Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

GINEKOLOG_RAHIMOVA

ginekology_uzbek
🔸 ”Yengil tug’ruq” dasturi 1000+ yengil va asoratsiz tug’ruq 🔸 Tug’ruqdan keyin tiklanish 🔸 Lazer intim yoshartirish, labioplastika, intim oqartirish, ginekologik operatsiyalar 🔥 Qabul uchun: +998 77-800-57-55 Online dastur va kurslar: @DilnozaMenejer
Subscribers
8 322
24 hours
-14
30 days
-270
Post views
1 449
ER
17,41%
Posts (30d)
16
Characters in post
860
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
October 20, 13:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🍂
KUZDA GRIPP VA SHAMOLLASHDAN QANDAY SAQLANISH MUMKIN?
Kuz kelishi bilan shamollash, gripp va turli respirator infeksiyalar ko‘payadi. Ayniqsa, bolalar, homilador ayollar va immuniteti zaif insonlar o‘z salomatligiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Kasallikning oldini olish uchun nimalarga amal qilish lozim?
🦠
1. Kasallikdan saqlanish uchun:
• Qo‘llaringizni tez-tez sovunlab yuving.
• Xonalarni muntazam shamollatib turing.
• Odamlar gavjum joylarda, ayniqsa, infeksiyalar ko‘paygan davrda ehtiyot bo‘ling.
• Yetarli uxlang, muvozanatli ovqatlaning va suyuqlik iching.
• Grippga qarshi emlanish haqida shifokor bilan maslahatlashing. Bu, ayniqsa, homilador ayollar va xavf guruhidagi insonlar uchun muhim.
🩺
2. Shamollash yoki gripp alomatlari boshlansa, nima qilish kerak?
Agar tomoq og‘rishi, burun oqishi, yo‘tal, isitma yoki tana og‘rig‘i kuzatilsa:
✅
Imkon qadar dam oling.
✅
Yetarli miqdorda suyuqlik iching.
✅
Haroratingizni nazorat qiling.
✅
Boshqalarga yuqtirmaslik uchun uyda qoling, zarur bo‘lsa niqob taqing.
✅
Dori vositalarini, ayniqsa antibiotiklarni, shifokor tavsiyasisiz qabul qilmang.
🤔
3. Homilador ayollar nimalarga e’tibor berishi kerak
❓
Homiladorlik davrida gripp og‘irroq kechishi mumkin. Shuning uchun homilador ayolda isitma, yo‘tal yoki grippga o‘xshash alomatlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan imkon qadar tez bog‘lanish kerak.
O‘zboshimchalik bilan antibiotik, virusga qarshi dori yoki turli o‘simlik damlamalarini qabul qilmang. Har qanday dori homiladorlik davriga mos bo‘lishi kerak.
📣
4. Qaysi belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak?
Quyidagi alomatlarni e’tiborsiz qoldirmang:
💡
Nafas olish qiyinlashishi yoki hansirash.
💡
Ko‘krak qafasida kuchli yoki doimiy og‘riq.
💡
Hush chalkashishi yoki hushdan ketish.
💡
Kuchli holsizlik, suyuqlik icholmaslik yoki suvsizlanish belgilari.
💡
Isitmaning uzoq davom etishi yoki ahvolning keskin yomonlashishi.
Homiladorlikda nafas qisishi, yuqori isitma yoki boshqa xavotirli alomatlar kuzatilsa, tibbiy yordamni kechiktirmang.
📣
Esingizda bo‘lsin:
shamollashning har bir turi bir xil emas. Oddiy shamollash va grippni faqat alomatlarga qarab aniq farqlash qiyin. Vaqtida ko‘rilgan choralar kasallikning og‘ir kechish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
🩵
O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
📌
Postni saqlab qo‘ying va yaqinlaringiz bilan ulashing. Sog‘liqni asrash bugundan boshlanadi!
Qoʻshimcha savol va konsultatsiyaga yozilish uchun
⤵️
@Rahimova_menejeri
📞
+998 77 800 57 55
📍
Toshkent shahri, Sumbula ko‘chasi, 64-uy
🩵
Havvo Clinic

October 19, 10:30

Menda homiladorlik 7 haftalik spiralni ustidan bulgan bola usishida muammolar yuq lekin 5 6 oylikda spiral sayilib suv ketib qolish hafi bor dedi shu qanchalik tug'ri shunaqa bulishi mumkinmi oldirib tashla deyabdi

October 19, 10:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 19, 06:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 19, 06:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ayollar…
Homiladorlikda eng ko‘p beriladigan savollardan biri:
“Hozir nechchi haftalikman?”
“Bolam kattaligi normadami?”
Aslida esa:
🟢
5–6 hafta — faqat kichkina nuqta
🟢
7 hafta — yurak urishi bemalol ko‘rinadi
🟢
9 hafta — taxminan 2–3 sm
🟢
12 hafta — limoncha kattalik
🟢
20 hafta — kaftingiz kattaligida
🟢
28 hafta — kichik qovunchaga o‘xshash
🟢
36 hafta — to‘liq shakllangan, tug‘ruqqa tayyor
Har hafta bolaning o‘sishi, vazni, uzunligi o‘zgarib boradi — va bu me’yorlar sizni tinchlantirishi kerak. Chunki har bir ona o‘zida bo‘layotgan mo‘jizani tushunishni istaydi
…
🧕
👶
👶

October 13, 10:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

Vaginoplastika amaliyotini o‘tkazgan bemorimiz bugun qayta ko‘rikka keldilar.
❤️
Quvonarlisi, ko‘rik davomida choklar juda yaxshi bitgani kuzatildi. Bu operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonidagi muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
✨
Har qanday jarrohlik amaliyotidan keyin shifokor tavsiyalariga amal qilish va belgilangan vaqtda nazorat ko‘rigiga kelish juda muhim.
Ayollar salomatligi — nozik masala. O‘zingizni qiynayotgan muammolar haqida gapirishdan tortinmang.
❤️
📲
Vaginoplastika va intim salomatlik bo‘yicha ma’lumot olish hamda konsultatsiyaga yozilish uchun:
@Rahimova_menejeri
📞
+998 77 800 57 55
📍
Toshkent shahri, Sumbula ko‘chasi, 64-uy
🏥
Havvo Clinic

October 12, 11:01
Media unavailable
3
Show in Telegram

Hayotimdagi eng uzoq safar bo‘ldi Braziliyaga borish, kunlab samolyotda uchish, aeroportlarda uhlash…
Bizda tong otganda, dunyoning boshqa tarafida tun bo‘lishini his qilgim kelgandi.
💙
Okeanlar ustidan o‘tish men uchun — masshtab bu.
Dunyoning boshqa tarafidagi doktorlar bilan bir davrada bo‘lish — masshtab edi bu!
Umrimda 1-marta ochiq eshikli vertolyotda uchish, dunyodagi eng katta sharsharani ko‘rish, okeanda to‘lqinlar bilan cho‘milish — hammasi men uchun masshtab…
ALHAMDULILLAH…
ALLOHni buyukligini, qudratini va unga to‘liq taslimiyatni mana shu tajribalarda chuqur his qildim.
Qanchalik kichik zarracha ekanimni, AL-MUSAVVIR bo‘lgan zotning betakror dunyosini va shu bilan birga ALLOHim bizni aziz qilib musulima qilib yaratganini chuquuur angladim bu diyorlarda
💙
🥹
ALHAMDULILLAH…

October 06, 05:43
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Braziliyanafasi
Braziliyaga kelsangiz albatta bu taomlardan yeb koʻring
🍣
🖲
Klinikamizda ginekolog ko‘rigidan so‘ng zarur bo‘lsa, jarrohlik davolash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.
💌
Batafsil ma’lumot va konsultatsiya uchun
@Rahimova_menejeri
ga murojaat qilishingiz mumkin
Kurs va savollar uchun
⬇️
@DilnozaMenejer
Asosiy kanalimiz
⬇️
https://t.me/ginekology_uzbek
Bizning natijalar bu yerda
⬇️
https://t.me/mijozlardanfikrlar

October 05, 13:10
Media unavailable
4
Show in Telegram

🔥
"Menga hali erta" deb oʻylaysizmi?
Har 20 ayoldan 1 nafarida klimaks 45 yoshgacha boshlanadi. Eng yomoni, koʻpchilik buni yillar oʻtib payqaydi.
😒
🧬
Nega erta boshlanadi?
▪️
Onangiz yoki opa-singlingizda erta boʻlgan boʻlsa
▪️
Qalqonsimon bez yoki qandli diabet kabi kasalliklar
▪️
Kimyoterapiya, nurlanish yoki tuxumdon olib tashlangan boʻlsa
▪️
Juda oriq boʻlish
Koʻp hollarda esa sabab umuman topilmaydi.
🛡
Oldini olish uchun:
✅
Sigaret chekmang, tutundan ham uzoq turing
✅
Toʻgʻri ovqatlaning: sabzavot, meva, goʻsht, sut mahsulotlari
✅
Koʻproq harakat qiling
✅
Qalqonsimon bez va qand kasalligini oʻz vaqtida davolang
✅
Kimyoterapiya boshlanishidan oldin shifokorga tuxumdonni saqlash yoʻllarini soʻrang
⚠️
Nega xavfli?
Erta klimaksda
suyaklar boʻshab qoladi
va
yurak kasalliklari xavfi oshadi
. Shuning uchun uni erta aniqlash muhim.
❌
Quyidagilar boʻlsa,
oʻtib ketishini
kutmang:
🔽
Hayz 3 oydan ortiq kelmasa
🔽
Tez-tez issiq urib, kechasi terlab ketsangiz
🔽
Farzand koʻrolmayotgan boʻlsangiz
Ginekologga boring. Qon tahlili bilan hammasi aniq boʻladi, davolash esa ahvolingizni ancha yaxshilaydi.
📣
Bu postni
onangiz,
singlingiz, qiz-kelinlaringizga yuboring.
Ehtimol, ular bilmaydi
🖲
Klinikamizda ginekolog ko‘rigidan so‘ng zarur bo‘lsa, jarrohlik davolash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.
💌
Batafsil ma’lumot va konsultatsiya uchun
@Rahimova_menejeri
ga murojaat qilishingiz mumkin
Kurs va savollar uchun
⬇️
@DilnozaMenejer
Asosiy kanalimiz
⬇️
https://t.me/ginekology_uzbek
Bizning natijalar bu yerda
⬇️
https://t.me/mijozlardanfikrlar

October 05, 13:04
Media unavailable
8
Show in Telegram

4️⃣
0️⃣
0️⃣
0️⃣
ta butun dunyodan
🔹
🔹
ifokorlar yigʻilishdi. Oʻzbekistondan esa biz bordik Alhamdulillah