
©️ gulomov design
Kitob yo'nalishiga alohida qiziqishi bor dizayner izlamoqdamiz. Muqovalardan boshlab, kitobning ichki sahifa dizaynlarigacha tayyorlanadi. Maosh tarafdan xursand bo'lasiz nasib.
Nashriyot uchun → middle/senior dizayner → full time model
Portfolio ulashing va savol bering (agar bo'lsa)
Pozitsiya yopildi. Rahmat.
@jakhongirgulomov
Barchaga xayrli kun! Hozirda qanday ishlar bilan bandligim haqida yozib o'taman.
Ayni vaqtlar Falaq Nashr nashriyotida R&D bo'lim boshi sifatida faoliyatdaman. Ushbu nashriyot kitoblar yo'nalishida (qiyin yo'nalish ekanligini alohida eslatib o'tishim kerak) katta natijalarga erishib kelmoqda va ko'p insonlarni kitob o'qishga ijobiy targ'ib qila olmoqda. Oliy maqsadni eng yaxshisi shu yo'nalish ichida. R&D qanday bo'lim va uning vazifalari bo'yicha esa keyinroq.
Ongli ravishda izolatsiya rejimda yashash modeliga omadli o'ta oldim. Chalg'ituvchi va zararli band qiluvchi asosiy omillarni kamaytirgan holda.
Xechqanday sohamizdan zerikkanim yo'q. Dizayn men uchun avvalgidan ham 10x muhim ahamiyatga ega va unda zo'r imkoniyatlarni ko'rmoqdaman. Redesigner guruh yodingizda bo'lsa kerak. U guruh loyihasiga hali qiziqtirish ishlarini boshlamagan holatimda guruh ichida sal kam 100ga yaqin zayavka to'plangan. Guruhning asosiy vazifasi dizaynerlar uchun sohadan samarali foydalanish va ko'rilmayotgan zaif nuqtalar ustida ishlash bo'yicha. Qiziq loyiha. Taklif qilaman qo'shilishingizni.
https://t.me/+0_o28i21xREwZTIy
Aynan vaqti-vaqti bilan faol bo'lmaslik bo'yicha blogni o'zida ham xabar berib qo'yuvchi metodni sizga ko'rsatib boraman. Biror vaqtlarda blogimda "manashu vaqtgacha band bo'lishim" haqidagi postlarni ko'rishingiz mumkin va buni sizga ham tavsiya beraman. Normal va kerakli diqqatli ish tajribasi. Ko'p yaxshi sohadoshlarimda, yaxshi bloglari mavjud, lekin hozir faol emas. Nega ekanligini juda yaxshi tushunaman. Kichik va samarali tanaffus va bir nechta fikrlaringizni ildizi bilan qayta sozlab chiqish kerak. Bu borada sizga yordam bera olaman.
→ Redesignerni yaqin vaqt ichida boshlab olamiz. Guruh ichida ba'zi muhim narsalarni yozib tugatish bilan bandman.
Brend qanday shakllanishini kuzatishni istasangiz, ushbu loyiha va asoschini parallel kuzatib boring.
Men uchratgan eng muvozanatli loyihalardan biri. Mana bir nechta omillar.
1. Loyiha hali kichik bo'lishlariga qaramay, dizayn qismlari yaxshi darajada ishlangan. Vizual tarafdan brend bo'lishlarigacha va undan keyin ham xizmat qiluvchi ma'romidagi dizaynlari mavjud.
2. Loyiha va asoschi doimiy jarayon va yangiliklarni kontent orqali ulashib kelishadi. Ular jonli, ularni kuzatish qiziqarli.
3. Ko'z o'ngimizda o'sib borishmoqda. Tez orada yetkazib berish faoliyatlaridan, birinchi qahvaxonalarini ochishga yetib keladilar. Tasanno!
Bozorimizda brend loyihalar shakllanishini kuzatib borish davriga ham yetib keldik.
Quvonchbek Matchanov dasturni sohaviy eng muhim nuqtalar bo'yicha tuzgan ekanlar.
Dizaynerning keyingi jiddiy transformatsiyasi uchun yaxshi material.
Dizaynerlikda inhouse faoliyat sohadan foydalanishning → kam holatida 50%, ko'p holatda 70% ga to'g'ri keladi.
Men uchun bu xursand qiluvchi va qiziqarli kuzatuv jarayon. Bir dizayner boshqa davlatning dizayn bozoriga kirmoqda. Ux zo'rku.
Ana endi ba'zi fikrlar, o'qib ko'ring.
◆ Freelstepning xizmat narxlari 200 dan, 500$ gacha. Bizning bozor uchun qulay (dostupniy) narx muvozanati.
◆ 1000-2000$ narx diapazondagi brend dizaynerlarga raqobatchi bo'la olmaydi. Lekin ularning mijozlari qiziqish uchun Freelstepga chiqib ko'rishlari mumkin. Qisman raqobat bo'ladi baribir.
◆ Biz bilmaymiz Freelstep bizning bozorga qanchalik fokus bera olishini. Imkoniyat va bandliklaridan kelib chiqqan holda.
◆ Bu holatdan umumiy ijobiy xulosa chiqaring va ilhomlaning. 2-3 yilda sohani almashtirishni o'ylashdan ko'ra, sohaga jiddiy munosabatni shakllantirish kerakligini ham o'ylab ko'ring.
◆ Bizning mahalliy mijozlar uchun bu yaxshi va qiziqarli tajriba. Axir ularning buyurtmasini yakunda kontent qilib olib chiqadi. Maroqli jarayon.
Raqobat normal holat.
Kuniga 2-3 mahaldan audio kitob. Ushbu formatga maqsadli ravishda o'tmay turgan edim. Lekin kunlarimni ichida qo'shish uchun bir nechta kichik vaqt qismlari mavjud edi.
Tingla loyihasi qulay yechim bo'ldi, sababi ushbu loyiha kitoblarni ixchamlashtirilgan holda mazmun mohiyatini sharhlab beradi. Mendagi aynan kichik bo'sh vaqt qismlar uchun samarali yechim.