
Ilyos Safarov
Shavkat Umurzoqov poytaxt hokimligi jilovini qo‘lga olibdiki, biz uni strategik fikrlaydigan rahbardan ko‘ra, mayda-chuyda detallar ortidan quvib yuradigan "nazoratchi" sifatida ko‘proq tanidik. Uning matbuot e’tiboriga tushgan ilk ishi — do‘konma-do‘kon yurib, shaftoli sifatini tekshirishi davlat arbobiga xos bo‘lmagan, hokimiyat instituti savlatini tushiradigan harakat edi.
Ikkinchidan, Umurzoqovning qarorlari xalq manfaatidan ko‘ra ko‘proq ko‘zbo‘yamachilikka va shaharga "kostyum-shim kiydirish" urinishiga o‘xshab qolmoqda. Masalan, bugun shahar bo‘ylab do‘konlar va ularga qo‘shib bekatlarning ham asossiz buzilayotgani minglab yo‘lovchilarni sarson qilib, jamoat transportidagi inqirozni yanada chuqurlashtirmoqda. Bekatlardagi do‘konlarni buzishning huquqiy asosi shubhali bo‘lsa-da, eng achinarlisi uning o‘rniga hech narsa qurilmayotgani. Keksalar, homilador ayollar va bolalar jaziramada ochiq osmon ostida, tik oyoqda avtobus kutishga mahkum qilinmoqda.
Yoki, tadbirkorlik muhitiga berilgan zarbani olaylik: hali tasdiqlangan yagona dizayn kodi mavjud bo‘lmay turib, reklama bannerlarining yulib tashlanishi xususiy sektorga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik va iqtisodiy zarba bo‘ldi. Biznes-ombudsmanning bu masalada qilgan e’tirozlari ham hokimlik qonuniy vakolatlarini suiiste’mol qilayotganiga rasmiy tasdiqdir.
Eng xavotirlisi — Umurzoqov boshqaruvi Toshkent tarixidagi eng yopiq va shaffoflikdan uzoq davrga aylanib bo’ldi. Hokimlik qarorlarining katta qismi jamoatchilikdan yashirilishi korrupsion xavflarni oshirib, vatandoshlik jamiyati bilan muloqot ko‘priklarini kuydirmoqda. Har holda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ochiqlik bo‘yicha reytingida Toshkentning "qip-qizil" rangda chiqarilgani shundan dalolat beradi.
Bugun Umurzoqov boshchiligidagi hokimlik poytaxtdagi muammolarni yechish o‘rniga, ularni pardozlash bilan banddek ko‘rinmoqda (buning uchun u 12 nafar o‘rinbosarga egaligi alohida mavzu).
Ertami-kechmi, Shavkat Umurzoqov lavozimidan ketadi, lekin bilishi kerakki, u o‘z ortidan modernizatsiya qilingan megapolisni emas, balki "shaftoli tekshiruvchi", "bekatbuzar" va "yopiq hokim" degan achchiq xotirani qoldirib ketishi haqiqatga yaqinroq.
@haqiqatdailyos
Farzandi Rossiya qamoqxonasidan urushga olib ketilgani aytilayotgan ona nidosiga ishongan vazirligimiz bergan javobni ko’ring. Vazirlik o‘z maktubida "geosiyosiy kelishmovchiliklar” sababli Rossiya idoralariga rasmiy nota yuborish imkoni yo‘qligini iddao qilmoqda. Qiziq, ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilmagan, strategik sheriklik haqida tinmay gapirilayotgan bir paytda, qanday qilib rasmiy so‘rov yuborish imkonsiz bo‘lishi mumkin?
Dunyoda tengi yo’q deya ta’riflangan konstitutsiyamizda davlat o‘z fuqarolarini xorijda ham himoya qilishi kafolatini olmaganmidi? Yoki davlat yaqin orada bu mas’uliyatni o’zidan soqit qildiyu, men g’ofil xabarsiz qoldimmi?
Onaning farzandi qayerda ekanini bilish huquqi har qanday siyosiy bahonadan ustun turishi kerak emasmi? Elchixona va konsulliklar ham aynan mana shunday og‘ir vaziyatlarda fuqaro manfaatini himoya qilish uchun tuzilmaydimi axir?
Va agar davlat o‘z fuqarolarining hayotiga doir ma’lumotni olishga ham ojizlik qilsa, diplomatik aloqalar va bu aloqalarni o’rnatishdan bizga nima naf?
Odamlar TIVdan "nota yubora olmaymiz" degan javobni emas, balki aniq amaliy harakatlarni kutadi va bunga mutlaqo haqlilar. Insonlar taqdiri byurokratik qog‘ozbozlik va geosiyosiy o‘yinlar qurboni bo‘lib qolmasligi kerak. Zero, har bir vatandosh hayoti davlat uchun eng oliy qadriyat.
Tashqi ishlar vazirligining bu javobi mas’uliyatsizlikdan boshqa narsa emas. Va, bu mas’uliyatsizlik jiddiy muhokama qilinishi kerak (parlamentda demoqchi edim-u, bu fikrga o’zimning ham kulgim qistadi). Xullas, normal jarayon emas bu.
@haqiqatdailyos
🎞
🎞
🎞
🎞
Prezident maktablari: iqtidor uchun imkoniyatmi yoki tengsizlikni chuqurlashtirayotgan tizim?
24 aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ishtirokida OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda
Vaqt.uz
muxbiri ham ishtirok etdi va mas’ullarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tizimidagi teng imkoniyatlar, qabul jarayonlaridagi adolat, byudjet mablag‘lari samarasi hamda elita va oddiy maktablar o‘rtasidagi tafovut masalalaridagi savollar bilan yuzlandi.
📺
YouTubeʼda tomosha qiling:
👉
https://youtu.be/mitW-9t8Agg
Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida mintaqaning iqlimiy kelajagi uchun muhim tadbir —
RES-2026
xalqaro sammiti o‘z ishini boshladi.
O‘zgidromet matbuot xizmatiga ko’ra, tadbirda agentlik direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etayotgan ekan.
Avvalo tadbir nufuzidan kelib chiqib aytish mumkinki, bu — iqlim inqirozi kuchayib borayotgan davrda Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlariga o’zaro "soatlarini to‘g‘rilab olish" uchun muhim, kerakli maydon. Chunki, iqlim jarayonlari chegara bilmaydi — Amudaryoning suvi yoki tog‘larimizdagi sel xavfi hammamiz uchun umumiy muammo.
Shu ma’noda, sammit doirasida O‘zbekiston tomoni quyidagi global trendlarni ham tashabbus sifatida ilgari surishi, qo‘shnilar bilan hamkorlikda yangi bosqichga chiqishimizga xizmat qilgan bo‘lardi, nazarimda:
1. Hozirda iqlim datchiklari barcha hududlarni to‘liq qamrab ololmaydi, natijada ayrim noodatiy tabiiy hodisalar e’tibordan chetda qolib ketaveradi.
Taklifim:
Dunyodagi
MeteoAlarm
kabi tizimlar tajribasidan foydalanib, aholidan real vaqtda foto va video hisobotlar qabul qiluvchi platformasini yo‘lga qo‘yish kerak. Bu sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini yerdagi real holat bilan boyitib, prognoz aniqligini ancha oshiradi.
2.
Bizga iqlim ma’lumotlarida ko‘pincha faqat ob-havo darajasi aytiladi, lekin bu raqamlar kundalik hayotga qanday ta’sir qilishi tushunarsiz qolaveradi.
Taklifim:
Sekin-asta ta’sirga asoslangan prognozlash tizimiga o’tish kerak. Bunda masalan, "ertaga shamol bo‘ladi" deb emas, balki "falon hududda daraxtlar qulashi va elektr uzilishi xavfi yuqori" kabi aniq ogohlantirishlar berib borilishi kerak.
3.
Daryolarimizdagi suv sathining o‘zgarishi yoki kutilmagan toshqinlar oqibatini oldindan hisoblashda kechikishlar ko’p. Albatta, oqibat ham shunga yarasha.
Taklifim:
Markaziy Osiyo gidrologik modeli yaratilishi kerak. Bu orqali suv sathi ko‘tarilganda aynan qaysi nuqtalarni suv bosishini soniyalar ichida hisoblab, talafotlarning oldini olish mumkin bo‘ladi.
4. Hozir Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi sub’ektlari deyarli to’liq umumiy prognozlarga tayanadi, bu esa resurslarning isrof bo‘lishiga olib kelmoqda.
Taklifim:
Har bir xo‘jalikning mikroiqlimiga moslashgan agrometeorologik maslahat tizimini yaratish kerak. Tizim fermerga aynan qaysi kuni sug‘orish yoki o‘g‘itlash samarali ekanigacha shaxsiy xabar shaklida yuboradi.
5. Eng xavfli tabiiy ofatlar (sel, bo‘ron) ko‘p hollarda bir necha soat ichida paydo bo’ladi va an’anaviy holatda ular bilmay (ilg’anmay) qolinadi.
Taklifim:
Sun’iy intellekt tizimlari orqali shunday holatlar tahlili olib borilishi mumkin. Bu esa shu kabi xavfli tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatishda katta rol o’ynashi mumkin.
Ostonadagi uchrashuvlarda shunday texnologik yechimlar bo‘yicha mintaqaviy muhokama va kelishuvlar O‘zgidromet yoki qo’shni davlat tashkilotlarini ma’lumot beruvchi idorlardan, iqtisodiyotni boshqaruvchi va xavflarni jilovlovchi strategik markazlarga aylanishida xizmat qilishi mumkin bo’lardi. Ayniqsa, iqlim inqirozi davrida ma’lumotlarning aniqligi va tezkorligi davlatlarning eng asosiy kapitaliga aylanishi aniq.
@haqiqatdailyos
🎞
🎞
🎞
🎞
«Zaharlangan ovqat bolaning kosasigacha qanday yetib boryapti?» — Matbuot anjumanida vazirlikdan hisob so‘raldi
Kecha, 22-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda
Vaqt.uz
nashri muxbiri ham ishtirok etib, mas’ullarga tizimdagi qator og‘riqli masalalar bilan murojaat qildi.
👉
https://vaqt.uz/uz?n=24739
📺
YouTubeʼda tomosha qiling:
👉
https://youtu.be/EmGZJOxobcw
@haqiqatdailyos
Energotariflarining navbatdagi 10 foizlik ehtimoliy o‘sishi haqida gaplar yuribdi. Kutilmalar energetika sohasini subsidiyalashdan bosqichma-bosqich chiqarish bo‘yicha Jahon bankining hukumatga bergan tavsiyalari bilan izohlanishi mumkin.
Agar ushbu prognozlar amalga oshsa, maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy norma doirasidagi hozirgi 600 so‘mlik tarif endi 660 so‘mga ko‘tarilishi mumkin bo’ladi.
Eslatib o‘taman, tariflar oxirgi marta bundan bir yil avval, 2025-yil 1-aprelda ham oshirilgan edi.
Albatta, islohotning iqtisodiy zarurati tushunarli bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida narxlarning (ehtimoliy) bu qadar tez sakrayverishi aholining to‘lov qobiliyati va ijtimoiy kayfiyatiga jiddiy ta’sir o’tkazadi.
Hozircha bu rasmiy qaror emas, balki to’la tasdiqlanmagan darajadagi xabar xolos. Va, umid qilaman, u o’z nomi bilan "uzunquloq” gapligicha qoladi ham.
@haqiqatdailyos
🎞
🎞
🎞
🎞
Hoʻrmuzdagi keskinlik va Ukrainaning «AQShsiz» rejasi: Yaqin vaqtlarda dunyoni nima kutmoqda?
Hoʻrmuz bo‘g‘ozidagi «yopiq eshiklar» o‘yini, Ukrainaning Vashingtonsiz qolish xavfi va Kubadagi kutilmagan keskinlik — dunyo yangi tartibot bo‘sag‘asida turibdimi?
👉
https://vaqt.uz/uz?n=24617
📺
YouTubeʼda tomosha qiling:
👉
https://youtu.be/DL7zMWFbWr0
@haqiqatdailyos
Navbatdagi «soat mashmashasi»: Timur Ishmetov qimmatbaho soat taqadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy banki raisi Timur Ishmetov qo‘l soati bilan bog‘liq ma’lumotlar keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, "Eltuzar" kanalida ushbu aksessuar qiymati taxminan 35 ming dollar bo‘lgan nodir Patek Philippe Calatrava modeli ekanligini taxmin qilingan.
Muhokamalarga sabab bo‘lgan surat aslida yangi emas, u 2021-yilda Ishmetov hali Moliya vaziri ekani paytida xalqaro biznes jurnalisti Ryan Chilcote’ga bergan
intervyu
jarayonidan olingan.
Xo'p,
Vaqt.uz
sal avval Markaziy bank axborot xizmati rahbari Dildora Jo‘rayeva bilan bog'lanib, undan vaziyat bo'yicha rasmiy tushuntirish berishni so'radi. Jo‘rayevaga ko‘ra, jamoatchilik o‘rtasida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va soat brendi noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
“Vaziyat bo‘yicha Timur Aminjanovich bilan bog‘landim. U tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarni keskin inkor qildi va soat o‘sha vaqt hisobida 300-350 dollar atrofida baholangan (hozirgi narxi 3 mln 620 ming) Tissot brendli soat ekanini bildirdi”, – dedi u. Matbuot kotibi bunga qo'shimcha, Ishmetov hozir ham taqib yuradigan o'sha soat suratini taqdim etdi.
Jo'rayeva o'z axborotida shuningdek, jamoatchilikdan ma’lumotlarni tarqatishda aniqlashtirilgan faktlarga tayanishni va asossiz xabarlarga ishonmaslikni so‘radi.
P.S:
Hamkasbimiz Qudrat Bobojonovga o‘z chiqishlarida faoliyatimga e’tibor qaratgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz uchun esa kasbiy mas’uliyat har doim birinchi o‘rinda: asosiy e’tiborimni faqatgina faktlarning haqqoniyligini tеkshirishga va jamoatchilikka хolis aхborot yetkazishga qaratganman. Bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
@haqiqatdailyos
Taniqli diniy olim va jamoat faoli, shu paytgacha Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi jazoni ijro etish koloniyasida bo‘lib turgan Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) Toshkent viloyatiga ko‘chirildi. U kishi bilan aloqada bo‘lib turgan yaqinlarining tasdiqlashicha, olim endilikda Bo‘stonliq tumani, Tovoqsoy qishlog’idagi koloniyada jazo muddatini o‘tashni davom ettiradi.
Ushbu kutilmagan ko‘chirilish sabablari hozircha rasman ochiqlanmagan. Odatda bunday o‘zgarishlar saqlash tartibi yoki mahkumning salomatligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, biroq Mubashshir Ahmad holatida bu transfer ortida qanday omillar turgani hozircha noma’lum qolmoqda.
@haqiqatdailyos
Samarqandda transmilliy narkotahdidlarga qarshi xalqaro forum o‘tkaziladi
20—21-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH, Jahon bojxona tashkiloti hamda shu kabi boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, 500 ga yaqin xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ishtirok etishi
kutilmoqda.