
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Hayotda ko‘p narsalarni sen
nazorat qila olmaysan
.
Lekin ko‘pincha ularga
ta’sir qila olasan
.
Rizqingni
nazorat qila olmaysan.
Lekin
barakaga sabab bo‘ladigan amallaringni
nazorat qila olasan.
Oqibatingni
nazorat qila olmaysan.
Lekin
amalingni
nazorat qila olasan.
Yaqiningning hidoyatini
nazorat qila olmaysan.
Lekin
yaxshi namuna bo‘lishingni
nazorat qila olasan.
Boshqalarning gapini
nazorat qila olmaysan.
Lekin
o‘z tilingni
nazorat qila olasan.
Boshqalarning fikrini
nazorat qila olmaysan.
Lekin
o‘z xulqingni
nazorat qila olasan.
Iqlimni
nazorat qila olmaysan.
Lekin
qanday kiyinishni
nazorat qila olasan.
Shuning uchun e’tiborni to‘g‘ri joyga qo‘y.
Doimo nazorat qila oladigan uch narsa bor:
- harakating
- qaroring
- munosabating
Sen mana shu uchtasi uchun javobgarsan.
Natija esa
ko‘p sabablarning yig‘indisi
.
Uni hech qachon
bir o‘zing yarata olmaysan
.
Shuni unutma.
Demak formula:
Ta’sir > Nazorat
Hayotda ikki narsani to‘g‘ri boshqarish muhim:
- yuqori maqsad
- kam kutilma
Kuzatuvlarimda ko'rganim, ko'pchilik buni teskarisini qiladi:
- maqsadlari kichik
- kutilmalari katta
Natijada:
- kam natija
- ko‘p norozilik
To‘g‘ri yondashuv:
- katta maqsad qo‘yish
- natijaga haddan tashqari bog‘lanib qolmaslik
Shunda:
- ko‘proq harakat qilasiz
- jarayondan ham zavq olasiz
Ilk da’vat boshlagan davrni eslang:
U zotning maqsadi juda katta edi:
- jamiyatni o‘zgartirish. Insoniyatni o'zgartirish,
Lekin natija darhol kelishini kutmadilar.
Ilk 13 yilida:
- ergashganlar soni kam edi
- qarshiliklar kuchli edi
- zaiflik hukmron edi
Shunga qaramay harakat to‘xtamadi. Natijada kuchli jamiyat qurildi va MAQSAD keng yoyildi.
Demak formula: Natija = Harakat × Maqsad − Kutilma
Action bias
Daryoga qarab turgan odamni tasavvur qiling. U suvning harakatini uzoq kuzatishi mumkin. Lekin suzishni faqat suvga tushganda o‘rganadi. Boshlagin. Xato qilasan. Lekin o‘rganasan. Masalan: bola velosiped haydashni kitobdan o‘rganmaydi, yiqilib turib o‘rganadi. Ko'pchilik nima qiladi? Avval hammasini tushunmoqchi bo‘ladi. Mukammal rejani kutadi. Xato qilmaslikka harakat qiladi. Natijada esa harakat kechikadi. To‘g‘ri qaror ko‘pincha harakatdan keyin paydo bo‘ladi. Harakat qilasiz. Natijani ko‘rasiz. Xatoni tushunasiz. Keyingi qarorni yaxshilaysiz.
Demak formula:
To'g'ri qaror = Tajriba / Nazariya
Fokus
Quyosh nuri har joyga tarqalib turganda kuydirmaydi. U faqat bir nuqtaga jamlanganda olovga aylanadi. Inson miyasi ham shunday. Tarqoq bo‘lsa iliq. Jamlanganda kuchli.
Bir vaqtning o‘zida ko‘p narsani o‘ylash samaradorlik emas. Bu kuchning yoyilib ketishi hisoblanadi.
Masalan, o‘qiyotganda telefon yoningda bo‘lsa, fikring ikki tomonga bo‘linadi. Natija o‘rtacha bo‘ladi. Lekin bir soat faqat bitta mavzuga sho‘ng‘isang, oldinga sakrash boshlanadi.
Biznesda ham shunday. O‘nta loyiha bilan bir vaqtda yugurish charchatadi. Bitta yo‘nalishni chuqur olib borish o‘sish beradi.
Kuch ko‘pligida emas. Fokusda.
Har bir inson kun bo‘yi nimadir qiladi. Soat yettida turib, o‘n birda yotsa, o‘n olti soat yashaydi va shu vaqt davomida albatta nimadir bilan band bo‘ladi. Yuradi, o‘qiydi, yozadi, gaplashadi, o‘ylaydi. Muammo vaqt yo‘qligida emas, balki diqqatning tarqoqligidadir.
Ko‘pchilik kuchini yuzta narsaga bo‘lvoradi. Ozgina bundan, ozgina undan. Bundan natija chiqmaydi, chunki energiya yoyilib ketgan bo'ladi.
Agar shu vaqtni bir yo‘nalishga qaratsang nima bo‘ladi? Har kuni ozgina, lekin bir xil maqsad tomon. Shunda natija sekin bo‘lsa ham yig‘ila boshlaydi.
Muvaffaqiyat tasodif emas. Eng muvaffaqiyatli odamlar eng band odamlar emas. Ular eng fokusli odamlar. Eng muvaffaqiyatli odamlar eng band odamlar emas. Ular eng fokusli odamlar. Ular ham 16 soat yashaydi. Farqi shundaki, ular asosiy kuchini bitta narsaga beradi.r ham 16 soat yashaydi. Farqi shundaki, ular asosiy kuchini bitta narsaga beradi.
Demak f
ormula:
Natija ≈ Energiya / Yo‘nalishlar soni
Shukrga mikroskop bilan qarash kerak. Teleskop bilan emas. Uzoqdagini ko'raman deb, yoningizdagini unutib qo'yasiz...
Keling, faqat bitta holatni mikroskopda ko‘raylik.
Bugun saharlikka turdingiz. Oddiy holat. Har kuni takrorlanadi.
Lekin mikroskop bilan qarasak, bu oddiy emas. Tahlil qilamiz:
1. Ro'za tutish ne'mati
-
Dunyoda taxminan
8 milliard
odam bor.
- Musulmonlar soni taxminan
2 milliard
2. Saharligingizga yetarli ovqat va suv bor
- taxminan 735 million odam ochlik bilan yashaydi.
- 2.2 milliard odam xavfsiz ichimlik suviga to‘liq ega emas.
3. Yaqinlaringiz bilan ovqatlanish
ne'mati
- 120 milliondan ortiq odam urush yoki ofatlar sabab uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Ularning ko‘pi oilasidan ajralgan.
4. Uyg‘onish ne’mati
- Har kuni taxminan 160-170 ming odam vafot etadi.
-
Ular bugungi tongni ko‘ra olmadi.
5. Hotirjam ro‘za tutish
-
taxminan 2 milliard odam urush, zo‘ravonlik yoki beqaror hududlarda yashaydi.
- Ko‘p joylarda ibodatni xotirjam qilish ham qiyin.
6. Sog'liq ne'mati. Saharlikka o‘zingiz turdingiz.
- taxminan 1.3 milliard odam jiddiy nogironlik bilan yashaydi.
- ko‘pchiligi oddiy kundalik ishlarni ham mustaqil bajara olmaydi.
7. Uy ne’mati. Saharlikni uyda qildingiz.
- taxminan 150 million odam uysiz.
- Yana 1.6 milliard odam yaroqsiz yoki vaqtinchalik uyda yashaydi.
8, Elektr va yorug‘lik ne’mati Saharlikni yorug‘likda qildingiz.
- Dunyoda taxminan 675 million odam elektr energiyasiga ega emas.
9. Xavfsizlik ne’mati. Saharlikni qo‘rqmasdan qildingiz.
- 473 milliondan ortiq bola urush hududlarida yashaydi.
Demak formula:
Ne'mat = E’tibor × shukr
Kuzatuvlarimda sezganim, kuchli o‘quvchi bilan oddiy o‘quvchi o‘rtasidagi farq ko‘pincha qobiliyatda bo'lmaydi. O'rganish jarayoniga bo'lgan munosabatda ko'rinadi.
Ba’zilar uchun:
- 2 soat
uy ishini i
shlash -
qiyin
- Qayta-qayta test yechish - charchatadi.
- Erta turib
self study qilish
-
zerkarli.
.
Yuqori natija qiladigan o‘quvchi esa boshqacha o‘ylaydi.
- U
ko'proq
ishlash
dan urinmaydi
- Murakkab savol
larni
chaqiriq deb
bil
adi.
- Qiyin mavzu
da
o‘zini sinash
dan
qochmay
di.
Boshqalar unday “qanday chidaysan?” deb so'rashsa, u “faqatgina yoqtiraman” deydi.
Sababi ular o'z mehnatini qurbonlik deb hisoblamaydi.
Biz maktabda bolalarga nimani o‘rgatamiz?
2+2=4. Poytaxtlar. Formulalar.
Bular albatta kerak. Lekin yana bir savol bor: Biz ularga o‘zlarini kim ekanini o‘rgatyapmizmi?
- Sen oddiy emassan.
- Sen nusxa emassan.
- Sen takrorlanmaydigan mavjudotsan.
Million yillar ichida sening aynan o‘zing kabi hech kim bo‘lmagan. Keyin ham bo‘lmaydi.
Ichingda imkoniyat bor. Ijodkor bo‘lish imkoniyati. Kashfiyot qilish imkoniyati. Yetakchi bo‘lish imkoniyati. Chunki
bola o‘zini qanday ko‘rsa shunday yashay boshlaydi
. Agar u o‘zini kichik deb bilsa, kichik yashaydi. Agar u o‘zini iqtidorli deb bilsa, mas’uliyatni his qiladi. Haqiqiy ta’lim o‘z qadrini va boshqaning qadrini anglatishdir.
Boshlash
qiyin.
Davom ettirish
undan ham qiyin.
Natijaga aylantirish
undan ham qiyin.
Natijani takror qilish
undan ham qiyin.
Natijani barqaror
saqlash
undan ham qiyin.
Yuqoridagilar o'xshaganida
kibrga berilmaslik
undan ham qiyin.
Demak: Boshlash eng osoni ekan.
Boshlang)
Narrativ - ichki identifikatsiya.
Narrativ
- bu o‘zing haqingda ichingda aytib yuradigan hikoya. Bu voqealarning o‘zi emas. Ularni qanday talqin qilishing.
Ichki identifikatsiya
- bu “men kimman?” degan savolga ichingdagi javob. Sodda qilib aytsam: Sen o‘zingni qanday tasvirlasang, asta-sekin o‘sha odamga aylanasan.
Agar ichingda doim: “Men omadsizman” desang - har voqeada omadsizlikni ko‘rasan.
Yosh o‘tgan sari bir narsani sezasan:
Odamlar hayotidan ko‘ra, o‘zlari haqida aytadigan hikoyalari bilan yashaydi.
Kimdir har doim jabrdiyda. Har safar - kimdir uni tushunmagan. Kimdir unga adolatsizlik qilgan.
Kimdir esa har doim qahramon. U doim to‘g‘ri gapni aytgan. Eng aqlli javobni u bergan.
Yana boshqasi — doim “aqlli”, doim “haq”, doim “boshqalardan ustun”.
Bu tasodif emas. Qanday hikoya aytsang, asta-sekin o‘sha odamga aylanasan.
Sen voqeani shunchaki eslamaysan. Uni talqin qilasan. Talqin esa xarakter yasaydi.
Agar har voqeada o‘zingni qurbon sifatida ko‘rsatsang - miya shuni qabul qiladi: “Men doim jabrdiydaman.”
Agar har safar o‘zingni mas’uliyatli, sabrli, kuchli deb hikoya qilsang - shu sifatlar mustahkamlanadi.
Hayotdagi natijalarni 3 omil belgilaydi:
1. Omad (tasodiflar, vaqt, joy, odamlar)
2. Strategiya - (tanlovlar)
3. Harakat (har kuni nima qilishing)
Shulardan faqat 2 tasi senga bog‘liq. Omad - nazoratda emas. Strategiya va harakat - qo‘lingda.
Omad - tasodif.
Kim bilan uchrashib qolding. Qaysi davrda tug‘ilding. Bozor qachon o‘zgardi. Buni boshqara olmaysan. Lekin tayyor bo‘lishni boshqara olasan. Omad keladi. Ammo unga tayyormisan?
Strategiya - tanlov
Qaysi yo‘nalishni tanlading? Qaysi bozorga kirding? Qaysi ko'nikmani rivojlantiryapsan?
Yaxshi harakat + noto‘g‘ri strategiya = o‘rtacha natija.
O‘rtacha harakat + to‘g‘ri strategiya = yaxshi natija.
Harakat
Har kuni qilayotgan ishlaring:
- o‘qish
- yozish
- mashq
- tizim qurish
- tahlil qilish
Omad nazoratda emas. Lekin strategiya + odat uni ehtimolini oshiradi. Masalan:
- Kuchli portfel qilasan - imkoniyat kelganda tayyorsan
- Tarmoq qurib borasan - to‘g‘ri odam bilan uchrashish ehtimoli oshadi
- Reputatsiya yaratasan - chaqirishadi
Agar 2 tasini mukammallashtirsang, 3-chisini o‘zing tomonga og‘dirasan.