Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

GINEKOLOG_RAHIMOVA

ginekology_uzbek
🔸 ”Yengil tug’ruq” dasturi 1000+ yengil va asoratsiz tug’ruq 🔸 Tug’ruqdan keyin tiklanish 🔸 Lazer intim yoshartirish, labioplastika, intim oqartirish, ginekologik operatsiyalar 🔥 Qabul uchun: +998 77-800-57-55 Online dastur va kurslar: @DilnozaMenejer
Подписчики
8 690
24 часа
-7
30 дней
-17
Просмотры
1 319
ER
15,18%
Посты (30д)
31
Символов в посте
1 431
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Медицина
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
September 08, 13:42

🤰
TUG‘RUQ BOSHLANAYOTGANINI QANDAY BILISH MUMKIN?
Tug‘ruq yaqinlashganda ko‘pchilik ayollarda bir xil savol paydo bo‘ladi:
“Bu haqiqiy tug‘ruq og‘rig‘imi yoki yolgʻon toʻlgʻoqmi?”
Buni tushunishda bir nechta muhim belgilar bor
👇🏻
🔹
Haqiqiy qisqarishlar
odatda muntazam keladi va vaqt o‘tishi bilan kuchayib, tez-tez takrorlana boshlaydi. Dam olish yoki holatni o‘zgartirish bilan butunlay yo‘qolib ketmaydi.
🔹
Soxta qisqarishlar
esa ko‘pincha tartibsiz bo‘ladi. Dam olish yoki holatni o‘zgartirish bilan kamayishi mumkin.
💧
Suv ketishi
ham tug‘ruq boshlanishining muhim belgilaridan. Suv birdaniga ko‘p kelishi yoki oz-ozdan sizib chiqishi mumkin. Suv ketgan deb gumon qilsangiz, shifokor yoki tug‘ruqxona bilan bog‘laning.
🩷
Shilimshiq tiqin chiqishi
esa tug‘ruq shu zahoti boshlanadi degani emas. U tug‘ruqdan oldinroq ham chiqishi mumkin.
⏱️
Eng muhimi —
qisqarishlarning vaqtini kuzatish.
Ular muntazam bo‘lib, oraliq qisqarib, kuchayib borayotgan bo‘lsa, tug‘ruq yaqinlashayotgan bo‘lishi mumkin.
🚨
Ko‘p qon ketishi, suvning yashil/jigarrang kelishi, bola harakatining sezilarli kamayishi, kuchli yoki doimiy og‘riq bo‘lsa — kutmang, tibbiy yordamga murojaat qiling.
Lekin tug‘ruqning o‘zida o‘zingizni qanday tutish, qanday nafas olish va og‘riqni yengillashtirishni oldindan bilish — onaga juda katta xotirjamlik beradi.
Bu mavzularni “Yengil tug‘ruq” kursida amaliy tarzda bosqichma-bosqich o‘rganamiz.
🤍

September 08, 13:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 07, 14:09

🤰
TUG‘RUQ HAQIDAGI 4 TA MIF

MIF 1. “Agar tug‘ruqxonaga oldindan shifokor bilan kelishmasam, menga yaxshi qarashmaydi.”
Ayollar orasida shunday qarash bor:
“Tug‘ruqxonaga shifokor bilan gaplashib, kelishib bormasam, tug‘ruq vaqtida menga yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi.”
Aslida esa tibbiyot xodimining vazifasi — tug‘ruqxonaga qanday kelganingizdan qat’i nazar, siz va chaqalog‘ingiz xavfsizligini ta’minlash va kerakli tibbiy yordamni ko‘rsatish.
Siz oldindan shifokor bilan kelishgan bo‘lsangiz ham, kelishmagan bo‘lsangiz ham, tug‘ruq vaqtida tibbiy yordam sifati va munosabati insonning “kim bilan kelishgani”ga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Eng muhimi — tug‘ruqqa qo‘rquv bilan emas,
o‘z huquqlaringiz va jarayon haqida yetarli bilim bilan
borish.
❤️

MIF 2. “Shifokorning smenasi tugayotgan bo‘lsa, meni tezroq tug‘ishga majbur qilishadi.”
Bu ham bo‘lajak onalarni xavotirga soladigan keng tarqalgan MIFlardan biri.
Ayollar:
“Shifokorning smenasi tugayapti, shuning uchun meni tezroq tug‘dirishga harakat qilishadi”
, deb qo‘rqishadi.
Aslida esa tug‘ruq — vaqt bilan poyga emas.
Shifokorning smenasi tugashi tug‘ruq jarayonini sun’iy ravishda tezlashtirish uchun sabab bo‘lmasligi kerak. Agar shifokorning ish vaqti tugasa, bemor keyingi navbatchi tibbiyot xodimlariga topshiriladi va kuzatuv davom etadi.
Tug‘ruqda eng muhim narsa —
shifokorning smenasi emas, ona va chaqaloqning holati.

MIF 3. “Menga anesteziya qilishmaydi.”
Ko‘pchilik ayollar:
“Agar meni tanish shifokorim boʻlmasa tug‘ruq vaqtida juda qiynalsam ham, menga og‘riqsizlantirish qilishmaydi”
, deb o‘ylaydi.
Aslida
anesteziya masalas
i tug‘ruqning qanday kechayotgani, ayolning holati va
tibbiy ko‘rsatmalarga
qarab hal qilinadi.
Faqat “men xohlayman” degani bilan har qanday anesteziyani qilish ham, “bepul tug‘ruq” bo‘lgani uchun umuman qilmaslik ham to‘g‘ri yondashuv emas.
Shuningdek, kesarcha kesish ham shunchaki xohishga ko‘ra emas,
tibbiy ko‘rsatmalar asosida
amalga oshirilishi kerak!

MIF 4. “Tug‘ruq vaqtida tibbiyot xodimi doimo yonimda bo‘lishi kerak.”
Ba’zi ayollar tug‘ruqxonaga borganda shifokor yoki akusherka
tug‘ruqning boshidan oxirigacha yonida turishi kerak
, deb o‘ylaydi.
Ammo tug‘ruqning har bir bosqichida shifokorning doimiy ravishda yoningizda turishi shart emas.
Tug‘ruq jarayonida sizning holatingiz muntazam nazorat qilinadi, zarur tekshiruvlar o‘tkaziladi va kerak bo‘lgan paytda shifokor aralashadi.
Ba’zi ayollar esa aksincha, yonida doimiy ravishda tibbiyot xodimi turganida hayajonlanib, o‘zini noqulay his qilishi mumkin.
Siz qanday fikrdasiz?
👇
Tug‘ruq vaqtida shifokor yoki akusherka doimo yoningizda bo‘lishini xohlaysizmi? Yoki vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishning o‘zi yetarlimi?

September 07, 03:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🤰
TUG‘RUQ HAQIDAGI 4 TA MIF
Tug‘ruq yaqinlashgani sari ayollar orasida turli xil gap-so‘zlar tarqaladi. “Tug‘ruqxonaga oldindan shifokor gaplashilmasa menga hech kim qaramaydi…”, “smenasi tugayotgan bo‘lsa majburlab tugʻdirishga urinishadi…”, “pul to‘lamasam oʻz holimga tashlab qoʻyishadi…” kabi xavotirlar ko‘pchilik bo‘lajak onalarni qo‘rqitadi.
Keling, bugun eng ko‘p uchraydigan 4 ta mifni ko‘rib chiqamiz.
👇

September 01, 03:52
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇺🇿
MUSTAQILLIGIMIZ ABADIY BO‘LSIN!
Ota makonimiz, ona diyorimiz — aziz O‘zbekiston!
❤️
Dunyoning qancha go‘zal yurtlarini ko‘rmaylik, qancha uzoqlarga bormaylik, inson uchun o‘z Vatanining bir hovuch tuprog‘i, tandiridan chiqqan issiq noni, mehribon odamlarining duosi baribir boshqacha aziz.
Bugun jonajon O‘zbekistonimizning Mustaqilligining 35 yilligi!
🇺🇿
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin. Farzandlarimiz ozod va obod Vatanda baxtli ulg‘aysin. Har bir oilada xotirjamlik, sog‘lik, mehr-oqibat va farovonlik hukm sursin.
Biz dunyoning qayerida bo‘lmaylik, qalbimizda bitta faxr bor:
MENING VATANIM — O‘ZBEKISTON!
🇺🇿
35 yillik Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
🇺🇿
O‘ZBEKISTONIMIZ DOIMO TINCH BO‘LSIN!

August 31, 12:25

Kortizol — stress gormoni
‼️
Lekin u doimo “yomon” emas. Aksincha, kortizol ertalab uyg‘onishimiz, energiya, diqqat va organizmning stressga javob berishi uchun kerak.
Muammo kortizol
uzoq vaqt davomida me’yordan yuqori bo‘lib qolganida
yuzaga kelishi mumkin. Bunda uyqu buzilishi, doimiy asabiylik, charchoq, qon bosimi oshishi va vazn ortishi, ayniqsa qorin atrofida yog‘ to‘planishi kabi belgilar kuzatilishi mumkin.
Kortizol va stressni boshqarishga yordam berishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalar:
🌿
Magniy
— asab tizimi va mushaklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, ayrim odamlarda uyqu sifatiga yordam berishi mumkin. Qo‘shimcha magniyning kattalar uchun yuqori chegarasi odatda
350 mg/kun
(ovqatdagi magniy bundan mustasno).
🐟
Omega-3 (EPA + DHA)
— umumiy yurak-qon tomir va yallig‘lanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ammo uni “kortizol tushiruvchi vosita” deb qabul qilish to‘g‘ri emas.
☀️
Vitamin D3
— agar organizmda D vitamini yetishmovchiligi aniqlansa, uni to‘g‘rilash muhim. Dozani tahlil va shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilash ma’qul.
🍊
Vitamin C
— antioksidant sifatida organizm uchun muhim. Ammo kortizolni normallashtirish uchun hammaga bir xil 500–1000mg doza kerak degan ishonchli tavsiya yo‘q.
💊
B guruhi vitaminlari
— asab tizimining normal ishlashi uchun zarur. Yetishmovchilik bo‘lsa, uni to‘g‘rilash foydali.
🌿
Ashwagandha
— stress, xavotir va kortizol bo‘yicha ayrim tadqiqotlarda ijobiy natijalar ko‘rsatilgan. Lekin uni hamma uchun xavfsiz deb bo‘lmaydi: qalqonsimon bezga ta’sir qilishi, ayrim dorilar bilan o‘zaro ta’sirlashishi va kam hollarda jigar bilan bog‘liq muammolar chaqirishi mumkin. Homilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi.
Ammo eng muhim “kortizol boshqaruvchilari” — qo‘shimchalar emas.
😴
Yetarli uyqu
🚶‍♀️
Muntazam yurish va me’yoridagi jismoniy faollik

Kofeinni, ayniqsa kechki payt, kamaytirish
🍽️
Muntazam va to‘yimli ovqatlanish
🧘‍♀️
Doimiy stressni kamaytirish
🌙
Uyqu rejimini tartibga solish
Va yana bir muhim jihat:
faqat charchoq, qorin yog‘i yoki asabiylikka qarab “menda kortizol yuqori” deb xulosa qilib bo‘lmaydi.
Bu belgilar boshqa ko‘plab holatlarda ham uchraydi.
Agar kortizol haqiqatan ham yuqori chiqsa yoki belgilar kuchli va davomli bo‘lsa, sababini aniqlash kerak. Haqiqiy giperkortizolizmni tekshirish uchun oddiy tasodifiy qon kortizoli har doim ham yetarli emas; shifokor vaziyatga qarab kechki so‘lak kortizoli, 24 soatlik siydikdagi erkin kortizol yoki deksametazon testi kabi tekshiruvlarni tanlashi mumkin.
Kortizolni shunchaki “tushirish” emas, uni me’yorida ushlab turish — maqsad.
❤️
Ushbu postni salomatligi siz uchun muhim boʻlgan yaqiningizga yuborib qoʻying
🚀
Qabulga yozilish va xizmatlar haqida ma’lumot uchun
⤵️
@Rahimova_menejeri
Kurs va savollar uchun
⤵️
@DilnozaMenejer
Asosiy kanalimiz
⤵️
https://t.me/ginekology_uzbek
Bizning natijalar bu yerda
⤵️
https://t.me/mijozlardanfikrlar

August 31, 12:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

August 31, 12:15

Hozirgi kunda INSTAGRAMDA eng koʻp aylanayotgan videolardan biri bu KORTIZOL haqidagi videolar
‼️
Sizlarda ham KORTIZOL belgilari bormi? Keling bugun sizlarga shu haqida ma’lumot beraman. Nima deysiz? Qiziq boʻlsa reaksiya bildirib qoʻying
🔥

August 31, 11:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hozirgi kunda INSTAGRAMDA eng koʻp aylanayotgan videolardan biri bu
KORTIZOL
haqidagi videolar
‼️
Sizlarda ham KORTIZOL belgilari bormi? Keling bugun sizlarga shu haqida ma’lumot beraman. Nima deysiz? Qiziq boʻlsa reaksiya bildirib qoʻying
🔥

August 30, 14:08

Homiladorlikda varikoz: nega paydo bo‘ladi va u tug‘ruqdan keyin yo‘qoladimi?
Homiladorlik davrida ko‘plab ayollarda oyoqlarda tomirlar kengayishi, og‘riq yoki shish kuzatiladi. Bu —
varikoz kengayishi
bo‘lib, u oddiy kosmetik muammo emas, balki
qon aylanish tizimidagi o‘zgarishlar natijasi
.
🔬
Nega homiladorlikda varikoz paydo bo‘ladi?
sabablarini aytaman
1. Gormonal ta’sir (progesteron)
Homiladorlikda progesteron gormoni oshadi.

U tomir devorlarini bo‘shashtiradi

Venalar kengayadi

Qon qaytishi sekinlashadi
2. Bachadonning bosimi
Katta hajmdagi bachadon pastki kovak vena va chanoq tomirlariga bosim beradi.

Qon oyoqlardan yurakka qaytishi qiyinlashadi

Tomirlarda dimlanish yuzaga keladi
3. Qon hajmining oshishi
Homiladorlikda qon hajmi ~30–50% ga ortadi.

Tomirlarga yuklama oshadi

Varikoz rivojlanishi osonlashadi
4. Irsiy moyillik
Agar onangizda yoki yaqin qarindoshlarda varikoz bo‘lsa — xavf yuqori boladi sizda ham
5. Kam harakat va uzoq tik turish

Mushaklar “nasos” funksiyasi pasayadi

Qon dimlanadi
⚠️
Belgilariga e’tibor bering
• oyoqlarda og‘irlik va charchoq
• shish (ayniqsa kechga yaqin)
• tomirlarning bortib ,ko‘rinib qolishi (ko‘kimtir, kengaygan)
• tunda boldir tortishishi
🔎
Tug‘ruqdan keyin o‘tib ketadimi? Deb
deyarli har kuni sorashadi
👉
Ko‘p hollarda —
ha, qisman kamayadi
Sababi:
• gormonlar normallashadi
• bachadon kichrayadi
• tomirlarga bosim kamayadi
Lekin:

agar varikoz kuchli bo‘lsa yoki irsiy bo‘lsa —
to‘liq yo‘qolmasligi mumkin
Ba’zida esa aksincha, saqlanib qolishi ham mumkin
🩺
Qachon
havfli hisoblaymiz
?
Quyidagi holatlarda darhol shifokorga murojaat qiling:
• kuchli og‘riq
• bir oyoqda keskin shish
• teri qizarishi va issiqligi
Bu
tromboz
belgisi bo‘lishi mumkin.
👇
Tavsiyalarim

Qanday oldini
olamiz yanada rivojlanmasligi uchun
🧦
1.
Elastik bint ,Bandaj togri taqing (ertalab uyqudan uygonib ,orningizdan turmasdan oldin taqing )

qon aylanishini yaxshilaydi

shishni kamaytiradi

varikoz rivojlanishini sekinlashtiradi
🚶‍♀️
2. Harakat
• har kuni yurish 10.000 qadam
• uzoq o‘tirib qolmang
• yotganda oyoqlarni balandroq qilib yoting qon aylanish yaxshilanadi
🛏
3. Uyquda

chap yonboshda yoting(vena bosimini kamaytiradi)
🥗
4.Togri ovqatlaning
Va Vrach bilan maslahatlashib kerakli preparatlarni ozingizga mos dozada iching
• tuzni ,yengil uglevodlarni kamaytirish
• suv yetarli ichish
•klechatkaga boy ovqat (ich qotishining oldini olish uchun)

Mumkin emas
agar sizda varikozlar bor deb
tashxis qoyilgan bolsa
?
• issiq hammom va sauna
• uzoq vaqt tik turish
Qabulga yozilish va xizmatlar haqida ma’lumot uchun
⤵️
@Rahimova_menejeri
Kurs va savollar uchun
⤵️
@DilnozaMenejer
Asosiy kanalimiz
⤵️
https://t.me/ginekology_uzbek
Bizning natijalar bu yerda
⤵️
https://t.me/mijozlardanfikrlar