Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

GAPIRAMIZ.UZ

gapiramiz_uz
"𝙈𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙮𝙤𝙡𝙜ʻ𝙤𝙣 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙠𝙤ʻ𝙧𝙖 𝙗𝙞𝙧 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙧𝙤𝙨𝙩 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖ʼ𝙦𝙪𝙡" @𝙂𝘼𝙋𝙄𝙍𝘼𝙈𝙄𝙕_𝙐𝙕 - 𝙗𝙪 𝙣𝙚𝙮𝙩𝙧𝙖𝙡 𝙟𝙪𝙧𝙣𝙖𝙡𝙞𝙨𝙩𝙞𝙠𝙖.
Subscribers
12 493
24 hours
-13
30 days
6 078
Post views
2 662
ER
21,31%
Posts (30d)
22
Characters in post
1 648
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 15:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sirdaryo daryosida xizmat vazifasini bajarayotgan
Ekopolitsiya
xodimi Mirzo Botirovning halok bo‘lishi yuzasidan 3 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Avvalroq Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Ayidar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 9 sentyabr kuni Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd vaqtida yuz bergan.
Reyd davomida elektr qarmoqdan foydalanib, noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslar aniqlangan. Inspektor ularning qarshiligiga uchrashi oqibatida suvga tushib ketgan.
Mirzo Botirovni qidirish ishlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda davom ettirilgan. 10 sentyabr kuni olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida uning jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish), 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) hamda 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchilar ushlangan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 11, 14:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 11, 14:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ag‘darildi
Jizzax viloyatida Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH bugun, 11 sentyabr kuni soat 08:30 larda Sharof Rashidov tumani Bobur MFY hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lining 986-kilometrida yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan haydovchi Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusini Toshkent–Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Haydovchi yo‘lning belgilangan joyidan qayrilayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda, ya’ni Samarqand–Toshkent tomonga harakatlanib kelayotgan Shacman rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Yuk mashinasini Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan.
To‘qnashuv oqibatida Yutong rusumli avtobus ag‘darilib ketgan. Hodisa sabab ayrim yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 11, 14:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sirdaryoda ko‘p qavatli uylarni qishga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
Sirdaryoda ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qish kunlarini betalofat o‘tkazish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi departamenti hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori hamda 27-iyul kuni Bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishning 117-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash uchun zarur asbob-uskunalar, texnika va boshqa kerakli vositalar oldindan shay holatga keltirilishi lozim.
Shuningdek, sovuq kunlarda aholining xavfsizligini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ko‘p qavatli uylarda
is gazidan zaharlanishning oldini olish
bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish belgilandi.
Bundan tashqari, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlar, shuningdek, xonadonlarning holatini ko‘zdan kechirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida Boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas’ullarga murojaat qilib, ularga tegishli javoblarni oldi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 11, 14:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Energosavdo” muhandisi 500 dollar bilan ushlandi
Samarqand viloyatida fuqaroga 20 mln so‘mlik jarimasini bekor qilib berishni va’da qilgan “Energosavdo” muhandisi 500 AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Energosavdo”ning Toyloq tuman bo‘limida muhandis lavozimida ishlovchi P.M. fuqaro
M.E.ga
20 mln so‘mlik jarimasini bekor qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 500 AQSh dollari talab qilgan.
Bundan tashqari, muhandis fuqaroga yangi elektr hisoblagich o‘rnatib, unga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni ham va’da qilgan.
Departamentning Toyloq tumani bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida P.M. talab qilgan 500 AQSh dollarini fuqaro M.E.dan olayotgan vaqtida ashyo­viy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 07, 06:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Endi “uchastkavoy”lar mahallada avtomobillarga jarima belgilashi mumkin
O‘zbekistonda profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda. Endilikda ular mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga ayrim holatlarda ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin.
Bu Prezidentning “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
“Uchastkavoy”larga qanday vakolatlar berildi?
Qarorga ko‘ra, profilaktika inspektorlariga Yo‘l-patrul xizmatining hamda tuman yoki shahar ichki ishlar organi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlarining ayrim vakolatlari ham beriladi.
Xususan, profilaktika inspektorlari:
birinchi marta sodir etilgan
17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarliklar
bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish qo‘llashi;
mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq
4 turdagi huquqbuzarlik
bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llashi;
tuman yoki shahar ichki ishlar organi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosarlari vakolatidagi
9 turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar
bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishi va jazo tayinlashi mumkin.
Ya’ni endilikda mahalla hududida sodir etilayotgan ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklariga profilaktika inspektorlarining o‘zi ham huquqiy baho berishi mumkin bo‘ladi.
Inspektorga qarshilik qilganlar ham jazolanadi
Hujjatda profilaktika inspektorlarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun
ma’muriy javobgarlik belgilanishi
ham nazarda tutilgan.
Yangi tizimning asosiy maqsadi esa mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda muammolarni joyida aniqlab, bartaraf etishdan iborat.
Shuningdek, profilaktika inspektorlarining aholi bilan ochiq va bevosita muloqotini kuchaytirish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan muntazam profilaktik ish olib borish vazifalari ham belgilangan.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 07, 06:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sodda fuqaroni 3 ming dollarga aldamoqchi bo‘lgan turfirma menejeri ushlandi
Toshkentda fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish va viza olib berishni va’da qilib, undan pul talab qilgan turfirma menejeri qo‘lga olindi. U xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lmagan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida poytaxtda noqonuniy migratsiyaga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Chilonzor tumanida faoliyat yurituvchi turfirmalardan birining menejeri fuqaroning ishonchiga kirib, uni Yevropa Ittifoqi hududidagi Slovakiyaga ishga yuborish hamda kirish vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan.
3 ming dollar va 2,5 mln so‘m talab qilgan
Ma’lum bo‘lishicha, turfirma menejeri Samarqand viloyatida yashovchi fuqarodan ushbu “xizmat” evaziga
3 ming AQSH dollari va 2,5 million so‘m
talab qilgan.
Biroq uning xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli litsenziyasi va qonuniy vakolati bo‘lmagan.
Tezkor tadbir vaqtida gumonlanuvchi kelishilgan mablag‘ning bir qismini —
1 ming dollar va 2,5 million so‘mni
olayotgan paytda ashiyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mazkur holat yuzasidan qo‘lga olingan shaxsga nisbatan tegishli moddalar bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov doirasida noqonuniy migratsiya sxemasiga boshqa shaxslar yoki tashkilotlarning aloqadorligi, shuningdek, ushbu “xizmat”dan jabrlangan boshqa fuqarolar bor-yo‘qligi aniqlanmoqda.
Huquq-tartibot organlari holatga huquqiy baho berish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 07, 06:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Markirovka qoidalarini buzgan tadbirkorlarga yengillik beriladi
O‘zbekistonda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanadigan javobgarlik choralari yengillashtirilishi mumkin. Xususan, jarimalarni qat’iy miqdorda belgilash va qoidabuzarlikni ilk bor sodir etganlarga ogohlantirish berish taklif qilinmoqda.
Bu Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan farmonida nazarda tutilgan.
Jarima tushumga qarab emas, qat’iy miqdorda bo‘ladi
Farmonga ko‘ra, 2026 yil noyabr oyigacha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Unda chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik sababli qo‘llanadigan
jarimalarni qat’iy miqdorda belgilash
taklif etiladi.
Bundan tashqari, qoidabuzarlik
birinchi marta aniqlanganida jarima solishdan oldin ogohlantirish tartibi
joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur vazifani amalga oshirishga Vazirlar Mahkamasi, Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ul etib belgilangan.
Hozir tadbirkor qancha jarima to‘laydi?
Amaldagi tartibga ko‘ra, majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlarga
oxirgi hisobot choragidagi sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima
qo‘llanadi.
Agar xuddi shu huquqbuzarlik jarima qo‘llanganidan keyin bir yil ichida yana takrorlansa, jarima miqdori
20 foizgacha
oshadi.
Yangi tartib joriy etilsa, tadbirkorlar uchun jarima miqdori tushumga bog‘lanmay, oldindan belgilangan qat’iy summada bo‘lishi mumkin.
Mehmonxona va kafelarga ham alohida tartib
Farmonda mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun markirovkalash bo‘yicha alohida tartib ham belgilangan.
Unga ko‘ra, bunday tadbirkorlar
suv va salqin ichimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarini xarid qilganida
, ushbu mahsulotlarning raqamli markirovka kodlari korxona tomonidan yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi.
Ya’ni mazkur sohadagi tadbirkorlar uchun markirovka kodlarini hisobga olish va realizatsiya qilish jarayoni bo‘yicha alohida yondashuv joriy etiladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 07, 06:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda qamoqqa hukm qilinganlar 22 foizga ko‘paydi
O‘zbekistonda 2026 yilning dastlabki olti oyida 11 ming 703 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming 133 nafarga ko‘p.
Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida sudlar tomonidan 9 ming 570 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkich
22 foizga oshgan
.
Eng ko‘p qamoq jazosi Toshkentda
Olti oy davomida ozodlikdan mahrum qilinganlar soni bo‘yicha
Toshkent shahri birinchi o‘rinda
turibdi — 2 ming 30 nafar.
Undan keyingi o‘rinlarni:
Farg‘ona viloyati — 1 462 nafar;
Toshkent viloyati — 1 452 nafar
egallagan.
Eng kam ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan —
317 nafar
.
Toshkent shahrida ikki nafar shaxsga
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi
tayinlangan.
Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘p
Sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinganlar orasida giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlar soni yuqori bo‘lgan.
Xususan,
5 ming 788 nafar shaxs
giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.
Bundan tashqari, 1 ming 789 nafar shaxs bezorilik, 1 ming 376 nafari qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish, 179 nafari esa qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan.
Korrupsiyachilarning hammasi qamoqqa tushmagan
2026 yilning dastlabki olti oyida qariyb
3 ming 605 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun sudlangan
.
Biroq ularning barchasiga qamoq jazosi tayinlanmagan.
779 nafar
shaxs ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa, 614 nafari jarimaga tortilgan. Yana 1 ming 479 nafarga axloq tuzatish ishlari, 711 nafarga esa ozodlikni cheklash jazosi berilgan.
Avvalroq 2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston sudlarida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari soni ham
29 foizga oshgani
xabar qilingan edi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube

September 06, 16:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

Navoiyda YPX inspektorlari haydovchi va piyodalarga kitob tarqatdi
Navoiy viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan haydovchi va piyodalarni kitob bilan rag‘batlantirmoqda.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Yoqubovning ma’lum qilishicha, mazkur loyiha aholi o‘rtasida madaniyatli harakat ishtirokchilari qatlamini shakllantirish hamda samarali targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida tashkil etilgan.
Qayd etilishicha, loyiha nafaqat haydovchilar, balki piyodalar oqimi yuqori bo‘lgan hududlarda ham amalga oshirilmoqda. Yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qilgan va o‘zini namunali tutgan piyodalarga badiiy kitoblar sovg‘a qilinmoqda.
Shuningdek, moped va skuter haydovchilariga “Vatanparvar” avtomaktabi bilan hamkorlikda “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishga tayyorlanish uchun maxsus qo‘llanmalar tarqatilgan.
Mazkur targ‘ibot loyihasi Navoiy viloyati bo‘ylab davom ettirilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
Gapiramiz.uz
| Instagram | Facebook | Youtube