Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ilyos Safarov

haqiqatdaIlyos
📌 Reklama uchun: @me_f_14 📩 Yangilik va murojaatlar uchun: @Ilyos_SafarovChatBot 💵 Homiylik va donatlar uchun: https://tirikchilik.uz/@Ilyos_Safarov
Подписчики
8 650
24 часа
10
30 дней
180
Просмотры
4 178
ER
43,47%
Посты (30д)
51
Символов в посте
1 454
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
April 28, 18:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Etikdo‘zning mahsisi teshik” yoki “Qo‘riqchi uxlab qolganda o‘g‘ri kalitni o‘g‘irlabdi” degan xalqona naqllarimiz bo’lardi. Kiberxavfsizlik sohasidagi "professional" mutaxassislarimizga rahmat, ular zamonaviy dunyoda shu maqollarning yangicha talqinlarini yaratib, bizni zeriktirishmayapti.
Qarangki, bizda qo‘riqchilarning kalitiga qo‘shib, pasportini ham o‘g‘irlab ketishibdi. Jiddiy aytganda esa mamlakat kiber-sarhadlarini himoya qilishi kerak bo‘lgan markaz xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanib, ommaviy savdoga chiqarilgan. Va, bu endi sohadagi “kompetensiya” darajasi uchun daxshatli hodisadir. Afsuski, davlat xavfsizligi “himoyachilari”ning o‘zi bugun raqamli asirga aylanishi, umumiy xavfsizlik borasida qanchalik “yalang‘och” ekanimizni barchaga yana bir ko‘rsatib qo‘ydi. Siyosiy imij va kiberxavfsizlik tizimi uchun bundan ortiq tarsaki bo‘lmasa kerak.
@haqiqatdailyos

April 28, 09:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Avvalroq bloger Qobul Do‘stov sog‘lig‘idagi muammolar sababli Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 23-sonli ixtisoslashtirilgan mahkumlar shifoxonasiga (“Sangorod”) yotqizilgani haqida yozgandim. Shu kunlarda blogerning yaqinlari, xususan onasi Mavluda opa va advokati u kishining holidan yana bir bor xabar olib qaytishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Qobul Do‘stov hozirgacha ham o‘zini qiynayotgan tibbiy muammolarni bartaraf etish bilan band va sog'lig'ini tiklash uchun shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Onasining aytishicha, suhbat davomida bloger o‘ziga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan, kasbiga sidqidildan va insoniy yondashayotgan tibbiyot xodimlariga men orqali alohida minnatdorchilik bildirishni iltimos qilgan. Xususan, bosh shifokor U. Norqulov, nevropatologlar U. Abduvohidov, S. Saidova, A. Chinasimova hamda LOR shifokori Murod Sa’dullayevning professionalligi hamda samimiy munosabati bloger va uning oila a’zolari tomonidan e’tirof etildi. Mavluda opaning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlarning bu kabi e’tibori va mehnatsevarligi hozirgi murakkab vaziyatda bemor uchun eng katta tayanch bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, Qobul Do‘stov uni unutmagan, yaxshi fikrlar bilan eslab, duo qilayotgan barcha tanish va notanish hamyurtlarimizga o‘zining qaynoq salomlarini hamda eng ezgu niyatlarini yetkazgan. Bu kabi qo‘llab-quvvatlovlar u kishining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ruhiy tetiklik baxsh etayotgani Mavluda opa tomonidan alohida ta’kidlandi. Men ham Qobul Do‘stovga mustahkam sog‘liq va sabr tilagan holda, tez orada shifo topib, yaqinlari bag‘riga sog‘-omon qaytishini niyat qilib qolaman.
@haqiqatdailyos

April 28, 07:55

Oxirgi paytlarda bir holat haqida ko’p o’ylayapman: nega men tanigan, sohada o’z so’ziga ega bo’lgan o’tkir qalamli jurnalistlarning aksariyati sekin-asta "bloging" degan dengizga bosh olib chiqib ketishyapti? Balki, har kuni tepadan keladigan "u mavzuni yopaylik", "bunga tegmaylik", "falonchining ko’ngliga qaraylik", “bu biznes falonchaniki” qabilidagi topshiriqlardan, doimiy asabbuzarlik va tahririyat ichidagi sun’iy "filtrlar"dan charchashgandir? Axir, ijodkor odam uchun har kuni bosim ostida ishlash — xuddi qafasdagi bulbulning sayrashiga o’xshaydi. Tinchroq yo’lni, ya’ni faqat o’z o’quvchisi oldida hisobdor bo’lishni tanlash — bugun eng mantiqiy qarordek ko’rinmoqda balki ularga.
Lekin nima bo’lganda ham bu o’zgarishlar ortida katta bir fojia yashirin: milliy jurnalistikamiz katta qadamlar bilan yutqazmoqda. Jiddiy tahlillar, surishtiruvlar va jamiyatning og’riqli nuqtalari o’rnini maishiy muammolar, "shov-shuvli" ko’ngilochar dasturlar va yuzaki ijtimoiy chiqishlar egallab bormoqda. Soha professional tahlildan uzoqlashib, shunchaki "kontent yaratish" darajasiga tushib qolayotgandek. Ochig’ini aytsam, atrofga qarab turib, ba’zan odamning o’zida ham "Shu mashmashalar kimga kerak? Men ham tinchgina o’z yo’limni tanlab, erkin suzsam bo’lmasmikan?" degan o’y o’ta boshlayapti. Professional ijodkor qadri tushgan joyda, uning qadamlari doim tashqariga qarab turadi. Balki, hali hammasi boy berilmagandir… Ammo tanlov qilish vaqti tobora yaqinlashayotgandek tuyulaveradi.
@haqiqatdailyos

April 27, 10:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sezmay qolibman, shu kunlarda o‘zbek media makonida ulkan voqea sodir bo‘lgan ekan. Ya'ni,
Kun.uz
YouTube
kanali 4 millionlik obunachi dovonidan o‘tib qo'yibdi. Adashmasam, o‘zbek segmentidagi biror bir axborot nashri hali bunday yirik auditoriyani bir nuqtaga jamlay olmagan edi. Men esa bu muvaffaqiyat uchun mehnat qilgan barcha hamkasblarimni, sobiq safdoshlarimni samimiy tabriklayman.
O‘z vaqtida ushbu jamoaning bir bo‘lagi bo‘lgan inson sifatida ayta olamanki, bu nashrda o‘ziga xos qadriyatli maktab bor. Bu maktabda hatto bir oy faoliyat yuritgan kishi borki, keyingi butun professional hayotida shu yerdagi qoidalarni, olingan ta’limni qattiq tutadi. Yosh jurnalistlarning o‘sishi, o‘zini topishi va haqiqiy professionalga aylanishi uchun
Kun.uz
jamoasi ajoyib muhit bera oladi.
Dunyo o‘zgarmoqda, butun jahonda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham gazetalar davri tugab bormoqda. Bugun hukumat qarorlari bilan (xalq soliqlari hisobidan) har qancha yangi nashrlar tashkil etilmasin, matbuotning bu turi baribir o‘zining so‘nggi umrini yashayotgani bor gap. Shu ma’noda internet nashr jamoasiga faqat axborot ulashish emas, balki bir paytlar gazetalar jamiyatga bergan ma’naviy ozuqa yukini ham his qilgan holda ishlashlarini tilayman. O'quvchi nafaqat yangilik kutadi, balki chuqur tahlil va fikrga ham ehtiyoj katta.
Bularning barchasi esa mamlakatdagi so‘z erkinligisiz bo‘lmaydi. Men bilaman, o‘zbek jurnalistlari dunyodagi istalgan media vakili bilan raqobatga kirisha oladigan potensialga ega, bizga faqat erkin ishlash uchun yetarli muhit kerak xolos. Qalamingiz hamisha o‘tkir bo‘lsin, olg‘a,
Kun.uz
!
@haqiqatdailyos

April 26, 06:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shavkat Umurzoqov poytaxt hokimligi jilovini qo‘lga olibdiki, biz uni strategik fikrlaydigan rahbardan ko‘ra, mayda-chuyda detallar ortidan quvib yuradigan "nazoratchi" sifatida ko‘proq tanidik. Uning matbuot e’tiboriga tushgan ilk ishi — do‘konma-do‘kon yurib, shaftoli sifatini tekshirishi davlat arbobiga xos bo‘lmagan, hokimiyat instituti savlatini tushiradigan harakat edi.
Ikkinchidan, Umurzoqovning qarorlari xalq manfaatidan ko‘ra ko‘proq ko‘zbo‘yamachilikka va shaharga "kostyum-shim kiydirish" urinishiga o‘xshab qolmoqda. Masalan, bugun shahar bo‘ylab do‘konlar va ularga qo‘shib bekatlarning ham asossiz buzilayotgani minglab yo‘lovchilarni sarson qilib, jamoat transportidagi inqirozni yanada chuqurlashtirmoqda. Bekatlardagi do‘konlarni buzishning huquqiy asosi shubhali bo‘lsa-da, eng achinarlisi uning o‘rniga hech narsa qurilmayotgani. Keksalar, homilador ayollar va bolalar jaziramada ochiq osmon ostida, tik oyoqda avtobus kutishga mahkum qilinmoqda.
Yoki, tadbirkorlik muhitiga berilgan zarbani olaylik: hali tasdiqlangan yagona dizayn kodi mavjud bo‘lmay turib, reklama bannerlarining yulib tashlanishi xususiy sektorga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik va iqtisodiy zarba bo‘ldi. Biznes-ombudsmanning bu masalada qilgan e’tirozlari ham hokimlik qonuniy vakolatlarini suiiste’mol qilayotganiga rasmiy tasdiqdir.
Eng xavotirlisi — Umurzoqov boshqaruvi Toshkent tarixidagi eng yopiq va shaffoflikdan uzoq davrga aylanib bo’ldi. Hokimlik qarorlarining katta qismi jamoatchilikdan yashirilishi korrupsion xavflarni oshirib, vatandoshlik jamiyati bilan muloqot ko‘priklarini kuydirmoqda. Har holda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ochiqlik bo‘yicha reytingida Toshkentning "qip-qizil" rangda chiqarilgani shundan dalolat beradi.
Bugun Umurzoqov boshchiligidagi hokimlik poytaxtdagi muammolarni yechish o‘rniga, ularni pardozlash bilan banddek ko‘rinmoqda (buning uchun u 12 nafar o‘rinbosarga egaligi alohida mavzu).
Ertami-kechmi, Shavkat Umurzoqov lavozimidan ketadi, lekin bilishi kerakki, u o‘z ortidan modernizatsiya qilingan megapolisni emas, balki "shaftoli tekshiruvchi", "bekatbuzar" va "yopiq hokim" degan achchiq xotirani qoldirib ketishi haqiqatga yaqinroq.
@haqiqatdailyos

April 24, 16:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Farzandi Rossiya qamoqxonasidan urushga olib ketilgani aytilayotgan ona nidosiga ishongan vazirligimiz bergan javobni ko’ring. Vazirlik o‘z maktubida "geosiyosiy kelishmovchiliklar” sababli Rossiya idoralariga rasmiy nota yuborish imkoni yo‘qligini iddao qilmoqda. Qiziq, ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilmagan, strategik sheriklik haqida tinmay gapirilayotgan bir paytda, qanday qilib rasmiy so‘rov yuborish imkonsiz bo‘lishi mumkin?
Dunyoda tengi yo’q deya ta’riflangan konstitutsiyamizda davlat o‘z fuqarolarini xorijda ham himoya qilishi kafolatini olmaganmidi? Yoki davlat yaqin orada bu mas’uliyatni o’zidan soqit qildiyu, men g’ofil xabarsiz qoldimmi?
Onaning farzandi qayerda ekanini bilish huquqi har qanday siyosiy bahonadan ustun turishi kerak emasmi? Elchixona va konsulliklar ham aynan mana shunday og‘ir vaziyatlarda fuqaro manfaatini himoya qilish uchun tuzilmaydimi axir?
Va agar davlat o‘z fuqarolarining hayotiga doir ma’lumotni olishga ham ojizlik qilsa, diplomatik aloqalar va bu aloqalarni o’rnatishdan bizga nima naf?
Odamlar TIVdan "nota yubora olmaymiz" degan javobni emas, balki aniq amaliy harakatlarni kutadi va bunga mutlaqo haqlilar. Insonlar taqdiri byurokratik qog‘ozbozlik va geosiyosiy o‘yinlar qurboni bo‘lib qolmasligi kerak. Zero, har bir vatandosh hayoti davlat uchun eng oliy qadriyat.
Tashqi ishlar vazirligining bu javobi mas’uliyatsizlikdan boshqa narsa emas. Va, bu mas’uliyatsizlik jiddiy muhokama qilinishi kerak (parlamentda demoqchi edim-u, bu fikrga o’zimning ham kulgim qistadi). Xullas, normal jarayon emas bu.
@haqiqatdailyos

April 24, 12:21
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎞
🎞
🎞
🎞
Prezident maktablari: iqtidor uchun imkoniyatmi yoki tengsizlikni chuqurlashtirayotgan tizim?
24 aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ishtirokida OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda
Vaqt.uz
muxbiri ham ishtirok etdi va mas’ullarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tizimidagi teng imkoniyatlar, qabul jarayonlaridagi adolat, byudjet mablag‘lari samarasi hamda elita va oddiy maktablar o‘rtasidagi tafovut masalalaridagi savollar bilan yuzlandi.
📺
YouTubeʼda tomosha qiling:
👉
https://youtu.be/mitW-9t8Agg

April 22, 14:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida mintaqaning iqlimiy kelajagi uchun muhim tadbir —
RES-2026
xalqaro sammiti o‘z ishini boshladi.
O‘zgidromet matbuot xizmatiga ko’ra, tadbirda agentlik direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etayotgan ekan.
Avvalo tadbir nufuzidan kelib chiqib aytish mumkinki, bu — iqlim inqirozi kuchayib borayotgan davrda Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlariga o’zaro "soatlarini to‘g‘rilab olish" uchun muhim, kerakli maydon. Chunki, iqlim jarayonlari chegara bilmaydi — Amudaryoning suvi yoki tog‘larimizdagi sel xavfi hammamiz uchun umumiy muammo.
Shu ma’noda, sammit doirasida O‘zbekiston tomoni quyidagi global trendlarni ham tashabbus sifatida ilgari surishi, qo‘shnilar bilan hamkorlikda yangi bosqichga chiqishimizga xizmat qilgan bo‘lardi, nazarimda:
1. Hozirda iqlim datchiklari barcha hududlarni to‘liq qamrab ololmaydi, natijada ayrim noodatiy tabiiy hodisalar e’tibordan chetda qolib ketaveradi.
Taklifim:
Dunyodagi
MeteoAlarm
kabi tizimlar tajribasidan foydalanib, aholidan real vaqtda foto va video hisobotlar qabul qiluvchi platformasini yo‘lga qo‘yish kerak. Bu sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini yerdagi real holat bilan boyitib, prognoz aniqligini ancha oshiradi.
2.
Bizga iqlim ma’lumotlarida ko‘pincha faqat ob-havo darajasi aytiladi, lekin bu raqamlar kundalik hayotga qanday ta’sir qilishi tushunarsiz qolaveradi.
Taklifim:
Sekin-asta ta’sirga asoslangan prognozlash tizimiga o’tish kerak. Bunda masalan, "ertaga shamol bo‘ladi" deb emas, balki "falon hududda daraxtlar qulashi va elektr uzilishi xavfi yuqori" kabi aniq ogohlantirishlar berib borilishi kerak.
3.
Daryolarimizdagi suv sathining o‘zgarishi yoki kutilmagan toshqinlar oqibatini oldindan hisoblashda kechikishlar ko’p. Albatta, oqibat ham shunga yarasha.
Taklifim:
Markaziy Osiyo gidrologik modeli yaratilishi kerak. Bu orqali suv sathi ko‘tarilganda aynan qaysi nuqtalarni suv bosishini soniyalar ichida hisoblab, talafotlarning oldini olish mumkin bo‘ladi.
4. Hozir Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi sub’ektlari deyarli to’liq umumiy prognozlarga tayanadi, bu esa resurslarning isrof bo‘lishiga olib kelmoqda.
Taklifim:
Har bir xo‘jalikning mikroiqlimiga moslashgan agrometeorologik maslahat tizimini yaratish kerak. Tizim fermerga aynan qaysi kuni sug‘orish yoki o‘g‘itlash samarali ekanigacha shaxsiy xabar shaklida yuboradi.
5. Eng xavfli tabiiy ofatlar (sel, bo‘ron) ko‘p hollarda bir necha soat ichida paydo bo’ladi va an’anaviy holatda ular bilmay (ilg’anmay) qolinadi.
Taklifim:
Sun’iy intellekt tizimlari orqali shunday holatlar tahlili olib borilishi mumkin. Bu esa shu kabi xavfli tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatishda katta rol o’ynashi mumkin.
Ostonadagi uchrashuvlarda shunday texnologik yechimlar bo‘yicha mintaqaviy muhokama va kelishuvlar O‘zgidromet yoki qo’shni davlat tashkilotlarini ma’lumot beruvchi idorlardan, iqtisodiyotni boshqaruvchi va xavflarni jilovlovchi strategik markazlarga aylanishida xizmat qilishi mumkin bo’lardi. Ayniqsa, iqlim inqirozi davrida ma’lumotlarning aniqligi va tezkorligi davlatlarning eng asosiy kapitaliga aylanishi aniq.
@haqiqatdailyos

April 22, 12:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎞
🎞
🎞
🎞
«Zaharlangan ovqat bolaning kosasigacha qanday yetib boryapti?» — Matbuot anjumanida vazirlikdan hisob so‘raldi
Kecha, 22-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda
Vaqt.uz
nashri muxbiri ham ishtirok etib, mas’ullarga tizimdagi qator og‘riqli masalalar bilan murojaat qildi.
👉
https://vaqt.uz/uz?n=24739
📺
YouTubeʼda tomosha qiling:
👉
https://youtu.be/EmGZJOxobcw
@haqiqatdailyos

April 20, 17:38

Energotariflarining navbatdagi 10 foizlik ehtimoliy o‘sishi haqida gaplar yuribdi. Kutilmalar energetika sohasini subsidiyalashdan bosqichma-bosqich chiqarish bo‘yicha Jahon bankining hukumatga bergan tavsiyalari bilan izohlanishi mumkin.
Agar ushbu prognozlar amalga oshsa, maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy norma doirasidagi hozirgi 600 so‘mlik tarif endi 660 so‘mga ko‘tarilishi mumkin bo’ladi.
Eslatib o‘taman, tariflar oxirgi marta bundan bir yil avval, 2025-yil 1-aprelda ham oshirilgan edi.
Albatta, islohotning iqtisodiy zarurati tushunarli bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida narxlarning (ehtimoliy) bu qadar tez sakrayverishi aholining to‘lov qobiliyati va ijtimoiy kayfiyatiga jiddiy ta’sir o’tkazadi.
Hozircha bu rasmiy qaror emas, balki to’la tasdiqlanmagan darajadagi xabar xolos. Va, umid qilaman, u o’z nomi bilan "uzunquloq” gapligicha qoladi ham.
@haqiqatdailyos