xalqaro xaridorlarga namoyish etishda davom etmoqda.
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 19, 06:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Agrobooks
🟢
100 kitob to'plamining
9-kitobi. Qovoq yetishtirish
.
📕
Mazkur kitob sifatli va shirin qovoq yetishtirish sirlari, agrotexnik tadbirlar, zararkunandalarga qarshi kurashish choralari haqida to'liq ma'lumot beradi.
📚
Ushbu qo‘llanma
–
"Agrobank" ATB
tomonidan taqdim etilgan.
📥
Kitobni yuklab olish
.
🌐
Website
|
💬
Telegram
|
📷
Instagram
|
📺
YouTube

October 18, 15:21
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🤝
🇺🇸
Uzumchilikda yangi imkoniyatlar va xalqaro hamkorlik
🌱
Bugun AQShning
Grapa Global
kompaniyasi vakillari “
Agrobank” ATB negizida tashkil etilgan “Agro In Vitro”
kompleksiga tashrif buyurdi.
🥀
Mehmonlar kompleksning zamonaviy laboratoriyasi, ko‘chat yetishtirish jarayonlari hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
🖥
Uchrashuvda
Grapa Global kompaniyasining uzum navlarini “Agro In Vitro” kompleksida ko‘paytirish
, yetishtirilgan ko‘chatlarni mahalliy va xalqaro bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif xalqaro tajriba va zamonaviy biotexnologiyalar asosida ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
📱
Instagram
📱
Facebook
🖥
Sayt

October 16, 10:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🍒
Gilos qachon ekiladi: kuzmi yoki bahor?
🌳
Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra,
gilosni ekish uchun eng qulay mavsum kuz bo‘lib, ayniqsa oktabr–noyabr oylari
ko‘chatlarning qish davomida bemalol ildiz otishi va bahorda tez unib chiqishiga imkon yaratadi.
Bahorda — mart va aprel oylarida ham ekish mumkin,
biroq havo harorati sovuq bo‘lmasligi kerak.
🍒
Gilos ko‘chatlari bozorda ikki ko‘rinishda sotiladi.
Tuvakli ko‘chatlar
issiqxonada yetishtiriladi va ildiz tizimi shu idish ichida shakllanadi. Bu usul ko‘chatning ildizlari shikastlanishining oldini olib, uni yil davomida ekish imkonini beradi.
Yalang‘och ildizli ko‘chatlar
esa faqat kuz va bahor mavsumlarida sotiladi va maydon sharoitida o‘stirilgani bois iqlim tebranishlariga bardoshli bo‘ladi.
🇺🇿
Mutaxassislar gilos bog‘larida meva hosilini ko‘paytirish maqsadida
changlanish masalasiga alohida e’tibor qaratishni
tavsiya qiladi. Sababi ayrim navlar
o‘z-o‘zidan changlana olmaydi.
Shu bois ekish hududida
qo‘shimcha gilos daraxti bo‘lishi
meva hosilini sezilarli oshiradi.
Ekish bo‘yicha amaliy tavsiyalar:
— ko‘chatlar quyoshli va shamoldan himoyalangan joyga ekiladi;
— tuproq juda og‘ir yoki haddan tashqari nam bo‘lmasligi kerak;
— ekish chuquri ildiz to‘pidan ikki baravar keng va uchdan bir qism chuqurroq bo‘lishi zarur;
— kompost va o‘g‘it aralashmasi ildiz otishni tezlashtiradi;
— ekilgach tayanch tayoqchalar yordamida ko‘chat tik holatda ushlab turiladi;
— dastlabki yillarda, ayniqsa yozda muntazam sug‘orish talab qilinadi.
✅
Mutaxassislar gilos tarkibidagi
tabiiy vitamin va antioksidantlar
inson salomatligi uchun muhim ekanini qayd etib, undan olingan mahsulotlar
immunitetni mustahkamlashi, yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi va ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini
ta’kidlamoqda.
🩵
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
Facebook

October 14, 15:34
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#mavsum2026
💥
Jizzax dalalarida hosil barakasi!
🌿
Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Baxmal
” fermer xo‘jaligi
dalalarida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.
🌱
Fermer xo‘jaligi rahbari
Xolmuradov Nematilla
joriy mavsumdagi paxta hosili va dalalarda olib borilgan agrotexnik tadbirlar haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
💻
Instagram
|
🎞
YouTube

October 14, 14:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Қимматбаҳо нарсаланингизни сақлаш учун ишончли жой
Агробанк Тошкент шаҳар филиалидаги "
Хазина
" депозит ячейкаларидан — заргарлик буюмлари, муҳим ҳужжатлар ёки бошқа қимматбаҳо нарсаларни хавфсиз ҳамда махфий сақлаш учун фойдаланиш мумкин.
Ячейкалар 4 хил ўлчамда мавжуд: энг кичик ячейка (75 × 250 × 350 мм)нинг ойлик тўлови 100 минг сўмдан бошланади, энг каттасиники (300 × 250 × 350 мм) эса 200 минг сўм.
Муддатни мижоз ўзига қулай тарзда белгилайди — 1 ойдан бошлаб, хоҳлаганча узайтириш мумкин. Ячейкани расмийлаштириш учун шахсни тасдиқловчи ҳужжат (пасспорт ёки ID карта) ҳамда банк картаси керак бўлади.
Батафсил маълумот учун манзил:
Агробанк Тошкент шаҳар филиали
Реклама

October 14, 07:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Mening_tomorqam
|14.10.2026
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
X (twitter)