Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

gazetauz_ozb
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @AfishaMediaYana +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Subscribers
16 543
24 hours
-13
30 days
-557
Post views
742
ER
4,49%
Posts (30d)
668
Characters in post
360
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
July 29, 06:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Tegishli qaror bank boshqaruvining 29-iyuldagi yig‘ilishida
qabul qilindi
.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 29, 06:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston milliy simfonik orkestri va dunyoga mashhur xitoylik virtuoz pianinochi Lang Lang Pekin hamda Samarqand shaharlarida chiqish qiladi. Birinchi konsert 25-avgustda Buyuk Xitoy devorining muhim qismi — Szyuyyunguan qal’asi etagida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchisi esa 6-sentabrda Registon maydonida o‘tkaziladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/28/concerts/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 29, 05:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Raqobat qo‘mitasi “Tashabbusli budjet” doirasida ovoz bergan fuqarolarga moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmaganini eslatdi. Qo‘mita pul evaziga ovoz berish haqida reklama tarqatgan bir qator blogerlar ogohlantirilgani, bunday reklamalar esa olib tashlanganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/28/open-budget/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 29, 05:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

1976-yilda qurilgan Nukus markaziy qozonxonasi kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilinadi. Loyiha prezidentga taqdim etildi. Hozir ko‘plab uylarda xonadonlar qo‘lbola vositalar orqali isitilmoqda. Bu tajribani Buxoro, Samarqand, Urganch va Zarafshonda ham joriy etish rejalashtirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/29/heating-nukus/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 29, 04:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

FIDE Javohir Sindarov va amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi jahon shaxmat toji uchun bahs o‘tkaziladigan joyni belgiladi.
Uchrashuv 25-noyabrdan 15-dekabrgacha Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi va tarixdagi eng yosh jahon chempionligi bahsiga aylanadi.
Sindarovning xalqaro turnirlardagi ishtiroki, musobaqalarga tayyorgarligi va murabbiylar bilan ishlashi
O‘zbekiston Milliy banki
ko‘magida amalga oshirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/29/sindarov-gukesh-chess/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 29, 04:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nega ayrim moliya markazlari yangi Dubayga aylanadi-yu, boshqalari chiroyli peshlavha ilingan obod dahaligicha qolib ketadi? Javob deyarli doim bir narsaga borib taqaladi — ishonch. Huquqshunos Diyor Islombekov — Toshkent xalqaro moliya markazini investorlar ishonchini qozongan bozorga aylantirish yo‘llari haqida.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/28/tashkent-financial-center/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 29, 03:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

Toshkentda 29-iyul kuni IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etish departamentining sobiq rahbari Rustam Tursunov va yana 28 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlanadi. Ayblovlar orasida o‘zlashtirish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/28/bekmurod-abdullaev/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 17:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Shveysariya sudi pul yuvishga qarshi kurashish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani uchun Lombard Odier bankini jarimaga tortdi hamda 400 mln shveysariya frankidan ortiq (taxminan $488 million) miqdoridagi aktivlarni musodara qiladi. Gulnora Karimovaga nisbatan ish esa da’vo muddati o‘tgani sababli tugatildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/28/gulnara-karimova/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 15:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni Qozog‘istonga tashrif buyurib, Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari” musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/28/astana/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

July 28, 14:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 50 kishi jabrlandi, 48 ming xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Shuningdek, 150 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/07/28/japan/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube