
FIKRLA 🧠
45,712 ta ajrim, 78,510 ta yetim qolgan bolalar
O’zbekistonda 5 oiladan 1 tasi ajrimda. Har kuni 140 ga yaqin oila ajrashyapdi.
🇺🇿
O’zbekiston respublikasi statistika agentligi
🌟
FIKRLA
Buzilayotgan jamiyat
Shu kunlarda
ijtimoiy tarmoqlarda turmushdagi holatini baxtsiz qilib ko‘rsatib, ortidan ajrashgandan keyingi hayotini go‘yoki baxtli qilib tasvirlayotganlar juda ko‘paydi.
Kuni kecha bir ayol
o‘z rasmini sun’iy intellekt yordamida tanasini ko‘kargan holatda yasab, “Bu ajrashishimdan oldingi kelinlik paytim”, deb video joylabdi. Ortidan esa “Bu ajrashganimdan keyingi baxtli hayotim”, deb turli erkaklar bilan yurganini, har xil iflos joylarga borganini “baxtli hayot” sifatida ko‘rsatmoqda. Ba’zilar esa ajrashib, shunchaki yolg‘iz qolishni ham baxt deb targ‘ib qilmoqda.
Yana boshqa tomondan
esa “mahrni kattaroq so‘rab”, ertaga ajrashib qolsa, shu mahr yordam beradi, degan niyat bilan turmush qurayotganlar ham bor. Natijada niyatga yarasha yakun ajrim bilan tugayapdi.
Bu kabi noto‘g‘ri targ‘ibotni ko‘rgan
ba’zi baxtli oilalar ham o‘zini boshqalar bilan solishtirib, “ajrashsam baxtliroq yashar ekanman”, degan xayol bilan ajrashishga yo‘l izlayapdi.
Yaxshilab anglab oling:
Ajrashib yolg‘iz yashash oson emas. Buning og‘irligini keyin his qilasiz.
🌟
FIKRLA
Izohga chekini yuborib qo’yarsiz)
Hayitlik uchun:
💳
9860 1701 1362 4085
Tilingizga ehtiyot bo‘ling!
Bugun O‘zbekistonning ko‘p joylarida qor va yomg‘ir yog‘ib, kunlar sovidi. Kecha mashinasini yuvdirganlar, dehqonlar yoki sayohatni reja qilganlar: “Qor yog‘ib hamma joyni rasvo qildi. Kecha mashinamni yuvdirgan edim, mashinam dabdala bo‘ldi. Daraxtlarim gullagan edi, qorni deb zarar bo‘ldi. Sayohatim ham shu sovuq deb bekor bo‘ldi”, deb nolishmoqda.
Kecha masjidlarda shularni so‘rab duo qilganingizni eslang. Bu tabiat hodisalari sizning qosh-qovog‘ingizga qarab belgilanmaydi. Shuning uchun tilingizga ehtiyot bo‘ling.
Ayyub
Yoshligimda 14-yanvar kuni sovg‘a berishadi deb, maktabga erta tongda borardim. Keyin bilsam, 14-yanvar kuni sovg‘a olish uchun 8-martda sovg‘a bergan bo‘lish kerak ekan.
Bugun o‘ylab qarasam, maktabni tugatgunimcha sinfdoshlarimdan birorta ham sovg‘a olmagan ekanman. Onamga borib menga yana sovg‘a berishmadi, deb aytsam, sen vatan himoyachisi emassan-ku. Vatan himoyachisi bo‘lsang, berishardi, derdilar
😅
Hal qilaman, ozgina nafas rostlab olay.
Har bir qavmni qilgan ishlari uchun, boshiga yog’iladigan musibatlar bor. Qavmning yomonligi boshiga tashvish kelishiga sabab bo’ladi.
Bu narsalar o’z-o’zidan bo’lyapdi dep o’ylashmasin!