
Hasankhoja Muhammad Sodiq
📺
Shu kuni teleserialni bir chetga suring…
✨
Bosh qahramon berilgan imkoniyatdan foydalanadimi yoki uni yana boy beradimi…
✨
Nega u imkoniyatlarni doim o’tkazib yuboryapti? Aybdor o’zi…yoki ota-onasi?
🎬
Sodiq school tomonidan 1-may, juma – "Imkon" instaseriali boshlanadi…
🚀
Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bogʻlanish uchun:
☎️
788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
Shayton biz tasavvur qilgandek emas.
U kinolardek shoxli, qo‘rqinchli, qizil rangda kelmaydi. U chiroyli ko'rinishda keladi.
Pul ko‘rinishida keladi.
“Bu pora emas, shunchaki minnatdorchilik” deydi.
Mansab ko‘rinishida keladi.
“Sen bunga loyiqsan” deydi.
Nafs ko‘rinishida keladi.
“Bu erkinlik” deydi.
U hech qachon:
“Bu gunoh” demaydi.
“Bu imkoniyat” deydi
Eng xavfli joy shu;
Yomonlik ochiq bo‘lsa, odam undan qochadi. Agar chiroyli bo‘lsa, odam unga yaqinlashadi.
Shayton yomonni yomon deb ko‘rsatmaydi. Uni
yaxshi, jozibali, kerakli
qilib ko‘rsatadi.
Bu marketingga o‘xshaydi: zararli narsani ham chiroyli reklama bilan sotadi
Ba'zi hissiyotlarni ta'riflashda so'zlar saviyasizlik qiladi.
Ko’r ko’zi ko’rganidan keyin, ilk qiladigan ishi hassasini uloqtirish bo’lar ekan. Unga og’ir kunlarida tirgak bo’lgan, yo’lini ko’rsatgan, adashishdan saqlaganni esdan chiqarib, endi nima qilishini o’zim bilaman deb mag’rurlanar ekan. So’ngi paytlari sobiq o’quvchilar va hodimlar misolida maktabga nisbatan shunga ko’p guvoh bo’lyapman
Afsus…
Ahli ilmni yaxshi ko'rgan yoki xizmatini qilgan insonlarni farzandida ilmdan alohida bir nasiba borligini ta'limdagi 17 yillik kuzatuvimda ko'p ko'rdim. Bu menga allaqachon ayniyatga aylanib bo'lgan qoidadir.
Agar hayotda bo‘layotgan narsalarni savol ostiga qo‘ymasangiz, hayotingiz asta-sekin boshqalarning tasavvuri bilan cheklanib boraveradi. O‘zingiz tanlagan yo‘l bilan emas, boshqalar tasavvur qilgan yo‘l ichida yashay boshlaysiz.
Shuning uchun o‘ylashga vaqt ajrating. Orzu qilishdan qórqmang. Savol berishni odat qiling. Ba’zi narsalarni qayta ko‘rib chiqing. “Shunday bo‘lishi kerak” degan fikrlarni ham tekshirib ko‘ring.
Oxir-oqibat, boshqalarning orzulari ichida Sizga berilgan rol bilan yashashdan ko‘ra, o‘zingiz tasavvur qila olgan chegaralar ichida yashash yaxshiroq. Hech bo‘lmasa, o‘zingiz tanlagan hayotni yashaysiz.
Tasavvur qiling, xona.
Siz yangi mebel olib kelyapsiz. Lekin xonadan eski, keraksiz narsalarni olib tashlamayapsiz. Natijada joy yetmaydi, tartib yo‘q. Agar eski narsani chiqarsangiz va faqat keraklisini qoldirasangiz yangi narsa qiymat beradi.
Hayot ham shunday
O‘sish hayratdan emas, tahlildan boshlanadi. Siz ko‘rgan har bir kuchli ish ichida tizim bor. Uni ochmasangiz, Siz tomoshabin bo‘lib qolasiz. Ochsangiz - ustoz topasiz.
Ko‘rgan narsangizni parchalang: boshlanishi qanday, ritmi qanday, qayerda diqqat ushlanadi, qayerda kuchayadi, qayerda yakunlanadi. So‘ng uni o‘zingizga moslab qayta yig‘ing. Shu jarayon Sizni iste’molchidan yaratuvchiga olib o‘tadi.
Tasavvur qiling, taom yeyapsiz. “Mazali” deyish - bir bosqich. “Nima qo‘shilgan, qachon qo‘shilgan, qanday pishirilgan?” deb qarash - hunar boshlanishi.
Ta’limda: yaxshi darsni ko‘rsangiz, strukturani ajrating - kirish, misol, savol, mustahkamlash.
Rahbarlikda: kuchli jamoani ko‘rsangiz, jarayonni oching - maqsad, aloqa, nazorat, feedback.
Tarbiyada: yaxshi muhitni ko‘rsangiz, odatlarni aniqlang - tartib, izchillik, namuna.
Muhit fikrni yo‘naltiradi. Yorug‘lik ko‘payganda diqqat tashqariga chiqadi: vazifa, reja, natija. Yorug‘lik kamayganda diqqat ichkariga qaytadi: his, ma’no, savol. Shu sabab bir inson ikki xil muhitda ikki xil fikr qiladi.
Ikki rejim bor:
- Tashqi rejim - bajarish, boshqarish, yetkazish.
- Ichki rejim - tushunish, his qilish, yangi g‘oya topish.
Ikkalasi ham kerak. Muammo - faqat bittasida qolib ketish.
Tasavvur qiling, xonada hamma narsa aniq ko‘rinadi. Siz darhol “nima qilish kerak?” deb o‘ylaysiz. Endi yorug‘likni pasaytiring. Detallar yo‘qoladi, tasavvur ishlaydi. Savollar paydo bo‘ladi. G‘oya chiqadi.
Rahbarlikda
: faqat majlis va KPI emas, sokin vaqt ham kerak - strategiya aynan shu paytda tug‘iladi.
Tarbiyada
: faqat ko‘rsatma emas, tinglash va pauza ham kerak - bola ichki holatini ochadi.
Amaliy qadam: kuniga 10–15 daqiqa “kam yorug‘lik rejimi” kiriting. Telefonni o‘chiring, chiroqni pasaytiring, yozing yoki sukutda o‘tirib savol bering. Keyin kunduzgi rejimda uni amalga oshiring.
Formula
G‘oya → Amal → Natija = (Sokinlik × Tafakkur) → (Reja × Harakat) → (Takror × Tuzatish)
Aka-uka yoki opa-singilni o'zaro suhbati:
Yoshlikda: Bu mani xonam kirma!
Ulg'ayganda: Bizni uyga qachon kelasan? Bir kirib ket
Yoshlikda: Manga aql o'rgatma!
Uyg'ayganda:
Maslahating kerak, nima qilsam bo'ladi?
Yoshlikda: Manga ergashma, bormisan!
Ulg'ayganda: Birga borib kelaylik. Vaqting bormi?
Yoshlikda: Onajonim manga yangi ko'ylak olib berdilar!
Ulg'ayganda: Onajonimizga yangi ko'ylak olib bersak bo'lar ekan.
Yoshlikda: Sani adajonimga aytib beraman!
Ulg'ayganda: Adamlarga aytmaylik siqiladilar
Yoshlikda: Bu mani pullarim, tegma. Adam berdilar
Ulg'ayganda: Puling bormi, qiynalmayapsanmi?