
G'azna
Futbol muhiti asta-sekin Toshkentni qamrab olyapti
Jahon chempionati ochilishi arafasida Agrobank binosining mediafasadida turnirga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Bank O‘zbekistonda chempionat translyatsiyalarining bosh homiysi hisoblanadi.
Uzoq kutilgan Jahon chempionatidagi ilk hushtakkacha sanoqli daqiqalar qoldi.
@gazna1
Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqotda qatnashyapman. Biznes va davlat organlari vakillari tizimdagi muammolar, takliflar va yechimlarni muhokama qilishyapdi.
Juda ko'p tadbirkorlar kelishgan. Biznesda savollar yig'ilib qolibdi. Jonli efirda ko'rish uchun
havola
@gazna1
Kechiktirilgan xarid va tadbirkorlar uchun xavf haqida
8-iyun kuni Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi o‘tkazgan Navro‘z bayrami uchun bezatish va tadbirlarni tashkil etish xizmatlari bo‘yicha 675 mln so‘mlik tanlov natijasi
e’lon qilindi
.
Tender hujjatlariga ko‘ra, gap
"Yoshlar shaharchasi"
da sahna o‘rnatish, ko‘chalarni bezatish, bannerlar, bayroqlar, hunarmandlar rastalari va Navro‘z kayfiyatini beruvchi boshqa dekoratsiyalar haqida ketmoqda.
Iyunda
😁
…
Jizzax viloyati hokimligining saytida 21-mart kuni e’lon qilingan xabarda Navro‘z sayllari
"Yoshlar shaharchasi"
da keng nishonlangani, hunarmandlar rastalari, konsertlar va turli bezaklar tashkil etilgani haqida
yozilgan
.
Tenderda 2 ta kompaniya qatnashgan. Texnik qismda ikkalasi ham bir xil — 70 balldan olgan. G‘olib narx bo‘yicha aniqlangan. 675 mln so‘mlik xaridda ikki ishtirokchi taklifi o‘rtasidagi farq atigi 4 ming so‘m bo‘lgan. Natijada biri 100 ball, ikkinchisi esa 99,99982 ball olgan. Kelishilgan tenderlarni hammasi ham korrupsiyani anglatmasligini tushunaman, lekin ularga nisbatan allergiyamdan qutulishim qiyin bo‘lyapti.
Xo‘sh, tadbirkorlar bir narsani tushunib yetishlari kerak deb o‘ylayman. Agar ishlar oldindan bajarilib, tender keyin o‘tkazilgan bo‘lsa bu tadbirkorning o‘zi uchun xavfli.
Tasavvur qiling, sahnalar qo‘yildi, bezaklar osildi, tadbir o‘tdi. Keyin esa tenderda boshqa kompaniya pastroq narx yoki umuman demping bilan g‘olib chiqdi. Unda nima bo‘ladi?
Bunday holatlar uchrab turadi, ayniqsa qurilish sohasida. Haqiqiy ishni bajarganlar tanlov g‘olibidan loyihadan voz kechishni so‘rab yalinib yuradigan vaziyatlar haqida ham eshitganmiz.
Buni ustiga
@gazna1
ga o‘xshagan loyihalar buni payqab, kerakli organlar e’tiboriga tushirishi mumkin, unda tanlovni o‘tkazgan davlat organiga ham bosim bo‘ladi, tender bekor bo‘lsa, uni qayta o‘tkazish bosh og‘riq, chunki asosiy savol yo‘qolmaydi:
Navro‘z? Iyunda?
Shunchaki tekinga ishlab bergan bo‘lib qolasiz. Qayerga arz qilasiz? Hech qanaqa shartnoma yo‘q!
Jamiyat uchun risk:
• Bunday holatlarga toqatsizlik shakllanmasa bu tabiiy ish mexanizmiga aylanadi;
• Biz 100 minglik somsalarni ko‘proq ko‘ra boshlaymiz;
• Har bir hududdagi har bir yo‘nalishlarda kichik monopoliyalar yuzaga keladi, agar yuzaga kelib bo‘lgan bo‘lsa - kuchayadi;
• Narx masalasi nazoratdan chiqib ketadi;
• Davlat xaridlarida byudjet pullari talanishi ehtimoli yildan yilga ortib boradi;
• Buni nazorat qilish uchun yanada ko‘proq byurokratik resurs jalb qilish kerak bo‘ladi.
Natija: yangi resurs vaziyatni hal qilishi fakt emas, lekin byudjetga qo‘shimcha yuk bo‘lishi fakt. Bitta foyda - qo‘shimcha ish o‘rini. Lekin bu sog‘lom yechim emas, sog‘lom yechim - bunday kelishuvlar normal emasligini ham davlat organlari, ham tadbirkorlar va ham jamiyatga singdirishda. Bu uchun ularni ko‘rgandayoq keskin chora ko‘rish kerak.
Bu voqea bo‘yicha davlat organi ish boshlasa kim zarar ko‘radi? Eng katta zararni tadbirkor, uning jamoasi va ularga bog‘liq odamlar ko‘radi.
P.S. Aynan bu tanlov bilan bog'liq muammoni Madaniyat boshqarmasi bir yo'l bilan yecha oladi: nazorat qiluvchi organlar va jamoatchilikni bu tanlov Jizzaxda doimiy Navro'z shukuhi bo'lishi uchun amalga oshirilganiga, bu tanlovni martdagi tadbirlarga aloqasi yo'qligiga ishontirish kerak. Lekin shunga yarasha u shukuhni yaratish ham kerak. Masala.
@gazna1
Poytaxt Bank Goods for Kids bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan
izoh beribdi
Bankning ta’kidlashicha, ushbu munosabatlarda Poytaxt Bank kafil emas, kreditor sifatida ishtirok etgan. Kafillik esa kredit olgan shaxs tomonidan emas, boshqa shaxs tomonidan bank foydasiga rasmiylashtirilgan.
Shu tariqa, bank muhokamalardagi asosiy savollardan biriga javob berdi.
Biroq affillangan shaxs ushbu bitimni ko‘rib chiqish yoki ma’qullash jarayonida qandaydir rol o‘ynaganmi, degan savol ochiqligicha qolmoqda.
Boshqa tomondan, bu masala bo‘yicha yanada batafsil ma’lumot talab qilish bank siri va mijozlarga oid ma’lumotlarni oshkor etish masalasiga borib taqaladi.
Shu sababli, agar zarurat bo‘lsa, bunday holatlarga baho berish regulyator vakolatiga kiradi.
Rasmiy munosabat uchun rahmat. Bunday holatlarda ochiq izohlar ko‘plab savollarga oydinlik kiritadi.
@gazna1
@beshtiyin Poytaxt Bank bilan bog‘liq qiziq holatga e’tibor qaratibdi Qisqacha: - 22-may kuni Goods for Kids nomli MCHJ qayta ro‘yxatdan o‘tgan; - Kompaniyaning ustav kapitali 100 mln so‘mdan 1,4 mlrd so‘mga oshirilgan; - Kompaniyaning 100 foiz ulushi…
@beshtiyin
Poytaxt Bank bilan bog‘liq qiziq holatga
e’tibor qaratibdi
Qisqacha:
- 22-may kuni Goods for Kids nomli MCHJ qayta ro‘yxatdan o‘tgan;
- Kompaniyaning ustav kapitali 100 mln so‘mdan 1,4 mlrd so‘mga oshirilgan;
- Kompaniyaning 100 foiz ulushi bank Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari Sardor Hamdamovga o‘tgan;
- Oradan 10 kun o‘tib, 1-iyun kuni Poytaxt Bank ushbu kompaniya bilan 1,22 mln dollarlik kafillik bitimini tuzgan;
- Bank ma’lumotlariga ko‘ra, bitim affillangan shaxs bilan tuzilgan.
Poytaxt Bank 2 yildan beri xususiy bank, nega bu holat bizga qiziq bo'lishi kerak?
Dunyo tajribasida banklar bilan bog‘liq yirik muammolar aynan affillangan kompaniyalar, kafilliklar va o‘zaro bog‘liq bitimlar orqali yuzaga keladi. Masalan, Rossiyadagi
Probiznesbank ishi
.
Bu yerda gap kimnidir ayblash haqida ketmayapdi. Ammo dunyoda maxinatsiyalar mana shunday ko'rinishida boshlanar ekan, bunday bitimlar jurnalistlar va regulyator e’tiborida bo‘lishi tabiiy va shart.
Ayniqsa, bitim shartlari, risklar va manfaatlar to‘qnashuvi qanday boshqarilgani haqida to‘liq ma’lumot ochiq bo‘lmaganda.
Umid qilamanki, bank mazkur holat yuzasidan bayonot beradi va bayonotda jurnalistlarni ayblash o'rniga, barcha savollarga aniq va tushunarli javob beradi.
@gazna1
Vodiy yo'lining master-rejasi ishlab chiqiladi
Namangan viloyati hokimligi Angrendan To‘raqo‘rg‘on(Namangan viloyati)gacha bo‘lgan 100 kilometrlik yo‘l bo‘ylab joylashgan 630 gektar hududni rivojlantirish bo‘yicha yagona master-reja ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Bu o'sha yangi quriladigan pullik yo'l bo'lsa kerak, lekin hujjatda bu haqida aniq ma'lumot yo'q. Shu sababdan bir nima deyish qiyin.
Texnik topshiriq
qa ko‘ra, yo‘l bo‘ylab savdo, xizmat ko‘rsatish obyektlari, mehmonxonalar, dam olish maskanlari, jamoat joylari va boshqa infratuzilma obyektlari uchun hududlar oldindan belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Bu yo'l atrofida yashovchi aholi va faoliyat yuritayotgan biznes uchun nimani anglatadi?
Hozircha faqat master-rejani ishlab chiqish haqida gap ketyapdi. Shu sababli qaysi obyektlar qayta qurilishi yoki buzilishi mumkinligi haqida xulosa qilishga hali erta. Biroq bunday loyihalar odatda yer uchastkalarining kelajakdagi holatini belgilab beradi.
Bu ayrim tadbirkorlar uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Masalan, yo‘l bo‘yidagi bo‘sh yer uchastkalarining narxi keskin oshadi, ayniqsa agar gap rostan ham yangi yo'l haqida ketayotgan bo'lsa.
Shu bilan birga, o‘zgarishlar mavjud obyektlarga ham ta'sir qiladi. Yo‘l bo‘yidagi norasmiy do'konlar, hujjatlarida kamchiliklar bo'lgan obyektlar ancha qiyin ahvolga tushib qoladi.
Hamma hujjatlari joyida bo'lsada, rejada boshqa maqsadlar uchun ajratilgan hududda joylashgan obyekt egalariga qonunchilik bo'yicha kompensatsiya to'lanishi kerak. Agar shunday bo'lsa, kompensatsiya bilan bog'liq navbatdagi janjal yuzaga kelmaydi degan umiddaman.
Umuman olganda, bu savollarga aniq javoblarni master-reja tayyor bo‘lganidan keyin bila olamiz. Agar ochiq e'lon qilishsa.
@gazna1
Ha aytgancha, bu telekanallardan birida bugun 13:20 da "Gapiring" tok shousi efirga uzatiladi. Bu safargi sonda man ham ishtirok etdim.
@gazna1
Agrobank Zo‘r TV, FTV, MY5 va Milliy telekanallariga reklama joylashtirish uchun umumiy hisobda 8,4 milliard so'm sarflaydi
Bu bo'yicha tanlov natijalari 22-may kuni
e'lon qilingan
.
Boshlang'ich narxi 10 milliard so'm bo'lgan ushbu xaridni "Worldwide media" MCHJ qo'lga kiritdi
@gazna1
Bugun MY5 telekanalidagi "Gapiring" tok shousida qatnashdim.
"Kredit va nasiya savdosidan qachon va qanday foydalanish mumkin?" mavzusida suhbatlashdik. Banklarning umumiy imidjiga qisqa to'xtalib o'tdim.
Tez kunda efirga uzatiladi.
@gazna1