Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

finlituzb
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti Materiallardan foydalanishda kanalga havola berish zarur Savol-javob: @finlituzbchat Канал на русском: @finlituzb_ru (71) 212-73-59 Admin: @finlitteam
Подписчики
11 800
24 часа
100
30 дней
-500
Просмотры
1 842
ER
16,6%
Посты (30д)
28
Символов в посте
534
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 28, 13:25
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Kredit tarixi kreditni rasmiylashtirish vaqtida emas, balki uni to‘lash jarayonida shakllanadi.
Bu bir martalik qaror emas, balki sizning harakatlaringiz ketma-ketligi: qanday to‘laysiz, qiyinchiliklarga qanday munosabat bildirasiz va bank bilan qanday aloqa qilasiz.
➡️
Kartochkalarda ijobiy kredit tarixini qanday shakllantirish va uni saqlash yo‘llari bilan tanishishingiz mumkin.
🚀
@finlituzb_ru

April 24, 11:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🚀
FinKids bilan yulduzlar sari yo‘lingizni rejalashtirishni o‘rganing!
25-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan bolalar uchun moliyaviy savodxonlik darsida maqsad qo‘yish, budjetni rejalashtirish hamda orzular sari ilk qadamlarni qanday tashlash haqida suhbatlashamiz.
Shu bilan birga, jamg‘arma nima uchun porloq kelajak sari eltuvchi muhim vosita ekanini ham birga tushunib olamiz.
🗓
25-aprel, soat 15:00
📍
ACDF huzuridagi Bolalar akademiyasi
#FinKids
🌐
@finlituzb_ru

April 23, 10:25
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🫧
Mavjudlik illuziyasi
— bu inson o‘zida hozir pul bo‘lmasa ham, uni oson olish mumkinligi sababli o‘zini go‘yoki mablag‘i bordek his qilishidir.
Natijada istak ehtiyojga aylanadi:
“hozir olaman — keyin to‘layman” degan qarorlar paydo bo‘ladi.
Masalan talabaning eski telefoni ishlamoqda. Lekin "hammada bor" degan fikr bilan mikroqarz olinadi. Bir necha haftadan keyin — moliyaviy bosim boshlanadi. Qarabsizki oddiy istak ehtiyojga aylanadi. Boshida telefon zo'r ko'rinadi. Asta sekin esa qarz to'lovlari, oylik xarajatlar, jarimalar yuzaga kelib bosim his qiladi. Ko'plab xollarda aksar talabalar aynan shu illuziya sababli moliyaviy tuzoqqa tushadi. Har bir "kichik" qarz keyingisini keltirib chiqaradi.
📊
Xalqaro ma'lumotlarga ko'ra, BNPL xizmatlaridan foydalanuvchilarning katta qismi kreditning haqiqiy qiymatini bilmaydi.

Har qanday qarordan oldin o'zingizga savol bering
Bu narsa men uchun juda zarurmi?
Bu shunchaki lahzaviy istakmi?
Qarzni to'lash uchun mablag'im bormi?
Mikroqarz — bu kelajakdagi daromadingiz hisobidan bugungi xarajat. Uni "bepul pul" deb bilmang.
💡
Har bir xarid oldidan to'xtab o'ylang. Agar bu post foydali bo'lsa — do'stingizga ulashing!
#MoliyaviySavodxonlik
#Finlit
#Mikroqarz
#Talabalar
#ShaxsiyBudjet

April 22, 07:33
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Kredit shartlari har doim ham butun muddat davomida o‘zgarmas bo‘lib qolmaydi. Agar moliyaviy holatingiz o‘zgarsa yoki yanada qulay imkoniyatlar paydo bo‘lsa, kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish mumkin.
🔜
Yuqoridagi kartochkalarda
kreditni qayta moliyalashtirish
va
restrukturizatsiya
nima ekani va ular nimasi bilan farq qilishini bilib olishingiz mumkin.
✔️
Qarorni vaqtida qabul qiling— o‘z vaqtida harakat qilsangiz, to‘lovlarni boshqarish osonroq bo‘ladi.
🚀
@finlituzb_ru

April 20, 13:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Kredit olishdan oldin o‘zingizga savol bering: “
Men buni qaytara olamanmi
?”
✔️
Kredit
— bu qo‘shimcha imkoniyat, lekin u majburiyat bilan keladi.
Qaror qilishdan oldin
:
🟣
daromadingiz kredit to‘lovlariga yetadimi,
🟣
u barqarormi,
🟣
kutilmagan holatlarda ham to‘lash imkoningiz bormi — shuni baholang.
🎥
Batafsil — videoda!
1-qism
#FinRight
🚀
@finlituzb_ru

April 17, 05:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

FinLit Network rezidenti —
Boburxo‘ja Siddiqov
FinTalks mavzusi:
“Biznes va marketing”
Nega ba’zi bizneslar tez o‘sadi, boshqalari esa tez yopiladi?
Sabab — marketing yo‘qligi yoki noto‘g‘ri yondashuv…
Real keyslar orqali:
— Nike, Coca-Cola, Apple misolida brend kuchi
— oddiy mahsulotni hikoya orqali sotish effekti
— kichik g‘oya ham katta biznesga aylanishi mumkinligi
Xulosa:
Kuchli marketing bo‘lmasa, hatto eng yaxshi mahsulot ham sotilmaydi
🚀
Axborot hamkorlar:
@Kun.uz
|
@finance.kun.uz
Ro‘yxatdan o‘tish:
@finlitnetwork_bot

April 16, 13:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🗺
Moliyaviy bilimlar xaritasi: kichiklar uchun katta sirlar!
💰
Pulni shunchaki sarflash emas, uni boshqarishni bilish haqiqiy kuchdir.
Qanday qilib pulni to‘g‘ri ishlatish, tejash va aqlli qaror qilishni bolajonlar bilan birgalikda o‘rganamiz.
🧭
Har bir mavzu — yangi “bekat”,
har bir dars — yangi kashfiyot!
📅
18-aprel soat 15:00 da — bilimlar sari yana bir qadam tashlaymiz!
👉
Qiziqarli o‘yinlar va misollar orqali moliyaviy savodxonlikni o‘rganamiz
📍
ACDF huzuridagi Bolalar akademiyasi
#FinKids

April 15, 06:26
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Aktivlar va passivlar daromadni to‘g‘ri boshqarishning asosi
🤓
Aktiv va passiv daromadlar o‘rtasidagi farqni tushunish yanada ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishga va asta-sekin o‘z farovonligingizni oshirishga yordam beradi
↗️
💬
@finlituzb_ru

April 14, 15:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🏦
Markaziy bankda xalqaro ekspert, Xorvatiya Markaziy bankining sobiq rahbari, Xalqaro valyuta fondi konsultanti
Marko Skreb
ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv mavzusi:
“Markaziy bank tizimidagi o‘zgarishlar: institutsional barqarorlikdan uzoq muddatli strategik chidamlilikka o‘tish”.
Barcha xodimlar, tadqiqotchilar, hamkor universitetlarning professor va o’qituvchilarini taklif etamiz.
🗓
16-aprel
🕙
10:00–12:30
Uchrashuvda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish so'raladi. Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 15-aprel kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.
🔗
Roʻyxatdan oʻtish

April 13, 08:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram