Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

finlituzb
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti Materiallardan foydalanishda kanalga havola berish zarur Savol-javob: @finlituzbchat Канал на русском: @finlituzb_ru (71) 212-73-59 Admin: @finlitteam
Subscribers
11 200
24 hours
30 days
-300
Post views
3 084
ER
27,54%
Posts (30d)
6
Characters in post
653
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 01, 06:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

2025-yil davomida FinLit Network yuzlab yoshlarni birlashtirdi.
500 dan ortiq ishtirokchilar.
20 dan ortiq spikerlar.
O‘nlab uchrashuvlar va loyihalar.
Lekin FinLit Network'ni raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydi.
Bu film — bir yil davomida ushbu loyihaga qancha mehnat, qancha ishonch va qancha qalb qo‘yilganini ko‘rsatadi.
Qolganini esa keling, birgalikda tomosha qilamiz
😊

May 27, 03:39
Media unavailable
3
Show in Telegram

🌙
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
FinLit jamoasi ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga tinchlik, mehr-oqibat va xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaydi.
Bu bayram qalblarga yorug‘lik, oilalarga totuvlik, hayotimizga esa ezgu niyatlar olib kelsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

May 26, 10:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Global Money Week 2026
doirasida
FinLit Network
hamda
Kapitalbank
hamkorligida yoshlar uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
🚀
Tadbirda bank sektori, ta’lim va biznes yo‘nalishidagi turli tashkilot vakillari spiker sifatida ishtirok etib, talabalar bilan moliyaviy tafakkur, kasbiy rivojlanish, zamonaviy iqtisodiyot va yoshlar imkoniyatlari haqida o‘z tajriba va fikrlari bilan bo‘lishdi.
Tadbirning keyingi qismida esa
FinLit Network Awards 2025
doirasida yilning eng faol ishtirokchilari taqdirlandi
🏆
Ochiq ovoz berishda
27 000
nafardan ortiq inson ishtirok etdi.
Har bir g‘olib maxsus kubok va esdalik sovg‘alari bilan

#FinLitNetwork
#FinLitAwards
#GlobalMoneyWeek
#FinancialLiteracy
#KapitalBank
#YouthLeadership
#Networking
#YoungLeaders
#CentralBankUzbekistan

May 18, 13:00
Media unavailable
10
Show in Telegram

15-may
kuni
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida
University Now Talk formatidagi navbatdagi
FinTalk
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🚀
Tadbirning asosiy qismida universitet talabalari bo‘lgan 3 nafar spiker o‘zining dolzarb va noodatiy mavzulari bilan chiqish qildi:
Odinaxon Movlonboyeva

“False Economy of “I Can’t Afford It””
Bahodir Muhammadjonov

“Raqamli so‘m”
Shahzoda Normatova

“Loopholes of Economy”
Spikerlar moliyaviy fikrlash va zamonaviy iqtisodiyot mavzularida o‘z monologlari bilan chiqdilar
🎙
Tadbir ikkinchi bosqichida esa
“Micro-Project Talk”
challenge tashkil etildi. Unda
50+ ishtirokchi
4 ta jamoaga bo‘linib,
33 mln so‘mlik kredit
asosida o‘quv markazi ochish bo‘yicha o‘z biznes-rejalarini ishlab chiqdilar
📊
Jamoalar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion g‘oyalarni taqdim etdi:

Shaxmat akademiyasi
📚
Umumiy ta’lim markazi
💻
Data Science va AI yo‘nalishi
🚀
Zamonaviy yoshlar uchun innovatsion ta’lim loyihalari
FinTalk

where ideas become decisions
🔥
Tadbirdan lavhalar:
havola

May 16, 09:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 9-sonli
FinTalk
bo‘lib o‘tdi
🚀
3 nafar spiker o‘z mavzulari bilan sahnaga chiqib, real tajriba va fikrlari bilan bo‘lishdi.
-“
33 mln so‘mga qanday biznes qilsa bo‘ladi?
” degan savolga esa talabalar tayyor g‘oyalar bilan javob berdi
🧐
“Micro Project Talk” doirasida 4 ta jamoa biznes-reja tuzib, o‘zaro challenge qildi — kredit, strategiya, xarajat va daromad hisobi real keyslarda ishlab chiqildi.

May 14, 12:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Joriy yilning 4-may kuni “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Uzcard” milliy to‘lov tizimi hamkorligida “
Global Money Week – 2026
” xalqaro kampaniyasi doirasida “
Zakovat
” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirda “
Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari
” loyihasi ambassadorlari hamda respublikadagi noqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar.
Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar moliyaviy savodxonlik kurslarida olgan bilimlarini namoyon etib, shaxsiy moliyani samarali boshqarish, raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, shuningdek, moliyaviy qarorlarni ongli qabul qilishga oid savollarda faol qatnashdilar. Shu bilan birga, ishtirokchilar tahliliy fikrlash, mantiqiy yondashuv, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun madaniy hordiq dasturi ham tashkil qilindi.
O‘yin yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
#MarkaziyBank
#GlobalMoneyWeek
#MoliyaviySavodxonlik
#Zakovat
#UZCARD
#IpotekaBank
#Uzum
#Uzbekistan

May 09, 08:37
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🕊️
Bugun biz yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat bilan eslaymiz.

Qahramonlar xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi. Ularning jasorati va matonati barchamiz uchun ibratdir.
9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
🇺🇿
🚀
@finlituzb_ru

May 06, 10:25
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

4-may kuni Global Money Week 2026 doirasida Zakovat intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.
🏆
Markaziy bank, UZCARD, Ipoteka Bank OTP Group va Uzumbank hamkorligida tashkil etilgan tadbir bilim, jamoaviy ruh va sog‘lom raqobatni bir maydonda birlashtirdi.
Turnirda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalaridan
“Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari”
loyihasi vakillari, shuningdek, moliyaviy savodxonlik kurslarini tamomlagan talabalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlash qobiliyati hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
O‘yin yakunida eng kuchli jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🏅
💪
#MoliyaviySavodxonlik
#GlobalMoneyWeek
#MarkaziyBank
#UZCARD
#IpotekaBank
#Uzum
#Zakovat

May 04, 12:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun
Global Money Week 2026
doirasida
Zakovat intellektual o‘yini
ga start berildi.
⚡️
Markaziy bank va UZCARD hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan
“Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari”
loyihasi ishtirokchilari hamda kurslarni tamomlagan talabalar bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy yondashuv bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.
🧠
O‘yin davomida eng faol va bilimdon jamoalar aniqlanib, yakunda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
💪🏻
#MoliyaviySavodxonlik
#GlobalMoneyWeek
#MarkaziyBank
#UZCARD
#Zakovat

May 01, 13:23
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🫥
“Sezilmaydigan” obunalar
— bu budjetdagi kichik teshiklar. Pul birdaniga katta summa bo‘lib chiqib ketmaydi, lekin har oy avtomatik yechiladigan to‘lovlar nazorat qilinmasa, yil oxirida sezilarli xarajatga aylanadi.
Bunday xarajatlarni kamaytirish uchun oyda bir marta bank ilovasidagi avtomatik yechimlarni ko‘rib chiqing, foydalanmayotgan xizmatlarni bekor qiling va har bir obuna uchun
“bu menga hozir ham kerakmi?”
degan savolni bering. Bepul sinov muddatlariga esa alohida e’tibor bering: eslatma qo‘yilmasa, “free trial” tezda pullik obunaga aylanib qolishi mumkin.
Yechim oddiy: obunalaringiz ro‘yxatini tuzing, ularni
“kerakli”, “kam ishlatiladigan” va “bekor qilinadigan”
toifalarga ajrating. Shundan keyin faqat haqiqatdan foydalanayotgan xizmatlaringizni qoldiring va obunalar uchun oylik limit belgilang.
Moliyaviy tartib katta cheklovlardan emas, aynan shunday mayda nazorat odatlaridan boshlanadi.