
©️ gulomov design
Odatiy feedbacklardan keyingi bosqich
bu samarali feedback.
U o'sish tizimining bir qismi bo'lishi kerak. Buning uchun tayyorlangan ishlarga 3 ta savol bo'yicha e'tibor berish kerak bo'ladi.
1. Nimalar omadli bo'lgan/vazifa bajarmoqda.
2. Nimalar omadsiz bo'lgan/vazifasini bajara olmayapti.
3. Yana nimalarni sinab ko'rish mumkin?
Bu yondashuv odatiy feedback jarayonini yanada samarali qilib, o'sishga hissa qo'shuvchi holatga keltiradi.
→ Redesigner guruhida ishlarga aynan manashu uslubda
deep feedback
berib boriladi.
Yagona narsa kitobi hozirda bir vaqtning o'zida ko'p omillarga e'tibor bergan holatda yashab faoliyat olib borayotgan davrimizda, ushbu kitob bunday hayot modeli noto'g'ri ekanligini va aynan bizga kerakli yagona narsani aniqlash va unga kuchli e'tibor berish to'g'ri ekanligini qiziqarli tushuntirib o'tmoqda.
► Multitasking xech bir ishni qoyillata olmaslik uchun yaxshi yechimdir. Uning badali bor. Noto'g'ri tanlovlarga, xatolarga va keraksiz stresslarga olib keladi.
► Bizga aslida to do list emas, succest list kerak. To do list odatda juda keng bo'ladi, succest list esa juda qisqa.
► Miyya tana vaznining atiji 1/50 qismini tashkil qilsada, biz sarflaydigan umumiy quvvatning 1/5 qismi uning ulushiga to'g'ri keladi. Agar miyyani avtomobilga qiyoslasak, yonilg'i sarfi bo'yicha u aniq Hummer bo'lar edi.
Grafik dizaynda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, eng ko'p vaqt va kuchni kommunikatsiya ko'nikmalaringizni rivojlantirishga sarflang.
Michael Janda
Burn Your Portfolio
Dizaynerlar o'zlashtirishlari kerak bo'lgan, boshqa sohalardagi fikrlash modellari.
Call-center → ko'p rad javoblar normal holat va bu statistikaning bir qismi.
Dizaynerlar rad javoblarni juda emotsional og'riqli o'tkazadilar. Rad javoblar, ijobiy javoblardan bir necha karra ko'proq bo'lishi normal holat.
Ofitsiantlar → doimiy tezlik, aniqlik va e'tiborli bo'lish.
Dizaynerlarda doimiy chalg'ib qolish, sekinlashib qolishiga sababchi bo'luvchi ko'plab salbiy omillar mavjud. O'zlarini ko'p holatda bemalol/beparvo holatga keltirib qo'yishlari kuzatilinadi. Zararli odat.
Dasturchilar → xatolar (bug) va qayta ishlashni jarayonning tabiiy qismi sifatida qabul qilish.
Dizaynda feedbacklar ish jarayonning doimiy qismi. Feedbacklar bo'lishi - dizayner yomon degani emas.
Yana qanday fikrlash modellarini qo'shib borish kerak deb o'ylaysiz?
Marketing va Dizayn sohasi vakillari diqqatiga!
📣
Brend bu shunchaki nom emas, bu ishonch, hissiyot va sifat belgisi!
Mountain brending agentligi rahbari
Behzod Esonov
bilan shanba kuni soat 14:00da Najot Ta'limning Chilonzor filialida
"Sohada birinchi bo'lish qadamlari"
haqida gaplashamiz!
Barchangizni master-klassda kutib qolamiz.
Hoziroq ro'yxatdan o'ting!
🔗
Ro'yxatdan o'tish
najottalim.uz
|
Instagram
|
WhatsApp
Anti-AI Crafting yilning eng katta trendi
2026-yilda grafik dizayn "mukammal AI estetikasi"dan uzoqlashib, inson qo'li tegib turgani seziladigan, hissiyot uyg'otuvchi dizaynga qaytmoqda.
AI dizaynni tezlashtirdi, lekin natijada ko'plab ishlar bir-biriga o'xshab qoldi. Shuning uchun brendlar endi inson omiliga (ijodiga) qaytishni ko'proq tanlashmoqda.
Sun'iy mukammallik emas, tabiiy haqiqiylik qadrlanmoqda-qimmatlashmoqda.
Oxir-oqibat, 2026-yilning eng ilg‘or dizayni eng insoniy dizayn yondashuvi bo'lib chiqmoqda.
Maqolani to'liq o'qib chiqish uchun -
havola
Hozirda bir qiziq loyihaning dizayn qismlari ustida ishlamoqdamiz. Yo'nalish - qahva ichimliklarni maxsus app'dan avvaldan buyurtma berish. Manashu produktga sizning mijoz sifatida fikrlaringiz kerak.
E'tibor bergan bo'lsangiz kerak bizda ilovalardan foydalanish madaniyati endilikda yaxshi rivojlanib bormoqda. Misol uchun ko'p restoran va fastfood brendlarimiz ham o'z ilovalariga reklama materiallarida mijozlarni yo'naltirish tarafdan ko'proq urg'u berishni boshlab olishgan.
Aynan sizda yuqoridagi kabi qavha ichimliklarga pozitsiyalashgan ilovaga qanday fikr va takliflaringiz bo'lishi mumkin?
HR mutaxassislar bilan sohaviy do'stlashish haqida o'ylab ko'ring.
Bu eng payqalmagan katta ustunlikka ega bo'lish nuqtasi.