Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

GAPIRAMIZ.UZ

gapiramiz_uz
"𝙈𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙮𝙤𝙡𝙜ʻ𝙤𝙣 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙠𝙤ʻ𝙧𝙖 𝙗𝙞𝙧 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙧𝙤𝙨𝙩 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖ʼ𝙦𝙪𝙡" @𝙂𝘼𝙋𝙄𝙍𝘼𝙈𝙄𝙕_𝙐𝙕 - 𝙗𝙪 𝙣𝙚𝙮𝙩𝙧𝙖𝙡 𝙟𝙪𝙧𝙣𝙖𝙡𝙞𝙨𝙩𝙞𝙠𝙖.
Подписчики
17 989
24 часа
-28
30 дней
5 688
Просмотры
3 392
ER
18,86%
Посты (30д)
39
Символов в посте
884
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 22, 06:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Jinoyat protsessida kimlar jabrlanuvchi deb e’tirof etiladi, jabrlanuvchi qanday huquq va majburiyatlarga ega”
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 54-moddasiga ko‘ra jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo‘lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e’tirof etiladi. Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxs bo‘lsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
Jabrlanuvchi ko‘rsatuv berish, dalillar taqdim qilish, iltimosnoma berish va rad qilish, o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish, o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish, surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish, qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv to‘g‘risida ariza berish hamda sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish, shaxsan o‘zi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash, sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirish, ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.
Shuningdek jabrlanuvchi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi, haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi bo‘yicha dalillar taqdim qilishi, ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu moddada ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarni dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan marhumning qonuniy vakili deb e’tirof etilgan yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar amalga oshiradilar.
Eldor Akbutayev
Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudining sudyasi
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz
|
Instagram | Facebook | Youtube

October 22, 05:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Nikohni bekor qilishning qonuniy tartibi qanday?
Nikohni bekor qilish (ajrashish) — er-xotinning tiriklik davrida nikohning huquqiy jihatdan tugatilishidir. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga asosan, nikohdan ajratish sud tartibida yoki FHDYO organlari orqali amalga oshiriladi.
Quyida nikohni bekor qilish tartibi, zarur hujjatlar va muhim huquqiy jihatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
FHDYO organlari orqali nikohni bekor qilish
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq, FHDYO organlari voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari) hamda mulkiy nizolari bo‘lmagan er-xotinning nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizasini qabul qiladi.
Agar xotin homilador bo‘lsa, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etiladi.
➡️
Batafsil
👈
Sharofiddin Boliyev
Fuqarolik ishlari bo'yicha Sirdaryo tumanlararo sudining sudyasi
Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
🗣
@Gapiramiz_uz
|
Instagram | Facebook | Youtube

October 14, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Telegram

October 13, 13:01
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

PRESS-TUR: MAKTABLARNING TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
✅
Sirdaryo viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv yiliga tayyorgarligi va moddiy-texnik bazasi bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, mavjud jihozlar, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
OAV vakillari ta’lim muassasalaridagi mavjud imkoniyatlar va amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
#SirdaryoMMTB
#PressTur
#Talim
Bizning sahifalarimiz
:
🔹
Telegram
🔹
Facebook
🔹
YouTube
🔹
Instagram

October 03, 16:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 03, 15:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 30, 16:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Sirdaryoda nosoz maishiy texnika bo‘yicha murojaat ijobiy hal qilindi
Sirdaryo viloyatida fuqaro tomonidan xarid qilingan maishiy texnikadagi nosozlik yuzasidan murojaat qilindi. Iste’molchi bir necha bor texnik xizmat ko‘rsatishga murojaat qilganiga qaramay, muammo bartaraf etilmaganini bildirgan. Masala O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi aralashuvi bilan ijobiy hal etilgan.
🌐
Batafsil…
Rasmiy sahifalarimizga hoziroq obuna bo‘ling:
✅
istemol.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 30, 16:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Sirdaryoda 5 mln so‘mlik nosoz telefon yangi qurilmaga almashtirildi
Sirdaryo viloyatida fuqaro tomonidan maishiy texnika do‘konidan xarid qilingan mobil telefonning nosozligi yuzasidan murojaat qilindi. Iste’molchi murojaatidan so‘ng masala tegishli tashkilot aralashuvi bilan ijobiy hal etilgan.
🌐
Batafsil…
Rasmiy sahifalarimizga hoziroq obuna bo‘ling:
✅
istemol.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 30, 16:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Telegram do‘konlaridagi xavflar: xarid qilishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?
Bugun kerakli mahsulotni topish uchun do‘konga borish shart emas. Telegramdagi bir nechta kanal yoki guruhni ko‘rib chiqishning o‘zi kifoya. Kiyim-kechak, telefon, maishiy texnika, kosmetika, oziq-ovqat, mebel va hatto avtomobil ehtiyot qismlarigacha messenjer orqali buyurtma qilish mumkin.
Ammo qulaylik ortidan xavf ham keladi.
“Pulni oldindan o‘tkazdim, mahsulot kelmadi”, “Rasmdagi tovar boshqa, kelgani boshqa chiqdi”, “Sotuvchi keyin javob bermay qo‘ydi”, “Mahsulot nuqsonli, lekin almashtirib berishmayapti” — Telegram orqali savdoda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolardan ayrimlari shular.
Xo‘sh, Telegram do‘konidan xarid qilayotganda iste’molchi nimalarga e’tibor berishi kerak?
🌐
Batafsil…
Rasmiy sahifalarimizga hoziroq obuna bo‘ling:
✅
istemol.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

September 30, 16:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

“Instagramda ko‘rdim, pulini o‘tkazdim, lekin tovar kelmadi”. Instagram orqali xarid qilganda nimalarga e’tibor berish kerak?
Bugun kiyim-kechak, kosmetika, maishiy texnika, aksessuar, oziq-ovqat va hatto turli xizmatlarni ham Instagram orqali topish mumkin. Bir qarashda hammasi oddiy: mahsulot yoqdi, Direct orqali yozildi, karta raqamiga pul o‘tkazildi va buyurtma kutildi.
Ammo muammo ham aynan shundan keyin boshlanishi mumkin.
“Pulni oldi, lekin mahsulotni yubormadi”, “Rasmdagi mahsulot boshqa, kelgani boshqa”, “Nuqsonli tovar chiqdi, sotuvchi javob bermayapti”, “Pulni qaytarmayapti” — bunday vaziyatlarda xaridor qo‘lida dalil bo‘lishi juda muhim.
Xo‘sh, Instagram orqali xarid qilayotganda iste’molchi nimalarni bilishi kerak?
🌐
Batafsil…
Rasmiy sahifalarimizga hoziroq obuna bo‘ling:
✅
istemol.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook