Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

G'azna

gazna1
Data-jurnalist va Tanga.uz nashri muharriri Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali. Davlat pullari nimaga ishlatilayotganini kuzataman va bo'lishaman. Reklama bo'yicha murojaat: @proekt_pr
Subscribers
4 349
24 hours
-1
30 days
-77
Post views
3 017
ER
69,37%
Posts (30d)
1
Characters in post
1 030
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 16, 16:31

Bir necha oy davom etgan surishtiruv nihoyat e’lon qilindi
So‘nggi oylar davomida BYD Uzbekistan Factory’ning 2024–2025-yillardagi xaridlarini o‘rgandim. Qariyb 300 ta shartnoma va yuzlab tovar pozitsiyalarini ko‘rib chiqdim, narxlar, texnik xususiyatlar, yetkazib beruvchilar, import, sud hujjatlari va umuman elektron do'kon tizimini tahlil qildim.
Ayrim xaridlarda mahsulot nomi, markasi yoki artikuli bir tovarni, texnik xususiyatlari esa boshqa mahsulotni ko‘rsatadi. Ayrim holatlarda esa narxlar va xarid mexanizmi bo‘yicha savollar paydo bo‘ladi.
Bu ish bir necha oy vaqtimni oldi va shu davrda Gazna’ning deyarli to‘xtab qolishiga ham asosiy sabab bo‘ldi.
Surishtiruvda BYD xaridlaridagi aniq misollar, elektron do‘kon mexanizmi va bu holatlar raqobatga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qildim. Bu surishtiruv oqibatida tizim shaffoflik tomonga yana bir qadam tashlaydi degan umiddaman.
👉
BYD Uzbekistan Factory xaridlarida raqobat cheklanyaptimi?
https://tanga.uz/news/1739
@gazna1

August 13, 14:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xitoy investitsiyalari sabab O‘zbekistonda avtomonopoliya soyadan chiqyapti
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 338,9 trln so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shundan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 69,5 foizni
tashkil etgan
.
Xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibida Xitoyning ulushi 47 foiz bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 7,4 foiz, Turkiya — 6,6 foiz va Saudiya Arabistoni — 4,1 foiz.
Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikning amaliy natijalaridan biri avtomobil bozoridayam ko‘rinyapti: yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishi bilan avvalgi monopol holat asta-sekin o‘zgarib, bozorda raqobat kuchaygan.
Raqobatning foydasini esa, odatda, birinchi navbatda iste’molchi ko‘radi.
@gazna1

August 13, 08:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

United Ventures o'tkazgan tanlovda qisman o'ziga tegishli korxona g'olib bo'ldi
O'zbekistonning 7 ta banki egalik qiladigan United Ventures startap loyihalarni jalb etgan holda 3 bosqichdan iborat akseleratsiya dasturi tashkilotchisini aniqlash bo'yicha
tanlov o'tkazdi.
Tanlov natijalari 11-avgust kuni e'lon qilindi.
Xujjatga ko'ra, g'olib "
STARTUP BOOSTER" MCHJ
. Uning 70% ulushi "UNIQUE DEVELOPMENT PROJECTS" MChJ ga, qolgan 30% esa "
United Ventures" MCHJ
ning o'ziga tegishli.
Tushunaman, bu korxona va komanda loyiha ustida bosh boshidan turgan bo'lishi mumkin, yoki aynan ular bu akseleratsiya dasturini bajara olishiga ishonch yuqoridir. Tushunaman. Lekin manfaatlar to'qnashuvi masalasiga bee'tibor bo'lish qiyin.
Qanchalik tizimni tushunishga harakat qilmay, buni oddiy holatga aylantirib qo'yish noto'g'ri deb o'ylayman.
@gazna1

August 05, 04:49

Rossiyada "Царь хороший, бояре плохие" degan formula tez tez ishlatib turiladi. Putinni obrazini yaxshilash uchun amaldorlarga odamlarni jaxlini chiqaruvchi topshiriqlar beriladi va bu xayp bo'lganidan keyin Putin ularni urishib hammasini joy joyiga qo'yadi.
Bu formula hozirda Rossiyada ishlayapdi deb bo'lmaydi, chunki urush bu umuman boshqa mavzu. Bu formula faqat tinchlik davrda yaxshi ishlashi mumkin. Ammo rus elitasi formulani ishlatishga hozirgacha urinadi - o'rganib qolishgan.
Bu formulani yaxshi tomoni - qisqa muddatda ma'lum personani obro'si oshadi
Yomon tomoni - uzoq muddatda davlat tizimiga nisbatan negativ oshib boradi, chunki amaldor to'g'ridan to'g'ri hukumat vakili sifatida qabul qilinadi.
Kanal mavzusiga buni nima aloqasi bor? Hech qanaqa aloqasi yo'q. Shunchaki, hayolga kelib qoldi.
@gazna1

August 03, 03:06
Media unavailable
3
Show in Telegram

Yangi O'zbekiston universiteti 843 mln so'mga robot kompleksini xarid qildi
Xarid hujjatlariga ko'ra, universitet 1 ta robot-gumanoid, bitta 4 oyoqli robot, bu robotlarni integratsiya qilish va xodimlarga ulardan foydalanishni o'rgatish bo'yicha xizmatni
xarid qilgan
.
Umid qilamanki bu robotlar tadbirma tadbir raqs tushib yurmaydi.
Video: "Ipak yo'lidagi turizm 2025" da robot-gumanoid raqsi
@gazna1

July 30, 07:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Toshkent-Markaziy vokzali" va "Toshkent-Janubuy" stansiyasi kredit ta'minoti sifatida garovga qo'yilmoqda
Bu haqida vokzal binolarini sug'urtalash bo'yicha o'tkazilgan 2 mlrd so'mlik xaridda ma'lum qilingan.
Xarid hujjatlarida bu ma'lumot nega qo'shilgani tushunarsiz. Shu bilan birga hujjatlarda aynan qaysi kreditga ta'minot sifatida garovga qo'yilgani ma'lum qilinmagan.
Yanvarda kompaniya 200 ta yo‘lovchi vagonini yangilash uchun 143 million dollar miqdorida kredit olishi
ma'lum qilingan edi
. Iyun oyining ikkinchi yarmida YTTBdan 38 mln yevrodan ortiq kredit olishi haqida
xabar berilgan
.
Shuni qayd etish kerakki, O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning birinchi choragida 479 mlrd so‘m
sof foyda ko‘rgan
.
Kompaniya sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 251 mlrd so‘mga yoki 2,1 barobarga oshgan.
Ya'ni moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko'ra kompaniya daromadli ishlamoqda.
Bu kreditlar evaziga yangidan yangi vagonlar sotib olinsa, yangi hududlarga yo'llar ochilsa va xizmat yaxshilansa ajoyib, lekin bunday strategik obyektlarni garovga qo'yilgani haqida xaridlardagi bir qator gapdan emas, rasmiy xabarlardan bilishimiz kerak deb o'ylayman.
Boshqa tomondan, bunday xabarlar oxirigacha o'qilmasdan tez negativ va haypga aylanib ketishi ehtimoli baland. Ammo nima bo'lmasin, jamoatchilik bu haqida bilishi kerak.
@gazna1

July 29, 09:05

Hozirgina "Yangi O'zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalarini 2026-yilda chop etish bo'yicha
6,3 mlrd so'm
lik tender
o'z yakuniga yetdi
.
Ha, 2026-yil davomida, 1-yanvardan 31-dekabrgacha - 29-iyulda. Tender natijasi shu yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Yanvardan buyon bu gazetalar chiqmayotganmidi? Yo'q, chiqayotgandi. Yanvardan buyon ularni "Sharq" AJ chop etib kelyapdi. Topinglarchi tenderni kim yutadi?
Tender hujjatlariga ko'ra, g'olib korxona 2026-yil davomida 252 kun mobaynida quyidagi hajmda gazetalarni chop etishi kerak:
- "Yangi O'zbekiston gazetasi" - har kuni 40 000 tiraj
- "Pravda vostoka" gazetasi - har kuni 1 500 tiraj
Umuman olganda, bu yilgi summa avvalgilardan ancha kam. 2022-yilning ikkinchi yarimini o'zida bu gazetalar uchun 10,6 mlrd so'm sarflangan, 2023-yilda - 23,4 mlrd, 2024- yilda - 13,9 mlrd, 2025-yilda - 8,5 mlrd so'm.
Aslida gazeta yanvardan buyon o'tkazgan tenderlarni 7 tasi bekor bo'lgan, barchasida yoki "Sharq" AJ ni bir o'zi qatnashgan, yoki raqobatchisi mos kelmagan va diskvalifikatsiya qilib yuborilgan, yoki hech kim qatnashmagan. Hozir 8-si o'tkazilmoqda va bunisi muvaffaqiyatli bo'lishi fakt emas.
Nega tenderda hech kim qatnashmayapdi?
Chunki muddati 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan ilk tender 12-yanvarda
o'tkazilgan
, ungacha 6 ta sonni "Sharq" AJ chop etgan. Kim g'olibi aniq xaridda qatnashishni istaydi?
Qaysi nashriyot hozir boshini og'ritib shundoq ham egasi bor xizmat tenderiga hujjat yig'adi?
Qiziq, 8-tenderni amallashdimikin yoki spektakl davom etadimi?
P.S. Ushbu tenderni boshlang'ich summasi aslida 14 mlrd so'm bo'lgan, ammo ekspertiza markazining 2025-yil 3 dekabrdagi xulosasida narxni 6,3 mlrd so'mga tushirish kerakligi belgilangan.
@gazna1

July 29, 04:31

200 mln so'mlik ostanovkalar
Ba'zi odamlar bilan suhbatda "mana shu ikkita tunika 200 mlnga olinganakan, shuni yozmaysanmi" degan gapni eshityapman.
Shuncha muhokamadan keyin odamlar haligacha ko'chada shuni gapirib yurishganini sezdim.
Bu masala qanday shishib ketganini tushunmay qoldim ham.
Birinchi marta ko'rganimda bu auksionligini o'qidim: "tushunarli, demak tadbirkorlar sotib olib, u yerda joylashadigan reklama va apparatlardan pul ishlar ekan" deb o'yladim.
Budjetdan pul ishlatilyapdi deyishga hech qanday asos topa olmadim va mavzuni o'tkazib yubordim.
Shunday ham bo'lib chiqdi, ammo odamlar "200 mln so'mlik" bekatlarni hali uzoq muhokama qiladi, jurnalistika bu faqat tanqid qilish deb biladigan talaba-jurnalistlar tadbirlarda hali ko'p bu bilan bog'liq savollar berishadi.
Mana shunaqa media olam, emotsiyalar va hayp davrida yashayapmiz.
@gazna1

July 29, 03:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

587,8 mlrd so'mni maqsadsiz sarflanishini oldi olingan
Kecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha jamoatchilik eshituvi bo'lib o'tdi.
Agentlik jamoat kengashi a'zosi sifatida man ham yig'ilishda ishtirok etdim.
Statistika bilan qisqacha bo'lishaman:
🟢
2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan
1,9 trln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan
. Shundan
264,7 mlrd so‘m
lik qonunbuzilishlar bartaraf etilgan,
587,8 mlrd so‘m
mablag‘ning maqsadsiz sarflanishi oldi olingan.
🟢
Davlat xaridlari bo‘yicha esa qiymati
298,4 mlrd so‘m
lik
73 ta
xaridda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
🟢
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan 127 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
🟢
“E-qaror” tizimida “yashirilgan” maqomda qabul qilingan 24 241 ta qaror va farmoyish o‘rganilib, ularning
648 ta
si asossiz ravishda yashirilgani aniqlangan.
Bu raqamlar bir qarashda zerikarli va quruq bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin o'ylaymanki yilning birinchi yarimida juda katta hajmdagi ish olib borilgan.
"E-qaror" tizimidagi yashirin qarorlarni iloji boricha ko'proq ochiqlanishiga erishilishi kerak.
Yig'ilishda tizimni aldashga uringan korxonalarni davlat xaridlaridan ma'lum muddatga chetlatish taklifini bildirdim.
Albatta bu bilan "o'yinbuzarlar"ni yo'q qilib bo'lmaydi, lekin qisqa muddatda bo'lsa-da tiyib turish mumkin deb o'ylayman.
Korrupsiya va tanish bilishlikka nisbatan toqatsizlik jamiyatimizni o'zida kuchaymas ekan, unga qarshi kurashish abadiy bo'ladi.
@gazna1

July 28, 08:45

Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligini mana bu xaridini ko'rib amaldorlarimizdagi bir tendensiya esimga tushib ketdi.
Xarid vazirlikni tadbirlarini o'tkazish bo'yicha, jumladan 536 mln so'mlik musobaqa (sotib olinadigan predmetlardan qilgan xulosam). Xarid qilinayotgan mahsulotlar manga ulgurji bozor narxidan baland tuyulgan bo'lsa-da, post mavzusi boshqa.
Maktab paytimdan turli xil tadbirlarda qatnashar edim va negadir doim uni tashkil qilgan davlat idoralari xodimlari o'zini xarajatlarni o'z kistasidan qilayotgandek tutardi.
Xokim sovg'asi, boshqarma boshlig'i yaratib bergan imkoniyat va boshqa.
Nima demoqchiman?
Qaysidir tadbirni o'tkazilishida shunchalik rahmat aytishni istasangiz, uni ish jadvaliga qo'shganlarga rahmat ayting, qolgani budjet xarajatlari. Umuman olganda bunday Respublika miqqiyosida bolalarni bir joyga to'playdigan har qanday tadbirlarni oqlayman va duo qilaman.
@gazna1