Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
O’zbekistondagi eng ko’p TOPIK natijalari chiqayotgan o’quv markazi 🇰🇷 ⚡️ TOPIK | EPS - TOPIK TOPIK darajasi yuqori bo’lgan ustozlar + qo’shimcha ustoz. Manzillar: Ⓜ️ Yunusobod, “Stroy centre” 3-qavat 📍 Ⓜ️ “Xalqlar do’stligi” metrosi 📍 Ⓜ️ Chilonzor metrosi 📍
Subscribers
4 748
24 hours
—
30 days
-26
Post views
578
ER
12,17%
Posts (30d)
25
Characters in post
532
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Language Learning
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 04:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

📝
TOPIK II 읽기: 16–17-savollar
“( )에 들어갈 내용”
— qavs ichiga mos gapni toping.
Bu savollarda javob ko‘pincha qavsdan keyingi gapda yashiringan bo‘ladi. Qavsgacha o‘qib to‘xtab qolmang, oxirigacha o‘qing.
16-savol.
Keyingi gapda sabab aytilgan:
카페인이 잠을 방해하기 때문이다
— kofein uyquga xalaqit beradi. Uxlay olmagan odam esa ertasi kuni battar charchaydi. Javob:
①
오히려
— “aksincha”, kutilganning teskarisi.
17-savol
ni o‘zingiz yechib ko‘ring
🙂
후기
— sharh, otziv.

October 26, 12:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

🧩
TOPIK II 읽기: 13–14-savollar
“순서대로 맞게 배열한 것”
— gaplarni to‘g‘ri tartibga keltirish.
Variantlar faqat ikki xil gap bilan boshlanadi. Qaysi gap birinchi turishini topsangiz, ikki variant darrov tushib qoladi.
Oddiy qoida:
그래서, 하지만, 또한, 처음에는
bilan boshlangan gap hech qachon birinchi bo‘lmaydi, chunki u oldingi gapga suyanadi.
13-savol:
(다) 작년부터 hikoyani boshlaydi → (라) 하지만 “vaqt yo‘q edi” → (가) 그래서 “parkda yuraman” → (나) 처음에는 “avvaliga qiyin edi”. Javob:
②
14-savol
sizga
🙂
Ishora: 그래서 va 또한 qaysi gapdan keyin kelishi mumkin?

October 26, 10:06

TOPIK II
읽기 10-savol tahlili

October 26, 10:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

October 26, 08:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🙋
Koreyschada “ha”ning 5 xili
“Ha” deyish kim bilan gaplashayotganingizga qarab o‘zgaradi.
예
— eng rasmiy: ishda, rahbarga, notanish kattalarga.
네
— hurmat bilan, hamma joyda. Bilmay qolsangiz, shuni ayting.
그래
— “mayli, xo‘p”. Yaqin odamga, kichiklarga.
응
— do‘stlar, ukalar bilan.
어
— eng erkini, og‘zaki “ha-ha”.
O‘qituvchiga 응 deb javob berish xuddi ustozga “bo‘pti” deganday eshitiladi
😅

October 26, 04:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

📝
TOPIK II 읽기: 9–11-savollar
“내용과 같은 것을 고르십시오”
— matndagi ma’lumotga mos gapni toping.
Bu turdagi savollarda variantlar odatda matndagi bitta kichik detalni o‘zgartiradi: kunni, narxni, joyni. Shuning uchun avval variantni o‘qib, keyin matndan aynan o‘sha joyni qidirish tezroq.
9-savol.
E’londa
코스: 5km / 10km 중 선택
deyilgan, ya’ni masofani o‘zing tanlaysan. Javob:
③
① — 일요일, shanba emas. ② — 참가비 무료. ④ — ro‘yxatdan o‘tish saytda, 30-oktabrgacha.
11-savol
ni o‘zingiz yechib ko‘ring
🙂
헌책
— eski, o‘qilgan kitob;
교환
— almashtirish.

October 25, 15:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

😩
주말 순삭
[chumal sunsak]
Yakshanba kechqurun koreyslar chatida eng ko‘p yoziladigan gaplardan biri shu. 순삭 — 순식간에 삭제, ya’ni “bir zumda o‘chib ketdi”. Dam olish kunlari qanday o‘tganini sezmay qolganda shunday deyishadi.
Rasmdagi yozishmadagi boshqa iboralar:
벌써
[po‘lsso‘] — hali-zamon, bir pasda. 벌써 일요일 밤이야? —
Bir pasda yakshanba bo‘lib qoldimi?
실화냐
[shirhvanya] — so‘zma-so‘z “bu haqiqiy voqeami?”, aslida “shu rostmi-a?” degan ma’noda. Faqat yaqinlar bilan, norasmiy gapda aytiladi.
출근
[chulgin] — ishga borish. Teskarisi 퇴근. Jumadagi 칼퇴 bilan tanishsiz
🙂
Juma kuni 불금 bilan boshlangan hafta oxiri mana shunday 월요병 bilan tugaydi
😅
새로운 한 주도 화이팅!

October 25, 12:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

📝
TOPIK II 읽기: 1–2-savollar
( ) ga eng mos grammatikani tanlang
읽기'ning dastlabki savollari grammatikaga oid. Gapni oxirigacha o‘qing: qavsdan keyingi qism ko‘pincha javobni aytib turadi.
1-savol.
아침에 늦게 ( ) 회사에 지각했다.
Gap oxirida
지각했다
, ya’ni “ishga kechikdim”. Natija yoqimsiz, demak qavs ichida uning sababi turishi kerak. Kutilmagan, yoqimsiz natijaning sababini
-는 바람에
bildiradi.
Javob: ① 일어나는 바람에
✅
Qolgan variantlar nega to‘g‘ri kelmaydi:
-도록 — maqsad,
“…sin deb”
-(으)려고 — niyat,
“…moqchi bo‘lib”
-더라도 —
“…sa ham”
📌
Eslab qoling:
-는 바람에 faqat yoqimsiz natija bilan keladi.
버스를 놓치는 바람에 늦었어요 —
Avtobusdan qolib ketib, kechikdim.
✍️
2- va 3-savollarni o‘zingiz yeching.
2-savolda gap oxiridagi 볼까요? ga, 3-savolda 덕분에 ning ma’nosiga e’tibor bering.

October 25, 05:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

📝
TOPIK II 읽기: 5–8-savollar
“무엇에 대한 글입니까?” — e’lon nima haqida?
Bu savollarda qisqa e’lon yoki reklama berilib, u nima haqida ekani so‘raladi. Matnni to‘liq tarjima qilib o‘tirish shart emas, javobni 1–2 ta kalit so‘z aytib turadi.
5-savol.
E’londa: 매주 월요일 휴관, 전시 관람 시간, 입장료 무료.
휴관
[hyugvan] — muzey, kutubxona kabi joyning dam olish kuni.
관람
[kvallam] — ko‘rgazma yoki tomosha ko‘rish.
Ikkalasi bir joyda kelsa, gap deyarli har doim muzey haqida bo‘ladi.
Javob: ③ 박물관
✅
📌
Kalit so‘zlarni joylar bo‘yicha yodlang:
진료, 접수 — 병원
(shifoxona)
대출, 반납 — 도서관
(kutubxona)
예약, 포장 — 식당
(oshxona)
관람, 휴관, 전시 — 박물관, 미술관
(muzey)
배송, 교환, 환불 — 쇼핑
(internet do‘kon)
✍️
6-savolni o‘zingiz yeching:
e’londagi qaysi so‘z javobni aytib turibdi?
Bunday savolga 30 soniyadan ko‘p vaqt ketmasin. Tejalgan vaqt keyingi uzun matnlarga qoladi.

October 24, 15:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎬
Dramalarda deyarli har qismda eshitiladigan so‘z: 어떡해
Qahramon telefonini yo‘qotadi —
어떡해
. Sevgan odami ketib qoladi —
어떡해
… Dugonasi kutilmagan yangilik aytadi —
어떡해
!! Tarjimada “endi nima qilaman?”, “voy”, “qanday yomon” deb beriladi. Ma’nosini ohang hal qiladi.
So‘zning o‘zi qisqartma: 어떻게 해 → 어떡해, so‘zma-so‘z “qanday qilay?”.
Yozuvda ko‘pchilik adashadi: “어떻해” deb yozish noto‘g‘ri. To‘g‘risi 어떡해 yoki to‘liq holda 어떻게 해.
어떡하지? — o‘ziga-o‘zi: “nima qilsam ekan?”
어떡하면 좋아? — “endi nima qilsam bo‘ladi?”
어떡하라고? — jahl bilan: “xo‘sh, men nima qilay?”
Keyingi safar drama ko‘rganingizda bitta qismda necha marta chiqishini sanab ko‘ring
🙂