
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
O‘zbekistonda tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yagona master reja qabul qilinadi. Tibbiyot muassasalarining joylashuvi va quvvati qayta ko‘rib chiqiladi. Poliklinika va shifoxonalar yagona talablar asosida loyihalashtiriladi. Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorning ishtiroki kengaytiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/medicine/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Ijtimoiy tarmoqlar sabab odamlar kinoga bormay qo‘ygani yo‘q, xorij filmlari uchun zallar to‘lyapti, faqat tomoshabin didi o‘zgardi, dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘z navbatida, milliy filmlar bu talabga javob bermayotgani, kino mamlakatning “yumshoq kuchi” bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/national-films/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi-2027 musobaqasida O‘zbekistonning guruh bosqichidagi taqvimi e’lon qilindi. Milliy jamoa pley off yo‘llanmasi uchun 8, 12 va 17-yanvar kunlari mos ravishda Iordaniya, KXDR va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/matches/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
“O‘zbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, milliy kinokompaniyaga aylantiriladi. Tuzilma endi film olmaydi, suratga olish to‘liq xususiy sektorga o‘tadi.
Kinoda “goszakaz” bekor qilinib, subsidiya tizimi joriy etiladi. Asosiy e’tibor rejani yopishga emas, sifatga qaratiladi, dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/uzbekfilm/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Iliq va quruq ob-havo fonida kuzatilayotgan atmosfera inversiyasi Toshkentda 1-noyabrgacha davom etadi. Yog‘ingarchilik yo‘qligi, shamol tezligining nisbatan past bo‘lishi va inversiya hodisasi birgalikda atmosfera havosining o‘z-o‘zini tozalash jarayonini sekinlashtirishi mumkin, deya ogohlantirdi O‘zgidromet.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/temperature-inversion/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Toshkentda asoschilaridan biri Diyora Usmonova bo‘lgan Hayotlab tibbiy laboratoriyalarining yangi tarmog‘i ochildi. Loyiha 10 ta tibbiy ofis va bosh laboratoriyani birlashtirib, tadqiqotlarni avtomatlashtirish va sifatni nazorat qilishga e’tibor qaratadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/hayotlab/
Venesuela muxolifati yetakchisi va Nobel mukofoti sohibi Mariya Machado 10 oydan ortiq surgundan so‘ng vataniga qaytdi. Siyosatchining qaytishi AQSh, Kolumbiya va Panama bilan kelishilgan holda amalga oshirildi. Vashington Machadoning xavfsizligiga tahdid tug‘dirmaslik bo‘yicha Karakasni ogohlantirgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/machado/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, uning 19 ta tashkiloti va Kinematografiya jamg‘armasi tugatilib, soha boshqaruvi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi, dedi prezident. Vazirlik huzurida yangi Kino san’ati departamenti tashkil etilib, uning rahbari vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/cinematography/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
Shahlo Turdiqulova Jahon fanlar akademiyasining Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha vitse prezidenti etib saylandi. U akademiya kengashi tarkibiga oltita vitse prezidentdan biri sifatida kiradi va o‘z vakolatlarini 2027-yil 1-yanvardan bajarishga kirishadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/shahlo-turdiqulova/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
O‘zbekiston hukumati oq shakar importiga yiliga 300 ming tonna miqdorida kvotalar belgiladi. Ular ichimliklar, qandolat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Qaror yopiq hujjat bilan qabul qilingan. Davlat xaridlarida mahalliy shakar zavodlariga ustuvorlik beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/26/sugar-uzbekistan/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube