
Ilyos Safarov
O‘zbekistonda barcha OAV yangilangan alifboga o‘tishi majburiy bo‘ladi — Nodir Xolbo’tayev
Lotin yozuviga asoslangan yangilangan alifbo haqidagi qonun kuchga kirgach, mamlakatdagi barcha ommaviy axborot vositalari uchun yagona alifboda ish yuritish qat’iy talabga aylanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbo'tayev Senat majlisida ma’lum qildi.
Departament rahbarining ta’kidlashicha, davlat va jamiyat uzoq yillar davomida ikki alifbo (kirill va lotin) o‘rtasida sarson bo‘lib kelgan. Endi hukumat ikki alifbolilik amaliyotiga chek qo‘yish arafasida turibdi.
“Uch alifbolik yuzaga kelmaydimi, degan xavotirlar bor. Yangi qonun kuchga kirishi bilan ushbu masalani kun tartibiga qat’iy qo‘yamiz. Xususan, barcha ommaviy axborot vositalari tasdiqlangan va takomillashtirilgan yagona standartdagi alifboga o‘tishini majburiy etib belgilashni rejalashtirganmiz. Rasmiy hujjatlar va boshqa barcha sohalarda ham ushbu tartibga to‘liq bo‘ysuniladi. Buning uchun davlat barcha zarur imkoniyat va texnologik sharoitlarni yaratib beradi”, — dedi hukumat vakili.
Nodir Xolbo'tayevning qo‘shimcha qilishicha, qonun rasman kuchga kirguniga qadar matnlarni boshqa yozuvlardan yangilangan alifboga avtomatik o‘giruvchi maxsus dasturlar tayyorlab bo‘lingan. Shu bois yangi alifbodan foydalanish jarayoni tahririyatlar va fuqarolar uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
@haqiqatdailyos
Saida Mirziyoyevaga yangi vazifa yuklatildi
Prezident farmoni bilan Saida Mirziyoyeva amaldagi lavozimini saqlagan holda Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi.
Oʻzbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan oʻrindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish shular jumlasidandir.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan Oʻzbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar boʻyicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi maʼmuriyatining ijrochi direktorini va uning oʻrinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati boʻyicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
@haqiqatdailyos
Alifbo islohi bo’yicha qonun parlamentda ma’qullanib, Senatga yuborilibdi. Parlament yigʻilishlarining yopiq oʻtishi, "xalq uyi" deya ataluvchi dargohning shaffof emasligi va deputatlar faoliyatining ochiq yoritilmasligi — tizimli muammo, albatta. Buni inkor…
🎞
🎞
🎞
🎞
SSPE bilan kurashayotgan bolalarning ota-onalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qildi |
Vaqt.uz
reportaji
Kecha, 9-sentabr kuni farzandlari subakut sklerozlovchi panensefalit (SSPE) kasalligi bilan og‘riyotgan bir guruh ota-onalar Sog‘liqni saqlash vazirligiga yordam so‘rab bordi. Murojaatchilar mas’ullardan bolalarni davolash, parvarishlash hamda yillar davomida yechimini kutayotgan tizimli muammolarni hal etishda amaliy ko‘mak berilishini so‘ramoqda.
👉
https://vaqt.uz/uz?n=32186
📺
YouTubeʼda tomosha qiling:
👉
https://youtu.be/fgIbTnB5xpY
Bir singlimizda o‘ng quloq oldidagi so‘lak bezida 22×19 mm hajmda hosila (o‘simtasimon narsa) aniqlangan. Hozirda operatsiya va kerakli tibbiy tekshiruvlar uchun moddiy yordamga muhtoj.
Imkoni borlardan bemorga moddiy yordam berishingizni iltimos qilamiz. Bir necha kishining kichik yordami ham katta ko‘mak bo‘lishi mumkin.
Yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun:
💳
Kartalar bemor Xamdambayeva Gulshoda nomida.
5614 6816 2746 0839
5614 6816 2123 2275
Postni tarqatish orqali bo‘lsa ham ushbu xayriyaga hissa qo‘shing.
#xayriya
Xo’p, so’lib borayotgan farzandini ko’tarib olgancha vazirlik binosi oldiga umidvor kelgan ota-onalar ko‘z yoshi va og‘riqlarini chetga surib, masalaga hissiyotlarsiz yuzlanamiz.
Davlatimizning o‘zi bu fojiaga olib kelgan sabablar bo‘yicha xolis va mustaqil tergov o‘tkazadimi? Jamiyatda parlament va matbuotning o’rni yo’q, tushunamiz, lekin sodir bo‘lgan voqealarga bevosita mas’ul bo‘lgan hukumat jamoatchilikka loaqal o‘zi istagan darajada axborot beradimi?
Yuzlab bolalarning shol bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan epidemiologik o‘choq o’zi qanday paydo bo‘lgan? Kasallangan bolalarga yuborilgan profilaktik va emlash vositalari aynan qaysi preparatlar edi, ular qayerdan, qanday shartlar va qaysi sertifikatlar bilan olib kelingan? Nahotki, yana Hindiston?
Bu jarayonda sifat nazorati hamda vakolatli idoralarning mas’uliyati qayerda qoldi?
Va, eng muhimi — endi nima bo‘ladi, kim javob beradi va bu fojiadan qanday tizimli xulosa chiqariladi?
Davlat boshqaruvi va nazorat mexanizmlari bu darajada javobsiz va harakatsiz qolishi mumkin emas, axir. Iltimos, hech bo’lmasa, savol berishimizga qo’yib bering, o’chirtirmang yozganlarimizni.
Hech bo’lmasa, o’zingiz istagan darajada javob berishingiz kerak-ku.
@haqiqatdailyos
"Bunyodkor" futbol klubi atrofida yuz berayotgan voqealar albatta og‘ir va bu haqda yozish ham noqulay. Chunki "Bunyodkor" o‘z akademiyasi hamda unda yo‘lga qo‘yilgan tizimi bilan o‘zbek va dunyo futboli rivojiga katta hissa qo‘shib, bir qator taniqli nomlarni yetishtirib bergan jamoa.
Biroz shaxsiylashtirsam, "Bunyodkor" mening ham bolaligimda qattiq muxlislik qilgan, o‘yinchilari-yu ularning pozitsiyasi va raqamlarini yoddan bilgan, Vilyanueva degan chililik hujumchisining futbolkasini faxr bilan kiyib yurgan jamoam. Qolaversa, o‘zbek futbol klublari ichida OCHLda "Bunyodkor"day yarim finalga qadar yetib borgan boshqa biror jamoa yo‘q.
Afsuski, bugun bu klub chiqib ketish juda qiyin bo‘lgan chuqur inqirozga kirib qoldi. Jamoa allaqachon bir necha safar o‘yinlariga borishda muammoga duch keldi. Bosh murabbiy bilan xayrlashildi, futbolchilarga oylik maoshlar to‘lanmayapti, natijalar tinimsiz yomonlashib bormoqda. Hozir klubning hatto stadion kommunal to‘lovlaridan ham katta qarzdorligi bor va bu vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
Ha, bugun futbol jamoatchiligining klubni qutqarib qolish uchun yordam yig‘ish harakatlari tahsinga loyiq. Ammo tan olaylik: do'stlar, bu harakatlar muammoni ildizidan hal etolmaydi. Yig‘ilgan xayriyalar jamoaning bir nechta safar xarajatini yopishi yoki maoshlarning bir qismini vaqtincha berishga yetishi mumkin, xolos. Lekin tizimli muammoni faqat xayriya evaziga bartaraf etishning imkoni yo‘q.
Xo‘sh, nima qilish kerak?
"Bunyodkor" moliyaviy muammolar sabab inqirozga uchragan birinchi va oxirgi klub emas. Dunyo futboli tarixi va bugungi kunida ko‘plab katta jamoalar moliyaviy kollapsga uchrab, quyi ligalarga tushib ketgan hollar ko‘p bo‘lgan. Masalan, Italiyaning "Parma", Shotlandiyaning "Rangers" yoki bugun Fransiyaning "Bordo" kabi klublari aynan shu muammo sabab quyi ligalarga ravona bo‘ldi va ba'zilari noldan boshlab o‘zini qayta tikladi.
Chunki haqiqatda ham professional futbol va undagi klublarning yashab qolishi – bu to‘liq bozor hamda bozor qoidalari asosida mavjud bo‘ladigan jarayon. Bu bozor ba'zida o‘ta shafqatsiz ko‘rinmasin, baribir eng xolis hakam bo‘lib qolaveradi.
"Bunyodkor" ham o‘z vaqtida ulkan moliyaviy resurslar va mashhur yulduzlar ustiga qurilgan edi. Biroq jamoa yillar davomida o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan mustahkam iqtisodiy poydevor yarata olmadi. Davlat yoki yirik homiylar ajratadigan dotatsiyalarga bog‘lanib qolgan har qanday loyiha esa o‘sha manba uzilishi bilan barbod bo‘lishga mahkum. Klub o‘z akademiyasi, chiptalar sotuvi, translyatsiya huquqlari va tijoriy tushumlar orqali kun ko‘rishni o‘rganmagani uning asosiy fojeasidir. Shunday ekan, qanchalik achchiq bo‘lmasin, hozirgi "Bunyodkor" bilan xayrlashish vaqti kelganini tan olishimiz kerak, nazarimda.
Bu holat bugun o‘zbek futbolidagi boshqa klublar uchun ham juda muhim saboq bo‘lishi kerak. Chunki qachondir hokimlarning klub bazasiga qopda pul ko‘tarib borishi yoki mahalliy budjetdan millionlarni sochishi baribir to‘xtaydi. Davlat va hukumat byudjet pullarini behuda sarflash degan kasallikdan qutilib olsa, bunday xarajatlarga birinchilardan chek qo'yiladi.
Bunday paytda sun’iy hamda bozor qoidalariga dosh berolmaydigan tuzilmani majburan ushlab turgandan ko‘ra, uni bankrot deb topib, toza poydevor va to‘g‘ri menejment ustida yangidan boshlash eng adolatli yo‘l bo'lsa kerak. Ammo qo'rqamanki, biznikilar xatolar ichida eng xato yo'l – "Bunyodkor"ni yana moliyalashtirishda davom etishni tanlashmasa.
To'ldirish:
O'zbek klublari ichida Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar yetib borgan jamoa faqat "Bunyodkor" emas ekan. 2003-yil Paxtakor" futbolchilari ham Tailandning Bec Tero Sasana (hozirgi nomi "Police Tero") jamoasiga qarshi turnir finaliga yo'llanma olish uchun maydonda saf tortgan.
@haqiqatdailyos
🎞
🎞
🎞
🎞
10 ming hokim yordamchisi, «hotamtoy» hokimlar va budjet samaradorligi: Davlat apparatini qanday ixchamlashtirish kerak? | Fikr vaqti
Kadrlar almashmoqda, ammo tizim o‘zgaryaptimi? Oxirgi tayinlovlar va iste’folar fonida davlat apparati haqiqatan ixchamlashadimi yoki shunchaki o‘rin almashish ro‘y bermoqdami? «Fikr vaqti» dasturining navbatdagi sonida 10 ming hokim yordamchisi instituti, «hotamtoy» hokimlar va budjet samaradorligi haqida professor Islombek Niyozmetov bilan atroflicha suhbatlashdik.
👉
https://vaqt.uz/uz?n=32126
📺
YouTubeʼda tomosha qiling:
👉
https://youtu.be/eu1Kuve-u8k
Снос деганда одатда нимани кўрамиз?
Уйини бузишга келган техника олдида додлаётган одамни. Норози отахонни. Йиғлаётган аёлни. «Уйимни бермайман», деб қаршилик қилаётган фуқарони.
Бундай кадрлар тез тарқалади. Одамларнинг норозилиги, хавотири муҳокама қилинади. Аммо орадан вақт ўтиб, ўша одамларнинг ҳаёти қандай ўзгаргани негадир эътибордан четда қолади.
Тошлоқда 70 йилдан ошган, таъмирталаб икки қаватли уйларда қарийб 100 киши яшаган. Уйларни бузиш масаласи кўтарилганда аҳоли норози бўлди, кўчишни истамади. Бу тушунарли — инсон йиллар давомида яшаган жойидан осонликча воз кечмайди.
Бугун эса кўп маҳаллаларда манзара бутунлай бошқача.
Эски, яшаш учун анча ноқулай бинолар ўрнида 12 қаватли замонавий уйлар қад ростлаяпти. Кўчалар обод бўлган, замонавий ёритиш тизимлари ўрнатилган, атрофнинг қиёфаси ўзгарган. Кеча хавотир ва шубҳа билан қараган одамлар бугун бу ўзгаришларни кўриб, хурсандлигини яширмаяпти. Дастлабки норозилик ўрнини мамнуният эгаллаган.
Марғилонда эса Саодат ая Бойдадаева 52 йил яшаган уйи ҳужжатда ўз номида эмаслигини турмуш ўртоғи вафотидан кейин билган. Ярим асрлик қадрдон уйидан айрилиб қолиш хавотири бор эди. Қонун асосида унинг уйга бўлган ҳуқуқи эътироф этилди ва хонадон ўз номига расмийлаштирилди.
Бир пайтлар уйидан айрилиб қолишдан хавотирланган Саодат аянинг бугун кўнгли хотиржам. Тошлоқда кеча уйини буздиришга рози бўлмаган одамлар эса бугун янгиланаётган маҳалласи, янги уйлари ва яратилаётган шароитларни кўриб қувоняпти.
Кечаги дод-войни ҳамма кўрди. Бугунги хурсандчиликни ҳам кўриш керак.
Бу кадрларни фарғоналик дўстларимиз юборишибди. Фильмни кўриб, “Маҳаллада дув-дув гап” киносидаги Лутфихон аянинг сиймоси кўз олдимга келди. Марғилонлик аяларнинг эътирофи кўнглимни кўтарди.
Айнан шу маҳаллалардаги дод-войлар ҳақида 3-4 йил аввал БМТнинг уй-жойлар бўйича махсус маърузачиси билан гаплашганман, кайфиятим ёмон эди ўшанда. Ўзим қишлоқи бўлганим учун қишлоқдаги уй-жойларга баъзан имконсизликдан, йўқчиликдан одамларнинг кўр-кўрона “меҳр қўйгани”ни биламан.
Ана шу меҳрни ҳам “сотиб олиш” мумкин - адолат, мулки ўрнига мулк, қулайлик ва ободончилик билан. Рози-ризолик билан, шунда одамлар хурсанд бўлади, бизга ўхшаган ёмонларнинг ҳам овози ўчади.
Hokimiyatda kechayotgan va katta ehtimol, hali yanada yirik nomlarga ulanadigan kadrlar oʻzgarishi jarayonini kuzatish qiziq bo’lyapti. Lekin bugun shaxsan meni eng ko’p qiziqtirayotgani familiyalar emas, balki bu jarayonning asl maqsadi va u qanday oqibatlarga olib kelishini tushunish masalasi.
Agar bu oʻzgarishlar ortida davlat apparatini chinakamiga yoshartirish, zamonaviy bilim va dunyoqarashga ega, yangi avlod kadrlarini, masalan, “El-yurt umidi” yoki “Umid” bitiruvchilarini real boshqaruvga olib kirish maqsadi turgan bo’lsa, buni faqat olqishlash kerak. Lekin bunday optimistik xulosaga kelish uchun hozircha kartina toʻliq emas: lavozimdan olinganlar maʼlum boʻlsa-da, ularning oʻrniga kelayotganlarning salohiyati va mezonlari hali ochiq qolmoqda.
Albatta, bu jarayonda bir qator xavotirli jihat va savollar ham yo’q emas. Masalan, bugungi kadr o’zgarishlari shaxmat doskasidagi hammaga ma’lum donalarni shunchaki biridan boshqasiga koʻchirishdan iborat boʻlib qolmaydimi?
— Ular oxir-oqibatda qoʻl boshqaruvidan tizimli boshqaruvga oʻtishga qanchalik xizmat qiladi?
— Apparatning keragidan ortiq kengayib ketgan tuzilmalarini ixchamlashtirishga, samaradorlikni oshirishga va byudjet mablagʻlarini tejashga olib keladimi?
Bu savollarga javob topishning yagona yoʻli esa shaffoflik va matbuot bilan doimiy ochiq muloqotni yo’lga qo’yishdir. Afsuski, bugungi oʻzgarishlar fonida koʻzga tashlanayotgan eng katta kamchilik aynan shu — matbuot va jamoatchilik bilan gaplashilmayotgani, tashlanayotgan qadamlar mantigʻi tushuntirilmayotgani bo’layotganday.
Hokimiyat o’zi amalga oshirayotgan islohotlarga ishonch yaratish uchun ham uning har bir bosqichi, maqsadi va mantiqiy asoslarini tushuntirib, izohlab borishi kerak. Busiz har qanaqa kadrlar o’zgarishi jamoatchilik nazarida shunchaki “ichki qayta taqsimot” boʻlib ko’rinaverishi mumkin.
@haqiqatdailyos