Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

GFU|Rasmiy kanali

gfu_rasmiy_kanali
Geologiya fanlar universitetining rasmiy telegram kanali! unigeo.uz -Rasmiy web sayt @gfumurojaatbot -Murojaat uchun hemis.uzgeouniver.uz -Hemis o'qituvchi student.uzgeouniver.uz -Hemis talaba lib.uzgeouniver.uz -ARM web sayti
Подписчики
2 718
24 часа
-5
30 дней
12
Просмотры
529
ER
19,46%
Посты (30д)
136
Символов в посте
839
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
October 26, 05:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚜️
🪨
🪨
🪨
🪨
🐜
Çumoli geologlar
💎
Tabiatda
"Çumoli granati" (Ant Hill Garnet)
deb nomlanuvçi juda çiroyli, yorqin qizil rangli qimmatbaho toş bor. Eng qiziği, geologlar va qidiruvçilar bu toşni topiş uçun yer qazib ötirişmaydi. Ularga çumolilar yordam beradi!
🔺
Bu jarayon qanday sodir böladi?
🫥
Yer osti "ekspeditsiyasi":
AQŞning Arizona ştati va oçiq çöl hududlarida yaşovçi çumolilar yer ostida özlariga çuqur uya (in) qazişadi.
🫥
Tozalaş işlari:
In quriş jarayonida ularning yöliga tösqinlik qilgan mitti qizil granat kristallarini çumolilar taşqariga taşiydi.
⛏
Tabiiy kon:
Mitti mehnatkaşlar bu toşlarni öz uyalarining tepasiga va atrofiga taşlab, tepalik hosil qilişadi.
🌦
Yomğir yoqqanidan keyin çumoli uyalari atrofidagi bu toşlar quyoşda xuddi yoqutdek yaltirab, geologlarga yer ostida qimmatbaho mineral koni borligidan xabar beradi.
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

October 26, 03:13
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#DAYJEST
Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar
🟢
Strategik minerallar: tanqislik va yangi geologik yechimlar
taqdimot o‘tkazildi
.
🟢
Talabalar holidan xabar
olindi
.
🟢
“Kitobxon talaba” tanloviga start
beriladi
!
🟢
“Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchraşuv
tashkil etildi
.
(
Videolavha
)
.
🟢
21
-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan talabalar Adiblar hiyoboniga
taşrif buyurdi
.
🟢
Talabalar turar joyida kibersport musobaqasi
o‘tkazildi
.
🟢
Ilmiy maqola yozish va naşr etish böyicha ma’ruza
tashkil etildi
.
🟢
Xorijiy talabalar bilan profilaktik
suhbat
ö
tkazildi
.
🟢
Nufuzli stipendiyalar
tanlovi ötkazildi
.
🟢
Akita universiti vakillari Geologiya fanlari universitetiga
taşrif buyurdi
.
🟢
Universiteti Kengaşining navbatdagi majlisi
bölib ötdi
.
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

October 26, 02:07
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚜️
📅
📅
📅
📅
📅
#
TIMELINE
| 26-oktyabr, duşanba
.
#bayramlar
🇦🇺
Avstraliya – Bolalarni himoya qiliş kuni.
🇹🇯
Tojikiston – Sud organlari xodimlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹
1938 – DuPont yangi sintetik material – neylonni işlab çiqdi.
🔹
1956 – Atom energiyasi böyiça Xalqaro Agentlik (MAGATE) taşkil etildi.
🔹
1993 – Toşkent şahrida tasavvuf namoyandasi Xöja Ahmad Yassaviy merosiga bağişlangan xalqaro ilmiy-ma’rifiy konferensiya bölib ötdi.
🔹
1999 – “Şarq ayoli” xalqaro ayollar jamğarmasi tuzildi.
🔹
2012 – Windows 8 operatsion tizimi yaratildi.
#tavalludlar
🔹
1935 – Ergaş Karimov – aktyor, rejissyor, Özbekiston xalq artisti.
🔹
1940 – Muhammad Rafiqov – aktyor, rejissyor, Özbekiston Respublikasi san’at arbobi.
🔹
1947 – Hillari Klinton – AQŞ davlat va siyosat arbobi.
Ilm-ma’rifat, tarix va madaniyat — bugungi taraqqiyotning mustahkam poydevori!
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

October 24, 02:37
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚜️
📅
📅
📅
📅
📅
#
TIMELINE
| 24-oktyabr, shanba
.
#bayramlar
🇺🇳
BMT kuni.
🇺🇳
Rivojlaniş va taraqqiyot maqsadlarida jahon axboroti kuni.
🌏
Xalqaro maktab kutubxonalari kuni.
🇨🇳
Xitoy – Dasturçilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹
1945 – BMT ustavini 51 ta davlat imzoladi.
🔹
1991 – Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi tuzildi.
🔹
1995 – Özbekiston tijorat Bank uyushmasi tashkil topdi.
🔹
1998 – Farğona viloyatida Ahmad Farğoniy tavalludining 1200 yilligiga bağişlangan tantanali marosimlar bölib ötdi.
🔹
2000 – Misrda Kleopatraning dastxati topildi.
#tavalludlar
🔹
1632 – Levenguk Antoni Van – golland tabiatşunosi, ilmiy mikroskopiya asosçisi.
🔹
1862 – Daniel Svarovski – avstriyalik tadbirkor, “Swarovski” billur imperiyasining asosçisi.
🔹
1932 – Pyer Jill de Jenn – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori.
🔹
1941 – Ramizulla Möminov – fizik olim, Özbekiston FA akademigi.
🔹
1973 – Vensan Kandela – fransuz futbolchisi, jahon va Yevropa çempioni.
Ilm-ma’rifat, tarix va madaniyat — bugungi taraqqiyotning mustahkam poydevori!
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

October 23, 10:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid
qonun imzolandi.
Unga muvofiq, alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga endi
28 ta
harf va
1 ta tutuq belgisi
dan taşkil topadi. Asosan
«Ö», «Ğ», «Ş»
hamda
«Ç»
harflarining yozilişi özgartirilmoqda. Şuningdek,
«Ng»
birikmasi alifboning alohida harfi safidan çiqariladi.
Bu özgarişlar yozuvni ixçamlaştiriş hamda kompyuter va raqamli texnologiyalarda
özbek tilidan keng foydalaniş
ni qulaylaştirişga qaratilgan.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 23, 09:12
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini
qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
сооснователя, председателя и генерального директора компании «Eldridge Industries» Тодда Боэли.
#Mirziyoyev
#qabul
#EldridgeIndustries
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 23, 06:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚜️
🪨
🪨
🪨
🪨
🌋
Tabiat yaratgan mukammal geometrik ustunlar!
🌋
Şimoliy Irlandiyadagi "Devlar yo'li"
(Inglizcha: Giant’s Causeway)
hududida minglab olti burçakli bazalt ustunlari joylaşgan. Ular qadimiy vulqon otilişi
(taxminan 50-60 million yil avval)
vaqtida yer yuzasiga çiqqan lavaning sovib, qisqarişi va yorilişi natijasida şakllangan.
🪐
Eng qiziği, bu ustunlarning köpçiligi deyarli bir xil geometrik şaklga ega. Buning uçun tabiatga na quriliş çizmasi, na inson aralaşuvi kerak bölgan!
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

October 23, 05:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Tanlov
Vatandoş olimlar Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritişi uçun ikki yilga möljallangan grantlar tanlovi eʼlon qilinadi
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamğarmasi xorijiy i
lmiy markazlar va oliy taʼlim taşkilotlarida ilmiy faoliyat yuritayotgan vatandoş olimlar
ni Fanlar akademiyasi tizimiga jalb etiş maqsadida
24 oyga möljallangan reintegratsiya grantlari tanlovi
ni
eʼlon qiladi
.
Tanlovga quyidagi ustuvor yönalişlar böyiça loyihalar qabul qilinadi:
✅
Biotexnologiya va gen muhandisligi
✅
Aqlli materiallar va nanotexnologiyalar
✅
Sunʼiy intellekt, Big Data va kvant texnologiyalari
✅
Qayta tiklanuvçi va vodorod energetikasi, yaşil texnologiyalar
✅
Tuproq şörlanişiga qarşi kuraşiş hamda toza suv
✅
Yadroviy fan va radiatsion texnologiyalar
✅
Raqamli tabiat
✅
Seysmik xavfsizlik
✅
Milliy tarix va jamiyat
✅
Maʼnaviy meros va raqamli qölyozma
Tanlov doirasida arizalar 2026-yilning 22-oktyabr kunidan 2026-yilning 22-noyabr kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat şakllari asosida töldirilib, elektron holda
loyiha.academy.uz
platformasida topşirilişi lozim, hujjatlarning qoğoz nusxalari ham Fanlar akademiyasi Prezidiumida (209-xona) har kuni soat 9:00 dan 18:00 gaça qabul qilinadi.
Tanlov şartlari
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 23, 02:15
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚜️
📅
📅
📅
📅
📅
#
TIMELINE
| 23-oktyabr, juma
.
#bayramlar
🌏
Xalqaro qor qoplonlari kuni.
🇧🇷
Braziliya – Uçuvchilar kuni.
🇲🇽
Meksika – Doktorlar kuni.
#muhim_voqealar
✍️
1946 – BMT Boş assambleyasining birinçi yiğilishi boşlandi.
✍️
1993 – Özbekiston Respublikasi YUNESKOga a’zo böldi.
✍️
1998 – Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yillik yubileyi bölib ötdi.
✍️
2001 – Stiv Jobs iPod mediapleyerini taqdim etdi.
#tavalludlar
✍️
1868 – Frederik Uilyam Lançester – 1895-yilda Britaniyada birinçi avtomobilni yaratgan ingliz muhandisi.
✍️
1920 – Janni Rodari – maşhur italyan bolalar yozuvçisi.
✍️
1931 – Sur’at Pölatov – aktyor, xonanda.
Ilm-ma’rifat, tarix va madaniyat — bugungi taraqqiyotning mustahkam poydevori!
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱

October 22, 14:23
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

⚜️
Geologiya fanlari universiteti Kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi
📝
2026-yil 22-oktabr kuni Geologiya fanlari universiteti Kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda universitet faoliyatining muhim yönalişlariga oid masalalar muhokama qilindi.
📝
Majlis kun tartibidan dual ta’limni taşkil etiş, talabalar uçun nomdor va korporativ stipendiyalar tanlovi natijalari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy salohiyati hamda xalqaro ilmiy bazalardagi naşrlar faolligi bilan boğliq masalalar örin oldi.
📝
Şuningdek, ilmiy unvonga tavsiya etiş, professor-öqituvçilar faoliyatini samaradorlikning asosiy körsatkiçlari (KPI) asosida baholaş, talabalarni öquv adabiyotlari bilan ta’minlaş, LMS platformasi faoliyati va kontrakt tölovlari holati körib çiqildi.
📝
Bundan taşqari, universitetning xalqaro reytinglardagi iştirokini kengaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Web
📱
|
Telegram
📱
|
Instagram
📱
|
YouTube
📱
|
Facebook
📱