
FIKRLA π§
45,712 ta ajrim, 78,510 ta yetim qolgan bolalar
Oβzbekistonda 5 oiladan 1 tasi ajrimda. Har kuni 140 ga yaqin oila ajrashyapdi.
πΊπΏ
Oβzbekiston respublikasi statistika agentligi
π
FIKRLA
Buzilayotgan jamiyat
Shu kunlarda
ijtimoiy tarmoqlarda turmushdagi holatini baxtsiz qilib koβrsatib, ortidan ajrashgandan keyingi hayotini goβyoki baxtli qilib tasvirlayotganlar juda koβpaydi.
Kuni kecha bir ayol
oβz rasmini sunβiy intellekt yordamida tanasini koβkargan holatda yasab, βBu ajrashishimdan oldingi kelinlik paytimβ, deb video joylabdi. Ortidan esa βBu ajrashganimdan keyingi baxtli hayotimβ, deb turli erkaklar bilan yurganini, har xil iflos joylarga borganini βbaxtli hayotβ sifatida koβrsatmoqda. Baβzilar esa ajrashib, shunchaki yolgβiz qolishni ham baxt deb targβib qilmoqda.
Yana boshqa tomondan
esa βmahrni kattaroq soβrabβ, ertaga ajrashib qolsa, shu mahr yordam beradi, degan niyat bilan turmush qurayotganlar ham bor. Natijada niyatga yarasha yakun ajrim bilan tugayapdi.
Bu kabi notoβgβri targβibotni koβrgan
baβzi baxtli oilalar ham oβzini boshqalar bilan solishtirib, βajrashsam baxtliroq yashar ekanmanβ, degan xayol bilan ajrashishga yoβl izlayapdi.
Yaxshilab anglab oling:
Ajrashib yolgβiz yashash oson emas. Buning ogβirligini keyin his qilasiz.
π
FIKRLA
Izohga chekini yuborib qoβyarsiz)
Hayitlik uchun:
π³
9860 1701 1362 4085
Tilingizga ehtiyot boβling!
Bugun Oβzbekistonning koβp joylarida qor va yomgβir yogβib, kunlar sovidi. Kecha mashinasini yuvdirganlar, dehqonlar yoki sayohatni reja qilganlar: βQor yogβib hamma joyni rasvo qildi. Kecha mashinamni yuvdirgan edim, mashinam dabdala boβldi. Daraxtlarim gullagan edi, qorni deb zarar boβldi. Sayohatim ham shu sovuq deb bekor boβldiβ, deb nolishmoqda.
Kecha masjidlarda shularni soβrab duo qilganingizni eslang. Bu tabiat hodisalari sizning qosh-qovogβingizga qarab belgilanmaydi. Shuning uchun tilingizga ehtiyot boβling.
Ayyub
Yoshligimda 14-yanvar kuni sovgβa berishadi deb, maktabga erta tongda borardim. Keyin bilsam, 14-yanvar kuni sovgβa olish uchun 8-martda sovgβa bergan boβlish kerak ekan.
Bugun oβylab qarasam, maktabni tugatgunimcha sinfdoshlarimdan birorta ham sovgβa olmagan ekanman. Onamga borib menga yana sovgβa berishmadi, deb aytsam, sen vatan himoyachisi emassan-ku. Vatan himoyachisi boβlsang, berishardi, derdilar
π
Hal qilaman, ozgina nafas rostlab olay.
Har bir qavmni qilgan ishlari uchun, boshiga yogβiladigan musibatlar bor. Qavmning yomonligi boshiga tashvish kelishiga sabab boβladi.
Bu narsalar oβz-oβzidan boβlyapdi dep oβylashmasin!
Oβzingni katta ovorma!
Qoβy boβlginu, qoβy boβlma!