Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

GFU|Rasmiy kanali

gfu_rasmiy_kanali
Geologiya fanlar universitetining rasmiy telegram kanali! unigeo.uz -Rasmiy web sayt @gfumurojaatbot -Murojaat uchun hemis.uzgeouniver.uz -Hemis o'qituvchi student.uzgeouniver.uz -Hemis talaba lib.uzgeouniver.uz -ARM web sayti
Subscribers
2 716
24 hours
7
30 days
300
Post views
656
ER
24,15%
Posts (30d)
103
Characters in post
802
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
September 11, 12:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Geologiya fanlar universiteti talabalar turar joyida
"
Sog'lom inson - Sog'lom millat
"
shiori ostida tongi badan tarbiya mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

September 11, 12:03
Media unavailable
10
Show in Telegram

“Uchquduq” jamoasi “GeoVyzov” IV Xalqaro geologiya chempionatini munosib yakunladi Ufa shahrida 2026-yilning 28-avgustidan 9-sentyabriga qadar Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “GeoChaqiriq” IV Xalqaro geologiya chempionatining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Musobaqada 40 ta jamoa, jumladan, 13 ta xalqaro jamoa va Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 27 ta jamoasi qatnashdi. O‘zbekistonning “Uchquduq” jamoasi chempionatda uchinchi marta ishtirok etdi. Talabalarimiz quyidagi yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:
“Shlixli namuna olish” — 1-o‘rin (V. Astanin);
“Dala qarorgohini tashkil etish” — 2-o‘rin (F. Saidova, A. Hasanov, A. Navro‘zov, A. Anorboyev). Taqdirlash marosimida hakamlar O‘zbekiston jamoasi ketma-ket ikkinchi yil chodir tiklash bo‘yicha rekord o‘rnatayotganini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Bu yil jamoa chodirni 30 soniyada tikladi.
Ba'tafsil..
Команда «Учкудук» достойно завершила IV Международный геологический чемпионат «ГеоВызов» В городе Уфе состоялось торжественное закрытие IV Международного геологического чемпионата «ГеоВызов»,который проходил в Республике Башкортостан с 28 августа по 9 сентября 2026 года.В соревнованиях приняли участие 40 команд, в том числе 13 международных команд и 27 команд высших учебных заведений России. Команда Узбекистана «Учкудук» приняла участие в чемпионате уже в третий раз.Наши студенты заняли призовые места в следующих дисциплинах:
«Шлиховое опробование» — 1 место (В. Астанин);
«Организация полевой стоянки» — 2 место (Ф. Саидова, А. Хасанов, А. Наврузов, А. Анорбоев).
На церемонии награждения судьи особо отметили, что команда Узбекистана второй год подряд устанавливает рекорд по скорости установки палатки. В этом году команда установила палатку за 30 секунд.
Подробно.
...

September 11, 11:10
Media unavailable
9
Show in Telegram

“Yoddan chiqmaslar” — millat fidoyilari xotirasi yodimizda
Geologiya fanlari universitetida tanishuv darslari doirasida
“Yoddan chiqmaslar”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda universitetning barcha tyutorlari o‘zlari mas’ul bo‘lgan kurs talabalari bilan suhbatlar tashkil etib, yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, millat va Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz, millat fidoyilari haqida talabalarga muhim ma’lumotlar va tushunchalar berdilar.
Suhbatlar davomida ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, ularning Vatan ozodligi, xalq farovonligi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi. Talabalarda tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosiga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodni tariximizni chuqur anglash, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
#GFU
#YoddanChiqmaslar
#TanishuvDarslari
#MilliyGurur
#Vatanparvarlik
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

September 11, 09:15
Media unavailable
5
Show in Telegram

📚
Tanishuv darslari davom etmoqda
⚜️
Geologiya fanlari universitetida tanishuv darslari doirasida
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🫥
Uchrashuvda
Tarix fanlari doktori, professor Murodulla Xaydarov
moderatorlik qildi. Tadbir davomida talabalarga kafedraning faoliyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim yo‘nalishlari, kafedraning maqsad va vazifalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
🫥
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, kafedra faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
#GFU
#TanishuvDarslari
#IqtisodiyotVaMenejment
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

September 11, 08:20
Media unavailable
7
Show in Telegram

📚
Tanishuv darslari davom etmoqda
⚜️
Geologiya fanlari universitetida tanishuv darslari doirasida
“Konchilik ishi va texnologiyalar” kafedrasi
tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✍️
Uchrashuvga kafedra mudiri
Shuhratulla Ochilov
boshchilik qildi. Unda talabalarga kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, kafedraning asosiy maqsad va vazifalari, ta’lim jarayoni hamda talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✍️
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kafedra faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
#GFU
#TanishuvDarslari
#KonchilikIshi
#YangiOquvYili
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

September 11, 06:10
Media unavailable
5
Show in Telegram

“Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida “Kelajak soati” darsi
Geologiya fanlari universitetida
“Kelajak soati”
darsi doirasida talaba-yoshlar uchun
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Darslarni tyutor
Diyor Nurmamatov
olib bordi. Unda mustaqillikning tarixiy ahamiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish masalalari haqida fikr almashildi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

September 11, 03:28
Media unavailable
6
Show in Telegram

Geologiya fanlari universitetida 2026/2027-o‘quv yilida tahsil olish uchun qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan “Sun’iy intellekt va tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga kafedra faoliyati, o‘quv jarayoni va universitetda tahsil olish davomida egallanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida ma’lumot berildi.
Kafedrada talabalar uchun o'qitiladigan fanlar talabalarda fundamental bilimlarni shakllantirish, mantiqiy va analitik fikrlashni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarni puxta bilim olish, mustaqil izlanish, ilmiy faoliyatga qiziqish bildirish va zamonaviy texnologiyalarni egallashga intilishlari zarurligi qayd etildi.
Bugungi puxta bilim — ertangi professional mutaxassislikning mustahkam poydevoridir!
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

September 10, 11:53
Media unavailable
8
Show in Telegram

🇺🇿
YANGI O‘ZBEKISTON — YOSHLAR NIGOHIDA
⚜️
Geologiya fanlari universitetida talaba-yoshlar ishtirokida
“Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida”
shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
💬
Suhbat davomida Yangi O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi o‘rni, bilim va tashabbuslari bilan mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr almashildi.
Yangi O‘zbekiston — yoshlar bilan, yoshlar nigohida!

September 10, 10:32
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

⚜️
BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!
Geologiya fanlari universitetida talaba-yoshlar ishtirokida
“Biz korrupsiyaga qarshimiz!”
shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
💬
Suhbat davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olishda yoshlarning mas’uliyati, halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.

Halollik — taraqqiyot garovi!
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz!
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

September 10, 10:27
Media unavailable
5
Show in Telegram

Geologiya fanlari universiteti hamda
CANA School (Central Asian Neuroengineering Academy)
o‘rtasida kasbga yo‘naltirish va ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan
Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum
imzolandi.
Hamkorlik doirasida maktab o‘quvchilarini Yer haqidagi fanlar, geologiya va yer qa’rini o‘rganishning zamonaviy texnologiyalari bilan erta tanishtirish hamda kelajakdagi kasb tanloviga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Memorandum asosida CANA School o‘quvchilari uchun
Davlat geologiya muzeyi, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi va universitetning ilmiy-tadqiqot institutlariga ekskursiyalar
, professor-o‘qituvchilar ishtirokida mahorat darslari va ilmiy-ommabop ma’ruzalar tashkil etiladi.
Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, yoshlarning geologiya va Yer haqidagi fanlarga qiziqishini oshirish hamda ularni kelajakdagi kasbiga yo‘naltirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱