Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
O’zbekistondagi eng ko’p TOPIK natijalari chiqayotgan o’quv markazi 🇰🇷 ⚡️ TOPIK | EPS - TOPIK TOPIK darajasi yuqori bo’lgan ustozlar + qo’shimcha ustoz. Manzillar: Ⓜ️ Yunusobod, “Stroy centre” 3-qavat 📍 Ⓜ️ “Xalqlar do’stligi” metrosi 📍 Ⓜ️ Chilonzor metrosi 📍
Подписчики
4 757
24 часа
9
30 дней
-13
Просмотры
605
ER
12,72%
Посты (30д)
27
Символов в посте
461
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЯзыковое обучение
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 12:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🍎
TOPIK I 읽기: 31–33-savollar
“무엇에 대한 이야기입니까?”
— gap nima haqida?
TOPIK I’ning eng oson ballari shu yerda. Ikki gapdagi so‘zlarni bitta umumiy nomga birlashtirish kifoya: 사과, 배 →
과일
(meva).
31-savol.
봄
(bahor) va
겨울
(qish) — ikkalasi ham fasl. Javob:
② 계절
① 날씨 — ob-havo, u bilan adashtirmang.
32
va
33
-savollarni o‘zingiz yechib ko‘ring
🙂

October 27, 08:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👋
퇴근할 때 — ishdan ketayotganda
Koreys ofisida indamay chiqib ketish odobsizlik hisoblanadi. Kun oxirida eng ko‘p eshitiladigan gaplar:
먼저 가보겠습니다
— boshqalar hali ishlayotgan bo‘lsa-yu, siz oldinroq ketayotgan bo‘lsangiz.
수고하셨습니다
— “charchamang, rahmat”. Hamma bir-biriga aytadi, rahbarga ham bo‘ladi.
수고하세요
— ishda qolayotgan hamkasbga. Lekin rahbarga aytilmaydi: “ishlayvering” degan buyruqdek eshitiladi.
내일 뵙겠습니다
— “ertaga ko‘rishamiz”, hurmat bilan.
Do‘stingizga esa shunchaki
내일 봐!
🙂

October 27, 04:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📝
TOPIK II 읽기: 16–17-savollar
“( )에 들어갈 내용”
— qavs ichiga mos gapni toping.
Bu savollarda javob ko‘pincha qavsdan keyingi gapda yashiringan bo‘ladi. Qavsgacha o‘qib to‘xtab qolmang, oxirigacha o‘qing.
16-savol.
Keyingi gapda sabab aytilgan:
카페인이 잠을 방해하기 때문이다
— kofein uyquga xalaqit beradi. Uxlay olmagan odam esa ertasi kuni battar charchaydi. Javob:
①
오히려
— “aksincha”, kutilganning teskarisi.
17-savol
ni o‘zingiz yechib ko‘ring
🙂
후기
— sharh, otziv.

October 26, 12:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🧩
TOPIK II 읽기: 13–14-savollar
“순서대로 맞게 배열한 것”
— gaplarni to‘g‘ri tartibga keltirish.
Variantlar faqat ikki xil gap bilan boshlanadi. Qaysi gap birinchi turishini topsangiz, ikki variant darrov tushib qoladi.
Oddiy qoida:
그래서, 하지만, 또한, 처음에는
bilan boshlangan gap hech qachon birinchi bo‘lmaydi, chunki u oldingi gapga suyanadi.
13-savol:
(다) 작년부터 hikoyani boshlaydi → (라) 하지만 “vaqt yo‘q edi” → (가) 그래서 “parkda yuraman” → (나) 처음에는 “avvaliga qiyin edi”. Javob:
②
14-savol
sizga
🙂
Ishora: 그래서 va 또한 qaysi gapdan keyin kelishi mumkin?

October 26, 10:06

TOPIK II
읽기 10-savol tahlili

October 26, 10:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 26, 08:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🙋
Koreyschada “ha”ning 5 xili
“Ha” deyish kim bilan gaplashayotganingizga qarab o‘zgaradi.
예
— eng rasmiy: ishda, rahbarga, notanish kattalarga.
네
— hurmat bilan, hamma joyda. Bilmay qolsangiz, shuni ayting.
그래
— “mayli, xo‘p”. Yaqin odamga, kichiklarga.
응
— do‘stlar, ukalar bilan.
어
— eng erkini, og‘zaki “ha-ha”.
O‘qituvchiga 응 deb javob berish xuddi ustozga “bo‘pti” deganday eshitiladi
😅

October 26, 04:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📝
TOPIK II 읽기: 9–11-savollar
“내용과 같은 것을 고르십시오”
— matndagi ma’lumotga mos gapni toping.
Bu turdagi savollarda variantlar odatda matndagi bitta kichik detalni o‘zgartiradi: kunni, narxni, joyni. Shuning uchun avval variantni o‘qib, keyin matndan aynan o‘sha joyni qidirish tezroq.
9-savol.
E’londa
코스: 5km / 10km 중 선택
deyilgan, ya’ni masofani o‘zing tanlaysan. Javob:
③
① — 일요일, shanba emas. ② — 참가비 무료. ④ — ro‘yxatdan o‘tish saytda, 30-oktabrgacha.
11-savol
ni o‘zingiz yechib ko‘ring
🙂
헌책
— eski, o‘qilgan kitob;
교환
— almashtirish.

October 25, 15:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

😩
주말 순삭
[chumal sunsak]
Yakshanba kechqurun koreyslar chatida eng ko‘p yoziladigan gaplardan biri shu. 순삭 — 순식간에 삭제, ya’ni “bir zumda o‘chib ketdi”. Dam olish kunlari qanday o‘tganini sezmay qolganda shunday deyishadi.
Rasmdagi yozishmadagi boshqa iboralar:
벌써
[po‘lsso‘] — hali-zamon, bir pasda. 벌써 일요일 밤이야? —
Bir pasda yakshanba bo‘lib qoldimi?
실화냐
[shirhvanya] — so‘zma-so‘z “bu haqiqiy voqeami?”, aslida “shu rostmi-a?” degan ma’noda. Faqat yaqinlar bilan, norasmiy gapda aytiladi.
출근
[chulgin] — ishga borish. Teskarisi 퇴근. Jumadagi 칼퇴 bilan tanishsiz
🙂
Juma kuni 불금 bilan boshlangan hafta oxiri mana shunday 월요병 bilan tugaydi
😅
새로운 한 주도 화이팅!

October 25, 12:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📝
TOPIK II 읽기: 1–2-savollar
( ) ga eng mos grammatikani tanlang
읽기'ning dastlabki savollari grammatikaga oid. Gapni oxirigacha o‘qing: qavsdan keyingi qism ko‘pincha javobni aytib turadi.
1-savol.
아침에 늦게 ( ) 회사에 지각했다.
Gap oxirida
지각했다
, ya’ni “ishga kechikdim”. Natija yoqimsiz, demak qavs ichida uning sababi turishi kerak. Kutilmagan, yoqimsiz natijaning sababini
-는 바람에
bildiradi.
Javob: ① 일어나는 바람에
✅
Qolgan variantlar nega to‘g‘ri kelmaydi:
-도록 — maqsad,
“…sin deb”
-(으)려고 — niyat,
“…moqchi bo‘lib”
-더라도 —
“…sa ham”
📌
Eslab qoling:
-는 바람에 faqat yoqimsiz natija bilan keladi.
버스를 놓치는 바람에 늦었어요 —
Avtobusdan qolib ketib, kechikdim.
✍️
2- va 3-savollarni o‘zingiz yeching.
2-savolda gap oxiridagi 볼까요? ga, 3-savolda 덕분에 ning ma’nosiga e’tibor bering.